ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
156
YOSH AVLODNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH YANGI
O‘ZBEKISTON KELAJAGINING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR
Ortiqov Akmal Kabulovich
fakultet boshlig‘ining o‘rinbosari, dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.14166919
Maqolada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlar
va urf-odatlar muhim rol o‘ynashi yoritilgan. Yoshalarning vatanga sodiq,
vatanparvar bo‘lib voyaga yetishida ota-ona va maktab tarbiyasi uzviy
hamkorlikda tashkillashtirilishi milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilishi yoritilgan.
Kalit so‘zlar: yoshlar, vatan, vatanparvarlik, qadriyat, e’tiqod, axloq, odob, ta’lim-
tarbiya, urf-odat.
В статье раскрыта важная роль национальных обычаев и ценностей в
патриотическом воспитании молодежи, неразрывная связь воспитания
преданности Родине, патриотизма со стороны родителей и школы до
достижения молодежью своей зрелости.
Ключевые слова:
молодежь, Родина, патриотизм, ценность,
убеждение, нравственность, воспитанность, воспитание, обычаи.
In article the important role of national customs and values in patriotic
education of youth, indissoluble communication of education of fidelity to the
Native land, patriotism is opened from parents and school before achievement
by youth of the maturity.
Key words
. youth, the Native land, patriotism, value, belief, morals, good
breeding, education, customs.
Yoshlarda vatanga e’tiqodni shakllantirish uzoq davom etadigan
murakkab jarayondir. Vatanga e’tiqod, vatanparvarlik tushunchalari
xalqimizning o‘tmish tarixi va bugungi kunda amalga oshirilayotgan
islohotlarning mazmun mohiyatini yoshlarning ongida oila va maktab
tarbiyasining o‘rnini inobatga olgan holda yetkazish orqaligina shakllantirish
mumkin. Vatanga e’tiqod va vatanparvarlik tushunchalarini shakllantirishda
xalqimiz ma’naviyatining asosini tashkil qiladigan qadriyatlarning o‘rni
beqiyosdir.
Qadriyatlar inson ongi va faoliyati, shu bilan birga jamiyat ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taraqqiyotining mahsulidir. Qadriyatlarda o‘sha
zamonda yashagan odamlarning orzu-umidlari, istaklari, xullas, moddiy va
ma’naviy ehtiyojlari o‘z ifodasini topadi. Vaqt va davr talablari o‘zgargan sari
qadriyatlarning mazmuni ham o‘zgarib boradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
157
Vatanparvarlik – mamlakatimizda yashayotgan xalqlar, ellatlar va millatlarning
tili, dini, madaniyati, urf-odatlari an’analariga nisbatan hurmat bilan
munosabatda bo‘lish va ularni o‘rganish, millatlararo do‘stlik, hamkorlik
o‘rnatish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishdan iboratdir .
Vatan, Vatan tuyg‘usi, vatanga sadoqatli bo‘lish, vatanparvarlik,
insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg‘ularining naqadar yuksakligi, inson
qalbiga yaqinligi, buyuk mutaffakir, hadisshunos va zamonasining huquqshunos
olimlari hisoblanmish Imom al-Buxoriy, az-Zamaxshariy, at-Termiziy va boshqa
ajdodlarimiz qarashlari va asarlarida Vatan, xalq, millat ozodligi, erkinligi
haqidagi fikrlar o‘z ifodasini topgan.
Vatan, vatanparvarlik, insonparvarlik va insonda mehr tuyg‘ularining
naqadar yuqori tuyg‘u ekanligi va unga sodiq bo‘lib qolish, islom diniga e’tiqod
qiluvchi har bir mo‘min-musulmon hayotining mazmuni ekanligi allomalarimiz
asarlarida qayd etilgan .
Shunday ekan yoshlar ongida oliy his-tuyg‘ularni shakllantirib borish
ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib boruvchi
kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni
yaratish imkoniyatini beradi.
Mamlakatimizda ham inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi [1].
Insoniyat mavjudki, uning qadr-qimmati ulug‘lanib kelinadi. Shu boisdan
insonning qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va
madaniy saviyasini rivojlantirish, sog‘ligini muhofaza qilish, hayotini himoya
qilish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishini tashkil etadi. Jamiyatda bo‘layotgan
o‘zgarishlar, islohotlar, qabul qilinayotgan qonun va nizomlarning mohiyati ham
shundadir.
Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga
ko‘ra milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek, kishilarning yoshi,
kasbiy xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo‘lish mumkin. Bozor iqtisodiyoti
tobora rivojlanayotgan hozirgi sharoitda inson o‘zining individual
xususiyatlarga tayanishi, o‘z kelajagini barpo etishi lozim.
Shuningdek, insonning ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar ham katta
ahamiyat kasb etadi. Shunday shaxsiy ehtiyojlardan biri vatanga e’tiqodning
shakllanishi bilan belgilanadi. Bunday tushunchalarni shakllantirishda bir qator
qadriyatlar muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, tabiiy qadriyatlar, ularga
yer usti va yer osti boyliklari, konlar, suv, havo, o‘rmonlar, o‘simliklar, hayvonot
dunyosi va boshqalar kiradi. O‘zbekiston zamini xilma-xil qazilma boyliklarga
ega.O‘zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o‘z-o‘zini anglash, milliy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
158
tuyg‘u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o‘z aksini topadiki,
xalq milliy o‘yinlarini o‘rganishda bularni chetlab o‘tish mumkin emas. O‘zbek
oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko‘p bolalilik; mehnatda jismonan
chiniqish; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi;
qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Shu bois
respublikamizning shahar va qo‘rg‘onlarining aholisi o‘rtasida xalq milliy
o‘yinlari musobaqalari o‘tkazilishi o‘sib kelayotgan yosh avlodga axloqiy
fazilatlar: vatanparvarlik, matonat va qat’iyat, sabr va chidam, hamdardlik
hamda mehr-oqibat kabilarni singdirishga zamin yaratadi [2].
Ma’lumki, axloq, xulq va atvor so‘zlari arabcha bo‘lib, ular o‘zbek tilida
ham o‘z ma’nosida ishlatiladi. Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy
tartib-qoida bo‘lib, bu tartib-qoida ijtimoiy hayotning istisnosiz hamma
sohalarida kishilarning xatti-harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi.
Axloq bizning hayotimiz va ongimizga faol ta’sir qiladi, kishilik jamiyati nomidan
yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan adolatsizlik, mehr bilan zulm o‘rtasida va
insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan hamda man
etiladigan ishlarni, xatti-harakatlarni belgilab beradi. Insonning jamiyat, oila,
vatan, mehnatga bo‘lgan munosabatlarida axloq namoyon bo‘ladi.
Milliy-ma’naviy qadriyatlar moddiy qadriyatlarga nisbatan yashovchan
xarakterga egadir. Milliy qadriyatlar jamiyat madaniyati, shaxs ma’naviyati va
e’tiqodining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir xalq o‘zligini
o‘tmish ma’naviy madaniyati orqali anglaydi. O‘zining kelajakdagi yo‘lini belgilab
oladi va jahon tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Shuning uchun inson ma’naviy
madaniyati, dunyoqarashini ijobiy tomonga yo‘naltirish bugungi kunda ta’lim-
tarbiya oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi [3].
Jumladan, o‘quvchilarda Vatanga e’tiqodni shakllantirish milliy
qadriyatlarning har bir ko‘rinishini uzoq tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbek milliy-ma’naviy qadriyatlari mazmunida vatanparvarlik g‘oyalari
yotadi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o‘zaro
hurmat, bir-biriga suyanish va yaxshi qo‘shnichilik, bolajonlik va ota-onaga
hurmat, mehr-oqibat va sadoqat har tomonlama e’zozlanib kelinadi.
Dars ta’lim va tarbiya ishlarining markaziy qismi hisoblanib, o‘quvchilarni bilim,
ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish bilan birga, ularning milliy
qadriyatlarimiz haqida tushunchaga ega bo‘lishi, milliy qadriyatlarda aks etgan
axloqiy sifatlarni o‘quvchilarda hosil qilishda muhim ahamiyatga ega [4].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
159
Darhaqiqat, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan “Odobnoma” darslari ham
umumiy didaktik talablarga javob berishi, jumladan, darsda mavzuning
xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga tayanishi,
undan foydalanish imkoniyatlarini izlashi lozim. Shubhasiz, mustaqillik yillarida
ta’lim sohasidagi islohotlardan ko‘zlangan maqsadlardan biri ham dars
jarayonida milliy qadriyatlar namunalarini o‘rganish hamda ularda ilgari
surilgan insonparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalari orqali yosh avlodni barkamol
insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
Dars jarayonida o‘quvchilarning dunyoqarashi shakllana boradi, mustaqil
fikrlashga o‘rganadi, dunyoviy bilimlar bilan tanishadi va ularning uzluksizligi
rivojlanib boradi.
Har bir darsning muvaffaqiyati uning oldiga qo‘yilgan maqsadiga
bog‘liqdir. Qachonki, maqsad aniq va puxta, o‘quvchini har tomonlama
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, darsning samaradorligi ta’minlanadi
Yangi O‘zbekistonni taraqqiyotining ma’naviy-axloqiy negizlari hisoblangan
umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatlilik, xalqimizning ma’naviy merosini
mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o‘z imkoniyatlarini erkin ro‘yobga
chiqarishi, vatanparvarlik kabilar pedagoglar madaniyatining asosini tashkil
etishi bilan birga yoshlardagi ta’lim-tarbiya jarayonida to‘liq o‘z ifodasini topishi
kerak [2].
Bu esa ta’lim beruvchilarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshirishdagi sa’y-harakati, madaniyati, ma’naviyati
va o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lishiga bog‘liq.
Maktablarda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilik hayoti,
ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kunlaridan boshlanadi.
“Mustaqillik” bayrami, “Konstitutsiya kuni”, “Yangi yil”, “Harbiylar kuni”,
“Mashhur allomalarning tug‘ilgan kunlari”, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar
bayrami”, “Navro‘z” bayrami, “Gullar”, “Mehrjon” bayramlari kabilar. Mana
shunday tadbirlar bevosita o‘quvchilarda vatanga e’tiqodni shakllantirishga
xizmat qiladi [5]. Bu tadbirlar uchun xalq og‘zaki ijodi, badiiy adabiyot
namunalari muhim manba hisoblanadi.O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda uyushtiriladigan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
tadbirlar ma’lum talablarga javob berishi lozim. Ya’ni: tarbiyaviy tadbirning
rejali, maqsadli, izchil va tizimli o‘tkazilishi; tarbiyaviy tadbirni hamkorlik
pedagogikasi asosida tashkil etish; o‘quvchi yoshlar, psixologik va fiziologik
xususiyatlarni hisobga olish; tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning qiziqishi,
mayli, intilishlariga javob berishi; hayotiy muammolarning yechimini topishga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
160
yo‘naltirilganligi; ta’lim jarayonida olingan axloqiy ma’naviy bilim, malaka va
ko‘nikmalarni mustahkamlash, to‘ldirish va rivojlantirish .
O‘quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni
taqsimlash: tadbirni amalga oshirish; tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o‘qituvchi tomonidan oldindan chuqur o‘rganilgan
bo‘lishi lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda quyidagi metodik tavsiyalarni
keltirish mumkin: yoshlar bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarga rahbarlik qilishda,
avvalo, milliy qadriyatlar, ularning ahamiyatliligi, ijtimoiy xarakteriga e’tibor
berish kerak; yaxshi ishtirok etgan yoshlarni sinf va maktab jamoasi oldida
rag‘batlantirish; darsdan tashqari tadbirlar orqali o‘quvchi shaxsidagi axloqiy
sifatlarni rivojlantirish yo‘llarini izlash; sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga
rahbarlik qilish jarayonida ba’zi o‘quvchilarda mavjud salbiy xususiyatlarni
bartaraf qilib borish [6].
Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi,
eng avvalo, tashkil qilinadigan tarbiyaviy tadbirlarning mazmunini chuqur
o‘rganishi, uning natijalariga jiddiy e’tibor berishi va bu bilan o‘quvchi shaxsiga
ijobiy ta’sir etishga intilmog‘i, vatanga e’tiqod, milliy g‘urur, vatan ravnaqi uchun
xizmat qilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish
yo‘llarini izlamog‘i lozim .
O‘quvchilarni vatanga e’tiqodli insonlar etib tarbiyalashning muhim
shakllaridan yana biri milliy xalq o‘yinlaridir. Maktab sharoitida o‘yinlarni
tashkil qilish bolalarni yanada maktabga yaqinlashtiradi, ular o‘zlarining sevimli
mashg‘uloti, ya’ni o‘yinlarda ishtirok etishdan katta zavq oladilar.
Shu bilan birga dars jarayonida bolalarda hosil bo‘lgan zerikish va toliqish
holatlarining oldi olinadi. Bizga ma’lumki, ushbu yoshdagi bolalarning diqqati
beqaror bo‘ladi, tez-tez qaytariladigan o‘yinlar ham ularning zerikishiga olib
keladi [7].
Yoshlarni darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash mazmuni uning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va samarali foydalanish
natijasi bo‘yicha quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo‘ldi:
1. Mamlakatimizning asosiy qonunida belgilanganidek, jamiyat istiqboli,
rivojlanishi hamda taraqqiyot yo‘li huquqiy, demokratik, insonparvar fuqarolik
jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bunday jamiyatni barpo etish esa o‘quvchi-
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
2. Yuksak ma’naviy-ma’rifiy qobiliyatga ega bo‘lgan kadrlar jamiyat uchun
ijtimoiy buyurtma hisoblanadi. Shunday ekan, o‘quvchilarda vatanparvarlikni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
161
shakllantirish milliy mafkurani shakllantirish bilan birgalikda olib borilishi
lozim.
3. Mamlakatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida o‘quvchi-yoshlarni
vatanparvarlik ruhida shakllantirishning ahamiyati katta. Chunki bugungi kunda
xalqimizga azaldan xos bo‘lgan hamjihatlik va bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik
kabi sifatlar bilan farzandlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy ong,
milliy g‘urur tushunchalarini singdirish uchun ular ma’naviy jihatdan sog‘lom
bo‘lishlariga erishishimiz zarur.
Demak, yoshlar bilan ishlash jarayonida pedagogik bilimlar asosida
yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish kasbiy tayyorgarligining uzviy
qismi sanaladi. O‘z navbatida bu hol yoshlarni ma’naviy-axloqiy shakllanishning
ilmiy pedagogik asoslari yaratilganligi hamda maqsadni amalga oshirishda
ma’lum shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 2022-2026 yillarga yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida
[Elektron manba]: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-y. 28-
yanvardagi Farmoni, PF-60-son / Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi:
rasmiy sayti. – Kirish rejimi: http://www.lex.uz. – Murojat sanasi: 2022 y. 23.02.
2. Mirziyoyev, Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik
Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqi [Elektron manba] / Sh.M.
Mirziyoyev. – Kirish rejimi: http://www.gazeta.uz/uz/2024/01/12/security-
council. – Murojat sanasi: 2024-y. 25.01.
3. Ibrohimov, A., Sultonov, X., Jo‘raev, N. Vatan tuyg‘usi.–T.: “O‘zbekiston”, 2020.
–145-b.
4. Axrorov, Yu., Qobilova, R. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining pedagogik qarashlari.
– Samarqand: SamDU nashri, 2019. –57-b.
5. Norbo‘taev, X. Darslarni interfaol uslubda tashkil etishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish. Konsentrik ta’lim kontekstida innovatsion
texnologiyalar. Ilmiy-uslubiy maqollar to‘plami. –T.: “Yangi sharq”, 2017. – 139-
b.
6. Xolmatov, P.Q. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni
kasbhunarga yo‘llash. 13.00.02-Mehnat ta’limi nazariyasi va metodikasi. Ped.
fan. nomz. diss. – Guliston, 2004. – 134-b.
7. Ochilov, M. O‘qituvchi–qalb me’mori.–T.: “O‘qituvchi”, 2021. –104-b.