Авторы

  • I. Soliyev
    dotsent,Fardu
  • N. Valiyev
    Fardu magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49675

Ключевые слова:

ta’lim tizimini milliy genofond nutq madaniyati madaniy nutq pedagog-tarbiyachi o’qtuvchi-tarbiyachisi pedagogik qobiliyatlar pedagogik mahorat – yosh avlod . ovoz badiiy asarlar.

Аннотация

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy mustaqillik qo‘lga kiritilgach, hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, ta’lim sohasida ham tub islohotlar olib borilib ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqsa. Islohotlar respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

105

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR NUTQINI

RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHI NUTQ MADANIYATINING O’RNI.

I.Soliyev

dotsent,Fardu

N.Valiyev

Fardu magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14160406

Kalit so’zlar:

ta’lim tizimini, milliy genofond, nutq madaniyati, madaniy

nutq, pedagog-tarbiyachi, o’qtuvchi-tarbiyachisi, pedagogik qobiliyatlar,
pedagogik mahorat, – yosh avlod, . ovoz, badiiy asarlar.

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy mustaqillik qo‘lga kiritilgach,

hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, ta’lim sohasida ham tub islohotlar
olib borilib ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqsa. Islohotlar respublikaning
rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar,
huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar,
huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga
yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning nutqlari va qator asarlarida ta’lim va tarbiya O‘zbekiston
Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinib, maqsad va
vazifalari belgilab berilgan. Nutq malakasi va madaniyati tarbiyachining muhim
kommunikativ qobiliyatlaridan biri bo‘lib, avvalo, tarbiyalanuvchiga ongli
intizom va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum bir
maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir
ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har
tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini
takomillashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy
ong va xulq-atvorni xalqimizning boy mafkuralari asosida shakllantirishga
yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Bolalarga nutq ko’nikmasi orqali pedagogik
ta’sir ko‘rsatish asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi
va his-tuygulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy
aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Bu bilan
jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy
malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun bolaning ongi, hissiyoti
va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa,
tarbiyachining ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarga erishishi qiyinlashadi. Tarbiya
jarayoniga tarbiyachi rahbarlik qiladi. U tarbiyalanuvchilar faoliyatini belgilaydi,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

106

ularning pedagogik jarayonda ishtirok etishlari uchun shartsharoitlar yaratadi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish mazmunida tarbiya mohiyati ifodalangan bo‘lib,
uning mazmuni mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib asoslanadi.
Tarbiya mohiyati turli davrlarda har xil ifodalangan bo‘lsa ham, ammo
yo‘naltiruvchanlik xususiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash g‘oyalarni ifodalaydi.
Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar
tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.qanday
ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi.
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi,
ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil
insonni tarbiyalab kamolotga yetkazishdan iborat. Pedagogik ta’sir
ko‘rsatishning asosiy tarbiyaviy usullari hayotdan, millatning yashash tarzidan,
milliy an’ana va urf-odatlardan kelib chiqib tanlanadi. Tarbiyachi
tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning
o‘zaro

kommunikativ

munosabatlari

hamda

faoliyatlari

o‘rtasidagi

boglanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart.
Pedagog-tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi qarshisida o‘zi uchun hamisha
tarbiya ob’yekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi tarbiyachi bilan
erkin va ongli munosabatda bo‘lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar
samarali xarakter kasb etadi.

Tarbiya jarayonining kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga xos

qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, tarbiyachi bolalarga pedagogik ta’sir
ko‘rsatishda ularni mukammal bilishi lozim: — tarbiyaning aniq bir maqsadga
qaratilganligi; — tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi; —
shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlari; — tarbiyalanuvchi
shaxsga nisbatan talabchan bo‘lish va uning shaxsini hurmat qilish; —
tarbiyalanuvchining yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi; —
tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta’minlash.
Barchamizga ma’lumki so‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish tarbiyachining asosiy
qurolidir, mazkur jarayon tarbiyachining madaniy saviyasida va tarbiyalanuvchi
muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki insonning aqlzakovati, fikr-
tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda
etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. So‘z bilan
og‘zaki ta’sir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llovchi padagog o‘z
hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va o‘z
his- tuyg‘ularini faqat ta’lim-tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

107

ifodalashi hamda tarbiyalanuvchi qalbini noo‘rin so‘zlar bilan jarohatlab
qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt normalaridan chiqib
ketmasligi lozim. So‘z qudrati haqida R.Dekartning quyidagi fikrlari
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogogiga ham bevosita taalluqlidir:
“So‘zlarning ma’nolarini, kudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering,
shunda siz insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos
qilgan bo‘lasiz” . Bunda tarbiyachining shirinsuxanligi mujassamlashgan notiqlik
san’ati hamda aktyorlik qobiliyatini namoyon qila olishini

Tarbiyachidan quyidagi xususiyatlar talab etiladi:
1. Nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish.
2. Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash.
3. Mimik va pantomimik harakatlardan o‘z o‘rnida foydalanish.
4. Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.
5. Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish.
6. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni boshqarish.
7. Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish.
8. Tarbiyalanuvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va ragbatlantiruvchi

munosabatda bo‘lish.

9. Shevachilikdan voz kechgan xolda sof adabiy tilda so‘zlash.
10. Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish.
11. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.

Tarbiyachi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat
ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga,
pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk murabbiy sifatida
komil insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining
munosib hissasini qo‘shishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:

1. Adashboyev T. Orzularim – qo‘sh qanotim. – T.: SHarq, 2003. – B.
2. Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda intyerfaol usullardan
foydalanish. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son. -14 b.
3. Boymatova A.G., Djumabayeva M.B., Aliyeva K.S. “Maktabgacha yoshdagi
bolalarning psixologik xususiyatlari” moduli bo‘yicha O‘quv-uslubiy majmua. –
T.: TDPU, 2018.
4. Volkov, B. S. Psixologiya detstva: uchebno-metod. posobie / B. S.Volkov, N. V.
Volkova. - M. : APO, 1997. - 152 s.
5. Do‘stmuhamedova SH.A., Nishonova Z.T. va boshqalar. YOsh davrlari va
pedagogik psixologiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013. 18. Jo`rayeva B.D.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

108

Maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash muammolari va rivojlantirish
istiqbollari. Xalq ta'limi j., 2008. 5-son. -114-119 b.
6. Maxmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 1-tom. –T.: Fan, 1963. 447-bet. 20.
Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. -T.:
TDPU, 2017. 21
7. http://uza.uz/oz/society/o’yin faoliyati 01-06-2018.
8. www.saviya.uz.
9.www. ziyonet.uz
10.www.google.uz

Библиографические ссылки

Adashboyev T. Orzularim – qo‘sh qanotim. – T.: SHarq, 2003. – B.

Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda intyerfaol usullardan foydalanish. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son. -14 b.

Boymatova A.G., Djumabayeva M.B., Aliyeva K.S. “Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari” moduli bo‘yicha O‘quv-uslubiy majmua. –T.: TDPU, 2018.

Volkov, B. S. Psixologiya detstva: uchebno-metod. posobie / B. S.Volkov, N. V. Volkova. - M. : APO, 1997. - 152 s.

Do‘stmuhamedova SH.A., Nishonova Z.T. va boshqalar. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013. 18. Jo`rayeva B.D. Maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash muammolari va rivojlantirish istiqbollari. Xalq ta'limi j., 2008. 5-son. -114-119 b.

Maxmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 1-tom. –T.: Fan, 1963. 447-bet. 20. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. -T.: TDPU, 2017. 21

http://uza.uz/oz/society/o’yin faoliyati 01-06-2018.

www.saviya.uz.

www. ziyonet.uz

www.google.uz