ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
69
XALQ OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISHNING TARBIYA DARSLARI
UCHUN AFZALLIKLARI
Elmurodova Lobar
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13959191
“Bolalarimizni bog’cha yoshidan,boshlang’ich sinflardan kichik-kichik
kitoblarga o’rgatish,shu orqali ularni kitobsevar qilib tarbiyalash zarur.
Shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanadi, boshqalar ham kitob
o’qishga qaytadi”.
Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy: ”Tarbiya biz uchun yo hayot-yo
mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidur’’, -degan fikrlari
o’z davrida ham,hozirgi kunda ham o’z saviyasini, maqsadini yo’qotgan emas.
Sharq xalqlari uchun farzandlarini to’g’ri tarbiyalash,ularni kelajakda komil
inson qilib har doim eng oliy vazifa bo’lib kelgan. Shu sababdan qadim
zamonlardan buyon ajdodlarimiz to’g’ri tarbiya vositasi sifatida og’zaki ijod
namunalarini o’ylab topishgan. Maqol, topishmoq, ertak, lof, doston, alla, tez
aytish, lapar, qo’shiq… bularning barchasini o’ylab topishdan asosiy maqsad-
bolalarining tarbiyasini to’g’ri tashkil etish,ular bilan birga muloqotda bo’lib,
birgalikda o’ynash orqali ezgu his-tuyg’ularni singdirish.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib,o’sib borayotgan avlodning tarbiya tizimida xalq
og’zaki tizimida xalq og’zaki ijodi va pedagogikasi tajribalari yosh avlodni
xarakteri va ongini boshqaruvchi vosita,asosiy kuch deb hisoblash mumkin.
Tarbiya xalqning milliy va ma’naviy qadriyatlariga suyanish,ular orqali
o’quvchilarda milliy qadriyatlarni shakllantirish – o’ta dolzarb masalalardan
biridir. Chunki,bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda yoshlar ongi va qalbi
uchun kurash keskinlashgan bir paytda o’quvchilarni iloji boricha,oila muhitida
va maktabgacha ta’lim muassasasidanoq vatanparvar, xalqparvar, fidoiy, Vatani,
xalqi uchun jonini ayamaydigan matonatli qilib tarbiyalash zarur. (“Ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishda xalq og’zaki ijodi”Kasimova Odina-Innovation
research and science.)
Shunga ko’ra fikrlaydigan bo’lsak, tarbiya ilk bor oilada shakllanadi. Ota va ona
ham ilk bor farzandini tarbiya qilayotganda xalq og’zaki ijodi namunalaridan
foydalanishi tabiiy hol.Ona farzandiga alla aytishi orqali,uning kelajakda komil
inson bo’lishini orzu qilib o’z allasiga jamuljam qiladi.Farzandi biroz ulg’aygach
ertaklardan namunalar tinglashni boshlaydi,ota bo’lsa xalq o’yinlarini o’rgatish
orqali farzandini chaqqon,ziyrak qilib tarbiyalaydi,farzandiga hunar o’rgatishni
boshlaydi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
70
Folklorshunos olim S.To’rayev aytishicha:”Xalq og’zaki ijodida hayotning,
tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha
muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi”.
Yoshlarga to’gri va samarali tarbiya berish haqida gapirar ekanmiz,eng
avvalo Prezidentimizning:” Meni doimo o’ylantiradigan,tashvishga soladigan
yana bir dolzarb masala bu -yoshlarimizning odob-axloqi,yurish-turishi,madaniy
saviyasi,bir so’z bilan aytganda,tarbiyasi bilan bog’liq. Biz bu yo’nalishda katta
ishlarni amalga oshiryapmiz. Ammo ularning samaradorligini kuchaytirish
uchun bir qator masalalarga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Xususan,yoshlar
o’rtasida kitobxonlikni,mutolaa madaniyatinirivojlantirish doimiy e’tiborimiz
markazida bo’lishi zarur”.
Xalq og’zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiradigan
bo’lsak,hamma janrlarida ezgu insonparvarlik g’oyalari yetakchi o’rin egallaydi,
har bir turi farzand kamolotini mukammallashtirish uchun yordam beradi.
Misol uchun, maqollarni olaylik. Maqollar bolalarning dunyoqarashini o’stiradi,
bilim boyligini kengaytiradi va shu bilan birga qisqa-qisqa jumlalar orqali butun
boshli bir g’oyani ifodalaydi. Topishmoqlar ham shunday. Ular bolalarning
fikrini teranlashtirib hozirjavoblikka undaydi. Afsona va rivoyatlar esa har doim
o’quvchi uchun qiziqarli manbadir,chunki ularda fantastik obrazlar orqali
qahramonlar shakllantiriladi,shu sababli qiziquvchanligi ortadi. Tez aytishlardan
ko’proq foydalangan bolalarning talaffuzi chiroyli,nutqi ravon bo’lishi shubhasiz.
Xalq qo’shiqlari xalqning quvonch-u shodligini, orzu-armonlarini, g’am-
tashvishlarini aks ettiradi. Xalq ertaklari bolaning fantaziyasini oshiradi, bola
ertak qahramonlari bilan birgalikda ko’plab sarguzashtlarni amalga oshiradi. Bu
janrlar hammasi bir bo’lib bolani tarbiyalaydi.
Sharq olamida farzand tarbiyasida odob-axloq masalalariga juda katta
ahamiyat beriladi.Bu sohada bir qancha adabiyotlar yaratilgan.Ular orasida
Kaykovusning ”Qobusnoma’’, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik”, Nosir
Hisravning “Saodatnoma”, Alisher Navoiyning “Maxbub ul-qulub”, Abdurahmon
Jomiyning “Bahoriston”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va “Bo’ston”, Abdulla
Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi asarlari necha asrlardan buyon
o’rganilib, yosh avlodni to’gri tarbiya qilishdagi muhim qo’lanmalar sifatida
o’rganilyapti.
“Sharq-tarbiya o’chog’i”, -deyiladi manbaalarda. Shundan ko’rinib turibdiki,
sharq xalqlarida tarbiya har doim oliy o’rinda turgan. Suhbatlashish
odobi,salomlashish odobi, kiyinish, ovqatlanish odobi, mehnatsevarlik
bag’rikenglik,
mardlik,vijdonlilik,
ochiqko’ngillilik,
samimiy
bo’lishlik,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
71
rostgo’ylik, halollik kabi odobiy axloqlarni xalqimiz o’z farzandlariga
tug’ilganidan boshlab o’rgatib kelishgan.
Odob-(“adab”so’zining ko’plokdagi shakli)-madaniyatning oliy ko’rinishi
bo’lib, kishilarning yurish-turishi, muomala maadaniyatida namoyon bo’ladigan
xulq-atvor.
Tarbiya-shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni
shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon bo’lib,insonni jamiyatda
shaxs bo’lib yashashi uchun zarur bo’lgan xususiyatlarga ega bo’lishini
ta’minlash yo’lida ko’riladiga chora-tadbirlar majmuidir. Tarbiya insonning
insonligini ta’minlaydiga eng noyob va qadimiy qadriyatdir.Tarbiyasiz alohida
odam ham,alohida kishilik jamiyati ham paydo bo’la olmaydi.Chunki,odam va
jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir
avloddan boshqasiga o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan
“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Unga
ko’ra umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining yoshi va psixofiziologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar
va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni
yangicha asosda tashkil etish maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalarida
“Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, ”Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”ni
hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani
1-9-sinflarda 2020/2021 o’quv yilidan,10-11-sinflarda esa 2021/2022 o’quv
yilidan boshlab joriy etilgan..Tarbiya ma’lum bir muddat ichida o’rganib va
o’rgatib bo’ladigan jarayon emas.Shuning uchun bu jarayon bolalarning
maktabda ketishi bilanoq boshlanadi va uni tamomlagunicha va undan keyin
ham davom etadi.Shuningdek,bu o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil
etuvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir.Tarbiyaning
asosiy vazifasi va maqsadi jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan
rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoit
yaratish.Shu o’rinda buyuk faylasuf va mutaffakir Umar Hayyomning ushbu
fikrlari fikrimizning dalilidir:”Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilan bo’ladi.Tarbiya
esa amaliy ish va tajriba bilan amalga oshadi”.
Tarbiyaning
maqsadi-har
tomonlama
mukammal,komil
insonni
yetishtirish.Tarbiya mazmuni deganda ,qo’yilgan maqsad-vazifalar bilan
birgalikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim,malaka
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
72
e’tiqod,shaxs sifati va xarakteri,xulq-atvor tizimi tushuniladi.Tarbiyaning
umumiy vazifalari:jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi
hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit
yaratish;jamiya rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga xos bo’lgan
yetarlicha hajmdagi ,,inson kapitali’’ni tayyorlash;madaniyatlarni uzatib turish
orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash; ma’lum jins yoshi va
ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy
munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
Bugungi kunda,fan-texnika taraqqiyoti innovatsion jamiyatga bo’lgan ehtiyoj
yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ular oldida tezkor qaror
qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni
shakllantirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo’lish
hayotiy talablarni qo’ymoqda.Shu bois,O’zbekiston Respublikasida “Tarbiya”
fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini
amalga oshirishda mavjud bo’lgan dolzarb muammolarni hal etishga
yo’naltirildi.
Konsepsiyada
belgilangan
vazifalar
O’zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi
talablari,izliksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi,milliy va jahondagi ilg’or
tajribalar mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan uyg’un ravishda
amalga oshiriladi.Shiddat bilan o’zgarayotgan zamonda o’quvchi-yoshlarni
muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat,majburiyat kabi
fazilatlarni shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalaga aylanib bormoqda.
Boshlang’ich sinflar uchun mo’ljallangan “Tarbiya”darsliklariga e’tibor
beradigan bo’lsak,ularning barchasi o’quvchilarning axloqini mukammal
qilish,tarbiyali
bo’lishi
hamda
ko’plab ijobiy
sifatlarni,
jumladan,
vatanparvarlik,boshqa millatlilar bilan do’st bo’lish, mardlik,jasurlik,ajdodlar
merosini qadrlash, makatabini ulug’lash, kisobsevar bo’lish, yaxshilik qilish
kabilarni tarannum etadi.
4-sinf darsligiga e’tibor qarataylik.Ushbu darslikning har bir bobi axloqiy so’zlar
bilan ta’riflangan.
I bob.Insoniyatning ma’naviy merosi.
II bob.Axloq-inson ko’rki.
III bob.Oila-baxt qo’rg’oni.
Tarbiyaviy
hikmatli
so’zlar,bolalarga
mos
hikoya
va
rivoyatlar
“Tarbiya”darsligining asosidir. ”Axloq-inson ko’rki” bobiga nazar tashlaydigan
bo’lsak,quyidagi hikmatga bevosita ko’zimiz tushadi:”Jismoniy kamchilik
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
73
emas,maqsadning yetishmasligi inson imkoniyatini cheklaydi.Bu hayotda hech
kimning imkoniyati cheklanmagan.Aksincha,barchaning o’ziga xos iste’dodi bor.
Muvaffaqiyatning asosi-mashq va harakat. Intilganga doim omad kulib boqadi” .
Ushbu darslik, nafaqat, ta’lim beradi, balki bilmagan narsalarimizni
o’rgatadi, kim bilan qanday munosabatda bo’lishimizni anglab yetishimizga
ko’maklashadi,har taraflama rivojlanishimizga poydevor vazifasini o’taydi.
Xalq og’zaki ijodi namunalari asosida o’quvchilarning tarbiyaviy tadbirlarini
o’tkazish jarayonida barcha pedagoglar o’z faoliyatlarini O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida’’gi qonuni, ”Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi’’, ’’Pedagogika fani Konsepsiyasi talablari’’ bilan hamohang ravishda olib
borishlari lozim.
Tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga qo’yiladigan pedagogik talablar
quyidagicha:
-Tadbirlarni o’tkazishdan oldin bolalar ruxiyati,qiziqishini o’rganish;
-O’tkaziladigan tadbirga bolalarda qiziqish uyg’ota bilish;
-Tarbiyaviy tadbir rejalashtirilganda sinfdagi hamma bolalarning mazkur
faoliyatda ishtirok etishini ta’minlash;
-Tarbiyaviy tadbirda ishtirok etadigan bolalarni rag’batlantirish va boshqalar
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun “Maqollar va topishmoqlarda kuylangan
fazilatlar”, ”Mening sevimli qahramonim’’,”Alpomish-jasurlik timsoli”, ”Ona-
buyuk va muqaddas zot”, ”Mening ona shahrim”, ”Vatanparvarlik nima’’kabi
mavzularda tarbiyaviy kechalar tashkil etsh mumkin.
Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodida foydalanish, ta’lim jarayonida
o’qitish, o’quvchilarni tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb
etadi.Xalq og’zaki ijodining hammasi tarbiya darsligidan joy olgan bo’lib,
ularning barchasi o’quvchilarni barkamol shaxs bo’lib ulg’ayishi uchun poydevor
vazifasini o’tab kelmoqda.
Tarbiya eng muhim va nozik masala ekanligini anglagan holda jamiyatimizda bu
sohaga ko’plab e’tibor beriladi. Vatanimiz kelajagi yoshlar qo’lida, bunday
zamonaviy bilimli, aql-idrokli yoshlarni to’g’ri tarbiyalash yo’lida davlatimiz
rahbari ko’plab sa’y-harakatlar olib boryapti.
Xalq og’zaki ijodi orqali farzandlarni tarbiyalash esa samarali va oqilona yo’l
ekanligini bilib oldik,chunki xalq og’zaki ijodining bosh g’oyasi ham komil inson
shaxsini tarbiyalashdan iboratdir
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining vazifasi ham o’tmishdagi ajdodlarimiz
merosini yosh avlodga to’laqonli yetkazish va bu merosni to’g’ri va samarali
o’rgatishning usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. Hozirgi kunda boshlang’ich
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
74
ta’lim tizimida Tarbiya darslarini tashkil etishda xalq og’zaki ijodining eng sara
va nodir,tushunarli janrlaridan foydalanish orqali o’quvchilarga ta’lim va tarbiya
berish-pedagogikaning dolzarb masalalaridan bo’lib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyev.,,Besh muhim tashabbus’’.
2.,,Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda xalq og’zaki ijodi’’.Odina
Kasimova.,,Innovation research and science’’.105281/zenedo.7151532.
3..Sh.Mirziyoyev.”Yangi
O’zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasi”.-
T;”O’zbekiston”:2022-yil,252-bet.
4..4-sinf”Tarbiya”darslik.41-bet,Toshkent:”O’zbekiston”NMIU,2020.