ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI
Meyliyev Sobirjon Xolmurodovich
dotsent , Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Sobirjonmeyliyev@gmail.com.tel. +998935449140
Umarova Muattar Saidxo‘jayevna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti 5-bosqich talabasi
Usmanova O‘g‘iloy
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti Boshlang’ich ta’lim fakulteti 5-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14039837
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
boshlang’ich sinflarda matematika
darslarini
samaradorligini
oshirishda
keng
qo'llaniladigan
axborot
texnologiyalardan va multimedia ilovalaridan foydalanish orqali o’quvchilarda
qiziqishni yanada rivojlantirishi, qobiliyatlarini to'g'ri aniqlay olishda eng
muvaffaqiyatli tanlov ekanligi haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar:
Boshlangi’ch sinflarda matematika darslari, axborot
texnologiyalari, metod, usul, multimedia ilovalari, dars jarayoni, malakali
pedagog.
Аннотация:
В данной статье будет рассказано о том, как
использование информационных технологий и мультимедийных
приложений из их широкого применения в повышении эффективности
уроков математики в начальных классах способствует дальнейшему
развитию интереса у детей, является наиболее удачным выбором в
умении правильно определять свои способности. Ведь к этому должен
быть готов и педагог со всех сторон, и обладать необходимым опытом и
знаниями.
Ключевые слова:
уроки математики в начальных классах,
информационные
технологии,
метод,
метод,
мультимедийные
приложения, процесс урока, квалифицированный педагог.
Abstract:
This article will talk about how the use of information
technologies and multimedia applications from their wide application in
improving the effectiveness of mathematics lessons in primary school
contributes to the further development of interest in children, is the most
successful choice in the ability to correctly determine their abilities. After all, a
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
teacher should be ready for this from all sides, and have the necessary
experience and knowledge.
Keywords:
mathematics lessons in elementary grades, educational
technologies, methods, multimedia applications, lesson process, qualified
teacher.
Hozirgi kunda boshlang’ich sinflarda matematika darsini o'tishda yanada
takomillashuvini joriy qilish maqsadida turli xil axborot texnologiyalaridan
foydalanish keng yo’lga qo’yilgan. Hozirgi darsliklar bilan 2019-yilgacha
nashrdan chiqqan matematika darsliklaridagi farqlar avvalgi metodlar eskirgani,
endi ular samara bermasligini yaqqol ko'rsatib turibdi. Shuning sababli hozirda
o’quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, ulardagi qobiliyat va ehtiyojlaridan
kelib chiqib, alohida faol va interfaol metodlardan foydalanib darslarni
tashkillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Bunda bevosita multimedia
ilovalariga murojaat qilamiz. Bolalarni oson sanashga o'rgatish, o'rgangan
sonlari orqali eng sodda arifmetik amallardan murakkablariga o'tish,
masalalarni ko'z oldiga keltirib yecha olish , turli xil geometrik shakllarni
tasvirlash, tasavvur etish kabi masalalarda axborot texnologiyalardan
foydalanamiz. Bu yaxshi natijalarga olib kelishi uchun to'g'ri yo'l ekanligi
amaliyotlar va tajribalar orqali qayta-qayta aniqlanmoqda.
Matematika darslarida “O'yinli” masalalar dasturlarini tayyorlab, foydalanish
mumkin. Boshlang'ich sinfda oʻrganiladigan ko'plab mavzular bo'yicha turli
materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har
bir o'quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam
beradi. Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish
darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda
masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to'xtalish,
o'quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan
iborat. Boshlang'ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan
slayd-filmlarni qo'llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan
olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin.
Respublikamiz miqyosida umum ta'lim maktablariga katta e'tibor qaratilgan
boʻlib, maktablarimizni jahon standartlariga mos holda jihozlar bilan ta'minlash
ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimi bo'g'inidagi
ta'lim muassasalari, shu jumladan, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari
oldida yangi muammolar, ya'ni o'qitilayotgan fanning o'zlashtirish sifatini
oshirish vazifasi turibdi. Bu borada matematika fanini o'qitishda ham turlicha
metodlar qo'llanilmoqda, bundan ko'zlangan asosiy maqsad matematika fanini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
102
o'qitishni takomillashtirishdan iboratdir. Matematika fanini o'qitishda, undagi
mavzularni tushuntirishda va ko'rgazmalilikni tashkil etishda zamonaviy
axborot texnologiyasi vositalaridan ham foydalanish mumkin. Axborot
texnologiyasi vositalaridan biri multimedia vositasidan har xil animatsiyalar,
dasturlar orqali matematikani o'qitishni tashkil qilish mumkin.
Qo'yilgan talablar bo'yicha axborot texnologiyalarining multimedia vositalari
asosida dars jarayonini tashkil qilish pedagog o'qituvchilarning yumushini
osonlashtirib, o'quv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada
ko'tarishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ta'lim muassasasi rahbariyatiga
talaba, guruh, mutaxassisliklar boʻyicha test natijalarini ko'rib borish va ularning
oʻzlashtirish natijalariga baho berish, o'qituvchilarning ma'ruza matnlari va
boshqa mustaqil ishlariga mo'ljallangan materiallarining tayyorlash sifatiga
baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini bajarish uchun
kompyuterda modellashtirilgan virtual stendlar joriy etish, kursni o'zlashtirish
bo'yicha uslubiy materiallarni tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish kabilarni
amalga oshirish imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarining multimedia
vositalari o'quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahmiyatga
egadir:
- differensial va individual o'qitish jarayonini tashkil qilish;
- o'qish jarayonini baholash, teskari(qarshi) aloqa bog'lashi;
- o'z-o'zini nazorat qilish va tuzatib borishi;
- oʻrganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularni dinamik jarayonini
ko'rsatishi;
- fan ma'ruzalarida animatsiya, grafika, multiplikasiya, ovoz kabi kompyuter va
axborot texnologiyalaridan foydalanishi;
- o'quvchi talabalarga fanni o'zlashtirish uchun strategik ko'nikmalar hosil
qilishi va hokazo.
Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni ulardan o'quv
jarayonida foydalanish va kelgusida ta'lim tizimida o'quv jarayoni uchun
ma'lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga
oshirishga zamin hozirlaydi. Elektron ishlanma har bir mavzuga oid asosiy
tushunchalarni o'rganish, o'rganilayotgan usul va uning tadbiqini namoyish
qilish, modelli dasturlarni modifikatsiyalash va boshqarish, hamda egallangan
bilimlarni sinashga yo'naltirilgan. O'rganilgan hodisa yoki jarayon modelini
qurish, uni hal etish uchun algoritm loyihasini va ko'rilgan algoritmni dastur
koʻrinishda tadqiq qilishi zarur bo'ladi. Bunday maqsadga erishish uchun
elektron ishlanma tarkibiga o'quvchilardan induktiv va obrazli fikrlashni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
103
rivojlantirishga ko'mak beruvchi modelli dasturlar seriyasi kiritilgan. Ma'lumki
elektron o'quv qo'llanmalar yaratish jarayoni, an'anaviy “qog'ozli” o'quv
qo'llanmalar yaratishga nisbatan o'quv materiali mazmunini tuzilishiga sifat
nuqtai nazaridan yangi-yangi talablar qoʻyadi. Shuning uchun, o'quv
qo'llanmalar mazmunini strukturalashning texnologik vositasi sifatida
“daraxtsimon” tizim imkonini beruvchi “integratordan” foydalaniladi. Chunki
o'quv kursi predmet sohasining bunday modeli oʻrganilayotgan fanga mos test
va topshiriqlarining to'la tizimini ko'rishni avtomatlashtirishga imkon beradi.
Elektron oʻquv qo'llanma sarvaraq, mundarija, o'quv materialini o'z ichiga olgan
bo'lim (unda har xil materiallar bo'lishi mumkin, qancha ko'proq material boʻlsa,
shuncha yaxshi), bilimlarini nazorat qilish tizimi (test va topshiriqlar, bunda test
dastur yordamida barcha natijalarni chiqarishi lozim), tavsiya etilgan
adabiyotlar ro'yxatini o'z ichiga olishi kerak. Elektron o'quv qo'llanmaning
asosiy bo'limlari matn, grafik, animatsiya, videolavhalarni o'z ichiga olishi lozim.
O'quvchilarning biror-bir sohani yoki predmetni faol egallashi uchun faqatgina
nazariy bilimi yetarli bo'lmasdan, balki masalani hal etish bo'yicha amaliy
ko'nikmalar ham shakllangan bo'lishi kerak. Shuning uchun maktab darsliklari
mavzusini faqatgina nazariy jihatdan emas, balki amaliy ko'rinishda, yani
ko'rgazmali qurollar, harakatli tasvirlar orqali o'tish va o'quvchilar
tasavvurlarini kengaytirish lozim. Umum ta'lim maktablarining matematika
kurslari mavzularini ham shu asosda oʻtish maqsadga muvofiq
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil
istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017y 16 yanvar
2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish
mеtodikasi. (OO`Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2005 yil. 312
b
3. Axmеdov M., Abduraxmonova N.Jumayеv M.E. Birinchi sinf matеmatika
darsligi. Toshkеnt. “Turon-iqbol” 2014 yil., 160 bеt.
4. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o'qitish metodikasi (kasb-hunar
kollejlari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma)-T.: "Ilm-Ziyo", 2003, 240b
5. Burxonov S. A. va boshqalar uchunchi sinf matematika darsligi. Toshkent..:
“O‘qituvch-ziyo” 2018yil.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
104
6. Bikbayeva N.U, Yangabayeva E. K.Girfanova "Kichik yoshdagi maktab
o'quvchilarini boshlang'ich matematik ta'limning Davlat ta'lim standartlari
asosida o'qitish": 2008, "Turon-Iqbol", 8 bet.
7. Meyliyev S.X. va boshqalar. I-IV-sinflar uchun matematikadan qiziqarli
masala va topshiriqlar to‘plami.(Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun
metodik qullanma). Toshkеnt. “Fan va texnologiyai” 2023yil.
8. Tolipov O' "Pedagogik texnologiya"-Toshkent.: Fan, 2005, 205 bet.