Авторы

  • Roman Ismailov
    podpolkovnik, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49666

Ключевые слова:

Turkiston Jadidchilik marifat Samarqand maktab kutubhona.

Аннотация

Ushbu maqolada Turkistonda taniqli o‘rtaosiyo marifatparvari, yozuvchi, dramaturg va adib, jadidchilik harakati yetakchisi, jurnalist, noshir, jamoat va taqvodor arbobi, o‘zbek adabiyotini buyuk arbobi Maxmudxo‘ja Behbudiyni jadidchilik davrida marifatni yuksaltirishda ijodlari yoritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

136

JADIDIZM DAVRIDA MAXMUDXO‘JA BEHBUDIYNING MA’RIFATNI

YUKSALTIRISHDA QO‘SHGAN HISSASI

Ismailov Roman Irikovich

podpolkovnik, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli

Kuchlari Akademiyasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14166857

Ushbu maqolada

Turkistonda

taniqli o‘rtaosiyo marifatparvari, yozuvchi,

dramaturg va adib, jadidchilik harakati yetakchisi, jurnalist, noshir, jamoat va
taqvodor arbobi, o‘zbek adabiyotini buyuk arbobi Maxmudxo‘ja Behbudiyni
jadidchilik davrida marifatni yuksaltirishda ijodlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

Turkiston, Jadidchilik, marifat, Samarqand, maktab,

kutubhona.

В данной статье освещается творчество Махмудходжи Бехбуди,

известного среднеазиатского просветителя, писателя, драматурга и
литератора, лидера движения джадидизма, журналиста, издателя,
общественного и религиозного деятеля, крупного деятеля узбекской
литературы в период джадидизма.

Ключевые слова.

Туркестан, Джадидизм, просвещение, Самарканд,

школа, библиотека.

In given article creativity of Mahmudhodzhi Behbudi, the known Central

Asian educator, the writer, the playwright and the writer, the leader of
movement Dzhadidizm, the journalist, the publisher, public and the religious
figure, the large figure of the Uzbek literature during the period dzhadidizm are
highlighted.

Key words:

Turkestan, Dzhadidizm, enlightenment, Samarkand, school,

library.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Parlamentga

yo‘llagan murojaatnomasida jadidlar merosini chuqur o‘rganish haqida:

“.......Umuman, biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini
chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak,
bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri
javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz,
ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab
yetadi”

– deya ta’kidladi.

Darhaqiqat, jadid bobolarimiz hayoti va ijodlari mazmuniga tobora chuqur

kirib borar ekanmiz, bu ijodlarning dunyoga kelganiga qariyb yuz ellik yildan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

137

“Sizlarg‘a vasiyat qilaman.

Maorif yo‘linda ishlaydurg‘on
muallimlarning boshini silangizlar!
O‘rtadan

nifoqni

ko‘taringiz!

Turkiston

bolalarini

ilmsiz

qo‘ymangizlar”

oshgan bo‘lsa-da, ularda ko‘tarilgan muammolar bugungi kunda ham
dolzarbligicha qolayotganini ko‘ramiz.

Jadid bobolarimiz qatorida buyuk namoyonda

Maxmudxo‘ja Behbudiy

ham

boshqalar singari

XX asr boshlarida murakkab vaziyatni aks ettirgan keng

ommani uyg‘otish, xalqning o‘rganib qolgan past turmush darajasidan chiqarish,
millat, xalq manfaatlarini o‘ylash, o‘zbek xalqining ilmiy salohiyatli xalqlar
qatorida ko‘rishni istash kabi g‘oyalari bilan ilgari surilganligi bilan farq qiladi.

Maxmudxo‘ja Behbudiy taniqli o‘rtaosiyo marifatparvari, yozuvchi,

dramaturg va adib, jadidchilik harakati yetakchisi, jurnalist, noshir, jamoat va
taqvodor arbobi, o‘zbek adabiyotini buyuk
arbobi

1875-yil

19-yanvar

kuni

Samarqand yaqinidagi

Baxshitepa qishlog‘ida diniy olim oilasida
dunyoga keldi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy millatni halokat

va falokatdan asrab, asriy saodatga olib
chiquvchi ma’rifati va tarbiyasi bilan xalqni
ma’naviy tubanlikdan olib chiquvchi bir
ko‘prik bo‘ldi.

18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko‘tariladi.

1899-1900-yillari Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr,
Turkiyani kezib chiqadi. Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish
fikri mustahkamlanib bordi. O‘sha davrlar Turkiston xalqari turmushidagi
qoloqlik, abgor ijtimoiy ahvol, “jaholat uyi”ga aylangan maktab va madrasa
borasidagi qarashlarini tamomila o‘zgartirib yubordi

.

Maxmudxo‘ja Behbudiy Turkistonda maktab maorifida birinchi bo‘lib yangi

usulda maktablar tashkil etdi. Maxmud Behbudiy Gasprinskiy maktab usulini va

maqolalarini o‘rgandi. “Usuli jadid” maktablari
uchun bir qator darsliklar yozdi. Shulardan
“Qisqacha umumiy geografiya”, “Bolalar
maktubi”, “Aholi geografiyasiga qarshi”,
“Rossiyani qisqacha geografiyasi”,” Amaliyot
islomi”, “Islomning qisqacha tarixi” deb
nomlandi. Maxmud Behbudiy yangi maktab

uchun yozgan asarlari maktab islohatida muhim rol uynaydi va bu kabi
darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng ko‘llanila boshladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

138

Ey muhtaram yoshlar! Aziz

birodarlar, o‘g‘il to‘ylarig‘a sarf
qilayotg‘on aqchalaringizni mana
shul ilm zamoni yo‘lig‘a sarf
etingiz, sizdan o‘g‘lungizg‘a mol
meros qolmasin, balki, albatta, ilm

va tarbiya meros qolsun.

Ulamo tarbiyahonasi maktab

va madrasalardur, agarda o‘shal

maktab va madrasa muallim va
mudarrislari

olim vo‘lsa

va

shogirdlariga ko‘ngli ilan ta’lim
bersa, albatta, ilm hosil qilur.
Agarda muallimni o‘zi hozirgi
aksar

maktabdor

va

mudarrislardek kamhavsala yoinki
kamilm bo‘lsa, yoinki ilmi bo‘lib
turub, usuli tahsildan xabarsiz
bo‘lsa, ani(ng) shogirdlari nodon
qolur.

Maxmudxo‘ja Behbudiyning jadid pedagoglari “usuli savriya” metodida

faoliyat boshlagan maktablar uchun alifbo darsliklari yaratilishiga birinchi
darajali masala sifatida qaradilar. Ushbu usul zaminida Turkiston o‘lkasida
birinchi bo‘lib alifbo darsligini tojik tilida yaratdi va uni “Risolayi asbobi savod”
deb nomladi. Mullif alifboni bosmadan chiqarishdan oldin bir yil davomida
Abduqodir Shakuriy maktabida tajribadan
o‘tkazdi, alifboga ba’zi-bir o‘zgartirishlar
kiritdi va 1905-yilda Samarqandda bosmadan
chiqardi.

Bu

haqda

Behbudiy

asar

muqaddimasida quyidagilarni yozadi:

“Janobi

fazilatpanoh

maktabdorlar,

muallimlar,

shogirtlar murabbiylari, Sizlarga murojaat va
arz qilurman. Kaminaning “Asbobi savod” (“Savod qo‘llanmasi”) nomli ushbu
risolasi shogirdlarning qisqa muddatda o‘qish va yozishni o‘zlashtirishlari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, bir necha bor sinovdan o‘tkazilgan. Faqirning yetti yasharli
o‘g‘li Ma’sudxo‘ja ham shu qo‘llanmada tez savodini chiqardi va takomillashtirdi.
Samarqand viloyatining usuli jadid maktabi muallimi Abduqodir janoblari o‘z
maktablarida 3 oy davomida biz tavsiya qilgan oson o‘qitish usuli bilan o‘spirin va
yigitlarni o‘qish va yozishga o‘rgandi. Siz, aziz muallimlar, bizning “Asbobi savod”
alifbo darsliklarimizdan ham foydalanishingizni so‘raymiz”

deb ta’kidlab o‘tadilar.

Ushbu alifbo jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatida bir necha bor

nashr qilindi va ko‘proq Buxoro, Samarqand maktablarida 1920-yillarga qadar
qo‘llanildi.

Maxmudxo‘ja Behbudiyning Turkiston o‘lkasida faoliyati va ijodi beqiyosdir.

U nafaqat jadid maktablarini asoschisi sanaladi, balki ushbu maktablarni turli

adabiyotlar bilan boyitish yo‘lida qilgan
mehnatlari

bois

birinchilardan

bo‘lib

bosmaxona va kutubxonani asoschisi ham
sanaladi.

Behbudiy

Samarqanddagi

dastlabki

mahalliy gazeta va milliy jurnalning noshiri,
birinchi milliy drama muallifi, Turkistondagi
usuli

jadid

maktablarining

birinchi

nazariyotchi va amaliyotchisi eng birinchi
darsliklar muallifi kutubxona tashkil qilishda
ham birinchi bo‘ldi.

Ushbu

kutubxona

Samarqand


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

139

gubernatoridan

rasman

ruxsat

olinib,

1908-

yil

11-sentabr kuni shaharning “Yangi rasta” qismida ochilgan. Kutubxona haqida
“Turkiston viloyatining gazeti”da xabar qilindi. Kutubxonaning barcha rasmiy
masalalari
27 bobdan iborat dasturda belgilab berildi. Kutubxonaning asosiy maqsadi
mahalliy musulmon yoshlari, madrasa talabalarining zamonaviy ilmlarga bo‘lgan
intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga o‘ynaltirildi. Kutubxona qisqa vaqt ichida juda
qimmatli ilmiy, mahalliy va xorijiy matbuot nashrlaridan iborat katta fondga ega
bo‘ldi. Jumladan, kutubxonada turli davlatlarda nashr qilingan diniy hamda
dunyoviy kitoblar, suratli jurnal va gazetalar, ensiklopediya, lug‘atlar, xarita va
atlaslardan o‘qib foydalanish mumkin edi.

Dastlab 200, keyinchalik 225 jild kitobga ega kutubhona kun davomida 14

soat ishlab turgan. Kutubxona ochilganiga 7 oy to‘lganda uning a’zolari soni 125
nafarga va u o‘tgan davr mobaynida 2000 ga yaqin kitobhonning ma’naviy
ehtiyojini qondirgan edi. Lekin 1910-yilga kelib uning faoliyati susaya boshladi.
Buning bir qancha qancha sabablari bor edi. Xususan jadid-qadim ixtilofi va
qadimgi ulamolarning jadidlarga qarshi uydirma mish-mishlari bunga asosiy
sabab bo‘ldi. Ilmdan bebahra va bu ishlarning faxmiga tushunib yetmagan avon
esa uning zavoli uchun kurashdi.

“Turkiston viloyatining gazeti” ning 1910-yil 16-sonida berilgan xabarga

ko‘ra ulamo kutubxonani kofirxona, zararli joy deb e’lon qilingan va ota-
onalarga farzandlarini unday joylarga to‘g‘risida fatvo chiqargan edi.

Behbudiyning harakatlari tufayli faoliyatini davom ettirib turdi va 1914-yil

boshlariga kelib butunlay faoliyatini to‘xtatdi. Shundan so‘ng Behbudiy
kutubxonani o‘z hovlisiga ko‘chirdi va unga “Behbudiya kutubxonasi” deb nom
berdi. Shu munosabat bilan Rossiya va xorijda nashr etilgan kitob va matbuot
nashrlari arzon narxda sotilishini ham e’lon qildi.

Ma’rifat uchun birgina kifoya qilinmasdi shu bois zamon va dunyo voqealari

bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh
bo‘lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o‘z
qabohatini ham, malohatini ko‘ra olishini bildirdi. Mana shu ehtiyoj va zarurat
Behbudiyni teatr va matbuot sari qator dramatik asarlarni yaratishga undadi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joiski, jadidchilik davri adabiyoti davr muammolarini,
millat fojiasini yorqin aks ettirish orqali, ma’lum ma’noda, millatni zulmatdan
asrab qoldi. Jadidchilik harakati namoyondalari yaratgan asarlar xalqimiz
qalbiga chuqur kirib bordi. Bularni ahamiyatli o‘rni shuki, bu davr adabiyotida
aks etgan muammolar bugungi kun uchun ham dolzarbligicha qolmoqda, jadid


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

140

davri adabiyotini qancha keng targ‘ib qilsak, o‘rgansak, yoshlar ongini
o‘stirishda shuncha foydalidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi

ttps://www.gazeta.uz/uz/2020/01/24/president-speech/

murojat sanasi: 29.01.2024 y.
2. Ahmedov, Sirojiddin; Rajabov, Qahramon (2000-2005). “Jadidchilik”.
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
3. “Jadidizm”. Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi
bosh redaksiyasi. 1988. p. 271.
4. M. Xojimatov. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. – T.: “Ma’naviyat”,
2020.- 280 b.
5. Театральная энциклопедия. Том 1/Глав. ред. С. С. Мокульский - М.:
Советская энциклопедия, 1961.
6. Abdurashidov Zaynobidin. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy.risola./-
Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – 156 bet.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi ttps://www.gazeta.uz/uz/2020/01/24/president-speech/ murojat sanasi: 29.01.2024 y.

Ahmedov, Sirojiddin; Rajabov, Qahramon (2000-2005). “Jadidchilik”. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

“Jadidizm”. Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh redaksiyasi. 1988. p. 271.

M. Xojimatov. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. – T.: “Ma’naviyat”, 2020.- 280 b.

Театральная энциклопедия. Том 1/Глав. ред. С. С. Мокульский - М.: Советская энциклопедия, 1961.

Abdurashidov Zaynobidin. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy.risola./- Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – 156 bet.