ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
25
KOREYS TILINING O’ZBEKISTONDAGI O’RNI
Zayniddinova Sarvinoz Jamoliddin qizi
O’zbekiston Jahon Tillari Universiteti Talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13948879
Annotatsiya
Maqolada oxirgi yillarda koreys tilining shiddat bilan dunyo ta’lim tizimiga
kirib borishi bilan birgalikda, xususan uning O’zbekistondagi o’rganilish holati
va darajasi, hamda uni ommalashtirish maqsadida olib borilayotgan chora-
tadbirlar tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar
Koreys tili : Koreya,koreys tili,rivojlantirish,faoliyat,KOICA, qaror
XXI asr davrida chet tillarni bilish har qachongidan ham muhimdir.
Ayniqsa,rivojlangan davlatlarning tilini bilish mamlakatga katta foyda olib
keladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan
biri rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishdir.
Shuning uchun, O‘zbekiston dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan
hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, rivojlantirib kelmoqda. Shundan kelib chiqib,
Osiyoning iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlari bilan hamkorlik aloqlarni
yo‘lga qoyilishi nihoyatda manfaatlidir.Osiyoda shunday mamlakatlardan biri
Koreyadir. .Shu o’rinda Koreyaning iqtisodiy rivojlanishi butun dunyoda koreys
tiliga bo’lgan ehtiyojni oshirmoqda.Nafaqat,bizning davlatda,balki ko’pgina
davlatlarning kollej va universitetlarida koreys tilini bilish darajasini oshirish
uchun til kurslari taklif etila boshlanyapti.
ASOSIY QISM
Oʻzbekistonda koreys tili oʻziga xos tarixiy va madaniy oʻtmishga ega. Uning
mavjudligi asosan 1930-yillarda Sovet Ittifoqi tomonidan Oʻrta Osiyoga
majburan koʻchirilgan Koryo-Saram nomi bilan mashhur boʻlgan etnik
koreyslarning migratsiyasi bilan bogʻliq. Bugungi kunda O‘zbekistonda Markaziy
Osiyodagi eng yirik koreys diaspora jamoalaridan biri joylashgan.Bundan
tashqari,mamlakatimizga urush tufayli kelib qolgan koreyslarga yurtimizda
qanday mehr-muruvvat ko‘rsatilganini Koreya ahli mamnuniyat bilan yodda
tutadi.Shu sababdan bo’lsa kerakki,bu ikki davlat bir-biridan uzoqligiga qaramay
ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning quyidagi
fikrlari bunga yaqqol misoldir. “Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston
Respublikasi strategik sheriklardir. Janubiy Koreya yuksak darajada taraqqiy
etgan, ulkan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, innovatsion va intelektual ega
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
26
davlat sifatida dunyoda e’tibor qozongan. Ochiqlik, o‘zaro anglashuv va
manfaatlarga hurmat asosida qaror topgan hamkorligimizni yuksak qadrlaymiz”
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi
“OʻzbekistonRespublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish
faoliyatini sifat jihatidanyangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qarorigako’ra, koreys tili mamlakatimizda
o’rganiladigan 10ta ustuvor xorijiy tillarro’yxatiga qo’shildi. Buning asosida
Respublika taʼlim markazi va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya
Respublikasi taʼlim markazi oʻrtasida 2021-yil 8-avgust kuni Oʻzbekistonda
koreys tilini oʻqitish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolangan edi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 12 ta oliy ta’lim muassasasi, 48 ta
maktab va litseyda koreys filologiyasi o‘qitilmoqda.Bundan tashqari bir
necha Koreys tashkilotlari ham faoiyat olib borishmoqda.Bulardan biri KOICA.
1995 yili KOICA O‘zbekistonda o‘zining doimiy vakolatxonasini ochdi. Shu
davrdan boshlab respublikada KOICA o’zining barcha dasturlari bo’yicha
faoliyat olib borgan. Faoliyatning yoʼnalishlaridan biri —turli mamlakatlarga
ekspertlarni yuborishdir. Agar Koreya 1990 yilda bor-yo’g’i 44 ta ko’ngillilarni
to’rt mamlakatga jo’natgan bo’lsa, hozirga kelib ularning soni har yili 1100
kishidan ortib ketmoqtsa va ular jahonning 33 mamlakatiga
yuborilmoqdalar. Koreyalik ko’ngillilar O’zbekistonning Toshkent, Farg‘ona,
Samarqand, Buxoro va Nukus shaharlarida ishlamoqdalar. Ular uchun axloqiy va
ma’naviy mezon —halollik, o’ziga ishonch, hamkorlik va beg‘araz yordam
ko‘rsatishdir. Ko’ngillilar yordamida O’zbekistonda koreys tili o’qitilmoqda. Shu
yili respublika fuqarolaridan to’qqiz ming kishi imtiyozli usulda koreys tilini
o’rganishga muvaffaq bo’ldilar.
XULOSA
Ishonamanki, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning eng ishonchli hamkorlaridan
biri bo’lib qoladi.Hamda mamlakatlar o‘rtasida nafaqat ta’lim sohasida, balki
ko‘plar sohalarda ham aloqalar jadallik bilan rivojlanib boradi. Koreya
Respublikasining ta’lim sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalarini tahlil
qilish, o‘zaro fikr almashish, zamonaviy kadrlar masalasidagi hamkorlik
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida har bir sohada o‘z o‘rniga ega bo‘lishida
katta ahamiyatga egadir. Chunki, Koreya Respublikasi hozirgi mavqeiga
erishishida bevosita ta’limning o‘rni kattadir. Buyuk olim fransuz olimi Frederik
Jyulio Kyuri yozganidek: “Ilm-fan –butun yer shari bo‘ylab sochilib ketgan
odamlar fikrining birlashuvi uchun asosiy unsur bo‘lib xizmat qiladi va bu uning
eng oliy fazilatidir. Mening nazarimda kishilar xuddi ilm-fandagidek tez bir
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
bitim va kelishuvga erishadigan inson faoliyatining boshqa biror bir sohasi
bo‘lmasa kerak’’.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1.
https://namu.wiki/w/%ED%95%9C%EA%B5%AD-
%EC%9A%B0%EC%A6%88%EB%B2%A0%ED%82%A4%EC%8A%A4%ED%8
3%84%20%EA%B4%80%EA%B3%84
2.
Kasymova. A., Guraev S. A. Topical issues of modern international
relations. -Tashkent: Academy, 2008. -P. 233.
3.
Matnazar Elmuradov, The President of the Republic of Korea has
arrived in Uzbekistan. //The Newspaper “Xalq so‘zi”, 2019. -No 79, p.1
4.
http://uza.uz/oz/politics/presidents-toshkent-sha-rida-koreys-
madaniyat-va-sanat-uyi
5.
https://n-academy.uz/index.php/yo