Авторы

  • Zarena Mamatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49775

Аннотация

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda hamkorlik  muhitini tashkil etish, maktab  va oilaning o‘zaro ta’sirini takomillashtirish orqali ta’lim oluvchilarda kitobxonlikka qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kitobxonlikka, kitob mahsulotlarini chop etishga davlat siyosati sifatida qaralmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi  “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

5

ZAMONAVIY BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARINI

KITOBXONLIKKA O‘RGATISHDA OILANING O‘RNI VA AHAMIYATI

Mamatova Zarena Abdujalilovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.13912509

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ta’lim-tarbiya

sifatini oshirishda hamkorlik muhitini tashkil etish, maktab va oilaning o‘zaro
ta’sirini takomillashtirish orqali ta’lim oluvchilarda kitobxonlikka qiziqishni
oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda

kitobxonlikka, kitob mahsulotlarini chop etishga davlat siyosati sifatida
qaralmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-

yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘risida”gi qaroriga binoan quyidagilar Dasturni amalga oshirishning ustuvor
yo‘nalishlari etib belgilandi:
-aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga
javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va
ijodkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop
etishni qo‘llab-quvvatlash;
-milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish,
mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga
doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish;

-kitob savdosini tashkil etish tartiblarini soddalashtirish, yangi nashr

etilgan kitoblarni yetkazish va axborot manbalarini tarqatish tizimini
takomillashtirish;

-kitob yetkazib beruvchilarni zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga

moslashtirish, infratuzilmani yaxshilash, axborot-kutubxona markazlarini chop
etiladigan bosma nashrlar va ularning elektron nusxalari bilan to‘ldirib borish,
elektron kitoblar yaratish, kitoblarni raqamlashtirish va elektron kataloglarni
tuzish hamda tizimli ravishda yangilab borish;

-aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o‘rganib

borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni
tashkil etish, kutubxonachi kadrlar salohiyatini oshirish;

-xorijiy asarlarga onlayn buyurtma berish, ularni respublika hududiga

olib kelish va tarqatish tizimini hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Xo‘sh, kitobxonlik va kitob chop etishga davlat tomonidan shunday e’tibor
berilayotgan paytda yoshlarda kitob o‘qishga, o‘rganganlarini hayotda tatbiq
qilishga qanchalik e’tibor berilyapti? Yoshlarni kitob o‘qishga qiziqishida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

6

kimning yoki nimaning ta’siri kuchli? Ushbu savollarga javob topishda ta’limning
asosiy tayanchi bo‘lgan-oila,maktab va mahalla birligiga tayanamiz. Oila-farzand
tug‘ilgan kundan o‘z bag‘riga oladigan, ma’naviyatning dastlabki kurtaklari
paydo bo‘ladigan tarbiya o‘chog‘i ekanligi barchamizga ayon, oila-inson
hayotining shunday bosqichiki, shaxs kamolotining keyingi bosqichlari shu
davrdagi ta’lim-tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, kitobxonlik madaniyati
ham oilada,ota-ona namunasi orqali rivojlanadi, keyinchalik maktab tarbiyasi,
ustoz-murabbiylar ta’sirida kengayadi. Har bir davlatning tinchligi, millatning
saodati yoshlarning tarbiyasiga bog‘liqligi necha asrlardan buyon o‘zini
namoyon qilib kelmoqda. Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi dastlab oilada ota-
onalar,ta’lim muassasasi ziyolilari hayotida kitobning qanchalik ahamiyatli
ekanligiga bog‘liq. Kitob o‘qishga qiziqtirishda kitobning mohiyatini bolaga
anglata olsak, ko‘zlagan maqsadimizga yetgan bo‘lamiz. Negaki, kitob
barchamizni ezgulikka undaydigan, oq-u qorani farqlashga o‘rgatadigan,
oldimizda turgan barcha muammolarni hal etishga yordam beradigan beqiyos
kuchdir. Yurtimizda kitob bilan oshno bo‘lgan, kitobni suygan, kitob yozgan,
kitobni muqaddas bilib, ko‘z qorachig‘idek asragan kishilar qadrlanib kelingan.
Sharqda mashhur olim Muhammad Jabalrudiy kitob haqida: “Kishi uchun
kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atda,
latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli
ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq bor-u, na gina. U shunday hamdamki,
so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U
o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki,
kishi orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli
foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Kitobdek do‘st
ichida barcha ilm-u hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan
ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham “Kitob aql qal'asidir”, deganlarida
qanchalik haq edilar. Farzandi ko‘nglida kitobga muhabbatni shakllantira olgan
ota-onalar oilaviy munosabatlarda, jamiyatda alohida hurmatga ega bo‘ladilar.
Bugun

dunyo

hamjamiyatida

ota-onalar

va

farzandlar

o‘rtasida

tushunmovchiliklar,o‘tish davridagi depressiyalardan qanchadan qancha
o‘smirlar aziyat chekishmoqda.Dunyoda shunday qudratli kuch borki,u zamon
va vaqt tanlamaydi,inson sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydi,balki dunyoqarashini
kengaytirib,tushkunlikdan

chiqarib,dori-darmonsiz

insonga

quvvat

bag‘ishlaydigan mo‘jiza-bu kitob! Kitob mutolaasi bilan davolash-
biblioterapiyaga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda eng qulay
usul sifatida tan olindi.

Oilalarda kitob o‘qishga qiziqtirishda “Qush uyasida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

7

ko‘rganini qiladi” maqoliga amal qilib,ota-onaning shaxsiy namunasi ko‘rsatilishi
kerakligi pedagoglar tomonidan asoslab berilgan. Taniqli pedagog
A.S.Makarenko besh yoshgacha bo‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati
shakllanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o‘tgan. Bu haqda u
shunday deb yozgan: “…tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi,
demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90
foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”.
Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o‘ta e’tiborli bo‘lish lozim. Farzand
tarbiyasiga e’tibor Sharq xalqlarida farzand hali dunyoga kelmasdan avval
boshlanadi,homila vaqtida, tug‘ilganining dastlabki kunlaridan ona allasi,
she’rlar,yoqimli kuylar orqali farzandga tarbiya elementlari singdirib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, mustahkam ma’naviy immunitetli, o‘zining fikrlarini
ravon ayta oladigan, yuqori marralarga erishuvchan kitobxon avlodni
tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb etadi. Hech
kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning
ma’naviy dunyosini zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib
borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday bebaho meros vorislari
ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan,
imon-e’tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona
ta’sirlardan, balo-qazolardan saqlashga, Vatanimizni har tomonlama rivoj
toptirishga qodir bo‘ladi.
Farzandlarimizga shunday tarbiya berayliki, ular o‘z ota-bobolariga,Vatani,
millati, diniga va milliy an’analariga sodiq bo‘lib kamol topishsin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son Qarori.-T.:2020-yil 14-dekabr.
2.Inamova M.O.Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. -
Toshkent:TDPU,1999.
3.Mashriqzamin-hikmat bo‘stoni. -Toshkent, 1997.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son Qarori.-T.:2020-yil 14-dekabr.

Inamova M.O.Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. -Toshkent:TDPU,1999.

Mashriqzamin-hikmat bo‘stoni. -Toshkent, 1997.