ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
14
“O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA PARSELLYATSIYANING O‘RNI”
O‘ralova Nargiza Israilovna
Email: imomalievanargis1122@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13853923
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimov asarlari misolida parsellyatsiya hodisasi,
bu boradagi olib borilgan tadqiqotlar tarixi haqida amalga oshirilgan tadqiqotlar
tilga olinadi. Parsellyatsiya badiiy asarning ta’sirchanligini oshirishga xizmat
qiluvchi hodisa sifatida O‘tkir Hoshimovning asarlarida ko‘pgina o‘rinlarda
uchraydi.
В статье рассматривается феномен парцелляции на примере
произведений Уткира Хошимова, истории исследований в этой области.
парцелляция - это явление, которое служит повышению эффективности
произведения искусства и встречается во многих местах в произведениях
Уткира Хошимова.
The article examines the phenomenon of parcelling on the example of the
works of Utkir Khoshimov, the history of research in this area. parceling is a
phenomenon that serves to increase the effectiveness of a work of art and is
found in many places in the works of Utkir Khoshimov.
Kalit so‘zlar:
badiiy asar, ijodkor, lingvistik, lingvopoetik, parsellyatsiya,
ilova, ta’sirchanlik, nutq, tinish belgilar.
Keywords:
work of art, creative, linguistic, lingvopoetic, parcellation,
application, affectiveness, speech, punctuation.
Yozuvchi va shoirlar ijodini lingvistik va lingvopoetik planda tadqiq etish
fanimiz
oldida
turgan
dolzarb
vazifalardan,
ularni
bajarish
adabiyotshunosligimiz va tilshunosligimizdagi ko‘plab nazariy muammolarning
yechimiga xizmat qiladi.Yetakchi ijodkorlar badiiy nutqida qo‘llangan til
ifodalarini chuqur o‘rganmay, davr tiliga, tilning muayyan davrdagi holatiga
munosib baho berib bo‘lmaydi. Badiiy matnni tahlil qilishni tilshunoslik nuqtayi
nazaridan tekshirilishi lozim bo‘lgan ishlardan biri sifatida parsellyatsiya
hodisasini aytishimiz mumkin.
O‘tkir Hoshimov asarlarida parsellyatli tuzilmalar va sintaktik parallezim
hodisasi bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotimiz orqali badiiy adabiyot va
tilshunoslikning oldida turgan muhim vazifa va muammolarni aniqlab
olmoqchimiz.
Parsellyatsiya hodisasini o‘rganish dunyo tilshunosligida ancha ilgari, XX
asrning 30-yillaridan boshlangan. Shu asrning 50-60-yillarida bu hodisa rus
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
15
tilshunosligida “ilovali konstruksiyalar” bilan tenglashtirilgan holda ancha keng
tadqiq qilingan bo‘lsa-da, uning mazmun-mohiyati o‘sha-o‘sha bahsligicha
qolaverdi. XXI asrning dastlabki o‘n yili ichida o‘zbek tilshunoslari tomonidan
parsellyatsiya hodisasining umumiy tadqiqi amalga oshirilib, mazkur hodisaning
mazmun-mohiyati to‘laligicha ochib berildi.
Badiiy asar tadqiqotchilari, xususan, badiiy matnga lingvopoetik
yondashuv muammolarini tadqiq etgan o‘zbek tilshunoslari ham ushbu
hodisaning o‘rganilishi lingvopoetik jihatdan jiddiy ahamiyatga ega ekanligini
alohida ta’kidlaydi. Parselyatsiyaning mohiyati yaxlit sintaktik butunlik bo‘lgan
gapni ta’kid va ekspressiyani kuchaytirish maqsadida ikki (yoki undan ortiq)
kommunikativ birlikka final tinish belgilari vositasida bo‘lib, uni gapning oxiriga
chiqarishdan iborat. Parsellyativ konstruksiyalarda parsellyatni ifoda qiladi.
Chunki so‘zlovchi tinglovchiga ma’lum bir xabar ichidan yetkazilishi eng muhim
bo‘lgan qismni alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Bunday ta’kid og‘zaki
nutqda mantiqiy urg‘u, pauza, intonatsiya kabi vositalar yordamida amalga
oshirilsa, yozma nutqda parsellyatsiya hodisasidan keng foydalaniladi.
Parsellyatsiya va ilova konstruksiyalar bir qancha o‘xshash va farqli jihatlarga
ega. Xuddi shunday badiiy matn sathida yuz berib, parsellyatsiya hodisasi bilan
bir qancha o‘xshash va farqli jihatlarga ega bo‘lgan: paranteza, ajratilgan bo‘lak,
segmentatsiya kabi sintaktik hodisalar ham mavjud.
O‘zbek tilida parsellyatlarning asosan uch turi: gap bo‘laklari shaklidagi, gap
shaklidagi, mikromatn shaklidagi parsellyatlar farqlanadi.
Badiiy matnda gap bo‘laklari shaklidagi parsellyatlar turli tarzlarda
namoyon bo‘ladi. Bundan kesim shaklidagi parsellyatlarni qisman mustasno
deyish mumkin. Chunki kesim shaklidagi parsellyat juda kam (faqat tarkibli
kesimlarning uyushiq yetakchi qismigina ba’zan parsellyatlanadi) uchraydi,
chunki
kesimning
gapdagi
mantiqiy-grammatik
mavqeyi
uning
parsellyatsiyalanishiga monelik qiladi. Ega gap bo‘lagining gapdan parsellyat
sifatida chiqarilganligini juda ko‘p uchratish mumkin. Eganing parsellyat sifatida
asosiy gapdan tashqariga chiqarilishida juda qiziq, xilma-xil semantik-
grammatik holatlar kuzatiladi, xususan, asosiy gapdagi uyushiq egalarning biri
yoki bir nechtasi parsellyat sifatida chiqarilishi, ba’zan ummumlashtiruvchi so‘z
asosiy gapda qoldirilib, uyushiq bo‘laklar gap tashqarisiga chiqarilishi yoki
uyushiq bo‘laklar guruh tarzida va alohida-alohida parsellyatsiyalanishi
mumkin.
“Parsellyatsiya” atamasi lotincha “zarracha” so‘ziga qaytadi, ya’ni
“zarracha”. Adabiyotshunoslikda u bitta sintaktik tuzilmani bir nechta alohida
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
16
segmentlarga ajratish uchun uslubiy vosita sifatida tushuniladi. Har bir birlik
mustaqil jumla sifatida tuzilgan va nutqda shunga ko‘ra qisqa to‘xtashlar
yordamida ifoda etilgan. Parsellyatsiya - bu izchil matnni bir nechta tinish
belgilariga va intonatsiyaga bog'liq bo‘lmagan mustaqil segmentlarga ataylab
ajratish (shveytsariyalik tilshunos Charlz Balli terminologiyasida - dislokatsiya),
bu ekspresiv sintaksis konstruktsiyasi, masalan: «Jinslar, tvid ko‘ylagi va chiroyli
ko‘ylak. Juda yaxshi.
So‘zlarni talaffuz qilish vaqtini qisqartirish tendensiyasiga qaramay,
kundalik muloqatda ham ozmi-ko‘pmi batafsil bayonotlar berishga harakat
qilamiz. “Ko‘zlarimda yosh qalqidimi?! Yo‘q- yo‘q, axir, nega endi? U ketdi. U
ketdi-yu, xayolimda xam shirin, ham achchiq, ham quvnoq, ham alamli uzuq-
yuluq xotiralar qoldi... ... O‘shanda men birinchi bosqichda o‘qirdim. Birinchi
imtihonni topshirgan edim. Qiziq, yoshlik ekan-da!” (O‘tkir Hoshimov
“Hayollarga bo‘laman tutqun”) Aksariyat hollarda bunday keskin jumlalarni bir-
biriga bog‘lab foydalanamiz.
““Ko‘zlarimda yosh qalqidimi? Yo‘g‘ey nega bunday bo‘ladi? U ketdi-yu,
xayolimda shirin, achchiq, quvnoq, va alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi.
O‘shanda men birinchi bosqichda o‘qirdim va birinchi imtihonni topshirgan
edim. Qiziq, yoshlik ekan-da”.
Ushbu ikkita uzun iboralar yumshoqroq va uyg'unroq ko‘rinadi, ammo bu
birinchi variant qabul qilinishi mumkin emas degani emas. Bundan tashqari, bir-
birini ta'qib qilgan bunday qisqa, o‘tkir jumlalar adabiyotda keng qo‘llaniladi.
Rus tilshunosi A.P.Skovorodnikov ushbu hodisani o‘rganib, quyidagi
funktsiyalarni ajratib ko‘rsatadi:
Hissiy
ma’noda.
Uning
yordami
bilan
lirik
qahramonlarning
kechinmalarining soyalari yetkaziladi.
Ushbu funksiya personajning ichki monologiga taqlid qilish, keskin nutq
nutqiga taqlid, qahramonning o‘ziga xos bo‘lmagan xatti-harakat tasvirlash va h.
k.
Gapning tarkibiy qismlari orasida sintaktik munosabatlarni o‘zgartirishda
ifodalangan ekspressiv-grammatik.
Xatdagi gaplar nuqta, vergul, chiziqcha va boshqa tinish belgilari bilan
formatlanishi mumkin.
Аparaysa qilarmish! Аytishga oson. Аslida-ku, har kimning joni Xudoning
omonati. Ertami-kechmi oladi omonatini. Boring ana tigʼning tagidan omon-eson
qutulib chiqdi ham... Bir yilgacha yarimjon bo‘lib yuradimi? Ko‘chani kim
supuradi? Bir emas, ikkita to‘rt qavatli «do‘m»ning zinasini kim yuvadi? Tagʼin
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
17
nima deydi, deng? “Sizga engashish mumkin emas, xola. Ishingizni o‘zgartiring”,
emish. Har kim o‘zidan o‘tganini o‘zi bilarkan-da. (O‘tkir Hoshimov “Tushda
kechgan umrlar”)
Yuqoridagi matnda parsellyatsiya ekspressiv sintaksisda yozuvchi badiiy
niyatini to‘la-to‘kis ifodalashda va u o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarni
ta’sirli chiqishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan usul ekanligini
kuztishimiz mumkin. Badiiy matn qismlarini biriktirishda parsellyatli
tuzilmalarning yordami nihoyatda kattadir. Og‘zaki nutqda, matnda ba’zan
muloqot talabi bilan bir jumlada uzilish sodir bo‘ladi. So‘zlovchi tinglovchiga
biror voqea-hodisa haqida xabar berayotganda mana shu xabar ichidagi eng
muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi.
Ma’lumki, ta’kid og‘zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg‘u kabi vositalar
yordamida
amalga
oshirilsa,
matnda
parsellyativ
tuzilmalar-matn
komponentlarini ekspressiv stilistik maqsadga ko‘ra qayta tartiblash orqali
namoyon bo‘ladi. Masalan: “Otalar va bolalar U oddiy odam edi. Hammolchilik
qilardi. To‘rt qiz, uch o‘g’ilni oyoqqa turg’azdi. O‘g’illarini uylantirdi. Qizlarini
chiqardi. Hammasini uyli-joyli qildi. Ko‘z yumayotganida “hammalaringdan
mingdan-ming roziman”, dedi... Qarashsa, kafanligi yo‘q ekan…” (O‘tkir
Hoshimov “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”) Birinchi gap odatdagi tartibda
tuzilgan sodda gap hisoblanadi. Ikkinchi gap esa parsellyatli tuzilma hisoblanadi.
Uch komponentli bu qurilmada birinchi qism asos, qolganlari esa parsellyat
bo‘lak hisoblanadi.
Partsellyatsiya hodisasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish hali hanuz
nihoyasiga yetgan emas. 2000-2007-yillar orasida rus tilshunosligiga
bag‘ishlangan jiddiy dissertatsion tadqiqotlar yaratildi. Jumladan, R. O.
Zelepukin taniqli rus adibasi V. Tokarevaning asarlarida uchraydigan
partsellyativ konstruksiyalar ustida dissertatsion tadqiqot olib borgan.
Keyinchalik I. V. Alekseenko zamonaviy rus tilshunosligida partsellyativ
konstruksiyalarning o‘rganilishini va partsellyatsiyaning matnni shakllantirish
imkoniyatlarini, Y. V. Bogayavlenskaya esa rus va fransuz tillaridagi parsellyativ
konstruksiyalarni qiyosan o‘rgandi. O‘zbek tilshunosligida esa parsellyativ
konstruksiyalar yuqorida ta’kidlanganidek, “ilovali (yoki ilova) konstruksiyalar”
degan nom ostida tekshirilgan. 2010-yilda esa Sh. Haydarov “Badiiy matnda
parsellyativ
konstruksiyalarning
qo‘llanilishi”
mavzusida
nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qilgan.
“Parsellyatni odatdagi tartib bo‘yicha ko‘chirib betaraf ifoda variantini
qayta tiklash ba’zan asosiy qismga ma’lum o‘zgartirishlar kiritishni talab
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
18
qiladi”26. Lekin parsellyatsiyada bu holatga deyarli ehtiyoj yo‘q ekanligini
keyingi o‘rinlarda misollar asosida ko‘rib o‘tamiz. Quyida badiiy asardan
keltirilgan misollarga e’tibor qaratamiz: “- Shunday qilib, Jurnalis bo‘lar ekansiz-
da.... Ko‘rsam maylimi? – Xolida qo‘limdagi kitobni oldi. – Lui Aragon! Yaxshi
yozuvchi bo‘lsa kerak-a?” (O‘tkir Hoshimov “Hayollarga bo‘laman tutqun”)Ushbu
misollardagi asosiy gapdan keyin kelgan ajratib ko‘rsatilgan qismlar parsellyativ
konstruksiyalar emas, balki ilova konstruksiyalardir, ular alohida kommunikativ
birliklar maqomini olmagan, ya’ni jumlaga xos intonatsiya va pauzaga ega emas.
Bu misollardagi ajratilgan qismlar gapga xos intonatsiya va pauza bilan ajratilsa,
ular alohida kommunikativ birliklar maqomini oladi va ularni parsellyativ
birliklar sifatida baholash mumkin bo‘ladi, ya’ni: “ Xolida qo‘limdagi kitobni olib,
“Ko‘rsam maylimi? Jurnalis bo‘lar ekansiz-da, Lui Aragon Yaxshi yozuvchi bo‘lsa
kerak-a?” dedi” Ayrim tadqiqotchilar tinish belgilarining qo‘llanilishiga yetarli
e’tibor qaratmaydilar, natijada esa parsellyativ konstruksiyalar bilan ilova
konstruksiyalarni qorishtirish holati yuzaga keladi. Yozuvchi o‘z asarida badiiy
niyatiga
bog‘liq
ravishda
parsellyatsiyalangan
konstruksiyani
ham,
deparsellyatsiyalangan konstruksiyani ham qo‘llayveradi. Lekin ekspressivlikni
ta’minlayman deb, matnda faqat parsellyatsiyalangan konstruksiyani qo‘llashga
zo‘r berilsa, albatta, badiiy tasvirda g‘alizlik vujudga keladi, matnning
lingvopoetik qimmati pasayadi. Shuning uchun mahoratli yozuvchilar
parsellyatsiyalangan
va
deparsellyatsiyalangan
konstruksiyalarning
sinonimiyasidan yetarlicha foydalanadilar. Parsellyatsiya va ilovani gap
tarkibidagi inversiyali so‘z tartibidan ham farqlash mumkin. Masalan, “Xatni
burda-burda qilib uloqtirdim, bevafo, yaramas, sotqin!” gapida bevafo, yaramas,
sotqin so‘zlari ta’kid maqsadi bilan atayin kesimdan keyin qo‘llanilsa ilova
bo‘lak. Agar mazkur bo‘lak jumlaga xos pauza, final tinish belgisi bilan asosiy
gapdan ajratilsa, ya’ni: “Xatni burda-burda qilib uloqtirdim. Bevafo! Yaramas!
Sotqin! (O‘tkir Hoshimov “Hayollarga bo‘laman tutqun” hikoyasi)tarzida jumla
tuzilsa, Bevafo! Yaramas! Sotqin! parsellyat maqomini oladi, agar qisqa pauza
ya’ni dastlabki holat saqlanib qolinsa, u holda bobo so‘z shakli ilova maqomida
bo‘ladi. Parsellyatsiyalangan konstruksiyalar qismlarining o‘rinlashish
tartibining inversiyaga hech bir aloqasi yo‘q. Parsellyatsiya gap sintaktik
strukturasidagi qismlarni teskari yoki noodatiy joylashtirish emas, balki
kommunikativ muhim qism ifodasini gapdan tashqariga chiqarishdir27.
Badiiy matnlarda parsellyatsiya hodisasi, uning qo‘llanilishi bilan bog‘liq
umumiy va xususiy jihatlarini chuqur tadqiq etish orqali, til shunoslik va
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
19
adabiyotshunoslikning
ko‘plab
nazariy
va
amaliy
muammolarini
aniqlashtirishga erish mumkin bo‘ladi deb hisoblaymiz
Adabiyotlar:
1. Алесенко И.В Парцелляция как грамматическая структура речи (на
материале произведений английского языка): Автореф. дисс. ... канд.
филол. наук. – М., 2006.
2. Белошапкова В.А. Современный русский язык. Синтаксис. – М.: Высшая
школа, 1977.
3. Abdullayev A. Ilova ko‘chirma gapli konstruksiyalar // O’zbek tili va adabiyoti.
– Toshkent, 1982. – №2. – Б. 50-52.
4. Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili grammatikasi: Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi,
1996. - 248 б.
5. Богоявленская Ю.В. Парцелляция в русском и французском языках:
структурные и семантико-синтаксические особенности: Автореф. дисс.
6. Ҳошимов Ўткир “Севги қиссалари” тўплам Тошкетн, 2013.