ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
26
INKLYUZIV TA’LIM TA’LIMDA INKLYUZIV MADANIYAT
J.Maxmudov
https://doi.org/10.5281/zenodo.14033314
O’zbekistom Respublikasi Prezidentining qarori Alohida ta’lim
extiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim- tarbiya berish tiziminiyanada
takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- apreldagi
“
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF-5712- son Farmoniga muvofiq
ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim- tarbiya
berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari
sifatini yaxshilash maqsadida:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan
bolalarga ta’lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora –
tadbirlari to’g’risida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ -4860- son qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi. Qarorning “b” bandida
shunday takidlanadi.
b)Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni bir ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasasidan boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yoki inkluziv
sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotlariga o’tkazish tartibi:
Alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan o’quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasasidan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Tibbiy –
ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi muasssasasiga o’tkazish tartibi
ko’rsatilgan.
Inklyuziv ta’lim inglizcha
inclusive inclusion
uyg’unlashmoq, qamrab
olmoq qamrab olish ma’nolarini bildiradi. Imkoniyati cheklanga nogironligi
bo’lgan bolalar bilan sog’lom bolalarni birgalikda o’tkaziladigan ta’lim jarayoni
inklyuziv ta’lim xisoblanadi. Umumta’lim maktablarida uyg’unlashgan holda
imkoniyati cheklangan va sog’lom bolalarning birgalikda o’qitilishi tushuniladi.
Bunda imkoniyati cheklangan bolalarni teng huquqliligi kafolatlanadi.
Boshqalardan ajralib qolmagan holda birgalikda ijtimoiy hayotdagi o’rinlarini
topib olishlari ko’zda tutiladi. Ota-onalaridan uzoqlashmagan holda o’zi
yashaydigan hududda taxsil olish imkoniyatini beradi.
O’zbekistom Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-aprel kuni bo’lib o’gan
yig’ilishda ta’lim masalasidagi nutqida inkuziv ta’limga alohida to’xtalib o’tdi.
Bugungi kunda inkluziv ta’lim xalqaro miqyosida dolzarb bo’lib muhim
ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarni qamrab olgan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
holda jamiyat a’zosi sifatida teng ko’rgan holda ta’lim berish masalalari amalga
oshirilmoqda. Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar
YUNESEF tashkiloti bilan hamkorlikda bu borada ko’plab ishlar amalga
oshirilmoqda, ammo bu borada rivojlangan mamlakatlarda ham qator
muammolar mavjud ekanligi sir emas.
Inkluziv ta’limda imkoniyati cheklangan bolalar bilan sog’lom bolalar
o’rtasidagi munosabatlardagi to’siqlar diskirminatsiya qilinishi o’ta muhim
hisoblanadi. Diskirminatsiya deganda nimani tushunamiz? Diskiriminatsiya bu-
kishilarning dini, irqi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, terisining rangi, turli
jismoniy kamchiliklari bo’lishidan qatiy nazar teng huquq va burchlarga ega
bo’lgan holda kamsitilishlardan holi bo’lishligi tushuniladi.
Diskriminatsiyani taminlashda nafaqat ta’lim muassassalari o’qituvchilari va
hodimlarining o’rni muhim, balki mahalla, mahallada yashovchi boshqa
fuqarolarning oila va oilalar muhitining o’rni beqiyosdir.
Inklyuziv ta’limni joriy etishda eng avvalo jamiyatimizning barcha oilalarida
to’g’ri tarbiyaning tashkil etilishi, atrof- muhitga va boshqalarga bo’lgan
munosabatlari to’g’ri yo’lga qo’yilishi eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Ta’lim
muassassasi mahalla va oilaning diskriminatsiyalashga o’rni beqiyos deb bejizga
ta’kitlamayapmiz. Inkluziv ta’limni tashkil etishda ana shu tarmoqlarning
ahamiyati katta hisoblanadi. Inkluziv ta’limni tashkil etishdan oldin
diskriminatsiya muhitini kengroq qilib yoki boshqacharoq qilib takitlaydigan
bo’lsak inkluziv madaniyatni shakllantirishimiz nihoyatda muhimdir
Inkluziv madaniyat bu- imkoniyati cheklangan jismoniy kamchiligi bo’lgan
keyingi paytda takitlanadigan (nogironligi bo’lgan shaxslar) bilan boshqa
sog’lom kishilarning u yoki bu munosabatlarga kirishishi, teng munosabatda
bo’lishi, kamsitishlardan va imkoniyatlarning farqli tomonlarini sezdirishdan
holiligiga tushuniladi.
Bugungi kunda yurtimizning turli hududlarida ayniqsa chekka hududlarida
diskriminatsiya va inkluziv madaniyatni shakllantirishni keng yo’lga qo’yish
zarurdir, nafaqat ta’lim muassassalarida balki imkoniyati cheklangan bolaning
o’zi tug’ulgan oilasida bunday muammolarning borligiga o’tkazilgan
tadqiqotlarimiz , so’rovnomalar va ota –onalar bilan suhbatlarimiz orqali guvohi
bo’lganmiz. Birga yashaydigan oiladagi sog’’lom bo’lgan boshqa oila a’zolarining
jismoniy kamchiligi( nogironligi bo’lgan shaxsga) bor bolaga nisbatan
munosabati to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligini ko’rishimiz mumkin. Uning akasi
,ukasi yoki opa-singlisining hatti- harakatlari inkluziv madaniyatga zid
bo’lganligi oqibatida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
Boladagi ruhiy tushkunlik psixologik- depressiya holatlarini keltirib
chiqaradi.
Turli imkoniyati cheklangan bolalar bilan so’rovnomalarimizda suhbat
jarayonlarida bolaning yolg’izlanib qolganligi, tushkin ahvolda qolib ketganligini
va bunga oilaviy muhitning tasiri katta bo’lganligini tushunib yetdik . Mazkur
bolalarni imkoniyati cheklangan mahsus ta’lim mussassalariga jalp etib, keyingi
holat bilan solishtirilganda ruhiy holatidagi ijobiy o’zgarishlarni kuzatdik.
Mahsus ta’lim muassassalarida ta’lim olayotgan o’quvchilar o’zi kabi
tengdoshlari oldida o’zlarini erkin his qilgan holda kamsitishlarsiz, o’z
nuqsonlaridan ranjimasdan ko’tarinki ruhiy holatlarda ta’lim olib
kelmoqda.bunga misol qilib ko’plab ana shunday o’quvchilarimizni keltirishimiz
mumkin. Ko’rishda imkoniyati cheklangan ta’lim muassassasida tahsil olayotga
ko’plab o’quvchilarni misol keltirishimiz mumkin. Dastlab farzandini o’zi
yashaydigan umumta’lim maktabiga qo’yib, keyinchalik afsuslangan holda
mahsus ta’lim muassassasiga olib kelib, farzandidagi boshqa bir kasallikni ya’ni
ikkilamchi kasallikni paydo qilib qo’yganligini, nafaqat ta’limdan balki fikrlash
va dunyoqarashini ham butunlay past ahvolga kelib qolganligining guvohi
bo’ldik.
Yuqorida takitlaganimizdek bunda inkluziv madaniyatning yetishmasligi
hattoki o’z oilasida imkoniyati cheklangan oila a’zosiga qanday munosabatda
bo’lish ko’nikmasi mavjud emasligini ko’rishimiz mumkin.
Bunga faqat ko’zi ojizlar yoki zaif ko’ruvchi ta’lim muassasalarini, boshqa
maxsus ta’lim muassasalarini ham ta’kidlashimiz mumkin. Aqliy va ruxiy
rivojlanishida nuxsoni bo’lgan tayanch harakatlari maktablarini, eshitishi va
tilida
nuqsoni
bo’lgan
bolalar
uchun
ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalaridaxam shu va shunga o’xshash xolatlarga guvox bo’lamiz. Endi
tasavvur qilaylik, 7-8 yosh atrofidagi bola... imkoniyati cheklangan. Ko’rishda
yoki sensor harakatlari buzulgan, aqliy rivojlanishda muammosi bor bo’lgan,
gapirishda va eshitishda nuxsoni bo’lgan bolaga shu yoshdagi sog’lom bo’lgan
tengdoshlarining munosabati qanday bo’ladi? Ijobiy bo’lishi mushkul. To’g’ri
ular hali bola. Inkluziv madaniyat ularda tarkib topmagan.
Bugungi kunda kasb hunar kollejlarda, akademik litseylarda, ayniqsa oliy
o’quv yurtlarida,o’quv kurslarida inkluziv ta’limni ko’rishimiz mumkin. Albatta
bu ulkan natija bermoqda. Negaki u yerda Inkluziv madaniyat mavjutdir.
Alohida ehtiyoji bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Davlat ta’lim
muasssasalari uchun 2011- yil 13 –sentyabrda Vazirlar Mahkamasining 256-
sonly qarori qabul qilinib, maxsus ta’lim muassasalari uchun dastur ishlab
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
chiqilgan edi, mazkur qaror va hujjat endilikda o’z kuchini yo’qotdi. Alohida
ta’limga ehtiyoji bo’lgan Jismoniy ,aqliy , sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan
bolalar uchun Davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar uchun 2021 –yil 12-
oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 638- sonli qarori qabul qilindi va nizom
ishlab chiqildi. Ushbu nizom jismoniy , aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari
bo’lgan bolalarning ( keying o’rinlarda – alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan
bolalar) ta’lim tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan .
Mazkur qarorning
3 –bobida
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil
etish tartibi keltirib o’tilgan. Unda Ixtososlashtirilgan ta’lim muassasasalari ,
ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (
I - VIII
) turlarga bo’linadi.
I -
Kar(eshitmaydigan) bolalar uchun maktab –internatlar
II
- Zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo’lgan bolalar uchun maktab –
internatlar ( 1, 2 –bo’limda)
III -
Ko’zi ojiz ( ko’r) bolalar uchun maktab –internati
IV -
Zaif ko’radigan va keyinchalik ko’r bo’lgan bolalar uchun maktab –internat
V -
Nutqida og’ir nuqsonlar bo’lgan bolalar uchun maktab- internatlar
VI –
Tayanch- harakat apparatida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun maktab –
internatlar
VII -
Psixik rivojlanishi sust bo’lgan bolalar uchun maktab –internatlari
VIII
- Aqli zaif bolalar uchun( yordamchi) maktablar, maktab -internatlar