Авторы

  • Kimyo Quvonova
    O‘zbekiston Milliy universiteti magistr talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49717

Ключевые слова:

Hofiz Xorazmiy tarixiy shaxslar mifologik afsonaviy obrazlar devon shoir.

Аннотация

Maqolada Hofiz Xorazmiy ijodidagi tarixiy shaxslar, mifologik hamda afsonaviy obrazlar talqin qilingan. Shuningdek, o‘sha davr ijtimoiy tuzumi yoritilgan.Maqolani yozishda asosiy adabiyot sifatida shoir devonidan foydalanilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

98

TARIXIY SHAXSLAR, MIFOLOGIK VA AFSONAVIY OBRAZLAR

Quvonova Kimyo Otaqulovna

O‘zbekiston Milliy universiteti magistr talabasi

e-mail quvonovak@gmail.com

telefon raqami +998900473408

https://doi.org/10.5281/zenodo.14053814

Annotatsiya:

Maqolada Hofiz Xorazmiy ijodidagi tarixiy shaxslar,

mifologik hamda afsonaviy obrazlar talqin qilingan. Shuningdek, o‘sha davr
ijtimoiy tuzumi yoritilgan.Maqolani yozishda asosiy adabiyot sifatida shoir
devonidan foydalanilgan.

Аннотация:

В статье интерпретируются исторические личности,

мифологические и легендарные образы в творчестве Хофиза
Хорезмийского. Также освещена социальная структура того времени. В
написании статьи в качестве основного литературного источника
использовался диван поэта.

Annotation:

The article interprets historical figures, mythological, and

legendary characters in the works of Hofiz Khorezmi. Additionally, the social
structure of that era is highlighted. The main literature used in writing the
article is the poet’s divan.

Kalit so‘zlar:

Hofiz Xorazmiy, tarixiy shaxslar,mifologik,afsonaviy

obrazlar, devon,shoir.

Ключевые слова:

Хофиз Хорезмий, исторические личности,

мифологические, легендарные образы, диван, поэт.

Key words

: Hofiz Khorezmi, historical figures, mythological, legendary

images, divan, poet.

Shoir Hofiz Xorazmiy Devonidan o`rin olgan she`rlarini o`rganish asnosida

uning turli tasavvufiy, majoziy, mifologik, ramziy, tarixiy obrazlarlardan ustalik
bilan foydalanganligining guvohi bo`lamiz. Shulardan biri shoir she`rlaridagi
tarixiy obrazlardir. Shoir o`z she`rlarida Ibrohim Suloton, Sheroziy, Ibn Sino kabi
tarixiy shaxslarning nomlarini bir necha bor qo`llaganligini ko`ramiz:
Guluston yuzlu, ey soqiy, saning ishqing manga jondur,
Ichalim bodanikim, davr-i Ibrohimi Sultondur.

XIV asr oxirlaridagi Xorazmda sodir bo`lgan notinchliklar sababli

Hofizning Sherozga ketganligi uning Devonidan ma`lum. Amir Temur vafotidan
keyin uning vorislari o`rtasida toj-u taxt uchun ayovsiz kurash boshlanib, bu
kurashlar natijasida 1414-yilda Sheroz taxtiga Ibrohim Sulton keladi va 21 yil
davomida Sheroz taxtini boshqaradi. Shoirning bir necha g`azallarida Ibrohim


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

99

Sulton nomining keltirilganligi Hofizning Sherozda yashaganligi va Ibrohim
Sulton bilan yaqin bo`lganligidan dalolat beradi.
Sanovu hamd etadur yaratg`an biru boring`a,
O`shul Sulton zamoninda, Hofizkim g`azalxondur.
Ushbu g`azal mazmuniga diqqat qiladigan bo`lsak, Hofizning o`zini o`sha davr
Sultoni saroyining g`azalxoni deyishi ham uning Ibrohim Sulton saroyi bilan
yaqin aloqasi bo`lganligidan, zamonining ko`zga ko`rinarli shoirlaridan
bo`lganligini isbotlaydi. Shoir xatto Ibrohim Sultonning vafotiga bag`ishlab
marsiya ham yozadi. Bu ham ikki shaxsning yaqin bo`lganligining dalilidir.
Devonda keltirilgan tarixiy obrazlardan biri – bu Hofiz Sheroziydir. Shoir
Sheroziyning ijodi juda qadrlagan, Buni uning an’analarini o‘zbek she’riyatiga
olib kirib, Sheroziy kabi «Hofiz» taxallusini o`ziga taxallus sifatida
tanlaganligidan ham bilib olish mumkin. Hofizning quyidagi misralari ham
buning yorqin dalilidir:
Hofizni ko‘rung ushbu zamon turk tilinda,
Gar keldi esa forsda ul Hofizi Sheroz.
Ammo ularni biror marotaba uchrashgan deya ayta olmaymiz. Chunki
devonning biror o`rnida bunga ishora qilinmagan.
Barchamizga ma`lumki, Nizomiy Ganjaviy oʼzining dostonlari bilan muhabbat
bilan bogʼliq mavzularini badiiy adabiyotga olib kirdi. Nizomiydan keyin butun
sharq adabiyotida unga ergashib “Xamsa” yozish bilan bir qatorda, uning
dostonlarida aks etgan syujet va qahramonlar nomiga murojaat qilish odat
tusiga aylandi. Sharq she`riyatida anʼnaviy muhabbat mavzusida yozilgan sheʼr
va gʼazallarda ham Shirin, Farhod, Xusrav, Majnun, Layli, Bahrom singari nomlar
tilga olinadigan boʼldi.
Nizomiy dostonlaridagi syujetdan foydalanish XIV asrlardan boshlab turkiy
adabiyotga ham kirib keldi. Nafaqat syujet balki asar qahramonlari nomlarini
talmeh sifatida qoʼllana boshlandi. Shu oʼrinda Qutb Xorazmiy tomonidan
Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni turkiy tilga tarjima qilingani juda katta
ahamiyatga ega boʼlganligini ham taʼkidlash lozim.
Qutb Xorazmiyning yurtdoshi bo`lmish shoir Hofiz Xorazmiy ham oʼz
g`azallarida tez-tez Nizomiy dostoni qahramonlari nomlaridan talmeh va tamsil
sifatida keng foydalangan. Shoir sheʼrlarida Nizomiyning “Layli va Majnun”
dostoni bilan bogʼliq jihatlar juda koʼp uchraydi, doston qaharamonlarining nomi
tez-tez tilga olinadi. Hofiz Xorazmiy aksariyat hollarda oʼzini Majnunga,
maʼshuqasini esa Layliga qiyoslaydi. Buni orqali gʼazallarining baytlarini
bezaydi:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

100

Man banda Hofiz soʼrdum sanikim,
Manman Majnun, sensen Laylo.
Nizomiy asaridan Laylining Majnun holidan xabardor boʼlib turgani maʼlum.
Quyidagi baytda oshiq maʼshuqasiga: Layli Majnunning holini soʼrganidek, sen
ham men hastaning holini bir-bir soʼrab tursang yaxshi boʼlar edi, – deydi:
Gah-gah bu xastani soʼra kelsa boʼlurkim,
Majnun bila xush bordi biror holda Layli.
Аslida Majnun Layliga koʼngil bermagan edi, aksincha, Layli oʼzining goʼzal husnu
jamoli bilan Majnunni oshiq qilgandi:
Layloga bermadi Majnun oʼzi koʼnglini, vale
Xasta Majnun koʼnglini husn ila Laylo tiladi.
Аqlu hushini yoʼqotib, oʼzini bilmaydigan holga kelgan devonani zanjirband
qilganlaridek, Layli ishqida Majnun boʼlgan oshiqni bandda tutib turish odatiy
hol hisoblangan, shu sababli maʼshuqaning uzun sochlari bilan oshiq qoʼlini
bogʼlab qoʼyilishi lozim. Oshiq yoridan aynan shuni iltimos qiladi:
Zulfin ketarmasin man savdoyi ilgidin,
Majnuni xastagʼa chun kerakdur hamisha band.
Lirik qahramonni zamonasining Majnuni deyish xato emas, bu tabiiy boʼlib,
haqiqatan ham, oshiq yorining sochi savdosi – dardida junun hosil qilgan, yaʼni
devona - Majnunga aylangan:
Gar manga Majnuni vaqt erur tesangiz, ayb emas,
Zulfining savdosidin hosil chun aylabman junun.
Oshiqning maʼshuqasi zulfini koʼrishi bilan jununi shunday kuchayadiki, natijada
uning ishqi oldida Layli va Majnun haqidagi hikoyat ham hech narsa boʼlmay
qoladi:
Xayoli zulfidin koʼrsang kecha shoʼru jununimni,
Unut boʼlgʼay hikoyati bila Majnunu ham Laylo.
Shoir bu fikrlarini quyidagi baytda yanada mustahkamlaydi:
Kim koʼrar boʼlsa niyozin birla nozin aytgʼay,
Layliyu Majnun hikoyoti erur afsonalar..
Hofiz Xorazmiy she’rlarida talmeh san’atidan g‘oyat ustalik bilan
foydalanganligini ko‘ramiz. Shoir bir qancha an’anaviy talmehlardan
foydalanishi bilan birga o‘ziga xos talmehlar ham yaratgan. Masalan, «Xusrav va
Shirin» dostonidagi qahramonlar nomidan:
Shakkari la’li labining sifatin qilmoqda,
Bo‘lmadim Hofiz, man Xusravi shirin bo‘ldum.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

101

Hofiz g`azallarida shuningdek Farhod, Xusrav, Shirin obrazlaridan ham unumli
foydalanadi.
Jonim labingga oshiqi oshufta bo`lg`ali,
Yuz ta`na qildi Xusrav Shirin zamonina.
“Aylagil” radifli boshqa bir g`azalide ham shoir “Farhod va Shirin” obrazlaridan
foydalanib, talmeh yaratadi:
Jon chakarimni bilib ul la`l-i shakkarbor uchun,
Qissayi Shirin birla hamahd-i Farhod aylagil.
Ushbu bayt orqali shoir jonimning chiqishini bilib ul la`l kabi labli yorim uchun,
“Farhod va Shirin” qissasiga o`shatgin demoqchi.
Shoir ijodini atroflicha o`rganish orqali uning faqat g`azalalaridagina emas, balki
boshqa janrdagi asarlarida ham bunday obrazlardan foydalanganligini
ko`rishimiz mumkin. Masalan:
Rahm aylamas ul ko`nguli po`lod bikin,
Jodu qaro hindu ko`zi jallod bikin,
Shirin labi la`lini tilagan oshiq
Jonin, ne ajab, berursa Farhod bikin.
Ruboiy janrida yozilgan ushbu she`rida shoir mashuqasini rahm aylamaydigan
ko`nglini po`ladga, jodu ko`zini jallodga o`xshatsa, oshiqni esa Shirinning la`li
labini tilagan Farhodga qiyoslaydi.
Hofiz Devonidan o`rin olgan asarlarida faqatgina afsonaviy yoki tassavvufiy
qahramonlar emas, balki tarixiy shaxslardan ham misollar keltiradi. Masalan:
Shifo qonun-i ishqindin sinab jon birla izdarsang,
Sanga shogird bo`lg`ay ul zamonda Bu Ali Sino.
Ushbu baytda tabobat ilmining eng buyuk shaxslaridan biri – Abu Ali Ibn Sino
ismini qo`llagan.
Shoir she`rlarida faqat tarixiy shaxslar emas, joy nomlaridan ham unumli
foydalanganligini ko`rishimiz mumkin:
Gar mandan eshitmasang aning vasf-i labini,
Borg`il taqi ul la`l-i Badahshondin eshit.
Tarixdan ma`lumki, Badahshon o`zining la`li bilan juda mashhur. Shoir ushbu
baytda shunga ishora qilmoqda. Agar mendan uning labining vasfini
eshitmasang, borib u la`li Badahshondan eshit deydi. Ushbu o`rinda shoir la`li
Badahshon deya yor labini Badahshon la`liga qiyoslash orqali istiyora san`atidan
unumli foydalanmoqda.
Xulosa qilib aytganda shoir o‘z g‘azallarida tarixiy shaxslar obrazlaridan unumli
foydalangan. Xususan Nizomiy Ganjaviy, Farxod va Shirin, Xusrav obrazlari


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

102

keltirilgan. Bundan tashqari mifologik obrazlar ham berilgan. Ularning ma’nolari
g‘azalda kelgan o‘rni ochib berilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Hofiz Xorazmiy devoni 1-jild O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining

nashriyoti Toshkent-1981
2.

Mallayev N. M. O‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. – Toshkent:

O‘qituvchi, 1976, 241-254-betlar

Библиографические ссылки

Hofiz Xorazmiy devoni 1-jild O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining nashriyoti Toshkent-1981

Mallayev N. M. O‘zbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. – Toshkent: O‘qituvchi, 1976, 241-254-betlar