Авторы

  • Abdulatif Malikzoda
    Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49553

Ключевые слова:

sport boks seleksiya psixologiya murabbiy guruh.

Аннотация

Boks sport turiga seleksiya qilish bo‘yicha olimlarni tadqiqot natijalari asosida keltirgan fikrlari va seleksiya qilishning psixologik mehanizmlari bo‘yicha muloxazalar keltirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

83

BOKS SPORT TURI BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK GURUHIGA

SELEKSIYA QILISHDA PSIXOLOGIK MEXANIZMLARINING

DOLZARBLIGI

Malikzoda Abdulatif Abdubannon o‘g‘li

Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14038885

Annotatsiya.

Boks sport turiga seleksiya qilish bo‘yicha olimlarni tadqiqot

natijalari asosida keltirgan fikrlari va seleksiya qilishning psixologik
mehanizmlari bo‘yicha muloxazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar:

sport, boks, seleksiya, psixologiya, murabbiy, guruh.

Абстрактный.

Представлены мнения ученых о отборе в бокс,

основанные на результатах исследований и психологических

механизмах

отбора.

Ключевые слова:

спорт, бокс, отбор, психология, тренер, группа.

Abstract.

Opinions of scientists on selection for boxing sport based on

research results and comments on psychological mechanisms of selection are
presented.

Key words:

sport, boxing, selection, psychology, coach, group.

O‘zbekistonda yil sayin ko‘plab xalqaro musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumaladan; boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionatini yurtimizda
o‘tkazilganligi O‘zbek bokschilari qayd etayotgan bugungi natijalar bunga yaqqol
misol bo‘la oladi. 2021-yil 29-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5099-sonli qarori
imzolandi. Qarorda mamlakatimizda yoshlarning boksga boʻlgan ommaviy
qiziqishini inobatga olib, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash
(seleksiya) tizimini yanada takomillashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash
va ularning moddiy ragʻbatlantirilishini yaxshilash, shuningdek, oʻzbek boksini
dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida ko‘plab
vazifalar belgilab berilgan.

2024 yil Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlarida

sportchilarimiz 8 ta oltin, Shundan 5 ta oltin medalni bokschilar qo‘lga kiritishdi
2 ta kumush, 3 ta bronza medallari bilan dunyo mamlakatlari orasida 13-o‘rinni
egallashdi. Paralimpiya o‘yinlarida esa 10 ta oltin, 9 ta kumush, 7 ta bronza
medallari bilan umumjamoa xisobida 13-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bu natijalar
O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natija xisoblanadi. Bu natijalarni yil sayin
yaxshilab borish uchun Bugungi kunda yuqori natijalar qayd etayotgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

84

sportchilarga munosib o‘rinbosar yoshlarni seleksiya qilish orqali sport turlariga
jalb etishimiz eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Xorijiy davlatlar va respublikamizda chop etilgan ilmiy nazariy adabiyotlar

tahlili natijalari va internetdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra sport turlariga
seleksiya qilishning bir qancha usullari mavjud:

M.S. Bril 1980-yilda o‘zining sport o‘yinlari “Sport o‘yinlarida seleksiya”

asarida sport o‘yinlarida qanday va aniq ko‘rsatgichlar asosida seleksiya
o‘tkazish kerakligini ta’kidlaydi. U sport o‘yinlari uchun bolalarni tanlashda
mutaxasislar tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan testlarni keltiradi. Bunda
yetakchi ro‘l marfofunksinal ko‘rsatgichlarga 80-90% deterministik irsiyatga
beriladi.

S.B. Xrushev fizik rivojlanishi yuqori bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda eng

katta yurak hajmi va yurak mushaklarining kuchi pastligi kattalar singari
mushaklarning qattiq ishlashiga imkon bermaydi. Deya takidlaydi. Saralashda
o‘pkaning funktsiyalarini hisobga olish kerak. Mushak massasining zo‘riqishini
oldindan to‘g‘ri baholash va uning boshqa to‘qimalar bilan nisbati, o‘zgarishini
baholash muvaffaqiyatli sport yo‘nalishi uchun bolaning kelajakdagi mushak va
kuch turlarini taxmin qilishga imkon beradi deb aytib o‘tadi.

V.B. Zelchenok, V.G. Nikitushkina, V.G. Guba va boshqalarning fikriga ko‘ra

seleksiya jarayonida passport va biologik yoshni va ularni chegaralarini aniqlash
kerak. Agar o‘spirinning rivojlanishi odatdagidan tezlashgan bo‘lsa, unda dastlab
jismoniy sifatlarning rivojlanganligini juda tez sur’atlarda aniqlash mumkin.
Bunday bolalarning rivojlanishida to‘xtash va kech yetilish va asincha teskari
xolatlar kuzatilishi mumkin. Balog‘at yoshining dastlabki belgilari o‘g‘il bolalarda
10 yoshda paydo bo‘ladi va bu erta balog‘at yoshi xisoblanadi. Ularning fikriga
ko‘ra tana turi va balog‘at yoshi o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Yoshi va jinsi,
metobalizmning tabiati, psixo-emotsional stress darajasi, ichki va tashqi
muhitning holatini inobatga olgan xolda seleksiya qilish kerakligini takidlaydilar.

Sport mashg'ulotlarining psixologik xususiyatlari har bir sport turining

o'ziga xos jihatlariga bog'liq. Turli xavfli raqiblar ishtirokidagi ko‘p kunlik
murakkab va shiddatli turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun
bokschidan bir qator texnik-taktik sifatlar, jismoniy ko‘rsatkichlar, yuqori
darajadagi psixologik tayyorgarlik talab etiladi.

Bokschining psixologik tayyorgarligi, birinchi navbatda, kognitiv

funktsiyalarning rivojlanish darajasi, zarbalarni his qilish, ringdagi yo'nalish,
reaksiya tezligi, raqibning xatti-harakatlarini oldindan sezish qobiliyati, diqqat,
taktik fikrlash, ikkinchidan, sportchining psixologik holatiga bog‘liqdir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

Taxlil etilgan adabiyotlarda sport turlariga psixologik usullar yordamida
seleksiya qilish usullariga e’tibor berilmagan. Men sport turlariga sportchilarni
psixologik usullar yordamida seleksiya qilish lozim deb xisoblayman. Bunda
yoshlarni maxsus testlar yordamida ijtimoiy qiziqishlari, muvaffaqiyatga
erishishga motivlarini kuchliligi, temperoment tipi, reaksiyalarini aniqlash va
eng yuqori ko‘rsatgich qayd etgan bolalarni boks sport turiga seleksiya qilish
maqsadga muofiq deb xisoblayman. Buning natijasida yoshlarda qisqa vaqt
ichida yuqori natijalarga erishi mumkin bo‘ladi.