ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
TAFSIR ILMINI O‘RGANISH USLUBLARI
Oxunjanov Abdulhay Fozil o‘g‘li
Toshkent islom instituti “Qur’on ilmlari”
kafedrasi kabinet mudiri
https://doi.org/10.5281/zenodo.13888605
O‘zbekiston diyori azaldan islom bilimlarida boshqa o‘lkalarni ortda
qoldirib keladi. O‘tmishga nazar solinsa, juda ko’p yetuk mufassirlarni ko’rish
mumkin. Ularga misol qilib Imom Zamaxshariy, Abul Barakot Nasafiy, Alouddin
Samarqandiy va juda ko’p olimlarni keltirish mumkin. Ushbu olimlar tafsir
yo‘nalishida islom olamida o‘chmas iz qoldirishgan va ular qoldirgan asarlar
hozirgacha musulmonlar orasida qo’lma-qo’l bo’lib kelyapti. Bizning
diyorimizdan eng oxirgi chiqqan mufassirlar Shayx Muhammadsodiq
Muhammadyusuf va Shayx Alouddin Mansur rahimahullohlar hisoblanadi. Ular
o’zbek tilida o’zbeklar uchun qulay, yengil, oson tafsirlarni yozib qoldirishgan.
Lekin boshqa ajdodlarimiz qoldirgan asarlari barchasi arab tilida bo’lib,
ajdodlarimiz qoldirgan meroslarni xalqimizga yetkazish hozirgi davrdagi yosh
izlanuvchilarning asosiy vazifasi bo’lishi lozimdir. Buning uchun yangi
mufassirlarni yetishtirib chiqarish kerak bo’ladi.
Tafsir ilmi, Qur'onning tafsir qilish va tushunish ilmi, islomiy ilm-fanlar
orasida juda muhim o'rinni egallaydi. Qur'onni to'g'ri tushunish va uning
oyatlarining ma'nosini anglash musulmonlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Tafsir ilmini o'rganish bir nechta uslublar va yondashuvlarni talab qiladi, chunki
bu ilmning murakkabligi va keng qamrovli ekanligini hisobga olish kerak.
Quyida tafsir ilmini o'rganish uslublarining kengroq tavsifi keltirilgan.
Tafsir ilmini o'rganish uslublari.
Tafsir sohasida mutaxassis bo’lish uchun talabalardan qattiq harakat,
istedod va qobilyat lozim.
Tafsir ilmining boshqa islom bilimlaridan farqiga to’xtalsak. Misol uchun,
fiqh faqat insondagi zohiriy hukmlar bilan shug’ullanadi. Aqoid faqat aqidaviy
masalalar bilan shug’ullanadi. Hadis ham faqat Nabiy sollallohu alayhi
vasallamning so‘zlari va qilgan fe’llarini bahs qiladi. Tafsir ilmida esa ushbu
sanab o’tilgan ilmlarning barchasi mavjud. Shuning uchun ulamolar: “Boshqa
ilmlar o’z sohasida uzunasiga o’rganilsa, tafsir ilmi esa eniga barcha ilmlarni
o’rgatadi” –deb aytishadi. Ya’ni fiqh fani masalalari ichida aqoidga oid yoki
tafsirga oid hukmlar juda kam. Lekin tafsir fanida fiqh qay darajada o’rganilsa,
aqoid va hadis ham xuddi shu darajada o’rganilishi lozimdir.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
Tafsir ilmi aslida islomiy fanlar orasida bosqichma-bosqichlik darajasiga
qaralsa, eng oxiri o’qitiladigan ilmdir. Chunki, yuqorida ta’kidlanganidek, tafsir
ilmida dayerli barcha fan masalalari mavjud. Ulamolar mufassir bo’lishni istagan
olimga bir necha ilmlarni puxta egallagan bo‘lishini shart qiladilar. Chunki, shu
ilmlarni bilish mufassirni oyatlarni tafsir qilishda xatoga yo‘l qo'yishdan
saqlaydi, Allohga taologa nisbatan ilmsiz yomon so’z to’qib qo’yishdan asraydi.
U ilmlar quyidagilar:
-
Arab tili bo'yicha lug‘at boyligi.
Sababi bu orqaligina lafzlarning ma‘nolarini va ulardan ko‘zlanadigan
maqsadlarni ochiqlash mumkin bo'ladi. Chunki, Qur’oni karimni Alloh taolo arab
tilida arablarga nozil qilgan ekan, oyat lafzlarini arablar tushunganidek
tushunish lozimdir. Mujohid rohimahulloh aytadi: “Allohga va qiyomat kuniga
iymon keltirgan biror bir mo‘min arab tilida mahorati bo‘lmay turib Allohning
kitobi borasida bir so'z aytishi halol bo'lmaydi”. Rostan ham bu borasida juda
keng ko‘lamli ma’lumot bo‘lishi zarur. Chunki, gohida bir lafz turli ma‘nolarni
anglatishi mumkin. Lug‘at boyligi kam mufassir esa shu manolardan birini bilib
boshqasini bilmay qolishi, ayni shu bilmagani esa lafzdan iroda qilingan ma'no
bo'lib chiqishi mumkin.
-
Nahv (Arab tili grammatikasi) ilmi.
Ma‘nolar e‘rob(so'zning gapdagi o‘rni) o‘zgarishi orqali turlicha bo’ladi.
Nahv ilmi esa aynan shuni o’rganadi. Abu Ubayda Hasandan bir rivoyat keltiradi.
Bir kishi arab tili qoidalarini o’rganib go’zal nutq sohibi bo‘lmoqchiligi, shu bilan
birga qiroatini ham o‘nglamoqchi ekanini zikr qildi. Shunda Hasan rohimahulloh
o’sha kishiga: “Yaxshi qilibsan. Arab tilini o‘rganishda shunday jiddi jahdda
bo‘lgin” –degan ekanlar.
- Sarf (Morfologiya) ilmi.
U vositasida kalimalarning tuzulishi va tuslanishlari bilinadi. Bu ham
Qur’on oyatlari va Qur’ondagi kalimalarning o‘zaklarini bilishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
-Balog‘at ilmi. Balogat ilmi uch qismga; Maoniy, bayon va badi’ qismlariga
bo’linadi .Bu uchalasi mufassir suyanadigan eng muhim asoslardir. Chunki,
Qur’onning go’zal iboralari, uning sir sanoatari aynan shu ilmlar bilan ma’lum
bo’ladi.
- Qur’on qiroatlari ilmi. Qiroatlarni ham puxta bilinsa, bu ba’zi bir
ehtimoliy ko‘rinishlarni boshqalariga nisbatan qo‘llashga imkon beradi.
Yuqorida sanab o’tilgan ilmlar tafsir sohasiga kirishdan oldin o’ranilishi
lozim hisoblanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
117
Tafsir ilmini o’rganib, bu sohada mutaxassis bo’lishni xohlagan kishi bu
sohada uzoq muddatdan beri dars olib, dars berib yurgan kuchli, o’z sohasini
yaxshi o’rgangan ustoz oldiga borishi lozim. Talaba kuchli mufassir bo’lishi
uchun faqat kitob mutolaa qilib, turli joylarda oyat tafsirlarini eshitib yurishi
aslo kifoya qilmaydi. Albatta, talaba bu yo’lda kuchli ustoz va to’g’ri pedagogik
uslubga muhtojdir. Bu sohani mukammal o’rganmoqchi ekan, o’z sohasida
mutaxassis bo’lgan mufassirga yuzlanishi lozim. Bundan so’ngina tafsir
kitoblarini mutolaasiga urg’u berishi mumkin. Shuningdek, bu sohaga kirib
kelayotgan mutaxassis bir necha bosqichlarni bosib o’tishi lozimdir.
Birinchi bosqich; bu bosqichda talaba birinchi o’rinda Qur’onni to’g’ri
o’qishga va Qur’onni yodlashga urg’u berishi lozim. Chunki, Qur’onni to’liq
yodlamasdan turib mufassir bo’laman deyish juda kulgili holat. Bu o’rinda arab
tiliga oid fanlar mukammal darajada shakllanishi lozim. Chunki, tafsir ilmi
bevosita lug’atga bog’liq. Qur’on arab tilida nozil bo’lgan. Shunday ekan, bo’lajak
mufassirning arab tili ko’nikmasi xuddi arablarnikidek bo’lishi lozim. Shu
asnoda Qur’ondagi “mufradot” (kalimalar ma’nolari)ni yodlab boradi. So’ng
Tafsir ilmiga oid boshlang’ich kitoblarni mutolaa qila boshlaydi.
Ikkinchi bosqich; birinchi bosqich yakunlangach, talaba ikkinchi bosqichga
o’tadi. Bu bosqichda “Qur’on ilmlari”ga oid kitoblarni o’rganish lozim. Tafsir
kitobaridan oldin “Qur’on ilmlari”ga oid kitoblarni o’qish shart. Chunki, talabada
avvalo, Qur’onga oid fikrlash shakllanishi lozim. Qur’on ilmlariga oid kitobga
misol o’laroq Manno’ al-Qatton rahimahullohning “Mabahis fi ulumil Qur’on”
asarini keltirish mumkin. Bu asar o’n yillardan beri O’zbekistondagi madrasa va
oliy bilim yurtlarida darslik sifatida ma’lum. So’ngra mufassirlarning uslublarini
o’rganish lozim. Bunga Muhammad Hasan az-Zahabiyning “at-Tafsir val-
mufassirun” asari eng munosib tanlov hisoblanadi. Bundan keyin balog’at
fanidan bir necha kitoblar mukammal yakunlashi kerak. Yuqoridagi keltirilgan
ma’lumotlardan bilinadiki, Qur’on lafzlarini to’g’ri tushunish uchun arab tiliga
oid fanlar, xossatan balog’at fanini mukammal o’rganish lozim. Chunki, Qur’on
nozil bo’lgan vaqtda arablar balog’atda, so’zlarni tanlash va keltirishda eng
yuksak cho’qqiga chiqishgan. Alloh taolo Qur’onni shunday nozil qilganki,
arablar Qur’onning balog’atiga lol qolib, iymon keltirishgan. U davrda alohida
balog’at deb nomlangan fan bo’lmagan. Saodat asridan bir necha asrlar o’tib
Qur’onni tushunish uchun bu fanga ehtiyoj sezishgan va balog’at fani paydo
bo’lgan. Hozirgacha balog’at fani mufassirning oyatlarni tushunishda eng katta
yordamchisi hisoblanadi. Bu ilmlar o’rganilganidan keyin tafsir kitoblarini
o’qishga kirishiladi. Bu bosqichda boshlanadigan tafsir kitoblari Imom Jaloliddin
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
Mahalliy va Jaloliddin Suyutiy rahimahullohlarning “Tafsiru jalolayn” kitobi eng
munosib kitobdir. Bu kitob ham O’zbekiston islom bilim yurtlarida talabaga
tafsir yo’nalishida beriladilagan eng birinchi kitoob hisobanadi.
Uchinchi bosqich; bu bosqichda talaba kengroq, chuqurroq va kuchli
ijtihod bilan dars qilishi lozim. “Ulumul qur’on” bo’yicha kengroq yozilgan
“Manahilul irfon” kabi kitoblarni o’qishi lozim. Bu bosqichda tafsir kitoblaridan
ham yuqori darajadagi kitoblar o’qiladi.
Yuqoridagi uch bosqichga muvofiq holatda, avval lug’atga oid ilmlarni o’rganib,
mustahkamlab, so’ngra bosqichma-bosqich tafsir kitoblariga kirishish bu sohada
yetuk olim bo’laman degan kishi uchun maqsadining debochasi va poydevori
hisoblanadi. Bundan keyin, tafsir ilmida yozilgan asosiy katta kitoblarni tartib
bilan o’qiy boshlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Doktor Abbos Tavfiq. Muhammad ibn jarir tabariy va manhajuhu fi tafsiril
qur’an. –Bayrut. Dar ibn Hazm. 2002.
2.
Imom ibn Kasir. Tafsir ibn kasir 4-juz. –Bayrut. Muassasa risala nashirun, 2015
3.
Jaloliddin Suyutiy. Addurrul Mansur 3-juz. –Bayrut. Doru ibn hazm, 2019.
4.
5.