Авторы

  • Sherali Qambarov
    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kafedra sikli katta o‘qituvchisi, h.f.n.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49662

Ключевые слова:

Turkiston Jadidchilik jadid matbuot gazeta millat jurnal tarix ziyoli.

Аннотация

Ushbu maqola Turkistonda ma’rifatparvar “Jadidchilik” harakatining o‘zbek milliy matbuotini paydo bo‘lishi hamda tarixiga ulkan xissa qo‘shganligi shuningdek matbuotning yoritilishida yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga, amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ma’rifiy harakatlar bo‘lganligi to‘g‘risida batafsil yoritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

162

JADIDCHILIK YILLARIDA O‘ZBEK MILLIY MATBUOTI

Qambarov Sherali Abdumalikovich

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi

kafedra sikli katta o‘qituvchisi, h.f.n.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14166935

Ushbu maqola Turkistonda ma’rifatparvar “Jadidchilik” harakatining o‘zbek

milliy matbuotini paydo bo‘lishi hamda tarixiga ulkan xissa qo‘shganligi
shuningdek matbuotning yoritilishida yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga,
amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ma’rifiy harakatlar
bo‘lganligi to‘g‘risida batafsil yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

Turkiston, Jadidchilik, jadid, matbuot, gazeta, millat, jurnal,

tarix, ziyoli.

В

данной

стате

подробно

описываются

место

и

роль

просветительского движения «Джадидчилик» в Туркестане, а также ее
значении в деле воспитания молодежи в духе патриотизма, укреплению в
сознании наших военнослужащих активной жизненной позиции.

Ключевые слова.

Туркестан, Джадидизм, джадид, пресса, газета,

нация, журнал, история, интеллигент.

In given article the place and a role educational movements of

“Dzhadidizm” in Turkestan, and also its value in business of education of youth
in the spirit of patriotism, to strengthening in consciousness of our military men
of an active vital position are in detail described.

Key words

: Turkestan, Dzhadidizm, dzhadid, press, newspaper, magazine,

nation, history, intellectual.

O‘zbek milliy matbuoti haqida so‘z yuritar ekanmiz ushbu davrda

zamonaviy adabiy til uchun qoidalar ishlab chiqildi; o‘zbek tilining ifoda
imkoniyatlari, badiiy til fasohati va balog‘ati jadidlar yozgan badiiy asarlarda
yaqqol ko‘rindi. Shu e’tibordan jadid adabiyotidagi poetik nutqning yangilanishi
va unga xos ilmiy-nazariy tamoyillar alohida tadqiqot qamrovida o‘rganish
uchun o‘z egalarini kutib turibdi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yil dekabrda

Toshkentda bo‘lib o‘tgan

“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik

g‘oyalari”

mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan

tabrigida, “Mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan
ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va
ahamiyatini hamon yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini hamkor davlatlar
hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran
tadqiq va targ‘ib etish bizning ustuvor vazifamizdir”, – degan prezident.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

163

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan asr boshlarida shakllangan bu

harakat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va
turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirganini qayd etgan

Jadidlar kim bo‘lganini tushunib olish uchun o‘sha davr tarixini juda yaxshi

bilish zarur. Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshida paydo bo‘ldi. Agar biz
jadidchilik paydo bo‘lishining tarixiy sabablarini tushunishni istasak, tarixga
biroz chuqurroq kirib borishimiz, XIX asrdagi falsafa va ma’rifatning kuchayishi,
qanchalik g‘ayri tabiiy ko‘rinmasin, O‘rta Osiyo xonliklarining XVI asrda Buyuk
ipak yo‘li zaiflashib qolgani bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelgan qoloqligi ob’ektiv
sabablarini anglab olishimiz kerak bo‘ladi. O‘sha vaqtda dengiz yo‘llari ochilib,
G‘arbda, Yevropada texnologiyalar jadal rivojlana boshladi. Sub’ektiv sabablar
esa xalq xo‘jaligi va umumiy rivojlanishga ulkan zarar yetkazgan ichki
urushlardir.

Ma’lum bo‘lishicha, mashhur jadid va yoshlarning sevimli yozuvchisi

Cho‘lpon 1910 yilda 13 yoshda, Behbudiyning yoshi esa 30 dan oshiqroq bo‘lgan
ekan. O‘sha harakat ishtirokchilari faqat yoshlardan iborat ekani ma’lum
bo‘lyapti. Ayni masalaga yondashilganda, shundan kelib chiqish kerak bo‘ladi. Bu
yoshlar intellektual jihatdan rivojlangan va Turkistonning jahon taraqqiyotidan
orqada qolayotgani sabablarini tushunar edi. Shu o‘rinda qayd etish joizki,
ma’rifatparvarlikning chuqur ildizlari bo‘lib, faqat jadidchilik ko‘rinishida zuhur
bo‘lgani yo‘q. Uning ma’rifatparvarlik ildizlari ham bor edi va jadidchilik ushbu
harakatning akkumulyatori – quvvat yig‘uvchisi bo‘ldi. Albatta, u oldingi
adabiyot, oldingi falsafa yutuqlariga asoslangan. Jadidlar o‘zini ushbu falsafaning
tahlilchilari sifatida ham namoyon qildi. Bilamizki, mashhur ma’rifatparvar
Ahmad Donish, shoirlar Muqimiy, Furqat, Hamza, Ubaydulla Zavqiy, Muhammad
Bayoniy, Abay Qo‘nonboyev va olim Cho‘qon Valixonov islohotning hassos
tarafdorlari bo‘lgan, ular boshi berk ko‘chadan chiqishni nafaqat ma’rifatda,
qolaversa, turkiy xalqlar birligida ko‘rgan. O‘tmishdoshlaridan ancha oldinlab
ketgan va ma’rifatparvarlikdan siyosatga o‘tgan jadidlar shu zaminda unib
chiqqan.

O‘zbek matbuoti tarixi jadidchilik harakati va jadid ziyolilari nomi bilan

tabiiy ravishda bog‘lanadi. Jadidchilik – ancha chuqur, murakkab, ziddiyatli, ayni
damda yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga, amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-
siyosiy, adabiy-ma’rifiy harakati bo‘lgan.

Jadid ziyolilari uchun eski usuldagi maktablarni isloh etish, badiiy

adabiyotni yangi o‘zanga solish, teatr sahnasini ibratxonaga aylantirish naqadar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

164

muhim bo‘lsa, milliy matbuot tashkili va taraqqiysi ham shu darajada ahamiyatli
edi.

Jadidlar zamonida matbuotdagi haq so‘zning kundalik hayotga, odamlarga,

jamiyatga ta’siri kuchli bo‘ldi. Vaqtli matbuot odamlarning ijtimoiy hayotiga faol
aralashmog‘i va dunyodan boxabar bo‘lmog‘i uchun zaruratga aylandi. Boshlab
gazetalar oyda bir bora bazo‘r chiqdi va asta-asta haftalik va kunlik nashrlar
shiddat bilan odamlar orasiga kirib bordi hamda sahifalaridagi maqola va
ma’lumotlar ma’naviy ehtiyoj tusini oldi.

Millat ma’naviyatini isloh etish, odamlarni ma’rifatli qilish, olamga ochiq

nazar bilan boqishga o‘rgatish va mudroq tafakkurni uyg‘otishning eng asosiy
omili sifatida jadidlar matbuotning qadrini baland ko‘tardi. Ular nazdida
matbuot – fikrlar tilmochi, millat va el-yurt rivoji yo‘lida xizmatchi, odamlar ong-
u shuurining quyoshi, har kimning vijdoniga tutilgan ko‘zgu bo‘lmog‘i lozim edi.
«Ulfat» ko‘ngillar birligidan so‘z ochishi, «sado»lar ma’rifat va ma’naviyat,
odobiyot va adabiyotning ovozi bo‘lishi kerak edi. Gazeta va jurnallar nomi shu
ezgu niyatlarga moslab tanlandi.

Turkistonlik ziyolilar o‘zlari gazeta chiqargunga qadar bir muddat Qrimga

– Baxchasaroyga ko‘z tikishdi. Ismoilbek Gasprinskiyning Jadidlar shu
allomaning «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini o‘qib, uning muxlisi va muhibiga
aylanishdi. Garchand «Tarjimon»ning Turkistondan o‘quvchilari ko‘p bo‘lsa ham,
bosilishining boshlarida turkistonlik yozuvchilar juda kam – onda-sonda ishtirok
etdi [1]. Biroq XX asrning o‘ninchi yillaridan boshlab Mahmudxo‘ja Behbudiy
(Samarqand), Oxun mulla Mavdud Ohimov (Toshkent), Mirhusayn Mirrahimov
(Qo‘qon), Abduqodir Shakuriy (Samarqand), Qozi Ziyouddin Mahmud ibn Domla
va mudarris Fayzrahmat (Buxoro) kabilar qatnashadi.

Mualliflar ba’zan maqola-xabar yozishsa, ayrim hollarda «Tarjimon»dan

o‘zlarining eng muhim savollariga javob olish niyatida maktublar yo‘llaydi.
Abdulhamid Cho‘lpon 1913 yili Ismoil Gaspinskiyga yozgan maktubida
«Shalola», «Turk yurdi», «Shahbal», «Tarjimon», «Vaqt» va «Iqbol» kabi jadid
qardoshlarning gazeta va jurnallarini yodga oladi, ularni o‘qib borayotganini
aytib o‘tgan [2].

Turkiston ziyolilari «Tarjimon»dan juda mamnun bo‘ladilar. Deylik, shu

mamnuniyatni toshkentlik shoir Karimbek Kamiy «Mo‘tabar «Tarjumon» va
Ismoilbek Gasprinskiy janoblari haqqinda» degan she’rida izhor etdi. Unda
gazetaning barchaga manzuru maqbul ekani, undan o‘quvchi «hilmu odobu
maoshu ilmu fan» o‘rganishi mumkinligini ta’kidlab, «Har hurufi gul kabi, har


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

165

nuqtasi g‘uncha misol, Xush tamosho istayanlarg‘a guliston «Tarjimon», deb
yozdi.

I. Gasprinskiy va «Tarjimon»ning to‘rt tarafga sochgan fikrlari, ilg‘or

qarashlari, jadidona ruhiyatli fikrlari barchaning yuragidan birdek o‘rin oldi.
Ulkan jadidshunos olim, professor Begali Qosimov o‘rinli ta’kidlaganidek, «uni
Qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilar edilar»;
Gasprinskiyga ergashar va «Tarjimon»ini e’zozlar edilar.

Turkistonlik jadidlar «Tarjimon»dan bir necha yil tinimsiz saboq oldi.

So‘ngra, 1906 yil 27 iyunda Ismoil Obidov muharrirligida birinchi o‘zbek
gazetasi «Taraqqiy» nashrdan chiqdi. Turkistondagi bu yangilikni ham birinchi
bo‘lib «Tarjimon» tabrikladi. «Turkistonning bunday taraqqiyparvar bir
gazetaga ko‘pdan beri ehtiyoji bor edi», deb yozdi. Biroq «jadidlarning eng
suyukli va to‘ng‘ich gazetasi»ning umri qisqa bo‘ldi. Yigirma soni chiqqandan
keyin chor hukumati tomonidan yopib qo‘yiladi va «muharriri qamoqqa olinadi»
[3].

Shundan keyin Munavvar Qorining «Xurshid» (1906 yil sentabr), Abdulla

Avloniyning «Shuhrat» (1907 yil dekbar) gazetalari nashr bo‘ladi. Biroq bu
gazetalar faoliyati ham uzoqqa cho‘zilmaydi.

«Tarjimon» (1907 yil, 14-son) bu xususda ham yozdi: «Matbuotimizda

taassuf bo‘lgan bir holda bordir: bu Toshkentda chiqqan «Taraqqiy» va
«Xurshid» do‘stlarimizning taqiqlanishi [4].

O‘rta Osiyo uchun rasmiy bo‘lgan «Turkiston gazeti» yetarli bo‘lmadi. O‘z

g‘oyalari, maslaklari targ‘ibi uchun naqadar foydali ekanini chuqur anglagan
jadidlar gazetachilik jabhasida sa’yu harakatdan to‘xtamadi. «Tujjor», «Osiyo»,
«Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona», «Tirik so‘z» kabi gazetalar
yonida Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Oyina» jurnali paydo bo‘ldi. 1913-1915
yillarda 68 soni bosildi [5].

O‘zbekiston matbuoti tarixida jadid ziyolilari nashr qilgan gazeta va

jurnallar son-sanog‘i ko‘payib bordi. Bir marta chiqib to‘xtaganlari bor. Ularning
ba’zilari o‘z yo‘l-yo‘rig‘iga ko‘ra jiddiy farqlanadi ham. Garchand o‘zaro qarama-
qarshi kayfiyatda bahslashadiganlari bo‘lsa ham, ular oldiga qo‘ygan maqsadlari
nihoyatda ulug‘, niyatlari ezgu, qarashlar aniq va tiniq edi. Millatni uyg‘otishdek
ulkan vazifa ijrosiga bel bog‘lagan edi jadidlar va ularning maktabi, maorifi,
teatri, adabiyoti va matbuoti. Muhim bir fikr shuki, davriy nashrlar qaysidir
ma’noda ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar tarixi bilan uyg‘un-hamqadam edi.
O‘zgarishlar, yangilanishlar gazeta va jurnallardan aks etdi. Yoki shu
o‘zgarishlarga mos yangidan yangi matbuot nashrlari vujudga keldi. 1917 yilgi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

166

fevral o‘zgarishi, Turkiston Muxtoriyati, oktabr inqilobi kabi voqea-hodisalar
munosabati bilan «Najot», «Turon», «Kengash», «Ulug‘ Turkiston», «Yurt»,
«Hurriyat» kabi nashrlar maydonga keldi [6].

Darhaqiqat, matbuot insonlarni ma’naviyat ufqlari sari parvozga

chorlagan jadidchilik harakatining keng qulochli qanoti edi.

Inqilob, hokimiyat tepasiga kelgan ishchi va dehqonlar boshqaruvi

jamiyatni tubdan o‘zgartirdi. Yoshlar nisbatan bu vaziyatga tez moslashdi.
Ammo yurt hurriyatini o‘ylagan va orzulari sarobga aylanganidan mahzun
tortgan jadid ziyolilari ongu shuurida, xayollarida o‘z niyatlari yashab qoldi.

Jadid ziyolilari sho‘rolarning matbuot nashrlarida ishlar ekan, yangi

hukumatning va’dalariga goh ishondi va ba’zan shubhaga borishdi. Ichki bir
milliy tuyg‘u ziyolilar ko‘nglini hamisha bezovta etdi.

XX asrning 20-yillari oxiriga borib matbuotda cho‘lponizm bahslari

boshlandi, Cho‘lponni tanqid va tahqir qilishlar, anjumanlar majlislaridan
haydab chiqarish jarayonlari boshlandi. Cho‘lpon darhol tuzalib, yangi jamiyatga
moslashib keta olmasligini, bu jarayon sekin-asta bo‘lishini e’tirof etdi.

Zamonaviy adabiy til uchun qoidalar ishlab chiqildi; o‘zbek tilining ifoda

imkoniyatlari, badiiy til fasohati va balog‘ati jadidlar yozgan badiiy asarlarda
yaqqol ko‘rindi. Shu e’tibordan jadid adabiyotidagi poetik nutqning yangilanishi
va unga xos ilmiy-nazariy tamoyillar alohida tadqiqot qamrovida o‘rganish
uchun o‘z egalarini kutib turibdi.

Aslida jadidlar orzusida bo‘lgan so‘z erkinligi, har bir narsani o‘z nomi

bilan atash uchun Istiqlol yillari imkon berdi. Tarixdan ibrat olish har bir inson
uchun juda muhim. Jumladan, o‘zbek matbuotining jadidlari faoliyati bilan
bog‘liq ancha qiziqarli, murakkab va ibratlarga to‘la tarixi bor.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki – ehtimol ularning harakatlari kichik
ko‘rinishda bo‘lgandir, ammo – butunlay yangi madaniyat yaratishda ulkan hissa
qo‘shganligini hammamizga ayon. Umuman, ularning ulkan ishlari bu – nafaqat
O‘zbekistonning, qolaversa, barcha xalqlarning, barcha turkiy xalqlarning, turkiy
bo‘lmagan xalqlarning, Markaziy Osiyo xalqlarining merosi, chunki bu
intellektual muhit mavjudligini, ularning ongi va intilishlari qanday bo‘lganini
ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ahmedov, Sirojiddin; Rajabov, Qahramon (2000-2005). “Jadidchilik”.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
2. “Jadidizm”. Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi
bosh redaksiyasi. 1988 y.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

167

3. ”Jadidizm”. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 4. Toshkent: Oʻzbek sovet
ensiklopediyasi bosh redaksiyasi. 1973. 278-279 b.
4. Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va
mustaqillik uchun kurash, Toshkent, 2001y.
5. Bahodir Karim. Jadid ruhida tug‘ilgan o‘zbek nashrlari. Milliy matbuotning ilk
yillari haqida. Toshkent, 2020 y.
6. Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka
qadar, Toshkent, 1998 y.

Библиографические ссылки

Ahmedov, Sirojiddin; Rajabov, Qahramon (2000-2005). “Jadidchilik”. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

“Jadidizm”. Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi. 1988 y.

”Jadidizm”. Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 4. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi. 1973. 278-279 b.

Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash, Toshkent, 2001y.

Bahodir Karim. Jadid ruhida tug‘ilgan o‘zbek nashrlari. Milliy matbuotning ilk yillari haqida. Toshkent, 2020 y.

Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, Toshkent, 1998 y.