ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
39
JAHON IQTISODIYOTI: ASOSIY TUSHUNCHALAR,
SUBYEKTLAR VA MUNOSABATLAR
Eshqulov Bahodir Karimberdi o‘g‘li
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari
baxodireshqulov@icloud.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13950142
Annotatsiya.
Ushbu maqolada XXI asr boshlaridagi jahon iqtisodiyotining
mohiyati, umumiy xususiyatlari, asosiy subyektlari va munosabatlari ko‘rib
chiqilgan. Zamonaviy jahon xo‘jaligi tushunchasi va uning asosiy subyektlari
tahlil qilinib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning turli shakllari mohiyati,
ularning globallashuv sharoitida kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi va
yaxlitligi ochib berilgan. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari
dinamikasi tahlil qilinib, ularning 2020-yilgacha bo‘lgan prognoz baholari ko‘rib
chiqilgan. Xulosa sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik quyi tizimlarga ega
zamonaviy jahon xo‘jaligi modeli taqdim etilgan.
Kalit so‘zlar:
jahon iqtisodiyoti, jahon xo‘jaligi, milliy iqtisodiyot, xalqaro
iqtisodiy tashkilotlar, XVJ, BMT, Jahon banki, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro
iqtisodiy munosabatlar, milliy hisoblar tizimi, YAIM.
Jahon iqtisodiyoti — ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tarixan tarkib topgan,
xalqaro mehnat taqsimoti tizimi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan o‘zaro
bog‘langan alohida xo‘jalik tarmoqlarining yig‘indisi hisoblanib, o‘z
taraqqiyotida bir necha davrni bosib o‘tgan. Ishlab chiqarishning sanoatgacha
bo‘lgan bosqichi — XVII asrning oxiri. Jahon iqtisodiyoti xalqaro savdoning
paydo bo‘lishi bilan ishlab chiqarishning sanoatgacha bo‘lgan bosqichida paydo
bo‘lgan va XVII asrning oxirigacha shakllangan. XIX asr oxiri – XX asr boshlari.
Aynan shu davrda yirik mashinasozlik sanoati asosida jahon iqtisodiyoti
tizimining shakllanishi yakunlangan. XX asrning 20-yillari oxiri – 80-yillarning
o‘rtalari. Birinchi jahon urushidan keyin jahon iqtisodiyoti tizimida sifat
o‘zgarishlari jarayoni boshlanib, mustamlakachilik tizimining qulashi bilan
yakunlangan. Jahon iqtisodiyoti ikki asosiy tizimga — sotsialistik va kapitalistik
tizimga bo‘linib, tashqi iqtisodiy qaramlikdan ozod bo‘lgan ko‘plab mustamlaka
mamlakatlari bilan to‘la boshlagan. Bu davrda bozor iqtisodiyoti ijtimoiy xo‘jalik
yuritish yo‘nalishida sezilarli darajada o‘zgargan. Makrodarajada davlat
tomonidan tartibga solish bilan bozor vositalari bir-biri bilan chambarchas
bog‘lana boshlagan. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati ishlab chiqarishdagi
integratsiya jarayonlarining kuchayishi, ularning turli mamlakatlarda tovarlar va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
40
butlovchi buyumlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq tashkiliy-iqtisodiy
shakllarining rivojlanishidir .
Jahon iqtisodiyotini keng va tor ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Keng ta’rifga
ko‘ra, jahon iqtisodiyoti — bu dunyodagi barcha milliy iqtisodiyotlarni o‘z ichiga
olgan tizim, tor ma’noda esa bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyoga
tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslarni yetkazib beruvchi qismlari kiradigan
tizimdir. “Jahon iqtisodiyoti” tushunchasidan “xalqaro iqtisodiyot” tushunchasini
farqlash lozim, chunki “xalqaro iqtisodiyot” tushunchasida jahon
iqtisodiyotining o‘zi emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi
nazarda tutiladi. “Jahon iqtisodiyoti” tushunchasining sinonimlari esa “jahon
xo‘jaligi”, hamda “butunjahon xo‘jaligi” hisoblanadi .
Jahon iqtisodiyotini uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari —
subyektlaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu
subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar
(TMK), transmilliy banklar (TMB), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy
subyekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki,
dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda.
Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan,
mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy
hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon
iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda
mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim .
Oxirgi o‘n yilliklarda TMKlar darajasi ko‘tarildi va butun dunyo ularning faoliyat
(savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMKlar global
iqtisodiyotining muhim mustaqil tarkibiy qismiga aylanishdi va ular hissasiga
jahon yalpi ichki mahsulotining 1/5—1/4 qismi to‘g‘ri kelmoqda. TMKlarning
aksariyat qismi o‘z mamlakatlari ichki bozori uchun ishlashiga qaramasdan,
globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi hisoblashadi. Globallashuv
jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida TMKlar uchun manfaatli
hisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo‘jalik subyektlari sanaladi.
Shu bilan birga, TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyot manfaatlari
bilan mos kelavermaydi. Shunga qaramasdan, globallashuv jarayonining
chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va jahon
xo‘jaligining boshqa subyektlariga ta’siri ortib bormoqda.
Transmilliy banklar (TMB) hozirgi davrga kelib katta moliyaviy salohiyatga va
bank xizmatlari bozorida yetakchi universal tijorat banklariga aylanishdi va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
41
TMKlar bilan birga jahon iqtisodiyotining asosiy sub‘ektlariga aylandi. Ular
jahon moliya bozorlarida yetakchi mavqeyiga va murakkab va samarali
boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, dunyoning bir nechta mamlakatlarida faoliyat
yuritadi. A.Bulatovning fikriga ko‘ra, tashqi iqtisodiy faoliyat transmilliy
banklarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Masalan, 1960-yilda faqat 8 ta AQSH
banki xorijiy davlatlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan bo‘lsa, XX asrning 90-
yillarining oxiriga kelib, ularning soni 100 tadan oshdi .
Jahon iqtisodiyoti tizim sifatida tovarlar, xizmatlar, shuningdek, iqtisodiy
resurslar (ishlab chiqarish omillari) harakati bilan mustahkamlangan. Shu
asosda mamlakatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar (tashqi iqtisodiy
aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari) — rezidentlar, ya’ni muayyan mamlakatda
doimiy bo‘lib turgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda norezidentlar, ya’ni
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlari vujudga
keladi. An’anaga ko‘ra, tovar va xizmatlarning xalqaro (jahon) savdosi alohida
shakl sifatida ajratiladi. Iqtisodiy resurslarning (ishlab chiqarish omillarining)
harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kapitalning xalqaro harakati, ishchi
kuchining xalqaro migratsiyasi, xalqaro bilim almashinuvi kabi shakllari asosida
yotadi. Qolgan iqtisodiy resurslarga (kapital, mehnat va bilimdan tashqari)
kelsak, tabiiy resurslar harakatchan emas va jahon xo‘jaligi aloqalarida deyarli
har doim bilvosita, qazib olingan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning
xalqaro savdosi orqali ishtirok etadi. Tadbirkorlik qobiliyati (tadbirkorlik) kabi
omil odatda kapital, ishchi kuchi va bilimlar bilan birga harakatlanadi va shuning
uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida namoyon
bo‘lmaydi ..
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Мировая экономика и международный бизнес. Экспресс-курс. 2-е
издание. Учебник. Под ред. В. В. Полякова и Р. К. Щенина. Издательство
«Проспект», 2013 год — 339 с.
2.
Мировая экономика. Экономика зар. стран: Уч-к/Под ред В. П.
Колесова — М.: Флинта, 2000.
3.
Мировое хозяйство и экономика стран мира : учеб. пособие для
студентов, обучающихся по специальностям «Финансы и кредит»,
«Бухгалтерский учёт, анализ и аудит», «Мировая экономика» / В. П.
Воронин, Г. В. Кандакова, И. М. Подмолодина; под ред. В. П. Воронина. —
Москва : Финансы и статистика, 2007. — 237 с.
4.
Булатов А. Мировая экономика.-М.:Юрист, 1999.-с.208
5.
Международная экономическая интеграция в мировом хозяйстве :
учебное пособие для студентов высших учебных заведений, обучающихся
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
42
по направлению «Экономика» и экономическим специальностям / Л. В.
Шкваря. — Москва : ИНФРА-М, 2011. — 313.