ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR
HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH
Askarova O‘g‘iloy Asror qizi
”Bank va Moliya akademiyasi” tinglovchisi
ogiloyaskarova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13924957
Annotatsiya
:Ushbu maqolada uzoq muddatli aktivlarni xalqaro
standartlar asosida hisobini yuritish borasida xorijiy va mahalliy olimlarning
yondashuvlari, shuningdek, xalqaro standartlarda uzoq muddatli aktivlarni tan
olish, baholash va hisobga olish tamoyillari tadqiq qilindi.
Kalit so‘zlar:
uzoq muddatli aktivlar, hisoblash usuli, faoliyatning
uzliksizligi, daromad va xarajatlar o‘rtasidagi nisbatning uzluksizligi, sifat
tasniflari o‘rtasidagi mutanosiblik.
Abstract:
In this article, the approaches of foreign and domestic scientists
to the accounting of long-term assets based on international standards, as well
as the principles of recognition, evaluation and accounting of long-term assets in
international standards were studied.
Key words:
long-term assets, method of calculation, continuity of activity,
continuity of the ratio between income and expenses, proportionality between
quality classifications.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizdagi mulkiy munosabatlarning
yangi tamoyillar asosida o‘zgarishi buxgalteriya hisobi qoidalarini
takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Yangi tamoyillar hozirgi
iqtisodiyotimiz modeliga asoslangan bo‘lishi, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar
tajribasidan foydalangan hamda xalqaro buxgalteriya hisobi andozalariga javob
berishi lozim. 13.04.2016 yildagi O‘RQ-404-son hamda “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida” Qonunlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi, uning yangi
tahriri tasqdilandi. Ushbu qabul qilingan qonunning 10-moddasiga muvofiq
“Buxgalteriya hisobi sub’ektlariga moliyaviy hisobotlarning xalqaro
standartlarini (MHXS) qo‘llash huquqi taqdim etildi” [1].
Buxgalteriya hisobini xalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq me’yoriy-
huquqiy xujjatlarini yangi normalar asosida tartibga solishni takomillashtirish
borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-
4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha
qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori[2] qabul qilindi. Ushbu qarorga
muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari,
soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar o‘z xisobotlarini moliyaviy
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
142
hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga muvofiq taqdim etishi belgilangan.
1-son MHXS da “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari-Bu Moliyaviy
hisobotning xalqaro sandartlari qumitasi tomonidan qabul qilingan standartlar
va interpretatsiyalardir” deb ta’rif berilgan [3].
“Moliyaviy
hisobot
xalqaro
standartlarining
maqsadi
-
moliyaviy
hisobotlarni taqdim etishda turli xilma-xilliklar va sharhlar turini qisqartirish,
ma’lumotlarni taqqoslash imkonini yaratish va sifatini oshirish, standartlarni
umumiylashtirish” deb ta’rif bergan Professor A.N.Turaev [4] va boshqalar.
Xalqaro hisob andozalarida uzoq muddatli aktivlarni tan olish, baholash
va hisobga olish tamoyillari bo‘yicha xorijlik hamda mamlakatimiz iqtisodchi
olimlar ilmiy tadqiqotlarni olib borishgan. Daromadlarning xarajatlarga mos
kelish tamoyili shuni ko‘zda tutadiki, daromad olish uchun qilingan xarajatlar
buxgalteriya hisobida daromadlar ko‘rsatilgan davrda keltiriladi. Professor
Ya.V.Sokolov mos kelish tamoyilining qo‘llanish zaruriyatini ta’kidlagan. Mazkur
tamoyilning ma’nosini rossiyalik iqtisodchi olim quyidagicha talqin qiladi
“Daromad keltirishga sabab bo‘lgan xarajatlar olingan daromad qaysi davrga
tegishli bo‘lsa, o‘sha davrga tegishli bo‘ladi” [5]. Professor M.I.Kuterning
ta’kidlashicha,-“Mazkur tamoyilning qo‘llanishi davr xarajatlarini ishlab
chiqarish tannarxiga tenglashtirishga imkon beradi” [6]. Mamlakatimiz
iqtisodchi olimlaridan Professor I.N.Ismanovning ta’kidlashicha “Aktivlarni
to‘g‘ri tasniflash orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tahlil qilish va
ularga baho berish imkoniyati kengayadi” [7]. Iqtisodchi olimlarimizdan
S.N.Tashnazarov Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari tarkibida “III.
Aktivlar, majburiyatlar va investitsiyalarga doir standartlar-ushbu guruhga 9 ta
standart kiritilgan”ligini [8] ko‘rsatib o‘tgan. Xalqaro andozalar qoidasiga ko‘ra,
foyda keltirmaydigan uzoq muddatli aktivlarga qilinadigan sarf xarajatlar
zararga olib boriladi. Bizning fikrimizcha, “Foyda tadbirkorning daromad shakli
bo‘lib, tijorat muvaffaqiyatiga erishish maqsadida qo‘yilgan kapitalni anglatadi.
Negaki foyda kategoriyasi ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan kapital
kategoriyasi bilan bog‘liq” [9]. “Shunday qilib, buxgalteriya hisobining asosiy
tamoyillari uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishning konseptual asosini
belgilaydi” [10].
Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro andozalarga kiritilgan tamoyillarning
sezilarli qismi bizning mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan konseptual
tizimga mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy buxgalteriya hisobi standartlarida
buxgalteriya hisobining to‘rtta asosiy tamoyillari shakllantirilgan. Buxgalteriya
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
143
hisobining ko‘plab tamoyillaridan uzoq muddatli aktivlarni hisobga oladigan,
shuningdek, hisobni yuritishning usullari va uslubiyatini shakllantiradigan
tamoyillarini ajratib olish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Uzoq muddatli
aktivlarni hisobga olish tamoyillari keltirilgan.
Bizning fikrimizcha, yuqorida bayon qilingan fikrlar uzoq muddatli
aktivlar tarkibini moliyaviy hisobotning xalqaro andozalari talablariga ko‘ra,
uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi.
Uzoq muddatli aktivlar korxona faoliyatida ishtirok etadigan muhim
iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Yangi iqtisodiy munosabatlar
sharoitida mazkur iqtisodiy kategoriya yetarlicha chuqur o‘rganilmagan.
Shuning uchun uning toifalarini aniqlovchi asosiy tavsiflarni har tomonlama
ko‘rib chiqish zarur. Shuni ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqotlar uzoq muddatli
aktivlarning ayrim nazariy masalalarini aniq bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatiga tadbiq etishga qaratilgan.
O‘z faoliyatini tugatayotgan korxona uchun uzoq muddatli aktivlarni
baholashda realizatsion qiymat usuli qo‘llanishi foydali. Bunda quyidagi holatlar
vujudga kelishi mumkin:
T/r Uzoq muddatli aktivlarni baholashda realizatsion qiymat usulini
qo‘llanishi
1
Yuridik shaxs aktivlarining realizatsion qiymati kreditorlarning
qarzini qoplash uchun yetarli.
2
Yuridik shaxs aktivlarining realizatsion qiymati kreditorlar talabini
qondira olmaydi va ular o‘zlariga tegishi mumkin bo‘lgan
ulushining bir qismini oladi.
3
Yuridik shaxs aktivlari realizatsion qiymati qarzlardan ancha ko‘p
va u qarzlarni to‘laligicha yopish uchun yetarli.
Shunday qilib, korxona faoliyatining uzluksizligi tamoyilini uzoq
muddatli aktivlar buxgalteriya hisobiga tatbiq etib, quyidagicha ifodalash
mumkin: faoliyat olib borayotgan korxonaning uzoq muddatli aktivlari balans
qiymati (dastlabki, joriy tiklanuvchi, joriy bozor, qoldiq baholari)da baholanadi.
Korxona faoliyati to‘xtatilib oraliq tugatish balansi tuzilayotganda, uzoq
muddatli aktivlarni baholash realizasion qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibining konseptual asosiga ko‘ra,
hisoblash tamoyili korxona xo‘jalik faoliyatining ma’lum bir davrini tavsiflaydi,
ya’ni sodir etilgan xo‘jalik operasiyalari pul mablag‘larining to‘langan yoki
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
144
olingan paytiga emas balki aynan o‘sha tavsiflangan davriga taalluqli, deb tan
olinadi. Shunday qilib, hisoblash tamoyili- bu buxgalteriya hisobida bo‘lib o‘tgan
xo‘jalik operasiyalarini mazkur hisobot davrida tan olish lozim ekanligini e’tirof
etish, demakdir. Shuning uchun korxona foaliyati tugatilayotganda, aktivlarni
sotish bahosi ularni sotishdan olinadigan daromadlarni hisoblash imkonini
beradi.
Moliyaviy hisobning xalqaro standartlarida mazkur tamoyil kengroq talqin
etiladi. Mazkur tamoyilning 4 ta tarkibiy qismlarini ajratish mumkin:
T/r Moliyaviy hisobning xalqaro standartlarida buxgalteriya xisobi
tamoyillarining tarkibiy qismlari
1
Operasiya va hodisalar pul va uning ekvivalentlarining kelib
tushishiga qarab emas, balki ular haqiqatda amalga oshishiga qarab
tan olinadi;
2
Operasiya va hodisalar qaysi davrda amalga oshirilganligiga qarab
o‘sha davrning moliyaviy hisobotlarida ko‘rsatiladi va hisob
registrlarida qayd qilinadi;
3
Xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda bevosita
ko‘rilgan zararlar va ishlab topilgan aniq daromadlar
solishtirilganda tan olinadi;
4
Taqqoslash konsepsiyasining qo‘llanishi buxgalteriya balansida
aktiv va majburiyatlarni belgilamaydigan moddalar bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaydi;
Hisoblash tamoyilini 3 ta asosiy tarkibiy qismga bo‘lish mumkin:
xarajatlarni aniqlash tamoyili, daromadlarning xarajatlarga mos kelishi tamoyili,
qayd qilish tamoyili. Xarajatlarni aniqlash tamoyilining ma’nosi shundan
iboratki, xarid qilingan aktivlarga to‘langan pul va uning ekvivalentlari o‘z
holicha
xarajat
hisoblanmaydi,
balki
o‘sha
mablag‘larni
to‘lash
majburiyatlarining vujudga kelishi xarajat bo‘lib hisoblanadi. Daromadlarni
qayd qilish tamoyili ular qaysi hisobot davrida ro‘y bergan bo‘lsa, ular uchun pul
mablag‘larini haqiqatda kelib tushgan vaqtidan qat’iy nazar, ularni o‘sha hisobot
davrida tan olinishini bildiradi.
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi qoidalarida daromad olishning asosiy
mezoni qilib mulkka egalik huquqining sotuvchidan oluvchiga o‘tish payti qabul
qilingan. Uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha operasiyalarda alohida ob’ektlarni
vaqtinchalik foydalanishga berishdan ham daromad olish mumkin.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
145
Daromadlarning xarajatlarga mos kelish tamoyili shuni ko‘zda tutadiki,
daromad olish uchun qilingan xarajatlar buxgalteriya hisobida daromadlar
ko‘rsatilgan davrda keltiriladi.
Mos kelish tamoyilining qo‘llanish zaruriyatini rossiyalik iqtisodchi
olimlar ham ta’kidlamoqdalar. Professor Ya.V.Sokolov mazkur tamoyilning
ma’nosini quyidagicha talqin qiladi “Daromad keltirishga sabab bo‘lgan
xarajatlar olingan daromad qaysi davrga tegishli bo‘lsa, o‘sha davrga tegishli
bo‘ladi” [5].
Professor M.I.Kuterning ta’kidlashicha,-“Mazkur tamoyilning qo‘llanishi
davr xarajatlarini ishlab chiqarish tannarxiga tenglashtirishga imkon beradi” [6].
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Professor I.N.Ismanovning
ta’kidlashicha “Aktivlarni to‘g‘ri tasniflash orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
faoliyatini tahlil qilish va ularga baho berish imkoniyati kengayadi” [7].
Mos kelish tamoyilini amaliyotda qo‘llash anchayin qiyin hisoblanadi.
Mazkur tamoyilning qo‘llanilishi hisobot davrida ishlab topilgan daromad,
albatta, shu davrda amalga oshirilgan xarajatlarga bog‘liq bo‘lishini taqozo etadi.
Ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun xorij amaliyotida buxgalteriya
hisobining maxsus usullarini qo‘llash ko‘zda tutilgan. Bu usullar konstatasiya
yoki transformasiya, deb ham ataladi. Xarajatlar va daromadlarni bir hisobot
davrida hisobga olish konstatasiya usuli, deb e’tirof etilsa, xarajatlar va
daromadlar ikki yoki undan ortiq hisobot davrlariga tegishli bo‘lsa,
transformasiya vujudga keladi.
Xalqaro andozalar tomonidan talqin qilingan uzoq muddatli aktivlar
buxgalteriya hisobi va ularni baholashni o‘zgartirishga nisbatan ehtiyotkorlik
tamoyili mamlakatimizdagi buxgalteriya hisobi amaliyotida qo‘llanilishi
mumkinmi?
Uzoq muddatli aktivlarning bir qism obyektlarida ikki xil ehtiyotkorlik
konsepsiyalari mavjud:
-
dinamik buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan ehtiyotkorlik tamoyili,
bunda uzoq muddatli moddiy aktivlarning faqat sotish yoki boshqa
sabablar bilan tashlab chiqib ketish holatidagi real qiymatini aniqlash
ko‘zda tutiladi;
-
statik buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan ehtiyotkorlik konsepsiyasi-bu
hali sotilmagan uzoq muddatli aktivlarning potensial zararini e’tiborga
olishni ko‘zda tutadi;
Statik konsepsiya amaldagi buxgalteriya hisobotlarida to‘liq qo‘llanilmaydi,
lekin ehtiyotkorlik tamoyili uni amalda qo‘llash imkonini beradi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
146
Iqtisodchi olimlarimizdan S.N.Tashnazarov Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari tarkibida “III. Aktivlar, majburiyatlar va investitsiyalarga doir
standartlar-ushbu guruhga 9 ta standart kiritilgan” [8] ligini ko‘rsatib o‘tgan.
Buxgalteriya hisobi qoidalariga ko‘ra, egalik huquqi bo‘yicha ob’ektlar
foyda keltirishi yoki keltirmasligidan qat’iy nazar, uzoq muddatli aktiv deb tan
olinadi. Xalqaro andozalar qoidasiga ko‘ra, foyda keltirmaydigan uzoq muddatli
aktivlarga qilinadigan sarf xarajatlar zararga olib boriladi. “Foyda tadbirkorning
daromad shakli bo‘lib, tijorat muvaffaqiyatiga erishish maqsadida qo‘yilgan
kapitalni anglatadi. Negaki foyda kategoriyasi ishlab chiqarishning asosiy omili
bo‘lgan kapital kategoriyasi bilan bog‘liq” [9].
Shunday qilib, mamlakatimiz buxgalteriya tizimida ehtiyotkorlik
tamoyilining qo‘llanilishi davlat tomonidan ishlab chiqilgan fiskal siyosatga zid
kelishi mumkin.
Uzoq muddatli aktivlar buxgalteriya hisobida davriylik, moliyalashtirish
hamda joriy, kelgusi davr va kapital xarajatlarni alohida hisobga olish usullari
metodologik asos bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining davriyligi usuli aktivlarni sotib olish bo‘yicha bir
martali xarajatlarning alohida hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘zda
tutadi. Shunday qilib, uzoq muddatli aktivlarni sotib olish bir marta katta
xarajatlar qilinishini taqozo etadi, lekin bu xarajatlar qaysi davrda vujudga
kelgan bo‘lsa, o‘sha hisobot davriga kiritilmaydi. Shuning uchun aktivlar faoliyat
davrlari miqdorining dastlabki hisob-kitobi amalga oshiriladi va ulardan
samarali foydalanish davri aniqlanadi. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlarning
har bir hisobot yiliga to‘g‘ri keluvchi qismi ajratiladi.
Joriy, kelgusi davr va kapitallashgan xarajatlarni alohida hisobga olish
usuli korxonaning uzoq muddatli aktivlarni sotib olish va keyin ularni joriy yoki
kelajak davr xarajatlariga kiritish bo‘yicha xarajatlarini buxgalteriya hisobida
ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
Uzoq muddatli aktivlarni sotib olish paytida korxonaning bir martalik
katta xarajatlari vujudga keladi. Ushbu xarajatlar pul mablag‘larini to‘lash,
debitorlik qarzlarining vujudga kelishi, boshqa aktivlarga almashtirish orqali
amalga oshirilishi mumkin. Ko‘rsatilgan xarajatlar korxonaning uzoq muddatli
aktivlari qiymatini oshirishi hamda joriy yoki kelajak davr xarajatlariga tegishli
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yuqoridagi xarajatlarni joriy, kelgusi davr va
kapitallashgan xarajatlarga ajratish juda muhim. Shunday qilib, uzoq muddatli
aktivlarni sotib olganda, sotib olish bo‘yicha xarajatlarning katta qismi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
147
kapitallashtiriladi, biroq xarajatlarning bir qismi joriy davr xarajatlariga
kiritilishi mumkin.
Shunday qilib, “buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari uzoq muddatli
aktivlarni hisobga olishning konseptual asosini belgilaydi” [10]. Shuning uchun
korxonalarda hisob siyosatini ishlab chiqish va unga amal qilishda mazkur
tamoyillar talabini bajarish muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qiladigan bo‘lsak,
buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari uzoq
muddatli aktivlarni hisobga olishning konseptual asosini belgilaydi. Shuning
uchun korxonalarda hisob siyosatini ishlab chiqish va unga amal qilishda
mazkur tamoyillar talabini bajarish muhim ahamiyatga ega.
Uzoq muddatli aktivlarni tan olishning tamoyillaridan kelib chiqib, aktiv
uzoq muddatga, ya’ni bir yildan ortiq muddatga xizmat qilishi, nazorat
funksiyasiga ega bo‘lishi hamda iqtisodiy foyda keltirish imkoniyatini
ta’minlanishi lozim.
Ikkinchidan aktivlar uzoq va joriy aktivlarga tan olinishida ularning xizmat
muddatini baholash orqali umrini aniqlash hamda ularning farqli jihatlarini
buxgalteriya hisobida moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda to‘liq aks ettirish
lozim.
Uchinchidan uzoq muddatli aktivlar tarkibiga gudvill, asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar, sho‘ba korxona moliyaviy investitsiyalari, assotsiasiyalangan
korxona investitsiyalari, boshqa moliyaviy investitsiyalar, uzoq muddatli
debitorlik qarzlar moddalari asosida turkumlanishi maqsadga muvofiq.
Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olishda 1-BHXS, 8-BHXS, 16-BHXS, 7-
BHXS, 38-BHXS, 40-BHXS, 1-MHHS, 3-MHXS, 5-MHXS, 9-MHXS, 10-MHXS, 15-
MHXS standartlari asosida hisobga olinishi lozim.
Uzoq muddatli aktivlarni fundamental va sifat tavsifiga ko‘ra ishonchlilik,
ahamiyatlilik, haqqoniy taqdim etish, ya’ni to‘liqlik, neytral, xatolardan holi,
taqqoslanuvchanlik, tekshiruvchanlik, o‘z vaqtidalik, tushunarlik asosida
turkumlanishi maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi holatlar asosida uzoq muddatli aktivlarni tan olish xalqaro
standartlarning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi va moliyaviy hisobotning
asosiy pritsiplaridan biri uzluksizlik tamoyilini ta’minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respubliksining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonun yangi
tahriri (13.04.2016 yildagi O‘RQ-404 son)
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora
tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
148
3.Mejdunarodnыe standartы finansovoy otchetnosti: Izdanie na russkom
yazыke.-M: “ASKERI-ASSA”, 2016.
4. To‘raev A. N., Eshonqulov A. A. KONSOLIDASIYaLAShGAN MOLIYaVIY
HISOBOTLARNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TUZISh VA TAQDIM ETISh
TARTIBI //Arxiv nauchnыx issledovaniy. – 2022. – T. 2. – №. 1.
5. Norbekov D., To’rayev A., Raxmonov Sh. Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2018. –350 b.
6. Kuter M. I. Teoriya i prinsipы buxgalterskogo ucheta. – 2000.
7. Ismanov I. N. Aktivlar tushunchasining iqtisodiy mazmuni va ularni hisobga
olishning ayrim munozarali jihatlari //Ekonomika i finansы (Uzbekistan). –
2016. – №. 2. – S. 39-45.
8. Tashnazarov S. N. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va ularga o‘tish
zaruriyati //Ekonomika i finansы (Uzbekistan). – 2016. – №. 7. – S. 48-54.
9. Khakimov F. A., Turanov M. S. The Economic Essence of Profit and the Initial
Theoretical Foundations of its Formation //Eurasian Research Bulletin. – 2022.
– T. 6. – S. 95-97.
10. Abdusattorovich K. F. PRINCIPLES OF RECOGNITION, ASSESSMENT AND
ACCOUNTING OF LONG-TERM ASSETS IN INTERNATIONAL ACCOUNT
TEMPLATES //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. –
2022. – T. 3. – №. 11. – S. 1133-1138.
11. Kasimova Nodira Saidovna. The role and significance of mineral resources
in the economic development of the country.
12. Umarova Saxinabonu Botir qizi. “Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish va
xarajatlar”.