Авторы

  • Munisa Elmurodova
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49747

Ключевые слова:

mansura obraz peyzaj ichki kechinma ijodkor meni.

Аннотация

Ushbu tezisda Ibrohim G‘afurov mansuralarining obrazlar tizimi, badiiy til xususiyatlari namunalar asosida ochib berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

127

IBROHIM G‘AFUROV MANSURALARIDA OBRAZLAR TIZIMI

Elmurodova Munisa G‘ofur qizi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

O‘zbek filologiyasi fakulteti magistranti

muniselmurodova@gmail.com

+998999432996

https://doi.org/10.5281/zenodo.13923546

ANNOTATSIY

A

Ushbu tezisda Ibrohim G‘afurov mansuralarining obrazlar tizimi, badiiy til
xususiyatlari namunalar asosida ochib berilgan.

Kalit so’zlar

: mansura, obraz, peyzaj, ichki kechinma, ijodkor meni.

Obraz (rus.образ – акс) – qarang badiiy obraz. Adabiyot va san’atning fikrlash
shakli, olam va odamni badiiy idrok etish vositasi, badiiyatning umumiy
kategoriyasi. Lug‘aviy ma’nosida har qanday aksni bildiruvchi “obraz” so‘zi turli
fan sohalarida (falsafa, psixologiya) muayyan termenologik ma’noda qo‘llanadi.
Jumladan, estetika va adabiyotshunoslikda u badiiy obraz ma’nosida tushuniladi.
B.o. deganda borliq (undagi inson, narsa, hodisa va h)ning san’atkor ko‘zi bilan
ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksi anglanadi.
Adib ijodida tabiat tasvirini inson ruhiyati, ichki kechinmalari bilan uyg‘unlikda
ohori to‘kilmagan metaforalar bilan birgalikda tasvirlaydi. Har bir mansurada
tabiat tasvirini, ona zamin obrazini uchratamiz.
“Badiiy asarda peyzajning falsafiy-ijtimoiy funksiyasi, tabiat olamining har
tomonlama tahlili so‘z san’atkorining mahorati bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyat
muhim bo‘lgan masaladir” . Ibrohim G‘afurov mansuralaridagi peyzaj yaratish
mahorati tabiat olamining chuqur tahlili bilan bog‘liq bo‘lib, bu hol
mansuralarning umumiy mundarijasida muhim o‘rin tutadi.
Xususan, tabiat xossalari va hodisalari orqali insonni va jamiyatni badiiy-estetik
tadqiq etish she’riyatimiz taraqqiyotining yetakchi tendensiyalaridan biriga
aylandi. Peyzaj lirikasi, bu – tabiat va inson munosabatlarining faqat zohiriy
ko‘rinishlari, ya’ni kechinmalar shaklidagi ifodasi emas, aslo. Tabiat tasviri
asosida inson ruhiyati manzaralarini anglash va anglatish, jamiyat
psixologiyasini tushunish hamda tushuntirish bosh masala hisoblanadi. Shu
jihatdan, hamma gap ana shu tabiat ranglari, xossalari va hodisalariga
yuklanadigan ma’noda. Ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy mazmunda.
Ana shu xususiyatlariga ko‘ra peyzaj lirikasi avlodlar ongi-dunyoqarashidagi
o‘zgarishlardan, badiiy-estetik tafakkuridagi farqli jihatlardan voqif etadi.
Ijodkorning tabiatga murojaati jarayonda borliqni badiiy idrok etish va uni
badiiy tadqiq etish holati ko‘zga tashlanadi. Insoniyat tamaddunidan beri u o‘zini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

128

tabiatning bir bo‘lagi deb bilgan, unga sig‘ingan (mifologik qarashlar - quyosh
xudosi, oy ma’budi, dengiz xudosi va h.k.) boshqalar bunga misol.
Adabiyotshunos A.Erkinov badiiy asarda peyzajning funksiyasini shunday
izohlaydi: “Peyzaj badiiy asar shaklining tarkibiy qismi bo‘lib, u g‘oyaviy
mazmun ifodasiga xizmat qiladi. Peyzaj muallif asarda ilgari surgan g‘oyaviy
maqsadni ifodalashda u bilan uyg‘unlashadi. Mazmun o‘ziga xos shaklni tanladi,
shakl esa mazmunga qarab moslashadi” .
Ibrohim G‘afurov mansuralarida peyzaj tasviri favqulodda yangi va ohorli
fikrlarga boyligi, eng muhimi, tabiatga munosabatning samimiyligi bilan ajralib
turadi. Ularda peyzaj faqatgina tabiat tasvirigina bo‘lib qolmay inson ruhiyatida
kechayotgan holatlarni ham ifodalaydi. Masalan, “Qish chillasi kirayotganda”
mansurasida uch yil burun oilasi tomonidan tashlab ketilgan betob yigitning
iztiroblari tasvirlanadi. Bobotog‘da qish chillasi. O‘ttiz yashar yigitning
anduhlarini aritish uchun oftob uning ayvoniga – uning qalbiga qo‘ndi. “Yigit shu
oftob uning ayvoniga tushadigan paytni kutadi. Oftob tushgach, u tuzala
boshlaydi. Bobotog‘ning boshiga yetib so‘ng uning ayvoniga tushgan oftob
nurlarini o‘ziga har narsadan aziz va har narsadan malhamroq biladi. Oftob eng
quyi nuqtasiga yetganda, uning betobligi ham eng quyi nuqtasiga yetadi. So‘ng
asta jonlanadi”(Iltijo, 143-bet).
Adib mansurada quyoshni mana bunday tasvirlaydi: “U romlari janubga qaragan
ayvonda anchagacha mehmon bo‘ldi. Ayvonni ona harorati bilan ilitdi” (Iltijo,
143-bet). Oftobning ayvonni ona harorati kabi ilitishi – metafora. U ayvon orqali
u yerda yotgan bemor yigitning qalbini ilitmoqda. Unga yashashga umid
bermoqda. Mansurada kabutarlar obrazi bor. “Ko‘k kabutarlar javon tepasida
o‘tirib, jufti juftining atrofida aylanadi. Nari silaydi modasining ko‘k halqali
boshini. Hali bahorga ancha bor. Uzoq aylanishar jufti juftining atrofida. Holiqul
boriy shunday qilib yaratdi sevgining udumini” (Iltijo, 143-bet). Ko‘k kabutarlar
orqali bir-biriga yaqinlik, ahllik, mehrni ko‘rishimiz mumkin. Ming afsus, buni
bir-biridan uzoqlashib borayotgan insonlarda topish qiyin. Adib bu manzarani
o‘ttiz yashar bemor, yolg‘iz yigitning ruhiy holatini ochib berish uchun naqadar
mohirona qo‘llaydiki, holat o‘quvchi qalbiga ham ko‘chadi. Qalb tug‘yonlari
tabiat bilan parallel tarzda tasvirlanar ekan, Aristotel aytganidek, «Inson boshqa
mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham farqlanadi, hatto
dastlabki bilimlarni u o‘xshatishdan oladi...» . Ya’ni inson o‘z kechinmalariga
tabiatdan «dalil» izlaydi.
Ibrohim G‘afurov mansuralarida tabiat mavzusi ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Tabiat hodisalari uning mansuralarida badiiy obrazlarga aylanadi: “Qishning


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

129

shamoliga bag‘ir berib, erkalanib tabiatga, ajib shox tashlab ular suzar moviy
osmonda” deb osmonda uchayotgan ko‘k kabutarlarni tasvirlaydi (Iltijo, 144-
bet). Insonning qalb kechinmalari, ruhiyat kengliklari tabiat tasviri orqali ochib
berishga harakat qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. –

T.: Akademnashr,2013. – Б. 22.
2.

Эркинов А. Навоий – пейзаж устаси. Т.: Фан, 1988.– Б. 5.

3.

Эркинов А. Навоий – пейзаж устаси. Т.:Фан, 1988. – Б. 6.

4.

Аристотель. Поэтика. (М.Маҳмудов, У. Тўйчиевлар тарж. ) Т.: Адабиёт

ва санъат, 1980.– Б. 15.

Библиографические ссылки

Қуронов Д, Мамажонов З, Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. –T.: Akademnashr,2013. – Б. 22.

Эркинов А. Навоий – пейзаж устаси. Т.: Фан, 1988.– Б. 5.

Эркинов А. Навоий – пейзаж устаси. Т.:Фан, 1988. – Б. 6.

Аристотель. Поэтика. (М.Маҳмудов, У. Тўйчиевлар тарж. ) Т.: Адабиёт ва санъат, 1980.– Б. 15.