Авторы

  • Behruz Mamatov
    Teacher at the Faculty of history Institutes of the Faculty of history of NUUz

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49791

Ключевые слова:

Xalq jamiyat dunyo siyosat arbob integralizm ko‘rsatma strategiya taktika sur’at.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Turkiy davlatlar bilan hamdo‘stligi, iqtisodiy hamkorligi, geosiyosiy aloqalari haqida ilmiy fikrlar ilgari surilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

110

O‘ZBEKISTONNING TURKIY TILLI DAVLATLAR HAMKORLIK

ITTIFOQIDAGI O‘RNI

Mamatov Behruz Salimboy o’g’li

Teacher at the Faculty of history

Institutes of the Faculty of history of NUUz

https://doi.org/10.5281/zenodo.13907129

Annotatsiya –

Ushbu maqolada O‘zbekistonning Turkiy davlatlar bilan

hamdo‘stligi, iqtisodiy hamkorligi, geosiyosiy aloqalari haqida ilmiy fikrlar ilgari
surilgan.

Kalit so‘zlar –

Xalq, jamiyat, dunyo, siyosat, arbob, integralizm, ko‘rsatma,

strategiya, taktika, sur’at.

Ma’lumki, lisoniy, irqiy, madaniy jihatdan juda yaqin xalqlar va jamiyatlar

orasida aynan Turk dunyosi amaliy integralizm harakatlarini eng kechikib
boshladilar. Ulug’ siyosat arbobi M.K.Otaturkning Turkiya va sobiq SSSRdagi
turkiy xalqlar o’rtasida til, tarix va madaniyat ko’priklarini o’rnatish va bu ishni
xalqlarning ozodlikka erishishini kutib o’tirmasdan amalga oshirish xususidagi
ko’rsatmalari hayotga yetarlicha tatbiq qilinmadi. 1990-yillar boshida Turkiya
turkiy integralizmning lokomotivi bo’lishga hali tamoman tayyor emas edi. Shu
sababli bu ishning strategiyasi va taktikasi “sinab ko’r-xato qil-tuzat” shaklida
amalga oshirila bordi.[1] Masalan, Turgut O’zal davrida turkiy integralizm
jarayonlari katta sur’atlar bilan borgan bo’lsa, undan keyingi rahbarlar davrida
bu masala turk tashqi siyosatida hatto Yaqin Sharq va Yevropa masalalaridan
ham keyingi navbatda turgani ma’lum. G’arbning tarafdori yoki uning siyosatini
o'tkazuvchi o'yinchi bo'lish o'rniga ko'p qirrali siyosat yuritish orqali mintaqada
va dunyoda ko'proq e'tibor va ta'sir kuchiga ega bo'lish siyosatini o'tkaza
boshlagan 2000-yillardan keyin Turkiya turkiy tilli mamlakatlarda keng ko'lamli
siyosatni boshlagan davlatlardan biri bo'ldi.

1990-yillarda

mintaqada

turklar

ittifoqini

targ'ib

qilishda

muvaffaqiyatsizlikka

uchraganiga

qaramay,

2000-yillarning

dastlabki

dekadasida Turkiyaning ta’lim, madaniyat sohalarida faol bo’lgan “yumshoq
kuchi” o’sha yillari ayniqsa Qozog'iston va Qirg'izistonda ancha
muvaffaqiyatlarga erishdi.[2] Umuman, Turkiyaning mintaqadagi rivojlanishga
ko'maklashish siyosati beshta asosiy ustunga ega: aloqa, transport, madaniyat,
ta'lim, iqtisod va energetika sohalarida hamkorlik. Ushbu maqsadlarga muvofiq,
Turkiya tomonidan qilingan eng muhim qadam TIKAning (Turkiya Respublikasi
Bosh vaziri idorasi huzuridagi Turkiya hamkorlik va taraqqiyot agentligi) tashkil
etilishi bo'ldi.[3] Turkiyaning Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar bilan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

111

aloqasini ildam rivojlantirishda TIKA taraqqiyotga ko'maklashish agentligi
sifatida muhim rol o'ynadi.

Nihoyat, Turkiya tashqi siyosatning muhim quroli bo’lgan “yumshoq

kuch” vositasidan unumli foydalana boshladi. Bu hol 1990-yillar boshida
yaratilgan

TurkSOY

tashkilotining

yoniga

madaniy

integralizmni

rivojlantiradigan yana bir kuch va vosita kelib qo’shilganini anglatar edi. Bu
jarayonlar 2009-yil 3-oktyabrda Naxchivan shahrida imzolangan Naxchivan
bitimi bilan Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkiya ishtirokida tuzilgan
yangi xalqaro tashkilot - Turkiy tilda so'zlashuvchi mamlakatlarning Hamkorlik
Kengashi yoki Turkiy Kengash o'rtasida tashkil etilishi bilan o’z mantiqiy
poyoniga yetdi. Vaholanki, Turkiy Kengash 1992-yildan to 2010-yilgacha bo'lib
o'tgan Turkiy tilli mamlakatlar davlat boshliqlari sammiti formatidagi
maslahatlashuvlarni turkiy tilda so'zlashuvchi mamlakatlar o'rtasidagi aloqalar
mustahkamlanganligi ramzi o’laroq xalqaro tashkilot shaklida ifoda etilishi edi.
Turkiy davlatlar parlamentlari hamkorligi Turk kengashining faoliyati ko’lamini
yanada orttirishi tabiiy edi. Shu sababli 2008-yil 21-noyabrda Turkiy tilli
davlatlarning parlament assambleyasi (TurkPA) tashkil etildi. 2009-yil 29-
sentyabrda Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida Turkiy tilli
davlatlar parlament assambleyasining 1-umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Majlisda
TurkPA Nizomnomalari, Kotibiyati va Boku deklaratsiyasi qabul qilindi. Shu
bilan birga, TurkPA Kotibiyati doimiy ravishda Bokuda istiqomat qilishi
to'g'risida qaror qabul qilindi.

TurkPA tashkil etilganidan keyin turkiy integralizmning ilm-fan, iqtisod va

siyosiy hamkorlik parametrlari ham kun tartibiga olina boshlandi. Jumladan,
2009 yil 3 oktyabrda Ozarbayjonning Naxchivan shahrida bo'lib o'tgan Turkiy
tilli Prezidentlarning 9-sammitida Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev
turk dunyosi bo'yicha tadqiqotlar olib borish uchun xalqaro ilmiy markaz tashkil
etishni taklif qilgan edidi. Turk akademiyasi 2010-yil 25- mayda Qozog'iston
poytaxti Ostona shahrida tashkil etilgan.[4] Tadqiqot markazining ochilish
marosimida Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev va Turkiyaning o'sha
paytdagi Prezidenti Abdulla Gul, shuningdek Qozog'iston, AQSh, Rossiya
(Tatariston, Boshqirdiston, Chuvashiston, Yoqutiston), O'zbekistondan kelgan
taniqli turkologlar ishtirok etishdi. 2012-yil 22-23 avgust kunlari Qirg'iziston
poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik
kengashining Sammitida Turk akademiyasiga xalqaro maqom berish to'g'risida
bitim imzolandi. Tasdiqlash jarayoni tugagandan so'ng, Qozog'iston Respublikasi
Ta'lim va fan vazirligi huzurida Ostona shahrida 2010-yildan beri faoliyat yuritib


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

112

kelayotgan Turk akademiyasi 2014-yil 28-avgustda xalqaro tashkilot maqomini
oldi. Shunday qilib, to'rtta turkiy tilli davlatlar (Ozarbayjon Respublikasi,
Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi va Turkiya Respublikasi)
tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etilgan xalqaro ilmiy markaz o'z faoliyatini
"Xalqaro turk akademiyasi" nomi ostida olib borishni boshladi. Iqtisodiy
hamkorlik masalalar ham kun tartibidan joy ola boshladi. Jumladan, 2011-yil 20-
21 oktyabr kunlari Olmaotada "Iqtisodiy va tijorat hamkorligi" mavzusida Turk
Kengashining birinchi Sammit yig'ilishi bo'lib o'tdi, uchrashuv munosabati bilan
Kengashni institutsionalizatsiya qilish to'g'risida kelishuvlar tuzildi. Bundan
tashqari, sammit munosabati bilan Turkiya ishbilarmonlar kengashi bilan a'zo
davlatlarning ishbilarmon doiralarini mustahkam aloqalarini yo’lga qo’yishning
choralari ishlab chiqildi.

Tashkilotning huquqiy tamali bo‘lgan Naxichevan bitimi imzolanganining

10 yilligi arafasida O‘zbekistonning Turk Kengashiga to‘laqonli a’zo sifatida
qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi.[5] 2019-yilning 15-oktyabr kuni
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turk Kengashining yettinchi
sammiti arafasida O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi bilan birga Vengriya
ham Turk Kengashi vakolatxonasining ochilishi va Turkmanistonning esa
tashkilotda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga qaror qilgani Turk Kengashi
tarixida yangi davr boshlanganidan dalolat berar edi. O‘zbekistonning Turk
Kengashiga a’zoligining o‘z-o‘zidan olingan qaror bo‘lmaganini ta’kidlash lozim.
Ungacha bo‘lgan tadrijiy jarayonlarga qaralsa 2017- yilning 7-fevralida
tasdiqlangan “2017-2021 yillar Harakatlar strategiyasi”da Markaziy Osiyo
davlatlari bilan hamkorlikning kuchaytirilishi tashqi siyosatdagi asosiy ustuvor
yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Zero, Shavkat Mirziyoyevning iqtidorga kelishi ortidan qilgan ilk faoliyati

qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan
O‘zbekiston uchun Turk Kengashiga a’zoligiga oid masala ham birinchi navbatda,
ushbu tashkilot doirasida mintaqa davlatlari bilan aloqalarni yanada
mustahkamlash va o‘zaro muammolarni hal qilish uchun qo‘shimcha
platformada ishtirok etish sifatida talqin qilishini mumkin.

Mintaqa tashqarisidagi Turk Kengashning qolgan ikkita a’zosi bo‘lgan

Turkiya va Ozarbayjon bilan ham do‘stona aloqalar yangi bosqichga chiqdi
deyish mumkin. Ayniqsa, Turkiya bilan munosabatlarga to‘xtalganda, oradan 18
yil o‘tib, 2017 yilning 25-27 oktyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning
Turkiyaga

safar

qilishi

ikki

tomonlama

aloqalarning

yanada

mustahkamlanishida muhim qadam bo‘ldi. O‘tgan qisqa davr mobaynida Turkiya


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

113

bilan savdo-tijoriy aloqalarining keskin bir tarzda ortgani ko‘rilmoqda. Xususan,
savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalari kengayib borayotgan ayni paytda
O‘zbekistonda 500 ga yaqin turk firma va kompaniyalari faoliyat yuritayotgani
va o‘zaro savdo aylanmasining 2 milliard dollarga yetgani buning yaqqol
dalilidir. Qisqacha aytganda O‘zbekistonning Turk Kengashiga a’zoligi ko‘p
vektorli tashqi siyosat doirasida qardosh xalqlar bilan aloqalarni yanada
mustahkamlashga qaratilgan deyish mumkin. Shu o‘rinda Cho‘lponota Sammiti
oldidan va undan keyin berilgan bayonotlar va bildirilgan fikrlarda
O‘zbekistonning Turk Kengashiga a’zoligining ahamiyati alohida urg‘ulangani
diqqatga sazovordir. Jumladan, Turk Kengashi Bosh kotibi o‘rinbosari O‘mar
Kojaman O‘zbekistonning tashkilotga a’zolining ahamiyatini quyidagicha ifoda
etadi: “Turk Kengashiga O‘zbekistonning va Turkmanistonning qo‘shilishi juda
muhim mavzudir. O‘zbekiston boy tarixiy merosi, aholisi va dinamizmi bilan
Turk Kengashining mustahkamlanishiga juda katta hissa qo‘shish salohiyatiga
ega. O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi bilan Turk Kengashi iqtisodiyot, ta’lim, sport,
turizm va transport sohalarida keng qamrovli loyihalarni amalga oshiradi.
O‘zbekistonning ishtiroki Turk Kengashiga kuch beradi. Turk Kengashi
O‘zbekistonning ishtiroki bilan mintaqaviy va xalqaro barqarorlikning
mustahkamlanishiga muhim hissa qo‘shadi” Fikrimizcha, umumturk
integralizmining zamonaviy tendentsiyalaridan eng ustivori – dunyodagi bir
qutbli yoki juft qutbli dunyodan ko’p qutbli geopolitik modelning ko'p qutbli
dunyoga o'zgarishi ketayotgan bizning kunlarimizda Turk dunyosi yangi
shakllanayotgan tizimda o’z o’rnin olishi, u na G’arbning va na da Sharqning
ta’qibchisi va iyartmasi bo’lmasligi kerak. Hech bir turkiy davlat dunyodagi biror
super kuchning siyosatini o’tkazadigan platsdarmga aylanishi aslo mumkinemas.
Tarixda bo’lganidek, Turk dunyosining bugungi jahon siyosati va iqtisodida o’z
o’rni mavjud va masala faqat bu joyni munosib ravishda egallashdadir. Turkiy
dunyoning bugungi kundagi geopolitik ahvoli, joylashuvi, potensiali yaqin
kelajakda ana shunday pozitsiyani egallashga yetadigan darajadadir. Bugun
dunyoda kechagi holatlardan farqli yangi, noodatiy geografik va davlatlararo
aloqa formatlari shakllanmoqda, mavjud sivilizatsiyalarning funksional
parametrlari o’zgarmoqda.

Turk Kengashi ushbu global o'zgarishlar davrida o’z faoliyatini, Turk

dunyosini rivojlantirish taktikasi va strategiyasini chuqur o’ylangan reja asosiga
qurishi kerak. Dunyoda shakllanayotgan geosiyosiy senariylarda turkiy dunyo
faktorini hisobga olishga olib keladigan mushtarak tashqi siyosat olib borilishi
kerak bo’ladi. Birinchi navbatda zamonaviy dunyoning rivojlanish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

114

tendensiyasini yaxshi ilg’ash, davlatlarimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy
imkoniyatlarni eng perspektiv taraqqiyot jabhalariga yo’naltirish va sarflash
lozim bo’ladi. Yangi texnologiyalar, "raqamli iqtisodiyot", "bilimlar iqtisodiyot"ga
o'tish, rivojlangan davlatlarning tajribasini chuqur o’rganish zarur.[6]

Turk dunyosining siyosiy platformasi yanada adolatli dunyo tartibini

barpo etish bo’lishi kerak. 19- a 20-asrdagi dunyodagi mavjud tartiblar Turk
dunyosining zarariga ishlagani va uni halokat yoqasiga keltirib qo’yganini aslo
unutmaslik lozim. Avvalo o’zaro integratsiya, so’ngra dunyoning boshqa
moliyaviy-sivilizatsion markazlari bilan tenglikka va o’zaro manfaatlarga
tayangan aloqalarni o’rnatish ham muhimdir. Turk dunyosi yagona geosiyosiy
makon va mustaqil sivilizatsion tuzilmani tashkil etishi – pirovard maqsaddir.
Geosiyosiy makonni tashkil qilishning mumkin bo'lgan variantlari qanday,
Turkiy tilli davlatlar o’rtasida shakllangan integrativ tuzilmalarning faoliyatini
global rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda shakllantirish va uning
eng zamonavish shakllariga yo’naltirib turish muhimdir. Turkiy dunyoning hali
hozirda boshqa davlatlarning muxtor respublika, viloyat shaklida mavjud
bo’lgan a’zolari, qardosh turkiy xalqlar bilan bor imkoniyatlarni ishga solib til,
madaniyat, ta’lim, bilim va texnologiyalar ko’priklarini qurishimiz lozim.
Tatariston Respublikasi, Boshqirdiston Respublikasi, Kabardin-Balkar
Respublikasi, Qorachoy-Cherkes Respublikasi, Tuva Respublikasi, Qrim
Respublikasi va boshqalar (Rossiya), Shinjon-Uyg'ur avtonom viloyati (Xitoy),
Gagauziyadagi (Moldova) 25-30 millonli turkiy tilli nufusning boshqa madaniy-
lisoniy muhitda erib ketishining oldini olish uchun ular bilan aloqaning barcha
shakllaridan foydalanish zarur.

Turkiy integralizm va turkiy sivilizatsiya komponentlari o’rtasidagi

hamkorlik masalasini hal qilishning dolzarbligi bir qator omillarga asoslanadi,
jumladan, integratsion birlashmaning hayotiyligini ta'minlash uchun
hamjamiyat a’zolari va tomonlarning barchasining manfaatlarini to’g’ri hisobga
olish hamda turkiy mintaqalarning potentsialini birlashtirish, umumiy
sivilizatsion qadriyat va marralarni oldindan to’g’ri belgilash eng muhim
vazifalardan biridir. Buning uchun bu ishni ilmiy asosga qo’yish kerak. Chunki
har doim millatlar va hamjamiyatlarni bilim va texnologiyalarga asoslangan
rivojlanish ilg’or marralarga olib chiqqan hamda ularni alohida sivilizatsiya
sifatida taraqqiy etishining asosiy shartlaridan biri bo’lib kelgan.

Turkiy tilli davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini chuqurlashtirish-turkiy

davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.[7]
Bugungi kunda Turkiy davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi tovar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

115

ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘zaro savdo hajmining o‘z salohiyati darajasidan
bir necha barobar orqada ekanligi fonida tashkilot ichidagi savdo aloqalarini
kengaytirish uchun qulay va jozibador shart-sharoitlar yaratish masalasi o‘rta
muddatli istiqbolning asosiy vazifalaridan biridir, deydi SMTI yetakchi ilmiy
xodimi Aziz Salixov.
Turkiy davlatlar tashkilotining 8-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokchi davlatlar doirasida savdo hamkorligi
bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etishni taklif qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu tashabbusi turkiy davlatlar

o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining kamayib ketayotganligi fonida muhim va
dolzarbdir. Shuni ta’kidlash kerakki, 815 milliarddan ortiq umumiy savdo
aylanmasiga hamda 160 million kishilik salohiyat bozorga ega tashkilot
ishtirokchilarining o‘zaro savdo munosabatlari 2020 yilda atigi 33,2 milliardni
tashkil etdi (bu raqamlar tashkilotga a’zo davlatlar umumiy tashqi savdosining
4% dan ortig‘ini tashkil etadi.). Bu ko‘rsatkichning 21 milliardi ichki importga
to‘g‘ri keladi.

Masalan, Turkiy tilli davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning

O‘zbekiston Respublikasi bilan umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 17% ni,
Qozog‘iston bilan 8,1% ni va Ozarbayjon bilan 14,5% ni tashkil etadi.[8]

Shuni ta’kidlash kerakki, nominal qiymatiga ko‘ra Turkiyaning tashkilot

davlatlari bilan savdodagi ulushi eng katta – qariyb 10 milliardni tashkil etadi.
Bu esa turkiy davlatlarning tashqi savdosi asosan ularning an’anaviy bozorlariga
qaratilganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlar tovar
aylanmasi tarkibida xomashyoning ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Jumladan,
xomashyo mahsulotlari – 50%, o‘rta darajali texnologik mahsulotlar – 26%, past
darajali texnologik mahsulotlar – 19% va yuqori texnologik tovarlar – faqat 5%
ni tashkil etadi. Shu bilan birga, texnologik mahsulotlar faqat Vengriya va
Turkiya tomonidan eksport qilinadi.

Bundan tashqari, turkiy davlatlarning import oziq-ovqat mahsulotlariga

bo‘lgan qaramligi yuqori. Masalan, Ozarbayjon 2019 yilda oziq-ovqat importini
19.9% ga (1,6 milliardgachagacha) oshirdi. Xuddi shunday holat Qirg‘izistonda
ham kuzatilmoqda. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va
qishloq xo‘jaligi xomashyosining ulushi 2019 yildagi 7,6% dan 2020 yilda 10,3%
ga oshgan. Shu o‘rinda Qozog‘iston ham bir qator oziq-ovqat mahsulotlari uchun
importga qaram bo‘lib qolmoqda, ularning bir qismi (shakar, tovuq go‘shti va
boshqalar.) xorijiy davlatlarning mahsulotlari hisobidan (80% dan ortiq) bilan
qoplanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

116

Shu bilan birga, tashkilotga a’zo davlatlar iqtisodiyotining barcha

sohalariga ta’sir ko‘rsatgan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini ham hisobga
olish zarur. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi ko‘rilayotgan misli
ko‘rilmagan chora-tadbirlar, ishlab chiqarish va iste’molning qisqarishiga, savdo
aloqalarining uzilishiga, tovar narxining pasayishiga va turkiy davlatlarda
moliyaviy ahvolning yomonlashuviga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda hamda bugungi kunda Turkiy davlatlar

Tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘zaro
savdo hajmining o‘z salohiyati darajasidan bir necha barobar orqada ekanligi
fonida tashkilot ichidagi savdo aloqalarini kengaytirish uchun qulay va jozibador
shart-sharoitlar yaratish masalasi o‘rta muddatli istiqbolning asosiy
vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.

Shu nuqtai nazardan ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Turkiy
tilli davlatlar o‘rtasidagi savdo hamkorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot markazi
savdo-sotiqning qaysi jabhalarida o‘sish imkoniyatlari yuqori ekanligini
aniqlashda samarali vosita bo‘la oladi.
Bunday tadqiqot markazining faoliyat yuritishi tashkilotning ishtirokchi
davlatlariga o‘zaro savdoni kengaytirishga to‘sqinlik qiluvchi va yuzaga
kelayotgan muammolarni birgalikda aniqlash imkonini ham beradi. Bu esa, o‘z
navbatida,

turkiy

davlatlar

o‘rtasidagi

ko‘p

tomonlama

savdoni

chuqurlashtirishning innovatsion yechimlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ishanova, D. M. Zarojdenie ideologii tyurkizma // Molodoy ucheniy. № 14 ,
304, 2020. VELASCO, C., María Dolores de la . In: Mariano Esteban de Vega,
Francisco

de

Luis

Martín

y

Antonio

Morales

Moya

(Eds.).

"Hispanoamericanismo. De la fraternidad cultural a la defensa de la Hispanidad".
2.Jirones de Hispanidad. España, Cuba, Puerto Rico y Filipinas, en la Perspectiva
de Dos Cambios de Siglo. -Salamanca: Ediciones Universidad de Salamanca,
2004.
3.Kurtua, S., Vert N., Panne J-L., Pachkovskiy A., Bartosek K., Margolin Dj-L.
Chyornaya kniga kommunizma = Le Livre Noir du Communisme. - M .: «Tri veka
istorii». 2001.
4.Khajieva, G., Turkıc integratıon: problems and prospects. Tyurkskaya
integratsiya: problemi i perspektyvi // Journal of Instıtute of Economic
development and Social researches. Vol:2 / Issue:4, 2016, s.27-32.
5.Maxanova, A. N., Mexanizmi polyticheskogo prisutstviya Turtsii v «tyurkskix»
gosudarstvax / A. N. Maxanova // Molodoy ucheniy. - № 13 (147), 2017.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

117

6.Mcarthur, T., The Oxford Guide to World English. Oxford: Oxford University
Press, 2002. s.112-117 .
7.Pan-Arabism and Arab nationalism: the continuing debate by Tawfic Farah,
Publisher Westview Press, 1987.
8.Inernet-kaynaklar Akçali, P., Türk Dış Politikası ve Türk Dünyası >
https://tasam.org/Files/Icerik/File/turk_dis_politikasi_ve_turk_dunyasi_588e3b
e0-87ba-4f51

bff1-0100f4540148.

pdf

(January,

2021).

https://www.turkkon.org/tr/haberler (2019)(2104.2021).

Библиографические ссылки

Ishanova, D. M. Zarojdenie ideologii tyurkizma // Molodoy ucheniy. № 14 , 304, 2020. VELASCO, C., María Dolores de la . In: Mariano Esteban de Vega, Francisco de Luis Martín y Antonio Morales Moya (Eds.). "Hispanoamericanismo. De la fraternidad cultural a la defensa de la Hispanidad".

Jirones de Hispanidad. España, Cuba, Puerto Rico y Filipinas, en la Perspectiva de Dos Cambios de Siglo. -Salamanca: Ediciones Universidad de Salamanca, 2004.

Kurtua, S., Vert N., Panne J-L., Pachkovskiy A., Bartosek K., Margolin Dj-L. Chyornaya kniga kommunizma = Le Livre Noir du Communisme. - M .: «Tri veka istorii». 2001.

Khajieva, G., Turkıc integratıon: problems and prospects. Tyurkskaya integratsiya: problemi i perspektyvi // Journal of Instıtute of Economic development and Social researches. Vol:2 / Issue:4, 2016, s.27-32.

Maxanova, A. N., Mexanizmi polyticheskogo prisutstviya Turtsii v «tyurkskix» gosudarstvax / A. N. Maxanova // Molodoy ucheniy. - № 13 (147), 2017.

Mcarthur, T., The Oxford Guide to World English. Oxford: Oxford University Press, 2002. s.112-117 .

Pan-Arabism and Arab nationalism: the continuing debate by Tawfic Farah, Publisher Westview Press, 1987.

Inernet-kaynaklar Akçali, P., Türk Dış Politikası ve Türk Dünyası > https://tasam.org/Files/Icerik/File/turk_dis_politikasi_ve_turk_dunyasi_588e3be0-87ba-4f51 bff1-0100f4540148. pdf (January, 2021). https://www.turkkon.org/tr/haberler (2019)(2104.2021).