Авторы

  • Shahlo Ziyamova
    Namangan viloyati Chortoq tumani 53-sonli DIUM oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49773

Ключевые слова:

morfologiya grammatika grammatik ma’no leksik ma’no shakl yasovchilar

Аннотация

Ushbu maqola o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarda leksik ma’noning grammatik ma’noga o‘tishi, leksik va grammatik ma’noning farqlari, ularning o‘zaro munosabati kabi masalalarni o‘rganadi. Tadqiqotda leksikologiya va grammatika, leksik va grammatik ma’nolarni tushunib olish, bu masalar bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish uchun ahamiyatlidir. Shuningdek, leksikologiya va morfologiyani bog‘lab o‘qitishda samaralidir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

12

GRAMMATIK MA’NO

Ziyamova Shahlo Odiljanovna

Namangan viloyati Chortoq

tumani 53-sonli DIUM oliy toifali

ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13912551

Annotatsiya.

Ushbu maqola o‘zbek tilidagi ayrim so‘zlarda leksik

ma’noning grammatik ma’noga o‘tishi, leksik va grammatik ma’noning farqlari,
ularning o‘zaro munosabati kabi masalalarni o‘rganadi. Tadqiqotda
leksikologiya va grammatika, leksik va grammatik ma’nolarni tushunib olish, bu
masalar bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish uchun ahamiyatlidir.
Shuningdek, leksikologiya va morfologiyani bog‘lab o‘qitishda samaralidir.

Kalit so‘zlar:

morfologiya, grammatika, grammatik ma’no, leksik ma’no,

shakl yasovchilar, grammatik ma’no
Grammatik ma’no – murakkab hodisa. Mustaqil va alohida olingan so‘zda
lug‘aviy ma’no ustiga qavatlanadigan, yordamchi so‘zning mohiyatini tashkil
etadigan, ko‘plab so‘z uchun umumiy ma’no bo‘lgan ma’no grammatik ma’no
deyiladi. Masalan, kitob so‘zining lug‘aviy ma’nosi ustiga ot, turdosh ot, aniq ot,
yakka ot ma’nosi qavatlangan bo‘ladi. “Atash” ma’nosi va “so‘zni ergash so‘z
sifatida bosh so‘zga bog‘lash” uchun so‘zning mohiyatini tashkil etadi.
Grammatik ma’no leksik ma’nodan bir guruh so‘z uchun umumiyligi bilan
farqlanadi. Chunki lug‘aviy ma’no har bir so‘z uchun alohida bo‘ladi. Masalan,
hatto bir ma’nodoshlik qatoridagi har br so‘zning lug‘aviy ma’nosi farq qiladi:

bashara

so‘zining lug‘aviy ma’nosi “odam boshi old tomoni peshonadan

iyakkacha bo‘lgan qismining salbiy ifoda” bo‘lsa,

yuz

so‘zining lug‘aviy ma’nosi

“odam boshi old tomoni peshonadan iyakkacha bo‘lgan qismining betaraf
ifodasi”dir. Farq: “salbiy ifoda” va “betaraf ifoda”. Lekin nafaqat ma’nodosh,
balki narsa-predmet va shaxsni bildiruvchi so‘zning barchasi uchun ot
grammatik ma’nosi umumiy. Grammatik ma’no barcha so‘z turkumida bor.
Lug‘aviy ma’no esa gap bo‘lagi va gap bo‘la oladigan so‘zda mavjud.
Mavjudligiga ko‘ra grammatik ma’no uchga bo‘linadi:
1)so‘zning tabiatida avvaldan mavjud bo‘lgan grammatik ma’no;
2)grammatik vosita yordamida hosil qilinadigan grammatik ma’no;
3)so‘z birikmasi va gap tarkibida vujudga keladigan grammatik ma’no.
So‘zning tarkibida avvaldan mavjud bo‘lgan ma’no. Ot turkumiga mansub ot,
aniq ot, mavhum ot, yakka ot, jamlovchi ot, atoqli ot, turdosh ot, sifat turkumida
sifat, asliy sifat, nisbiy sifat, son turkumida son, miqdor, payt, sabab,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13

ko‘makchida ko‘makchi, sof ko‘makchi, ko‘makchi vazifasidagi so‘z kabilar
ularda avvaldan mavjud grammatik ma’no. Har bir so‘z turkumida bunday ma’no
bor. So‘z biror turkumga xosmi, bu turkum atamasi uning bir grammatik
ma’nosining nomidir.
Grammatik vosita yordamida hosil qilinadigan grammatik ma’no. Bunday
ma’no mustaqil so‘zda mavjud bo’lib, grammatik qo‘shimcha yordamchi so‘z
vositasida hosil qilinadi. Masalan, ot turkumida birlik va ko‘plik, egalik, kelishik,
kichraytirish, erkalash va ko‘makchi yordamida vujudga keladi:

kitobchalarimga

so’zidagi “kichraytirish oti”, “ko‘plikda”, birinchi shaxsdagi birlik, egalik shaklida,
“jo‘nalish kelishigida” grammatik ma’nosi grammatik vosita yordamida vujudga
kelgan grammatik ma’no. Sifat va ravishdagi daraja, sonning sanoq sondan
boshqa barcha ma’no turi, fe’lda nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, fe’lning xoslangan
shakli, mayl kabilar shunday ma’no sirasiga kiradi.So’z birikmasi va gap
tarkibida vujudga keladigan grammatik ma’no.Mustaqil so‘z erkin birikma
tarkibida bosh so‘z yoki ergash so‘z, gap tarkibida biror gap bo‘lagi, undalma,
kirish so‘z, ajratilgan bo‘lak, so‘z-gap bo‘lib keladi. Yordamchi so‘z so‘z yoki
gapni o‘zaro bog‘laydi (ko‘makchi va bog‘lovchi), qo‘shimcha ma’no beradi
(yuklama). Bu ma’no faqat gap tarkibida hosil bo‘ladi. Gapdan tashqaridagi
so‘zda bunday grammatik ma’no bo‘lmaydi. Nutqda har qanday mustaqil so‘z
shakli leksik ma’nodan tashqari, grammatik ma’noga ega bo‘ladi. Masalan,

ishimizdan, keltirdi

so‘zlaridagi

ish

va

kel

so’zlari o‘z leksik ma’nosidan tashqari

predmetlik va harakat ma’nolarini ifoda qiladi. Bu ularning grammatik
ma’nosidir.Bu so’zlardagi

–imiz, -dan, -tir, -di

qo‘shimchalari turli grammatik

ma’nolarni ifodalaydi. Grammatik ma’no so‘zning leksik ma’nosiga orttirilgan
qo‘shimcha ma’nodir. So‘zning grammatik ma’nolari grammatikada o‘rganiladi.
So‘zlar o‘zlarining leksik va grammatik ma’nolari bilan farq qiladi.
Atoqli va turdosh otlar nutqda qo‘llanishiga ko’ra farqlanadi. Turdosh otlar
predmet yoki hodisani atashdan tashqari, ularni bir guruh yoki tipga kirishini
ham ifodalaydi. Atoqli otlar esa ma’lum shaxs, shahar, qishloq va boshqa
narsalarni shu tipdagilarni ichidan ajratib ko‘rsatish, ularning alohida individual
xususiyaitni ifodalash uchun xizmat qiladi.Shu sababli, odatda, ikki bir xil ismli
shaxsni adashtirib yubormaslik uchun katta Muhammad, kichik Muhammad
iboralari

ham

qo‘llanadi.Bu

jihatdan til

faqatgina

tushunchalarni

umumlashtiruvchi vosita bo‘lmay, ularni farqlash vositasi sifatida insonning
amaliy faoliyatida juda katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, ma’no lingvistik hodisa
bo‘lib, avvalo, leksik va grammatik turlarga bo‘linadi. Grammatik ma’no tabiatan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

grammatika bilan bog‘liq. Grammatika esa o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi:
morfologiya; b) sintaksis.
Demak, grammatik ma’nolarni morfologik va sintaktik turlarga ajratish mumkin.
Morfologik ma’no deyilganda har qanday mustaqil so‘z va leksemaga
morfologiya nuqtayi nazaridan berilgan qo‘shimcha tavsiflar, qiymatlar
tushuniladi. Morfologik ma’noning mazmun-mundarijasini so‘z shakli, so‘z
turkumi, har bir turkumga oid bo‘lgan kategoriyalar, ularning turlari kabilarga
oid xususiy ma’nolar tashkil etadi Masalan,

gul

sozini olaylik. Bu so'zning leksik

ma'nosi "kishiga zavq beruvchi o'simlik"dir. Morfologiya, avvalo, gul so'zini
uning shakllari nuqtai nazaridan o'rganadi va shu jilhatdan qo‘shimcha yoki
morfologik (grammatik) ma’nolar beradi. Masalan,

gullarni

so‘zida gulni ot

ekanlik, ko‘plikdalik, tushum kelishigida turganlik ma’nolari gul so‘zining leksik
m’nosiga nisbatan grammatik ma’nolardir. Grammatik ma’no ifodalanish
jihatdan ko‘rsatkichli (qo‘shimchali) yoki ko‘rsatkichsiz (qo‘shimchasiz) bo‘lishi
mumkin. Masalan, gul sozining “otlik” ma’nosi grammatik ma’no, lekin u hech
qanday qo‘shimchaga ega emas. Gullar so‘z shaklida esa gul so‘zining ko‘plik
ma’nosi maxsus - lar qo‘shimchasi bilan ifodalangan tilshunoslikda grammatik
ma’noning ifodalangan ifodalanmaganligi markerli yoki markersiz deb ham
yuritiladi: “gul” ning ot ekanligi markersiz, gullar shakli esa markerli holatdir.
Har bir til o‘zining maxsus grammatik mano ifodalovchi vositalar va tizimga ega.
Grammatik ma’no, avvalo, qo‘shimchalar bilan ifodalanadi. Bu qo‘shimchalar
tilshunoslikda munosabat shakllari yoki shakl yasovchilar deb ataladi. Hozirgi
kun darsliklarimizda esa ular sintaktik shakl yasovchilar (so‘z o‘zgartuvchilar)
va lug‘aviy shakl yasovchilar (shakl yasovchilar) deb yuritilmoqda.Sintaktik
shakl yasovchilar ifodalagan ma’nolarning o‘ziga xos siri shundaki, ular gap
tarkibidagi so‘zlarga qisman qo‘shimcha ma’no beradi va ayni paytda so‘zlarni
sintaktik bog‘lash uchun xizmat qiladi. Bularga kelishik, egalik, shaxs-son
qo‘shimchalari kiritiladi

Lug‘aviy shakl yasovchilarning mohiyati shundan iboratki, ular asosan,

so‘zning leksik ma‘nosiga salmoqli qo‘shimcha ma’no beradi. Lekin bir so‘zni
ikkinchi so‘z bilan bog‘lamaydi. Masalan,

Men gullarga qaradim

gapini olib

ko‘raylik, bu gapdagi

gullarga

so‘zida grammatik ma’no leksik ma’nodan bir

guruh so‘z uchun umumiyligi bilan farqlanadi. Bu gapdagi

gullarga

so‘zida -lar

qo‘shimchasi gul so‘zining leksik ma’nosiga ikki va undan ortiq, ya’ni ko‘plik
ma’nosini beradi, xolos. Boshqacha aytganda. leksik ma’noni motifikatsiya
qiladi, o‘zgartiradi, sintaktik bog‘lanishga ta’sir etmaydi. Bu so‘zdagi

- ga

kelishik

qo‘shimchasi esa gul so‘ziga yo‘nalish ma‘nosini beradi va uni qaradim fe’li bilan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

bog‘laydi. Agar

gullar

so‘ziga

- ga

kelishigi qo‘shilmasa

gul

va

qaradim

fe‘llarining

bog‘lanishi yuzaga chiqmaydi va hokazo.

Shuni aytish kerakki, lug‘aviy shakl yasovchilar sirasi hozirgacha to‘liq
aniqlanmagan. Masalan, nisbat qo‘shimchalari aslida lug‘aviy shakl
yasovchilarga yaqin keladi. Xususan, o‘zlik nisbatdagi fe’l egaga (o‘zim kiyindim,
men kiyindim) ishora qiladi. Shuningdek, birgalik nisbat qo‘llansa ko‘plik
shakldagi ega ham namoyon bo‘ladi: ishlashdi (ular) kabi.

- sa

shart mayli

qo‘shimchasi ham sintaktik bog‘lanishga ishora qiladi.
Agar ergash gapning oxiri

-sa

bilan tugasa, shundan keyin bosh gap talab

qiladi.
Sintaktik shakl yasovchilarning o‘ziga xosligi shundaki, ular ikki asosiy
grammatik xususiyatga ega: a) so‘zga qo‘shimcha ma’no beradi; b) o‘zi
qo‘shimchasi boshqasi bilan bog‘laydi.
Ma’lumki, sintaktik shakl yasovchilar so‘zlarni chapdan o‘ngga

(uyga bordi)

,

o‘ngdan chapga

(mening kitobim )

bog‘lash xususiyatlariga ega. Lug‘aviy shakl

yasovchi va sintaktik shakl yasovchi affikslarning grammatik ma’no
xususiyatlari darslik va qo‘llanmalarda atroflicha yoritilgan.

Adabiyotlar:

1.Bozorov O. O‘zbek tilida darajalanish, Toshkent, 1995.
2.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali,
Toshkent, 2002-yil, 4-son.
3.Shahobiddinova Sh. Grammatik ma’no talqini xususida, Samarqand, 1993-yil.
4.Khalikov T. The use of helping verbs inUzbek texts. Journal of History and
Culture, 15(2),12-24.

Библиографические ссылки

Bozorov O. O‘zbek tilida darajalanish, Toshkent, 1995.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, Toshkent, 2002-yil, 4-son.

Shahobiddinova Sh. Grammatik ma’no talqini xususida, Samarqand, 1993-yil.

Khalikov T. The use of helping verbs inUzbek texts. Journal of History and Culture, 15(2),12-24.