ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATLARIDAGI AKT
TERMINLARINING SEMANTIK TUZILISHI
Amrullayeva Mohinur Jo‘rabek qizi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
mohinuramrullayeva045@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13903550
Annotatsiya
Mazkur
tezisda
o‘zbek
tilining
izohli
lug‘atlaridagi
axborot
kommunikatsiya texnologiyalari terminlarining semantik tuzilishi va
xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan.O‘zbek tilida mavjud AKT sohasiga oid
terminlar tilshunoslikda sohaning o‘zi kabi alohida mikrosistema. Bu esa AKT
terminlarining semantik tuzilishida umumiy va farqlovchi jihatlarni aniqlash,
terminlarning ifoda planida mavjud imkoniyatlarni tadqiq qilish orqali
kompyuter tilini tashkil etuvchi mazkur terminlarning muayyan semantik
guruhlarga o‘rinli birlashtirilishi hamda shu asosda axborot texnologiyalariga
oid tushunchalarni nomlash, shuningdek, ularni lug‘atda berish mezonlarini
belgilash kabi jarayonlarda o‘ziga xos ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar:
AKT, interfaol, internet, internetlashuv, lug‘at, semantik
tuzilish,o‘zbek tilinining izohli lug‘ati.
So‘zlarda sememalarni belgilash yoki ko‘p sememali leksema
sememalarni farqlash uchun bugungi kungacha tayanch manba vazifasini,
asosan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” o‘tab kelmoqda. Leksik sathda alohida
sistema sifatida qaraladigan AKTga oid leksemalar va ularning maʼnoviy tabiati
hamda lisoniy qiymati masalasini oydinlashtirish yuzasidan sistema leksemalari
semantik tarkibi, tabiati borasida bahs yuritilganda ham O‘TILdagi tavsif, talqin
va misollar asosiy manba vazifasini o‘taydi. Shu sababdan ham O‘TILda mavjud
AKT terminlarining semantik tavsifini tadqiq qilish hamda umumiy xulosalash
orqali ushbu terminlarning umumfilologik izohli lug‘atda berilishiga doir
mezonlarni belgilash muhim.
Tilda mavjud bo‘lgan leksik birliklar butun bir tizimning belgilari bo‘lgani bois
ular ma’lum bir munosabatlar orqali bir- biriga bog‘liqdir. Shu sababli ularni
tasniflab o‘rganish ular o‘rtasidagi munosabatlarning mohiyatini ochib berishda
imkon yaratadi. Ma’lumki, leksik birliklarni tasniflashda olimlar turli usullardan
foydalaniladilar.
O‘zbek tilining alohida mikrosistemasi sifatida AKT terminlarining semantik
xususiyatlari tadqiqi lug‘atshunoslik uchun ahamiyatli xulosalar bera oladi.
Negaki, O‘TILda berilgan AKT sohasiga oid terminlarning pometaga ega
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
bo‘lishiga oid mezonlar aynan semantik tavsif asosida shakllantirilishi maqsadga
muvofiq. Har qanday lug‘atchilik jarayonida faoliyat olib borayotgan jamoa
uchun eng murakkab ish bosqichi lug‘at uchun leksik birliklarni, ularning
miqdorini to‘g‘ri belgilab olish. Aynan shu jarayon lug‘at turi, lug‘atning
yo‘nalishi va maqsadiga ko‘ra amalga oshiriladi hamda shuni amalga oshirishda
muhim ekanligi bilan ajralib turadi. O‘zbek lug‘atchiligi namunalarini yaratish
mobaynida ham tuzilgan reja, mavjud maxsus qo‘llanma va yo‘riqnomalarga
asoslanilgan. S.F.Akobirovning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning chegaralari va
manbalari haqida”gi maqolasi, akademik A.Hojiyev tomonidan tuzilgan “O‘zbek
tilining ko‘p jildli izohli lug‘atini tuzuvchilar uchun yo‘riqnoma” kabilar shular
jumlasidan. Izohli lug‘atning har ikkalasini yaratish jarayonida termin tanlashda,
miqdorini belgilashda mazkur qo‘llanmalarga imkon darajasida amal qilingan.
Jumladan, mazkur dasturilamal manbalarga ko‘ra “ko‘pchilik qo‘llaydigan va
tushunadigan, darslik, ilmiy-ommabop asar va davriy matbuotda ko‘p
qo‘llanadigan terminlar” lug‘atga kiritilishi taʼkidlab o‘tilgan. Mazkur talab va
xususiyatlar qatorida semantik mazmuniga ko‘ra leksik birlikka termin ekanlik
darajasi berilishi kerakligi muhim.
Leksemalarning umumiy lisoniy qiymatini belgilashda, ularning leksikografik
tavsifini berish va zamonaviy lug‘atlar yaratishda birliklarning ma’noviy
qiymatini aniq va qat’iy belgilab olish muhim ilmiy-metodologik ahamiyat kasb
etadi . Ayniqsa, terminlarning mazmuniga doir aniq tahlillar ularga lug‘atda
terminlik maqomini berish yoki mahrum qilish kabi jarayonlarga aniq xulosalar
berishda yordam beradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida mavjud AKTga oid
terminlarning termin sifatida tanlanishi muayyan mezonlarga tayangan holda
amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligi aynan uning semantik tavsifiga
aloqador.
So‘zlarda mavjud ma’no qirralarini belgilash, ma’nolarining farqli tomonlarini
aniqlashtirish masalalari O‘TILga tayangan holda amalga oshiriladi. Chunki
o‘zbek tilining deyarli barcha imkoniyatlari ushbu yirik lug‘atda aks etgan,
jamlangan. Qolaversa, tilda mavjud leksemalarning turli, xususan, semantik
jihati haqida tasavvur shakllanishi va ma’lumot olish uchun tayanch manba
ekanligi sababdan ham u me’yoriy lug‘at.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da o‘tmoq fe’lining 31 ta leksikografik ma’nosi
ajratilgan. Ma’nolarning ko‘pchiligida bu so‘z o‘z asl zotiga (lisoniy sathdagi
mohiyatiga) aloqador bo‘lmagan, balki o‘zi birikayotgan so‘zlarga bog‘liq turli-
tuman ma’nolarni voqelantiradi. Lug‘at ma’nolari tavsiflari, o‘tish harakatining
xarakteriga ko‘ra emas, balki harakat ustida amalga oshayotgan predmetlarning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
xususiyatlariga ko‘ra amalga oshirilgan va shu asosda [o‘tmoq] fe’li nutqiy
ma’nosidagi sintagmatik yondosh hodisalarning tajallilari o‘z izlarini
qoldirganligi e’tiborga olinmagan ”, – deya xulosa qiladi o‘zbek tilining izohli
lug‘atida sememalarning aks etishi haqida fikr yuritib Sh.Bobojonov.
Leksikografik talqinda leksemalarning nutqiy ma’nolariga tayanish lug‘atning
vazifasidan chetlashishga sabab bo‘ladi hamda tuzuvchi leksikografga qiyinchilik
tug‘diradi, shuningdek, lug‘atchilikda o‘zini oqlamaydi. Qolaversa, nutqda
cheksiz bo‘lgan semalarning barchasini qamrab olish imkonsiz. Lekin ta’kidlash
kerakki, leksemaning lisoniy mohiyatinigina tavsiflash orqali talqin, izoh amalga
oshirilsa, izohli lug‘atlarda lug‘at maqolalari soni leksema sememalari soni bilan
teng qilib qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa lug‘at funksiyasining to‘liq ado etilishiga
to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, muayyan terminologik sistemada mavjud
birliklarning barchasini izohli lug‘atda qamrab olishning iloji yo‘q – qaysidir
darajada umumxalq tilining mulkiga aylanganlarinigina kiritish mumkin.
Qolaversa, izohli lug‘atga u yoki bu terminosistemadan qaysi tartibga ko‘ra,
qancha miqdorda, qanday leksik birliklar tanlanishi va kiritilishiga oid
umumqabul qilingan barcha tillar uchun xos, to‘g‘ri keladigan mezon va
me’yorlar mavjud emas. Bunday qoida va mezonlar har bir tilning taraqqiyot
darajasi, yaratilishi kerak bo‘lgan izohli lug‘at hajmi kabilarga ko‘ra belgilanadi.
Shuning uchun ham izohli lug‘at yaratish ishlarida terminning o‘ziga xos
xususiyati va umumtil leksikasiga oidligini aniqlashtiruvchi mezonlarni ishlab
chiqish terminologiya tegishli bo‘lgan soha mutaxassisining emas, balki o‘sha
tilning leksik-semantik tizimini yaxshi biladigan, undagi barcha mavjud
elementlarni farqlay oladigan lingvist – lug‘atshunosning vazifasi. Demak, AKT
oid terminlarning tanlanishi ham dasturchi va tilshunos hamkorligida amalga
oshiriladigan jarayon.
Leksik ma’noning bir-biriga bog‘liq turlari (signifikativ, denotativ, struktur va
emotiv)dan hisoblangan “sof lisoniy” – signifikativ ma’no obyektiv voqelikning
maxsus lisoniy in’ikosi, leksik birlikning asosiy semantik mundarijasi. Bunday
ma’no belgining boshqa bir leksik birliklardan farqlanishi uchun tushunchadan
muayyan belgilarning tanlab olinishi hisobiga yuzaga chiqadi . Aynan mana shu
ma’no turi izohli lug‘atda lug‘at maqolasida izoh sifatida beriladi.
Signifikativ ma’no til egalarining so‘z haqidagi tushunchasini ifodalagani bois
ba’zi AKT terminlari so‘zning bosh va hosila ma’nolari sifatida berilishida
dastlabki (1981-yilgi) va joriy O‘TIL bo‘yicha farqlangan holatlar mavjud.
Masalan, so‘zining terminligini ta’minlagan ma’nosi 1981-yilgi lug‘atda hosila
ma’no sifatida berilgan bo‘lsa, keyinchalik ma’noviy o‘zgarishga uchragan ushbu
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
tushunchaning taraqqiyoti natijasida, shuningdek, til iste’molchilari tomonidan
ushbu so‘zning ishlatilishi holatiga ko‘ra 2008-yilgi O‘TILda bosh ma’no sifatida
berilgan.
Ta’kidlash lozimki, O‘TILda sifat so‘z turkumiga oid terminlar ham keltirilgan.
INTERFAOL Informatsiyani, axborotlarni kompyuter tarmog‘i orqali qilish yoki
uzatishga asoslangan. O‘qituvchi har qanday sharoitda muammoli, interfaol
usulda dars o‘tishga tayyor bo‘lishi kerak. Gazetadan.
INFORMATSION Informatsiyaga, axborotga oid. Informatsion bildirish,
Informatsion varaqalar.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati (5 jildli nashr)da internet va internetlashuv so‘zlari
jamiyat a’zolari nutqida faol, qo‘llanishi ham sezilarli darajada ekaniga qaramay
leksik pometa bilan ifodalanmagan.
INTERNET [ingl. Internet<..+ingl. net – to‘r, o‘rgimchak to‘ri, umumjahon
kompyuter tarmog‘i; butun jahon bo‘yicha tarqalgan va telefon hamda optik -
tolali liniyalar, modemlar va b.bilan o‘zaro bog‘langan, har qanday axborotni
o‘zaro almasha oladigan katta miqdordagi kompyuterlar majmui.
INTERNETLASHUV Umumjahon kompyuter tarmog‘i– Internetga
qo‘shilish, ulanish, internet tizimidan foydalanishga o‘tish.
Fanning 60 ga yaqin soha va tarmoqlaridan eng asosiy deb hisoblangan 21ta
sohaga oid tanlab olinib izohli lug‘atga kiritilgan terminlar va terminologik
ma’nolar bo‘yicha statistik tahlil amalga oshirilgan . Ushbu tahlil natijalari
lug‘atda berilgan 10000dan ortiq termin hamda polisemantik so‘zlarning
terminologik ma’nosi umumiy terminlar miqdoriga nisbatan 58 foizni tashkil
etganini ko‘rsatadi.
Inglizcha va o‘zbekcha AKT terminlarini leksikografik xususiyatlarini chuqur
tadqiq etgan tilshunos D.Kadirbekova AKT sohasida mavjud atama (atama) larni
quyidagicha guruhlashtirgan:
-
axborot va uning turlariga oid terminlar;
-
hisoblash texnikasi vositalariga oid terminlar;
-
dasturiy ta’minot va protokollarga oid terminlar;
-
AKT predmeti va vositalar;
-
Dasturiy vositalar va ta’minot;
-
AKT sohasi kasb-kor nomlarini anglatuvchi terminlar .
S.Pavel va D.Niolet ta’kidlashlaricha, TERMIUM (Terminology and
Standardization Translation bureau. Canada) tashkiloti terminlarning
tarjimasiga oid yo‘riqnomasida mavzuiy guruhlarga ajratish tizimi keltirilgan
bo‘lib, terminologiya 24 ta mavzuiy guruhlarga ajratilgan. O‘rtacha olganda har
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
bir katta mavzuviy guruh 10 dan 12 tagacha kichik mavzuviy guruhlarga
bo‘linishi ta’kidlangan.
AKT terminologiyasi tushunchasi telekommunikatsiya, radio, televideniya,
axborot xavfsizligi, mobil aloqa sohalarida axborotni to‘plash, saqlash, izlash,
unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami vositalar,
qurilmalar, usullar va jarayonlarni nomlovchi, AKT ilm-fan uchun maxsus ilmiy
va texnikaviy tushunchani ifodalovchi professional muloqotni amalga oshirishda
qo‘llaniladigan leksik birliklar majmuini qamrab oladi.
Ushbu tasnifini inkor etmagan holda, tahlillarimiz natijasida O‘TILda (2 tomli va
5 jildli) AKT terminlarni semantik paradigma asosida quyidagi semantik
guruhlarga birlashtirish mumkin deb hisoblaymiz:
-
AKT sohalariga oid tushunchalarni anglatuvchi;
-
Axborotlashtirishga oid jarayonlarni ifodalalovchi;
-
AKT sohasi boshqaruv tizimiga oid terminlar;
-
Ba’zan AKT sohasida qo‘llanuvchi terminlar;
-
Axborotlashtirish predmetlariga oid terminlar;
-
AKTga aloqador bo‘lgan (yondosh soha) terminlar.
Bugungi kunda predmet kategoriyasidagi AKT terminlari yangi yaratilgan
texnika nomlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelmoqda va miqdor jihatdan ham
ortib bormoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, terminlarning amaliy qo‘llanishi, uni
o‘rganish va u bilan tanishish uchun yaratilgan matnlar uchun ham, avvalo,
terminning semantik strukturasi, tavsifining chuqurroq tadqiq etilishi tadqiqot
maqsadining yuqori samaradorlikda amalga oshishida hal qiluvchi omillardan.
Xususan, AKTga doir terminlarning leksikografik tavsifini yaratishda, uning
definitsiyasining mukammal bo‘lishini ta’minlashda, shuningdek, lug‘at uchun
muhim bo‘lgan sohaga oid terminlarni tanlama yo‘l bilan lug‘atga kiritish
jarayonida mazmuniy tadqiq muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Ikki tomlik. – M.: Russkiy yazыk. 1981. T.1.
2.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. 1-5-jildlar. – Toshkent: O‘zbekiston
Milliy Ensiklopediyasi, 2006.
3.
Madvaliyev, A. Izohli lug‘atda terminlarning leksikografik talqiniga doir //
O‘zbek tili va adabiyoti. – 2009.
4.
Kadirbekova D.X. Ingliz va o‘zbek tillarida axborot texnologiyalari
terminologiyasining lingvistik xususiyatlari. Monografiya. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2016. –
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
5.
Hojiyev, A. O‘zbek tilining ko‘p jildli izohli lug‘atini tuzuvchilar uchun
yo‘riqnoma.– Toshkent: 2000.