ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
INKLYUZIV TA’LIMDA SOG‘LOM VA NUQSONI BO‘LGAN
O‘QUVCHILARNI QO‘SHIB O‘QITISHNING IJOBIY VA SALBIY
JIHATLARI
Axmedov Asliddin Bahriddin o‘g‘li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 5.23-guruh talabasi
+998992633087
https://doi.org/10.5281/zenodo.13969725
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini inkluziv
ta’lim doirasida sog‘lom va nuqsonni bor bo‘lgan bolalarni qo‘shib o‘qitishdagi
ijobiy va salbiy tomonlari, bu borada sog‘lom bolalarning ularga nisbatan
munosabati va ularning sog‘lom bolalarga bo‘lgan munosabatlari, shu o‘rinda
o‘qituvchilarning bolalarga
bo‘lgan
munosabatlari
haqida
fikr va
mulohazalarimiz bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
inklyuziv ta’lim, nuqsoni bor bolalar, duduqlanish, dislaliya,
xorijiy ta’lim tajribalari, metod.
Inklyuziv ta’limning hozirgi kunda dolzarbligi qay darajada
rivojlanayotgani haqida aytadigan bo‘lsak, eng avvalo muhtaram
yurtboshimizning bu ta’lim sohasida qaratgan e’tiborlarini alohida e’tirof etsak
arziydi: “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-
oktabrdagi PQ-4860-son Qarori qabul qilindi. Inklyuziv ta’limning barcha
qatnashchilarini ijtimoiy, psixologik-pedagogik rivojlantirishga yo‘naltirilgan
bo’lib, bunda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlari ularning har qanday
vaziyatda bolalar bilan individual ishlashga, ularga har biri psixologiyasi
qanchalik ekanligiga qarab har biriga alohida-alohida vaqt ajratishi maqsadga
muvofiqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunga
ham bir nazar tashlasak, unda ham bu borada alohida e‘tibor qaratilgan bo‘lib,
uning 20-moddasi aynan inklyuziv ta’limga qaratilganligi e’tiborlidir.
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-
xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida
ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy,
aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun
ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi. Shuning uchun ham,
inklyuziv ta’limga 2021-2022- o‘quv yili respublikadagi barcha umumta’lim
maktablarida tajriba-sinov sifatida asos solingan. Bu tajriba-sinovdan ko‘zlangan
maqsad, inklyuziv ta’limning a’zolarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
alohida ta’lim ehtiyojli o‘quvchilarni kamsitilmasdan sifatli ta’lim olishi,
rivojlanish buzilishlarini tuzatish va ijtimoiy moslashish, maxsus pedagogik
yondashuvlar va usullar asosida erta tuzatish yordamini ko‘rsatish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish nazarda tutiladi. Inklyuziv ta’lim sinflari va
boshlang‘ich tayanch korreksion sinflariga o‘quvchilar har doimgi singari yetti
yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Qabul jarayonlarida o‘quvchilarni
quyidagi guruhlarga bo‘lib olishimiz maqsadga muvofiq deb o‘rganamiz:
-
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (bu turdagi nuqsoni bor bo‘lgan bolalar
60Db eshitish darajasigacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi belgilangan),
-
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (bunday bolalarni esa ko‘rish
qobiliyatidagi nuqsoni ya’ni ko‘rish qobiliyatini buzilishi 0.1 ga teng bo‘lgan
bolalar),
-
somatik kasalliklari bor bolalar (psixofizik nutqning yoshiga mos
bo‘lmagan bolalardir),
-
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (psixik-nutqiy rivojidagi sustlik,
duduqlanish, dislaliya, afaziya kabi nuqsonlilar),
-
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar serebral
falaji, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi – pakanalik mavjud bo‘lgan bolalar),
-
aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar
(o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik
aravachasida harakatlana oladi),
-
xulq-atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan
bolalar guruhlari kabi.
Bunday nuqsoni bo‘lgan bolalarni barchasini ham inklyuziv ta’limga jalb
etolmaymiz, sababi shundaki, yuqorida sanab o‘tilgan nuqsonli bolalarni o‘z
darajalari bor. Ya’ni ko‘rish darajalari ham, eshitish darajalari ham, ma’lum
darajadagina pasaygan bolalarni o‘z ichida oladi. Ba’zida shunday bir bolalarni
ko‘rib qolamizki, ularni hech kim nuqsoni bor bolalar deb o‘ylamaydilar,
shunchalik aqlli, shunchalik serharakatki tengdoshlaridan hech qolishmaydilar.
Yurishda nuqsoni bor bo‘lgan o‘quvchilar eshitishda yoki ko‘rishda nuqsoni bor
bo‘lgan bolalarga qaraganda biroz qabul qilish darajasi kuchli bo‘ladi. Endi
bunday bolalarni qo‘shib o‘qitishning ijobiy tomonlari haqida quyidagi
fikrlarimizni keltirib o‘tamiz. Birgalikda o‘qitish nuqsoni bor bo‘lgan bolalar
uchun katta bir imkon sifatida qarashlarini inobatga oladigan bo‘lsak, nuqsoni
bor bolalarda hayotga bo‘lgan intilishlari yanada oshadi. Tengdoshlariga qarab
harakat qilishadi, ularga havas qilishadi, jamiyatda ommaga qo‘shilishlari oson
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
137
kechadi, o‘zlarini jamiyat a’zosi sifatida ko‘rishlariga katta sabab bo‘ladi. Bu esa
o‘z o‘rnida har bir insonning jamiyatda o‘rni borligidan dalolatdir.
Endi sog‘lom bolalar uchun birgalikda o‘qitishning ijobiy tomonlariga
to‘xtaladigan bo‘lsak, ular uchun ham juda katta ahamiyatga egadir. Ya’ni
sog‘lom bolalar nuqsoni bor bo‘lgan bolalarga qarab o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari
oshadi, insoniylik fazilatlari yanada shakllanib boradi, ularga yordam qo‘llarini
cho‘zishadi, ular bilan do‘stlashishga harakat qilishadi. O‘quv mashg‘ulotlarida
nuqsonli bolalar sog‘lom bolalarga qaraganda salgina ustunlik qilsa, ularga
nisbatan havas uyg‘onadi. Nahotki, biz shu do‘stimiz singari bo‘lolmaymiz deya
ularga o‘xshashga harakat qiladilar. Ular sababli o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari
yanada ortadi.
Yuqoridagi ikki tipdagi bolalarni qo‘shib o‘qitishda, eng avvalo o‘qituvchilarga
bog‘liq ekanligini e’tirof etishimiz lozim. Bunday bolalarni o‘qitishning
mashaqqatli tomonlari ham mavjuddir. Masalan, sog‘lom bolalarga qaraganda
nuqsoni bor bolalarga birozgina ko‘proq vaqt ajratishlari kerakdir deb
o‘ylanman. Chunki boshqalarga qaraganda ularning qabul qilish darajalari,
psixologik holati, ruhiyatini ham alohida inobatga olish lozim. Qiyinchilik
tomonlaridan yana biri boshqa bolalar nuqsonli bo’lgan bolalarning ustidan
kulmasliklari, shaxsiyatlariga tegmasliklari va kamsitmasliklarini hisobga olgan
holda ularni doimiy ravishda himoyalab, ularga ma’naviy va psixologik yordam
berishlari lozim.
Inklyuziv ta’lim sohasidagi izlanishlarimiz uchun foydali deb bilgan va xorijiy
mamlakatlar ta’lim tizimida samarali qo‘llaydigan metodlar haqida ham
ma’lumotlar o‘rganib o‘tdik va ayrim ma’lumotlarni maqsadli deya qayd qilib
oldik.Jumladan, diffrensial o‘qitish o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini
hisobga olgan holda darslarning hajmini rejalashtirish bo‘lib, bu metodika
Amerika Qo‘shma Shtatlarida individual o‘quv rejalarini amalga oshirishga
qaratilganligi bilan ahamiyatli ekan. Biz amaliyotda bu metoddan
foydalanganimizda rostdan ham darslarni qiziqarli, mazmunli va darsda
ko‘zlangan maqsadimizga erishishda katta yordam berdi.
Ko‘p modal o‘qitish o‘quvchilarga turli formatlar orqali dars o’tish (vizual, audio
va hokazo) demakdir. Bu metod esa Kanada davlatida keng foydalaniladigan
metodlardan bo‘lib, darslarni qiziq va samarali o‘tkazadi. Joriy yildagi maktab
malakaviy amaliyot davrimizda umumta’lim maktablarining AKT bilan
ta’minlanganligi o‘quvchilarga turli qulayliklar yaratganligini ham guvohi
bo‘ldik. Bu metodlardan ham foydalanish uchun maktabning texnik bazasi juda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
138
katta yordam berdi desak ham bo‘ladi. Bunday texnik bazasi borligi bu
maktabning katta yutuqlaridan biri deb o‘ylayman.
Bugungi ta’limda turli texnologiyalarni qo‘llash, o‘quv jarayonlarida zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish (onlayn platformalar va ta’lim dasturlari) ham
birgalikda o‘qitishimiz uchun samarali deb bilamiz. Bu metod natijalarini
Germaniya davlati misolida o‘rganib chiqdik va hozirgi kunda onlayn
platformalar, turli xil dasturlar ishlab chiqilayotgani ham o‘z o‘rnida ta’lim
sohasida yuqori natijalarga erishishga yordam berib kelmoqda. Biz yoshlar va
ta’lim oluvchilar ulardan to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘rinli foydalana bilsak,
ko‘zlangam maqsadlarga albatta erishishimizga ishonaman.
Hozirgi kunda bunday texnologiyalardan yurtimiz ta’lim tizimida va ijtimoiy
vaziyatlarda ham keng foydalanilmoqda. Deyarli biror soha yo‘qki zamonaviy
texnologiyalar kirib bormagan. Bugungi XXI asrda bunday texnologiyalar,
samarador metodlarni qo‘llashga kuchli rivojlangan mamlakatlar qatorida
boshqa davlatlarning ham qiziqishlari ortib bormoqda va bu texnologiyalashgan
soha va ta’lim shakli deyarli barcha mamlakatlarga kirib borgan desak
adashmagan bo‘lamiz.
Xulosa qilib aytganda, inklyuziv ta’lim bu endilikda rivojlanayotgan, xalqaro
standartlarga muvofiq keng ommalashayotgan ta‘lim tizimi bo‘lib, bu ta’limning
mohiyati imkoniyati cheklangan, ya’ni nuqsoni bor, ko‘rish, eshitish,
harakatlanishga nuqsoni bor bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan birgalikda
o‘qitish va ta’lim olishini ta’minlaydi. Bu ta’lim tizimi yuqorida aytib o‘tilganidek,
ijtimoiy tenglikni barqarorlashtirib, nuqsoni bo‘lsada, yoshlarni ta’lim olishdagi
huquqlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, yuqorida sanab o‘tilgan metodlardan bizga natijaviy xizmat
qiladigan metod bu differensial o‘qitish metodikasi bo‘lib, bu metod qo‘llanilishi
juda qulay va boshqa metodlarga qaraganda samarasi ancha yuqori bo‘lish
jihatidan qo‘llashimiz uchun maqsadli ekan. Ya’ni, bu metod har bir bola bilan
alohida individual ishlanishidan natijasi aniq va yuqori bo‘lishi aniqladik. Zero,
kelajakdagi kasbiy faoliyatimiz doirasida inklyuziv ta’lim tizimiga alohida e’tibor
qaratishga harakat qilamiz. Chunki, bunday bolalarni ham ta’lim tizimiga
qamrab olish, har tomonlama yetuk, boshqalar singari erkin fikrlovchi, kelajakda
imkoniyati doirasida iloji boricha o‘z xohishlari bilan jamiyatda o‘z o‘rinlariga
ega shaxs sifatida tarbiyalashni oldimizga maqsad qilib qo‘ysak biz yoshlar
faoliyatida sezilarli yutuqlarga erishishga chorlaydi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
139
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son Qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi ,,Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonuni 637-сон-
23.09.2020 6/23-bet
3.
Inklyuziv ta’limning barcha subyektlari uchun psixologik-pedagogik va
rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish va takomillashtirib
borish metodik tavsiya. Toshkent_2022
4.
L. T. Davlatova 2022. Inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim pedagogikasining
ahamiyati va ta'lim muhitini shakllantirishda interaktiv texnologiyalardan
foydalanish samaradorligi
5.
Akhmedov, B. A., Shuhkrat, K, (2020). Cluster methods of learning english
using information technology. Scientific Progress, 1(2), 40-43.