Авторы

  • Jamshid Ibragimov
    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi sikl boshlig‘i

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49667

Ключевые слова:

jadid ma’rifat maktab maorif usuli jadid milliy ko‘tarilish matbuot muxtoriyat milliy g‘oya “Behbudiya” “To‘ron” ibratxona “Munozora”.

Аннотация

Maqolada Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga erishish g‘oyasini ilgari suradilar. Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo‘llarini izlaganlar. Shu bilan birga yangi usul maktablarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lganligi keltirib o‘tilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

130

JADIDCHILARNING YANGI USUL MAKTABLARINI PAYDO BO‘LISHI

VA RIVOJLANISHIGA QO‘SHGAN XISSALARI

Ibragimov Jamshid Ugulbekovich

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi sikl boshlig‘i

https://doi.org/10.5281/zenodo.14166831

Maqolada Turkiston jadidlari xalqni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish,

shariat tamoyillarini isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muxtoriyatga
erishish g‘oyasini ilgari suradilar. Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy
islohotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo‘llarini izlaganlar. Shu bilan
birga yangi usul maktablarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lganligi keltirib
o‘tilgan.

Kalit so‘zlar

: jadid, ma’rifat, maktab, maorif, usuli jadid, milliy ko‘tarilish,

matbuot, muxtoriyat, milliy g‘oya, “Behbudiya”, “To‘ron”, ibratxona, “Munozora”.

В статье рассмотрены как Туркистанские джадиды выдвинули идею

освобождения народа от фанатизма и религиозных суеверий,
реформирования принципов шариата, распостронения просвещения среди
народа, достижения национальной автономии. Джадиды искали пути
обновления и улучшения общества посредством национального единства,
духовных и образовательных реформ. В то же время отмечалось, что это
стало причиной появления школ нового метода.

Ключевые слова

:

джадид, школа, просвещения, образования, метод

джадид, национальное восстания, пресса, автономия, национальная идея,
“Беҳбудия”, “Турон”, назедательный класс, “Мунозора”.

In article are considered as Turkistani jadids have put forward idea of

clearing of the people from fanaticism and religious superstitions, reforming of
principles of sheriyat, spreading educations among the people, achievements of
a national autonomy. Jadids searched for ways of updating and improvement of
a society by means of national unity, spiritual and educational reforms. At the
same time it was noticed that it became the reason of occurrence of schools of a
new method.

Keywords

: jadid, school, formations, educations, a method jadid, national

revolts, the press, an autonomy, national idea, “Behbudija”, “Turon”, edifice a
class, “Munozora”.

XX asr boshlarida bizning ota–bobolarimiz chinakkam jasorat va tashabbus

ko‘rsatganlar. Ularning o‘zbek davlatchiligini shakllantirish, yosh avlodni ilmli va
bilimli qilishga qo‘shgan hissalarini bugun biz teran anglashimiz talab qilinadi.
Bu borada Davlat rahbari – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

131

Sh.M.Mirziyoyev

“Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat

bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib
kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim: “Xalqning
aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat
topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi,
e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan
bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”

degan iboralari bugungi kunda buyuk

ma’rifatparvar bobolarimiz tarixi va faoliyatini yaqindan o‘rganishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalashda jadidchilar maktabi va ularning

harakatlarini mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir.
Jadidchilik harakatining faoliyati maktabdan, maorifdan boshlangan, so‘ng
matbuot, san’at va siyosatga o‘tgan. Rossiya va uning mustamlakalarida
jadidchilik harakatiga Ismoilbek Gasprinskiy (1851-1914) asos soldi. U
Boqchasaroyda dastlabki “usuli jadid” (yangi usul) maktabini 1884-yilda ochadi
[1].

Ismoilbek Gasprinskiyning eng katta xizmati Rossiya sarhadlarida yashab

turgan, lekin zamonning zayli bilan bir-biridan uzoqlashib, begonalashish
darajasiga yetgan turkiy xalqlarni bir-biriga tanitdi, yaqinlashtirdi. Butun boshli
ilg‘or marifatparvar, ziyolilar qatlamini yetishtirdi. Sharq xalqlari ma’naviy
hayotida, xususan, maktab-maorifda chinakam inqilob yasadi.

Gaspirinskiyning o‘lka ziyolilariga bergan ta’siri haqida Toshkent

jadidchilarining otasi deb tan olingan Munavvarqori 1927-yil Toshkent okrug
maorif xodimlari qurultoyida so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Jadid
maktabi tashkil qilg‘onlar ham eski maktab, madrasa va qorixonalarning
yetishtirgan kishilari edi. Ular yolg‘iz Bog‘chasaroyda chiqadurg‘on Ismoil
Gaspirinskiy gazetasini o‘qiydilar va shu orqali maktabni yaxshi tushunib,
kitoblar oldirar edilar”[2]. Shunday qilib o‘lkada yangi maktablar ochishga
Ismoil Gaspirinskiy va tatar ziyolilari, muallimlarining ibrati, yordami katta
bo‘ldi.

XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O‘rta

Osiyo, Kavkaz, O‘rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy ko‘tarilish madaniy-
ma’rifiy harakat - jadidchilik sifatida namoyon bo‘ldi.

Jadidchilik harakati qoloqlik va jaholat, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli,

Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi, islom va
shariatning oyoq osti qilinishi va bunday og‘ir hayotdan qutulish, erk va
ozodlikka erishish uchun o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlari qarashlarida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

132

vujudga keldi. Jaholat uyqusidan uyg‘onish, tarixiy zaruratga aylangan edi.
Boshqacha qilib aytganda, jadidchilik harakati ijtimoiy rivojlantirishning, tarixiy
taraqqiyotning talab va ehtiyojlariga javob sifatida maydonga kelgan ulkan
ijtimoiy - siyosiy harakat edi. O‘lkada millatning dard-alamlarini, butun ayanchli,
mudhish, fojiali og‘ir qismatini o‘z qalbi va vujudidan o‘tkazib, o‘zining butun
borlig‘ini, aql-zakovatini, ongini, hayotini erk, ozodlik, taraqqiyot uchun safarbar
etgan ziyolilarning butun bir yangi avlodi shakllana boshladi. Jadidchilikning
asosiy g‘oya va maqsadlari (davr voqealiklaridan kelib chiqib, ba’zan o‘zgarib
turgan bo‘lsa-da) quyidagilar edi: Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy
xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish,
Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada
konstitutsion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika
tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy
valyutani joriy qilish va milliy qo‘shin tuzish.

Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va

taraqqiyotparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-
ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.

Harakat faoliyati osonlik bilan kechmadi. Professor Begali Qosimov fikri

bilan aytganda, Turkiston, Buxoro va Xorazm munavvarlarining yangilikka
intilishi, Rossiyada, xususan Kavkaz, Volgabo‘yida yashovchi turkiy xalqlar bilan
yaqinlashishga, hamkorlikka intilish kuchaydi. Panislomizm (islomchilik) va
panturkizm (turkchilik) kabi g‘oyalar paydo bo‘ldiki, Rossiya ichki ishlar
vazirligi bunga jim qarab tura olmasdi. Jadidlarning maktablar ochib, gazetalar
chiqarishi ham panislomizmga xizmat qilayapdi deb tushunildi va xokimiyat bu
boradagi faoliyatlarga qarshilik ko‘rsatishga xarakat qila boshladi[3].

Jadidchilik umummilliy harakat sifatida:
1. Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg‘onish mafkurasi bo‘lib

xizmat qildi.

2. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab

chiqardi.

3. Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g‘ayrat va tashabbusi bilan

dunyo yuzini ko‘rgan “Turkiston muxtoriyati” bu yo‘ldagi amaliy harakatlarning
dastlabki natijasi edi.

Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi

XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan bo‘lsa ham, bu xududlardagi tarixiy
sharoit undagi jadidchilik harakatiga xam o‘ziga xos xususiyatlar baxsh etdi.
Buxoro va Xiva jadidlari ham maorifni isloh etishni, amir va xon xukmronligini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

133

cheklash, mavjud tuzum sharoitida islohotlar o‘tkazib, jamiyat taraqqiyoti va
milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishni maqsad qilib qo‘ygan edilar.

Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo‘nalishda

ko‘rinadi.

1. Yangi usul maktablarini ochish, ko‘paytirish orqali.
2. Turli ma’rifiy jamiyatlar ochish orqali.
3. Umidli iqtidorli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish orqali.
Bog‘chasaroyda dastlabki jadid maktabini ochgan Ismoil Gaspirinskiy

Turkiston general-gubernatori N.O.Rozenbaxga o‘lka musulmon maktablarini
ham isloh qilishga doir loyihasini yuboradi. Rad javobini olgach, 1893-yil
Turkistonga o‘zi keladi, Buxoro, Samarqand, Toshkentda bo‘lib, taraqqiyparvar
ziyolilar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi
ochishga ko‘ndiradi. Bu maktabga “Muzaffariya” nomi beriladi.

Shunday qilib, jadidlar tomonidan yangi maktablarga ochish, maktablar

uchun darsliklar yaratish jarayoni boshlandi. “Usuli jadid” maktablarida diniy
fanlar va arab tili bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, tabobat, nujum,
handasa fanlari, rus, fors tillari - jami 17 tagacha fan o‘rganilishi shartlari ilgari
surildi. 1899-yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901-yilda Qo‘qonda
Saloxiddin domla, Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo‘lib jadid
maktablarini ochadilar [4].

Yangi usul maktablariga asos solgan, darsliklar yaratgan Turkiston

munavvarlaridan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.

Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1929) - O‘rta Osiyo jadidchilik

harakatining yo‘lboshchisi. XX asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi
maktab asoschisi, milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir edi. U
Toshkentda 1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun
maxsus o‘quv dasturlari tuzgan. Uning “Adibi avval” (1907), “Adib us-soniy”
(1907), “Usuli hisob”, “Tarixi qavm turk”, “Tajvid” (1911), “Havoyiji diniya”,
“Tarixi anbiyo”, “Tarixi islomiya” (1912), “Er yuzi” (1916-1917), to‘rt qismdan
iborat “O‘zbekcha til saboqlari” (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan
birga) darsliklari shular jumlasidandir.

Jadidchilik harakatning yana bir yirik vakili Maxmudxo‘ja Behbudiy (1875-

1919). Uning tashabbusi bilan Samarqanda yangi usul maktablari ochildi. Adib
bu maktablar uchun 1904-1909 yillarda “Risolai asbobi savod”, “Risolai
jug‘rofiyai umroniy”, “Risolai jug‘rofiyai Rusiy”, “Kitobat ul-atfol”, “Amaliyoti
islom”, “Muxtasar tarixi islom” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalar yozadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

134

Abdulla Avloniy (1878-1934) ham jadidchilik harakatining faol

ishtirokchilaridan biri bo‘lib tanildi. U o‘zining zamondosh jadidlari, izdoshlari
kabi yangi usul maktablari ochib, ularga o‘zi mudarrislik qildi va darsliklar yozdi.
Uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy Guliston yoxud axloq”,
“Maktab gulistoni” singari darslik, “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” to‘plamlari,
ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilariga darslik sifatida yozilgan “Turkiy guliston
yoxud axloq” asari (1913-yil) mashxo‘r bo‘ldi.

Jadidchilik xarakatining Buxorodagi yirik vakillaridan biri - Abdurauf Fitrat

(1886-1938). U 1909-yilda Istambulda nashr etilgan “Munozara” asarida Buxoro
amirligi idorasiga ma’lum islohot - o‘zgarish kiritish g‘oyasi va “Usuli jadid” deb
nomlangan yangi maorif tizimining asoslarini ilgari surdi. Fitrat butun vujudi,
otash va jo‘shqin yuragi bilan, ijodi va faoliyati bilan mamlakat yoshlarini
rivojlangan yangi dunyo tomon safarbar etadi [5].

Fitratning “Hind sayyohining qissasi” asari ham 1912-yilda Istambulda

nashr etilgan bo‘lib, bunda Buxoro amirligiga ma’lum darajada o‘z
e’tiroznomasini bayon etadi. Bir zamonlar ilm va din quvvati bo‘lgan Buxoro,
nega tanazzulga yuz tutdi? Xar kuni bir Abu Ali Ibn Sino, Farobiy va boshqalarni
jahonga hadya etgan yurt nima sababdan bunchalar abgor xolga tushib qoldi? Bu
qorong‘u zulmatdan qutulish yo‘li bormi? – deya savollar berar ekan, javob
sifatida ma’rifatni ko‘rsatadi.

Xorazm xonligida ham tatar ziyolilari Tavfiq Bikkulin, Yusuf Axmedovlar

yordami bilan, dastlab, xon va uning amaldorlari farzandlariga mo‘ljallangan
bo‘lsa -da, jadid maktablari ochildi. Tez orada ularning soni 8 taga yetdi. 1906-
1907 o‘quv yilida Urganchda qizlar uchun xam maktab ochildi [6].

Biz yuqorida milliy uyg‘onish harakati namoyandalarining yangi usul

maktablar ochib, uni uslubiy jixatdan ta’minlashga harakat qilganliklarni
o‘rgandik. Ammo, jadid namoyondalari bu bilan cheklanib qolmasdan, keng xalq
ommasi uchun kutubxonalar ham barpo etganlar.

Behbudiy, 1908 yilda keyinchalik “Behbudiya” kutubxonasi nomi bilan

mashhur bo‘lgan qiroatxonani tashkil etib [7], uni axoli uchun qo‘laylik yaratish
maqsadida ikki smena, ertalab soat 9 dan shom 17 gacha va kechki soat 18 dan
tungi 24 gacha ishlab, 60 dan 110 nafargacha bo‘lgan kishilarga madaniy xizmat
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi.

1910 yilda Toshkentda Munavvar qori Abdurashidxonov rahbarligidagi

jadidlar tashabbusi bilan “Turon” kutubxonasi yuzaga keladi.

Bugungi mustaqil O‘zbekistonda Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar

ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida ilgari


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

135

surilgan besh tashabbusning uchinchisi ham kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga
bag‘ishlangan. Demak, 110 yil muqaddam jadidlar tomonidan ilgari surilgan
mavzu eskirgani yo‘q, o‘zgargani yo‘q [8].

Xulosa qiladigan bo‘lsak, jadid bobolarimiz moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-

siyosiy taz’yiqlarga qaramay millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar
yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrida
millatning ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg‘usini kuchaytirish birinchi
darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi
barcha ishlarni o‘z zimmalariga oldilar.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomalarida aytganidek,

“Biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur
o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi
kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob
topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa,
yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini shuncha ko‘p anglab
yetadi”.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Avloniy A. “Tarjimai xol”. Tanlangan asarlar. 2-jild.T., “Ma’naviyat”, 1998 yil
288-bet.
2. Munavvarqori A. “Qizil O‘zbekiston” 1927 yil, 7iyun. Ziyo uz. Com.
3. Qosimov B. “Milliy uyg‘onish”, T., “Sharq”,2004 yil,53-bet.
4. Toshqulov J. Yosh xivaliklar: siyosiy qarashlarining tadrijiy rivojlanishi// Xalq
va demokratiya, 1992,3-4-son.
5. Behbudiy B. “Behbudiy kutubxonasi”, “Oyna” jurnali, 1914 yil 26 aprel, №27.
Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 14-bet.
6. Baxrom Irzaev. “O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim” T., “Akademnashr” 2018.
7. Behbudiy B. “Tiyotr nadur”, “Oyna” jurnali, 1914 yil 10 may, №29. Tanlangan
asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 15-bet.
8. Sabirdinov A. O‘zbek romanchiligi; kecha va bugun. Izlanishlar samarasi. //
O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2005 yil 28 yanvar.

Библиографические ссылки

Avloniy A. “Tarjimai xol”. Tanlangan asarlar. 2-jild.T., “Ma’naviyat”, 1998 yil 288-bet.

Munavvarqori A. “Qizil O‘zbekiston” 1927 yil, 7iyun. Ziyo uz. Com.

Qosimov B. “Milliy uyg‘onish”, T., “Sharq”,2004 yil,53-bet.

Toshqulov J. Yosh xivaliklar: siyosiy qarashlarining tadrijiy rivojlanishi// Xalq va demokratiya, 1992,3-4-son.

Behbudiy B. “Behbudiy kutubxonasi”, “Oyna” jurnali, 1914 yil 26 aprel, №27. Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 14-bet.

Baxrom Irzaev. “O‘zbek yoshlari va xorijiy ta’lim” T., “Akademnashr” 2018.

Behbudiy B. “Tiyotr nadur”, “Oyna” jurnali, 1914 yil 10 may, №29. Tanlangan asarlar. Jild-II.-T.: Akademnashr, -2018yil 15-bet.

Sabirdinov A. O‘zbek romanchiligi; kecha va bugun. Izlanishlar samarasi. // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati, 2005 yil 28 yanvar.