ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
87
O‘ZBEKISTON REPUBLIKASIDA TO‘LOVGA
QOBILIYATSIZLIK(BANKROTLIK) TIZIMIDA QONUNCHILIK
ASOSINING TASHKIL TOPISH VA RIVOJLANISHI BOSQICHLARI
TAHLILI.
Husainova Sabina Abduqayum qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro beznis huquqi yo’nalishi magistranti
O'zbekiston Respublikasi ,100007 Toshkent shahri,
Mustaqillik shoh ko’chasi 54
Tel.:+998975878108 ;
email:husainovasabina1808@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13923373
Annotatsiya.
Ushbu tatqiqotning maqsadi O’zekiston Respublikasida
to’lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) insititutining huquqiy asoslarini
rivojlantirish uchun qonunchilikka kiritilgan asosiy o’zgartishlarni tahlil qilish
va ularning samaradorlik darajasini o’rganishdir. Maqolada tadqiqot maqsadini
aniq ifoda etish uchun tarixiy-huquqiy hamda qiyosiy taqqoslash
metodikalaridan foydalanilgan.
Annotation.
The purpose of this research is to study the effective means
of analyzing and evaluating legislative data for the development of the legal
framework of the institution of insolvency (bankruptcy) in the Republic of
Uzbekistan. Historical-legal and comparative comparison methods are used in
the article to clearly express the purpose of the research.
Kalit so’zlar:
To’lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik, bozor iqtisodiyoti,
tugatish taomili, sanatsiya, tashqi boshqaruv, kelishuv bitimi.
Keywords:
Insolvency, bankruptcy, ,market economy, liquadition of debtor,
rehabilitation, external management, debt agreement.
Dunyo miqyosida to‘lovga qobiliyatsizlikka doir ko‘rib chiqilayotgan ishlar
ro‘yxati har yili bir necha foizga oshib bormoqda,shu qatorda O‘zbekiston
Respublikasida tadbirkorlik subyektlarining bankrotligiga doir birinchi
instansiya sudida ko‘rilgan ishlar soni 2022-yilda 8996 tani tashkil etgan
holda,2023-yilga kelib ushbu ko‘rilgan ishlar miqdori 14,6 foizga oshib, 13104
tani tashkil etgan.Mavjud statistik ko’rsatgichlar respublikamizda to’lovga
qobiliyatsizik tizimini doimiy takomillashtirib borish zaruratini keltirib
chiqaradi.Tizimni takomillashtirishni esa uning rivojlanish bosqichlarini tahlil
qilish,qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgarishlarning tahlilisiz tassavvur etib
bo’lmaydi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
1991-yilga qadar respublikamizda to‘lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) instituti
fuqarolik va tadbirkorlik huquqiy munosabatlarida qo‘llanilmas edi va bu
sohadagi ayrim ishlar ma'muriy vositalar bilan hal etilar edi. O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor
munosabatlari keng joriy etila boshladi ammo mustaqillikning dastlabki yillarida
respublikamizda to‘lovga qobiliyatsiz huquq tizimi deyarli amal qilmagan edi.
Buning sababi esa hali davlat mulki to‘liq xususiylashishga ulgurmaganligi bo‘lib,
korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi va bankrotlik masalalarini tartibga
solishga ehtiyoj bo‘lmagan. Biroq,bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos
yo‘nalishi va talabi davlatga qarashli bo‘lgan mulkni xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish ishlarini tezlashtirish edi. Mulk xususiylashib mulkdorlar
sinfi hosil bo‘lishi bilan sekin-astalik bilan ko‘p korxonalar va tashkilotlar
muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Ba’zilari esa ma’lum sabablarga ko‘ra bozorda o‘z
salohiyatini namoyish eta olmadi. Oqibatda, korxonalarda iqtisodiy nochorlik
ya’ni to‘lovga qobiliyatsizlik muammolari vujudga kela boshladi. Va o‘z-o‘zidan
to‘lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik) institutiga ehtiyoj sezildi.
Umuman olganda Respublikamizda to‘lovga qobiliyatsizlik(bankrotlik)
huquqi insititutining yaratilishi o‘ziga xos tarixiga ega, ushbu jarayon dastlab
1994-yilda bankrotlik to‘gʻrisidagi ilk qonunning qabul qilinishi asosida
boshlandi. O‘tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va
muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga
solishning qonunchilik bazasi shakllantirildi.Kuzatuvlar asosida to‘lovga
qobiliyatsizlik(bankortlik) insititutining rivojlanish davrini shartli ravishda uch
bosqichga(2022-yilda “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunning qabul
qilinguniga qadar respublikamizda bankrotlik tizimida qonunchilik asoslarining
rivojlanish tarixi tatqiqotchi olimlar tomonidan 2 bosqichga bo‘lib o‘rganilgan)
bo‘lishimiz mumkindir:
Birinchi bosqich mustaqillikdan keyingi 1991-yildan 2003-yilga qadar
daavom etgan muddat bo‘lib bu vaqt oraligʻida dastlab 1994-yilda bankrot
togʻrisidagi ilk qonun hujjati qabul qilindi va keyinchalik 1998-yilda unga yangi
to‘ldirishlar kiritilib yangi tahrirda qabul qilindi. 1994-yilda qabul qilingan
dastlabki qonun hujjati 35 moddadan iborat edi,xolos va qonun amaliyoti
bo‘yicha mazkur yilda bironta ham bankrotlik ishi ko‘rilmadi. 1995-yilda
Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori asosida qonunning amaliyotiga doir
ishlar biroz jadallashdi va ushbu yilda jami 47 ta bankrotlik holati bo‘yicha ishlar
ko‘rib chiqildi. 1994-yilda qabul qilingan “Bankrotlik to‘gʻrisida”gi qonuning
ta’rifida qonunning asosiy vazifasi kreditorlarning da’volarini qondirish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
maqsadida xo‘jalik yuritish subyektlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarni
bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish shartlari va tartibini belgilab berishdan
iboratligi haqida yozilgan bo‘lsada,qonunda jismoniy shaxslarning bankrotligini
tartibga solishga doir yetarli darajadagi aniq normalar mavjud emas edi.
Qonunning 1-moddasida ta’rifiga ko‘ra, “xo‘jalik yuritish subyektining
bankrot bo‘lishi deyilganda qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib
ketganligi sababli tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq to‘lash yuzasidan
kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan budjetga va
budjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi
tushuniladi. Kreditorlarning talablarini bajarish muddati boshlangan kundan
e’tiboran xo‘jalik yuritish subyekti uch oy mobaynida ularni bajar olmayotganligi
yoki bajarishga qodir emasligining muqarrarligi sababli uning joriy to‘lovlari
to‘xtatib qo‘yilishi xo‘jalik yuritish subyekti bankrot bo‘lishining tashqi alomati”
hisoblanadi. Ushbu moddaning yuridik hamda jismoniy shaxslarning bankrot
bo‘lishiga bergan ta’rifidan kelib chiqadigan bo‘lsak u holda qarzdorning
aktivlari qiymati uning bajarishi lozim bo‘lgan majburiyatlari qiymatidan kam
ekanligi hamda bu to‘lovsizlik holatining uch oy muddatdan oshishi xo‘jalik
yurituv subyektining bankrot deb topilishi bilan yakunlanadi.Ushbu qonun
asosida toʻlovsizlik prinsipi yotardi va ishlar faqat balance sheet testi toʻlovga
qobiliyatsizlik
asosida
qoʻzgʻatilgan.Balance
sheet
korxonaning
aktivlari,majburiyatlari va aksiyadorlik kapitali haqida ma’lumot beruvchi
moliyaviy hisoboti bo’lib u e’lon qilingan muayyan davr uchun korxonaning
moliyaviy vaziyatini ifodalaydi.Korxonaning majburiyatlari qiymati uning
aktivlardan oshib ketganda qarzdorning to’lovsizlik holati vujudga keladi hamda
unga nisbatan to’lovga qobiliyatsizlik taomillarini qo’llash maqsadga muvofiq
emas bu holatda bankrotlikni e’lon qilish doimiy qo’llanilgan taomillarda biri
edi.
1998- va 2003-yillardagi Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik
toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlaridan esa bu tartib chiqarib tashlangan.Amalda
kuchda bo‘lgan “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi qonunchilikda Balance
sheet testi doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik sifatida aks ettirildi.
1994-yilda kuchga kirgan qonunda to‘lovga qobiliyatsiz qarzdorga nisbatan
iqtisodiy nochor iborasi ishlatilib,bankrot deb topilgunga qadar korxonaning
iqitisodiy-huquqiy vaziyatini ifodalashda keng foydalanib kelingan edi. Ushbu
tartib keyinchalik bankrotlik hamda iqitisodiy nochorlik atamalarining yuridik
adabiyotlarda hamda qonun hujjatlarida sinonim sifatida qo‘llanilishi asosida
davom etdi,xususan 1998-yilgi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunning 2-moddasi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
birinchi qismida,asosiy tushunchalar qatorida “bankrotlik”(iqtisodiy nochorlik)
— xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan yoki qarzdor ixtiyoriy ravishda
tugatilayotganida uning o‘zi e’lon qilgan qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha
kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga qodir emasligi, shu jumladan
budjetga va budjetdan tashqari fondlarga soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi shaklida ta’riflangan.Shuningdek,
bankrotlikka berilgan ushbu ta’rif shakl va mazmunan 2003-yilda kuchga kirgan
yangi tahrirdagi qonun matnida ham deyarli o‘zgarishsiz qoldirilgan edi .
Qonun, suddan tashqarida qo‘llanuvchi tartib-taomillar hamda ish
yurituvini tartibga soluvchi protsessual normalar va nihoyat bankrot qarzdorni
tugatish va yoki u bilan kelishuv bitimini tuzish tartibini belgilovchi bir qator
daastlabki modda va normalar to‘plamidan tashkil topganiga qaramay,bozor
iqtisodiyoti tizimida jadal rivojlanib borayotgan milliy iqtisodiyotda xo‘jalik
yurituv subyektlari hamda kreditorlarga tegishli mulk huquqini himoya
qilish,sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash,rentabelligi past bo‘lgan korxonalar
faoliyatini qayta ixtisoslashtirish, modernizatsiyalash va yoki tugatish kabi
vazifalarni amalga oshirish uchun yetarli darajada xizmat qilmadi.Bunga asosiy
sabab esa Lopaeva fikriga ko‘ra, qonun chiqaruvchi to‘lovga qobiliyatsizlik
jarayoni har bir bosqichi uchun maxsus individual tartibga solish
mexanizmlarini ishlab chiqish o‘rniga ularni yagona umumiy normalar
vositasida tartibga solishga uringanligida edi. Shu bilan birga rivojlangan
davlatlar tajribasidan ma’lumki jismoniy shaxslar,yakka tartibdagi tadbirkor
hamda unitar korxonlar, shaharni tashkil etuvchi korxona va boshqa turdagi
yuridik shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligini tartibga solishda aynan bir xil
usuldagi yondashuvlardan foydalanish o‘zini oqlamaydi.Natijada, “Bankrotlik
to‘g‘risida”gi dastlabki qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish zarurati tabiiy
ravishda vujudga keldi.1998-yil 28-avgust sanasidan boshlab 668-I-sonli
O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuni kuchga
kirdi.Mazkur qonun hajmi 1994-yilda qabul qilingan qonun hajmining qariyb
to‘rt barovariga teng bo‘lib jami 133 ta moddalar jamlanmasidan iborat
edi.Dastlabki qonundan farqli o‘laroq mazkur qonun 3-moddasida bankrotlik
alomatlarini yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar misolida alohida belgilab
bergan edi.Unga ko‘ra, yuridik shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar
talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatini
bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyati
yuzaga kelgan kundan e’tiboran olti oy davomida qarzdor tomonidan
bajarilmagan
bo‘lsa,
uning
bankrotlik
alomati
deb
e’tirof
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
etiladi.Shuningdek,jismoniy shaxsning (tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs
tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan shaxsning) pul mablag‘lari bo‘yicha
kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlarni to‘lash
majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki)
to‘lov majburiyati ularni bajarish sanasi boshlangan paytdan e’tiboran uch oy
davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, agar majburiyatlarning
summasi unga tegishli mol-mulkning qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa, uning
bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi.Ushbu moddani tahlil qiladigan
bo‘lsak,uning yutug‘i qarzdor yuridik hamda jismoniy shaxslarning to‘lovga
qobiliyatsizlik belgilarini aniq muddatlar asosida farqlab olish imkonini
beradi,ammo yuridik va jismoniy shaxslarning majburiyatlar miqdoriga nisbatan
aniq mezonli o‘lchovning belgilanmaganligi bir qancha noqulayliklarni keltirib
chiqaradi.Sababi,to‘lovga qobiliyatsizlik hamda bankrotlik iqtisodiy xarakterga
ega jarayondir,demak yuridik hamda jismoniy shaxslar faoliyat ko‘rsatishi
mobaynida kreditorlar hamda davlat oldidagi pul majburiyatlari va majburiy
to‘lovlarni amalga oshirishni bir necha oyga kechiktirishi mumkin,ammo shunga
qaramay umumiy qarz miqdori qarzdorning aktivlarining atiga bir necha foiz
qismini tashkil qilishi ham mumkin.Bunga o‘xshash vaziyatlarda qarzni boshqa
qonuniy usullar yordamida undirishni amalga oshirish mumkin bo‘lib,bunday
holatlarda kreditorlar tomonidan qarzdorga nisbatan bankrotlikka oid ish
yurituvining qo‘zg‘atilishi ortiqcha ovvoragarchiliklarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek,1998-yilgi bankrotlik to‘g‘risidagi qonun sudgacha sanatsiya
qilish,qarzdorni ixtiyoriy ravishda bankrot deb e’lon qilish,bankrotlik
to‘g‘risidagi ishlarni xo‘jalik sudida ko‘rish,tashqi boshqaruv,kelishuv bitimi
shuningdek qarzdor yuridik shaxslarning ayrim toifalari bankrotligi
xususiyatlari,jismoniy shaxsning bankrotligi hamda bankrotlik taomilini
soddalashtirishni amalga oshiruvchi hamda tartibga soluvchi normalar
jamlanmasidan tashkil topgan edi.Tashqi boshqaruv hamda sudgacha sanatsiya
qilish taomillariga doir normalarning qonun tarkibiga kiritilishi orqali qarzdor
yuridik shaxsni sog‘lomlashtirish hamda to‘lov qobiliyatini tiklashning huquqiy
asoslari yaratildi.
Qonunning 20-moddasiga ko‘ra sudgacha sanatsiya qarzdorning
bankrtoligiga doir ish yuritish qo‘zg‘atilguniga qadar bankrotlikning oldini olish
maqsadida qarzdorning muassislari hamda mol-mulki egasi tomonidan amalga
oshirilishi mumkin. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari
sifatida quyidagilar belgilangan edi:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
qarzdorlikni o‘zaro hisobga olishni tashkil etish; to‘lash muddati o‘tkazib
yuborilgan qarzlarni to‘liq yoki qisman sotib olish; ishlab chiqarishni
raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;chetdan
yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;xodimlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash;qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi va faoliyatini davom
ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
moliyaviy yordam ko‘rsatish;qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun
qarzdor bilan kreditor (kreditorlar) o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar
muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzlardan siylov
berish to‘g‘risidagi ahdlashuvga erishishga qaratilgan kelishuv;majburiy
to‘lovlarni to‘lash va davlat kreditlarini qaytarishni sanatsiya muddatiga
kechiktirish;qarzdor-yuridik shaxsni qayta tashkil etish va boshqa turdagi chora
tadbirlar.Shuningdek sudgacha sanatsiya qilishni o‘tkazish uchun minimum o‘n
ikki oydan maksimum yigirma to‘rt oygacha bo‘lgan muddat belgilandi.
Mazkur qonun 5-bobiga binoan tashqi boshqaruv kreditorlar yig‘ilishining
qarori,qarzdor mol-mulki egasi yoki bankrotlik bo‘yicha davlat organlarining
arizasi asosida xo‘jalik(iqtisodiy) sud tomonidan joriy qilingan. Qarzdorning
to‘lov qobiliyatini tiklashda sudgacha sanatsiyalash taomilidan farqli ravishda
tashqi boshqaruv tartib-taomili qo‘llanilishi oqibatida qarzdorning rahbari
vazifalaridan
chetlashtirilib,
boshqaruv
organlari
vakolatlari
tugatilar,qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga
yuklanar edi.Tashqi boshqaruv tartib-taomili qo‘llash muddati sudgacha
sanatsiyalashni amalga oshirish bilan aynan bir xil o‘n ikki oydan yigirma to‘rt
oygacha etib belgilandi.
1994-yilda qabul qilingan qonun tarkibidan tugatishga doir ish yurituvida
kelishuv bitimini tuzishga doir bir necha normalar o‘rin olgan bo‘lsada,bu
noramlar kelishuv bitimini tuzishning zaruratlari hamda ahamiyatini to‘la
ifodalay olmadi,shuningdek qonunan qarzdor hamda kreditorlar o‘rtasida
kelishuv bitimini faqatgina tugatishga doir tartib-taomil doirasidagina tuzish
mumkinligi bu tartibdan bankrotlikka doir ish yurituvida amalda foydalanish
imkoniyatlarini sezilarli tarzda chegaralagan edi.Qonunning 1988-yilgi
navbatdagi tahririda kelishuv bitimiga doir normalar bir qadar
takomillashtirildi.Xususan qonunga binoan,xo‘jalik sudi tomonidan bankrotlik
to‘g‘risidagi ish yurituvining har qanday bosqichida qarzdorlar va kreditorlar
o‘rtasida kelishuv bitimini tuzishga haqli deb belgilandi.Shuningdek qonunda
kelishuv bitimining tuzish tartibi,shakli va mazmuni,kelishuv bitimining sud
tomonidan tasdiqlanishi va yoki rad etilishining shartlari hamda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
oqibatlari,kelishuv bitimining haqiqiy emasligi va so‘ngida kelishuv bitimining
bajarilmaslik oqibatlari ham maxsus normalar asosida belgilab qo‘yilgan edi.
Bu davrda to‘lovga qobiliyatsizlik insititutini tartibga solishda Prezident
farmonlari hamda va Vazirlar mahkamasining qarorlaridan ham foydalanildi.O‘z
navbatida,1998-yil 4-martda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
iqtisodiy nochorligi va shartnoma mohiyatlarini bajarilishi uchun mansabdor
shaxslarning jaobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida”gi,hamda 1999-yil 23-iyuldagi
“Korxonalar bankrtoligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Prezident Farmonlari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi
qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi
qarori huquqiy manbalar sifatida xizmat qildi. Shuningdek, “Bankrotlik
to‘g‘risida”gi qonunni bir yo‘sinda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi tomonidan 1999-yil 16-
iyulda O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunini xo‘jalik
sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi,Oliy xo‘jalik sudi
Rayosatining 2000- yil 29-fevradagi “Bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni
tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bo‘yicha sud amaliyotini
umumlashtirish” to‘g‘risidagi qarorlari ushbu munosabatlarni tartibga solishda
muhim ahamiyat kasb etdi.
Ikkinchi bosqich.2003-yil 24-aprelda O‘zbeksiton Respublikasining
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunining qabul qilinishi to‘lovga
qobiliyatsizlik(bankrotlik) insititutining rivojlanishida ikkinchi bosqichni
boshlab berdi.Qonun qarzdorlarning to‘lov qobiliyatini tiklashni maqsad qilib
qo‘ygan ko‘plab yangi normalarni o‘zida mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita
yangi bob kiritildi va ular yangi bankrotlik taomillarini o‘zida ifoda etdi: kuzatuv
va sud sanatsiyasi, shuningdek, barcha bankrotlik taomillari sud
boshqaruvchilari tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari sud
tomonidan tayinlanishi va nazorat qilinishi belgilandi.Shuningdek,qonunning 4-
moddasida qarzdor yuridik shaxs,shaharni tashkil etuvchi korxona hamda yakka
tartibdagi tadbirkor(yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan
jismoniy shaxs)larning bankrotlik alomatlaridan biri bo‘lgan qarz majburiyatlari
hajmiga bazaviy hisoblash miqdorini birlik miqdor sifatida kiritilish asosida
aniqlik kiritildi.Unga ko‘ra, qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar
bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor
shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga
nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor
maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash
miqdorining kamida yigirma barovarini tashkil etsa, qarzdorning bankrotlik
alomatlari hisoblanar edi.
Ushbu qonun amalda bo‘lgan davrda yurtimizda bankrotlik institutini
chuqurroq o‘rganish maqsadida chet ellik mutaxassislar va olimlar bilan
yaqindan hamkorlik o‘rnatilib, ularning bu boradagi tajribasi va amaliyoti
o‘rganildi. 2007 yilda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan
birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi hamkorligida “Bankrotlik
to‘gʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga sharh tayyorlandi. Bu
amaliy hamkorlik Respublikamiz Bankrotlik institutining nazariy- amaliy
sohadagi muammolarini hal bo‘lishiga va takomillashishiga sabab
bo‘ldi.Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 24-oktabrda O‘zbekiston
Respublikasining “Bankrotlik to‘gʻrisida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish haqida 594-sonli qonuni qabul qilindi.Natijada qonunchilikka bir qator
tuzatishlar kiritildi. Xususan, bankrotlik alomati boʻlgan qarzdorga qoʻyiladigan
jami talablar miqdori yuridik shaхslarga nisbatan bazaviy hisoblash
miqdorining 500 baravaridan 300 baravariga; maqomini yoʻqotgan yakka
tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaхsga nisbatan 30 baravaridan 20
baravariga kamaytirildi.Davlat oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha qarzi boʻlgan
davlat ulushiga ega tashkilotlarni bankrot deb tan olish toʻgʻrisidagi ariza bilan
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha
davlat organi) ham murojaat qilishi mumkinligi tasdiqlandi.Bir turdagi
kreditorlar tushunchasi kiritildi.
Iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
tezlashtirildi. Bunga ajratilgan muddat 2 oydan 1 oygacha qisqartirildi
(qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza ish yurituviga qabul qilinganligi
haqidagi ajrim chiqarilgan sanadan boshlab, tahr. izohi). Biroq ishlarning koʻrib
chiqilishi, ilgarigidek, 2 oydan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin
(istisno holatlarda, tahr. izohi). Bunda korхonaning rahbariga yoki muassislariga
(ishtirokchilariga) yoхud mulkdoriga nisbatan korхonani bankrotlikka olib
kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan
qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar toʻхtatib
turiladi.
Qonunda nazarda tutilgan alohida taomillarga taalluqli bir qator
oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
bankrotlik taomili sifatida emas balki toʻlov qobiliyatini tiklash taomili sifatida
qo‘llanilishi belgilandi.Ular iqtisodiy sud tomonidan qoʻllanilishi uchun birinchi
va ikkinchi guruhdagi har bir kreditorlarning koʻpchilik ovozi talab etiladi.
Iltimosnomalar qanoatlashtirilgan taqdirda, muvaqqat va sanatsiya qiluvchi
boshqaruvchi lavozimiga nomzodlar sud boshqaruvchilari kasbiy birlashmalari
tomonidan ham kiritilishi mumkin. Muvaqqat va sanatsiya qiluvchi
boshqaruvchi kreditorga qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati
toʻgʻrisidagi aхborotni 10 kunlik muddatda taqdim etishi majburiyati
kiritildi.Shuningdek sud sanatsiyasi ko‘pi bilan 24oy muddatga joriy etilishi
to‘grisidagi o‘zgartirishlar kiritilgan edi.
Uchinchi bosqich.2022-yil 14-aprelida “Bankrotlik to‘gʻrisidagi ”qonun o‘z
kuchini yo‘qotib va uning o‘rniga shu sanadan boshlab “To‘lovga qobiliyatsizlik
to‘gʻrisidagi”qonun hujjati kuchga kirishi bilan ushbu insititut shakllanishida
uchinchi bosqich boshlandi.Endilikda qarzdorga nisbatan bankrotlik taomili
asosida emas balki to‘lovga qobiliyatsizlik taomili asosida ish qo‘zg‘atila
boshlandi. “Bankrotlik” va “To‘lovga qobiliyatsizlik” atamalari ba’zi manbalarda
sinonim so‘zlar sifatida foydalanilsada ular qarzdorning iqtisodiy vaziyatining
turli bosqichlarini ifodalaydi.To‘lovga qobiliyatsizlik tushunchasi bankrotlik
tushunchasidan bir qadar kengroq tushunchadir.Umuman olganda, to‘lovga
qobiliyatsizlik bu yuridik va jismoniy shaxslar foaliyatida bir bosqich sifatida,
belgilangan muddatga qadar o‘zining pul majburuyitlari va majburiy to‘lovlarini
to‘liq yoki qisman bajara olmasligik holatida ekanligini ifodalaydi. Toʻlovga
qobiliyatsizlik holati sud tomonidan ish qoʻzgʻatilishidan oldin paydo boʻladi va
bu holat qarzdor bankrot deb topilib, davlat roʻyxatidan chiqarilguncha yoki
qarzdor toʻlov qobiliyati tiklanguncha saqlanib turadi. Bankrotlik jarayon
sifatida qarzdor mol-mulkini sotishdan tushgan pul mablagʻlari orqali
kreditorlar talablarini qanoatlantirishda ifodalanadi va shu tarzda toʻlovga
qobiliyatsizlik bartaraf qilinadi. Bankrot deb topilgan barcha qarzdorlar toʻlovga
qobiliyatsiz hisoblansa, toʻlovga qobiliyatsiz qarzdorlarning barchasi ham
bankrot deb topilmasligi mumkin Sodda qilib aytganda bankrotlik bu to‘lovga
qobiliyatsizlikning doir qo‘zgʻatilgan ishning oqibatlaridan biri bo‘lib,to‘lovga
qobiliyatsizlik doimiy ravishda ham bankrotlik bilan yakunlanavermaydi
qarzdorning to‘lovsizlik holati bartaraf etilishi va qarzdor o‘z faoliyatini davom
ettirib ketish ehtimoli doim mavjuddir.
Qarzdorga nisbatan bankrotlik to‘g‘risidagi ishning qo‘zg‘atilishiga asos
bo‘luvchi alomatlar mavjud bo‘lganidek,to‘lovga qobiliyatsizlikning ham o‘z
alomatlari mavjuddir hamda ular maxsus normalar bilan yangi qonunda belgilab
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
qo‘yildi.Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikka doir ish yurituvi ikki
turdagi to‘lovga qobiliyatsizlikdan birining alomatlari aniqlangan holda
qo‘zg‘atiladi.Qonunning 5-moddasida to‘lovga qobiliyatsilikning alomatlari
sifatida:vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik- agar tegishli majburiyatlar yuzaga
kelgan sanadan e’tiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa,
shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar
tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida
qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga
va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir
emasligi hamda doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish
sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza
yilning birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning boshidagi hisobot
davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan
bo‘lsa,ushbu alomatlar yuzaga kelganda qarzdor,qarzdorning rahbari yoki
kreditorlar tomonidan sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘gʻrisidagi ish ochishni so‘rab ariza berishi mumkinligi belgilab
qo‘yildi.Shuningdek,
qonunga
muvofiq
qarzdorga
nisbatan
to‘lovga
qobiliyatsizlikning boshqa tartib-taomili qo‘llanilishi kerak bo‘lgan hollardandan
tashqari holatda,kuzatuv tartib-taomili sud qarzdor — yuridik shaxsga nisbatan
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘gʻrisida ish qo‘zgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga
qabul qilgan sanadan e’tiboran joriy etiladi.
Qonunchilikka kiritilgan yana bir muhim o‘zgartirishlardan biri bu
endilikda jismoniy shaxslarga nisbatan ham to‘lovga qobiliyatsizlik to‘gʻrisidagi
ishning qo‘zgʻatilishi va ularning bankrot deb topilishi bo‘ldi.Unga muvofiq
qarzdor jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini
qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar bo‘yicha o‘z majburiyatini
to‘liq hajmda bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki)
to‘lov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy ichida qarzdor
jismoniy shaxs tomonidan bajarilmagan hamda qarzdor jismoniy shaxsga
nisbatan talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz barobarini
tashkil etsa, ushbu alomatlar qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizlik
to‘gʻrisidagi ish qo‘zgʻatishini so‘rab sudga murojaat etishiga asos bo‘la
oladi.Bunga qadar jismoniy shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan sud ishlari fuqorolik
sudlarida ko‘rilgan bo‘lsada,endilikda jismoniy shaxslarning to‘lovga
qobiliyatsizligi doir ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Xulosa qilib aytilganda, so’ngi o’ttiz yil mobaynida respublikamizda to’lovga
qobiliyatsizlik tizimini shakllantirish bir necha bosqichlarda amalga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
oshirildi,milliy qonunchiligimizda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimining bankrotlik
hamda sanatsiyalash subinsititutlarining jamlanmasi sifatidagi tan olinib,huquq
insituti sifatida shakllanib borish jarayoni “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi
qonunning qabul qilinishi asosida yanada jadallashdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni //
lex.uz.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik to’g’risida“gi Qonuni // lex.uz.
3. Xudaybergenov B.B.Toʻlovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishning
oʻziga
xos
xususiyatlari:
sanatsiya
va
bankrotlik:yur.fan.
dok.diss.Toshkent,2023.-B.21.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonuniga sharhlar /
Mualliflar jamoasi: M.K.Azimov, N.V. Lopayeva, Z.S.Umarov va boshq.; JICA. – T.:
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyoti, 2007. –
640b
5. Do‘stov.U.N.Xo‘jalik yuritvchi subyektlarning bankrotligi.Toshkent:TDYI
nashriyoti,2009.11-bet.
6. Лопаева Н.В.Правовые последствия признания юридического лица
банкротом:канд.юрид.наук. …дис.Ташкент,2006.-Б.9
7. Отахонов Ф.Ҳ., Ибратова Ф.Б. Хўжалик судларида банкротлик ишларини
кўришнинг ўзига хос хусусиятлари. Монография. – Т.: ТДЮИ нашриёти,
2013. – Б. 22.
8.
Azizov.X.
Bankrotlikni
huquqiy
tartibga
solish.Toshkent:TDYU
nashriyoti.2018.-190 bet
9.https://lex.uz/docs/-955375?ONDATE=10.06.2003%2000#-958940
[bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan,
qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda
qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda
bajarishga qodir emasligi;]