ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
111
BIR NECHA TIL DOIRASIDAGI ERKALASH LEKSEMALARINING
USLUBIY MA’NOLARI
Zokirov Muxtorali Turdaliyevich
Farg‘ona davlat universiteti professori,
filologiya fanlari nomzodi
Xolmamatova Sarvinoz Abduvali qizi
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13683229
Annotatsiya.
Mazkur maqolada qarindosh bo‘lmagan tillardagi erkalash
so‘zlarining leksik sathi tadqiq etiladi. Erkalash so‘zlari har bir xalqning
madaniyati, yashash sharoiti va e’tiqodiga qarab farqlanadi. Maqolada ingliz, rus,
o‘zbek, turk va koreys tillaridagi erkalash so‘zlari va ularning o‘ziga xos
xususiyatlari tahlil qilinib, ularning fonetik, morfologik va leksik usullar orqali
shakllanishi o‘rganiladi. Ushbu tadqiqot erkalash so‘zlarining turli tillarda
qanday o‘zgarishlarga uchrashi va ularning umumiy xususiyatlarini aniqlashga
qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
erkalash so‘zlari, leksik sath, tillar o‘zaro ta’siri, fonetik usul,
morfologik usul, leksik usul, tilshunoslik, qiyosiy tadqiqot
Abstract.
This article investigates the lexical layer of terms of endearment
in unrelated languages. Terms of endearment vary according to the culture,
living conditions, and beliefs of each nation. The article analyzes terms of
endearment in English, Russian, Uzbek, Turkish, and Korean languages,
examining their unique features and the ways they are formed through phonetic,
morphological, and lexical methods. This study aims to identify the changes
these terms undergo in different languages and to determine their common
characteristics.
Keywords:
terms of endearment, lexical layer, language interaction,
phonetic method, morphological method, lexical method, linguistics,
comparative study.
Dunyodagi turli xil tillar qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarga
bo‘linadi. Bu tillar o‘zaro leksik sathda, ya’ni so‘z boyligida farq qiladi. Har bir
tilda erkalash so‘zlari o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu
xususiyatlar xalqning madaniyati, yashash sharoiti va e’tiqodiga bog‘liq holda
shakllanadi. Ushbu maqolada ingliz, rus, o‘zbek, turk va koreys tillaridagi
erkalash so‘zlari tahlil qilinib, ularning turli tillarda qanday shakllangani va
qanday usullar orqali ifoda etilgani o‘rganiladi.
Asosiy qism
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
112
Statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoda tillar soni 7000 ga yaqin
bo‘lib, ular bugungi kunda u yoki bu darjada taraqqiy etib kelmoqda. Shu tillar
o‘zaro yaqinligiga ko‘ra qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarga bo‘linadi.
Shunga ko‘ra har bir tilda mavjud sathlar yo bir-biriga yaqin yoki bir-biridan
uzoq bo‘lishi mumkin. Biz quyida tahlilga tortmoqchi bo‘lgan mavzu qarindosh
bo‘lmagan tillarning leksik sathida ko‘rib chiqiladi.
Leksik sathda o‘rganiluvchi erkalash so‘zlari jimjimadorligi, yosh va jinsda
farqlanishi hamda alohida stilistik ma’no kasb eta olishi bilan xarakterlidir.
Erkalash so‘zlari turli xalqlarda turlicha bo‘lishi mumkin, bu esa til egalarining
yashash sharoitidan, hududidan va e’tiqodidan kelib chiqadi. Biz buni oltita til
doirasida solishtirish bilan o‘z maqsadimizga erisha olamiz. Jahon tilshunoslari
tomonidan turli tillarda erkalash ma’nosini ifoda etuvchi so‘zlar, so‘z birikmalari
har xil tomondan o‘rganilgan. Jumladan, R.Lakoff [1, 5-64], A.Kunin [6, 43-752],
N.Nishiniadze[8] larning ilmiy tadqiqotlarini alohida ta’kidlab o‘tsa bo‘ladi.
A.Kunin o‘zining ilmiy ishlarida ingiliz tilidagi erkalashni frazeologik sathda
keng o‘rgangan bo‘lsa, Nishiniadze ingiliz, gruzin, va rus tillarida erkalsh hamda
kamsitish ma’nolariga morfologik nqtayi nazaridan yondashgan. Shunday ilmiy
tadqiqot ishlari o‘zbek tilshunosligida ham ma’lum darajada o‘rganilganligini
eslab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Xusuan, R.Xadyatullayev [13], A. Po‘latov [9, 333-
346], O.Safarov [10, 3-65], Sh.Kazakov [5], kabi olimlarning ishlarida alohida
e’tibor berilgan bo‘lsa, J.Bo‘ronov, O.Mo‘minov, M.Rasulova, R.Qo‘ng‘urov va
boshqa olimlar erkalash hamda kichraytirishni grammatik kategoriya sifatida
tadqiq etib, ularni asosan suffikslar orqali yasalishi haqida to‘xtalib o‘tadilar.
Dastlab erkalamoq terminini izohiga yuzlansak.
Erkalash terminiga turli manbalarda o‘ziga xos izohlarni uchratish
mumkin. Masalan, Vebster izohli lug‘atida qayd etilishicha, erkalash (affection) –
his-tuyg‘u yoki his-hayajon, noziklik bilan tegish, suyish demakdir [2]
Roget’s Thesaurus lug‘atida erkalash termini – endearment, loving
words, affectionate speyeches, pet name kabi sinonimik nomlarga ega [3, 888-
889].
Rus tilidagi izohli lug‘atlarda esa yuqorida keltirilgan lug‘atlardan
farqlangan holda erkalash terminiga rahmdillik qilish, ovutish, asrab-
avaylashdir degan izoh keltirilgan [11, 593-594].
O‘zbek tilining izohli lug‘atida erkalash nafaqat mehr bilan suyish ekanligi,
balki u paralingvistik vositalar, ya’ni tana harakati orqali ham ifoda etilishi
mumkinligi ta’kidlab o‘tiladi [12].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
113
Bizningcha, erkalash – har bir tilning o‘ziga xos vositalari, shakl-
usullaridan foydalanib odamlarga, jonivorlarga, tabiatga, narsa-hodisalarga
nisbatan mehribonlik, muhabbat, mayinlik, nafis mehr bilan suyish va sevish
kabi munosabatlarni ifodalaydi.
Dunyo xalqlarida erkalash ma’nosi uch usulda hosil qilinadi.
Jumladan,fonetik, leksik, morfologik usullar bularning eng faollari sanaladi.
Fonetik usul yordamida tillar doirasida bir-biridan farqli ravishda yo
unlilar yo undoshlar cho‘ziladi, yoki bir tovush o‘rniga boshqalari qo‘shib hosil
qilinadi. Misol uchun ingliz tilida so‘z oxiridagi undosh tovushlarning talaffuzda
tushib qolishi bolalarni erkalshda keng qo‘llaniladi (sugar-suga-shakarim;
darling-darlin). Koreys tilida bo‘lsa shaxs nomlari oxiriga
아
/
야
(a/ya)
qo‘shimchalarini qo‘shib aytish farzandlarni suyib erkalash ma’nosini ifoda eta
oladi. Ko‘pincha ota-onalar bu tovushlarni yanada cho‘zibroq talaffuz etadilar bu
esa ularning o‘ta kuchli mehr-muhabbatini bildiradi (Minho-Minhoya). O‘zbek
tilida bo‘lsa so‘z tarkibidagi tovushlar o‘rnini boshqa tovush egallash orqali bola
tiliga moslashganday so‘zlar atayin o‘zgartiriladi va bu esa erkalashning faol
turidan biiriga aylanadi. Masalan, aylanayin-ananayin yoki ananay tarzida.
Allalar va ovutmachoqlarda bo‘lsa so‘zning oxiriga o,a,yo tovushlari so‘zlarga
qo‘shilib cho‘ziq talaffuz etilishi erkalash ma’nosini bildira oladi.
Morfologik usul yordamida erkalash ma’nosini yasash ham faol turlardan
biridir. O‘zbek tilida 24 ta qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi. (-loq, -jon, -
xon, -oy, -niso, -gina, (-kina, -qina), -cha, -choq, -chak, -chiq, -bibi, -boy, -bek, -toy,
-poshsha, -sho, -mirza, -qul, -gul, -bonu, -beka, -bekach, -im I shaxs birlikdagi
egalik hamda -si suffikslari) Masalan, qizaloq, Gulsinbibi, Murodjon.
Ingliz tilida erkalash suffikslari 9tadir (-kin, -les, -ling, -sy, -cy, -iye, -y, -ey, -
o). Ular kichraytirishni ifodalash bilan birga erkalashni ham alohida ifoda etadi.
Turk tilida erkalash qo‘shimchalaridan eng faoli -cığım qo‘shimchasidir.
Masalan, anneciğim , Gözbebeğim - kòz qorachig‘im.
Leksik usul deyarli barcha tillarda o‘ta keng tarqalgan bo‘lib, tildagi
mavjud so‘zlar xalqning yashash tarzi, diniy e’tiqodi va totemiga asosan paydo
bo‘lgan. Biz ularni tahlil qilish uchun guruhlashga tayanmoqchimiz.
1.
Astronimlar bilan bog‘liq erkalatmalar
. Rus xalqi vakillari ko‘pincha
o‘z bolasini
солнышко (ты мое) - “quyoshim” tarzida erkalatadilar. Bu orqali
ularga quyosh bebaho va qadrli ekanligi shuningdek sochlarining rangi ham
quyosh nuriday yoreqin rangda ekanlarini mengzash mumkin. «солнце юности
в зените», «солнце жизни моей» [7].
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
Qozoq xalqida quyosh leksemasi teskari ma’noni bildirib, dushman sifatida
talqin qilinadi. Chunki ular qadimdan ko‘chmanchi xalq bo‘lganligi bois asosan
kunduz kunlari yo‘l bosishgan. Agarda kun isib ketsa ularga qiyinchilik
tug‘dirgan. Ular osmon jismlaridan ko‘pincha “oy’ leksemasini qo‘llab erkalash
ma’nosini hosil qiladilar. Masalan,
«Кун жедi»; «кун шакты»; «баска кун туу»
[7].
Har ikki til egalaridan farqli o‘laroq o‘zbek xalqi vakillari nutqida oy
hamda quyosh leksemasi erkalash ma’nosida qo‘llanila olishi bilan xarakterlidir.
2. Zoonimlar bilan bog‘liq erkalatmalar.
O‘zbek xalqi nutqida bolani
erkalashda uy hayvon nomlaridan keltirish ko‘p uchraydi. Masalan,
qo‘zichoq,qulun,toychoq kabilar eng keng tarqalganlaridir. Bular asosan o‘g‘il
farzandga nisbatan qo‘llaniladi. Ingiliz tilida uy hayvon nomlari bilan bir qatorda
parranda nomlari yordamida erkalash ma’nosi yasash mumkin. Jumladan, (calf-
buzoq, lamb-qo‘zichoq)
Koreys tilida kuchuk erkalash ma’nosida qo‘llanila oladi. Bunda ular o‘z
farzandini kuchukdek g‘ayratli, serharakat bo‘lish maqsadida ishlatishadi.
O‘zbek tilida it hamda kuchuk so‘zlari orqali ko‘pincha salbiy ma’noni hosil
qilishda foydalanishadi. Masalan, -Bizning it qalay?-dedi yangi direktor.
-Bu itni taniyman, -dedi Tillayev. Berilgan dialogda it leksmasi orqali
aslida hayvon emas yugurdak va soxta mulozamatni o‘ziga kasb qilgan shaxs
nazard tutilmoqda. [4]
3.
Shaxs otlari bilan bog‘liq erkalatmalar
. Bu guruhdagi erkalash so‘zlari
asosan turkiy tillar oilasi tarkibiga kiruvchi tillarga bog‘liqdir. Chunki bu guruh
vakillari qonida azal-azaldan ota-bobolarga , umuman yoshi ulug‘larga hamisha
hurmat bilan qarashgan. Misol uchun, o‘zbek tilida qizlarga nisbatan buvim,
onam leksemalari o‘g‘il bolalarga bo‘lsa dadam, bobom, bobotoy, bobojon
leksemalarini qo‘llash vodiy tomonda juda ko‘p uchraydi. Turk tilida bo‘lsa
annem-onam deb erkalatish faqatgina ota-ona tomonidan emas, balki
qizlar,dugonaar o‘rtasida juda keng tarqalgan.
Xulosa
Erkalash so‘zlari har bir xalqning o‘ziga xos til boyligi va madaniyatining bir
qismi hisoblanadi. Ularning fonetik, morfologik va leksik usullar orqali
shakllanishi turli tillarda turlicha namoyon bo‘ladi. Har bir tildagi erkalash
so‘zlari va ularning shakllanish usullarini qiyosiy tahlil qilish orqali turli
tillarning leksik imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganish va ularni yanada
kengaytirish imkoni paydo bo‘ladi. Mazkur maqolada o‘rganilgan tillar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
o‘rtasidagi erkalash so‘zlari leksik sathining qiyosiy tahlili tilshunoslikda muhim
ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Lakoff R. Language and Womans’s Place. – New York: Harper Colophon
Books, 1975. – PP. 5-64.
2.
Merriam W. Merriam Webster’s Collegiate Dictionary. Eleventh Edition, –
Massachusetts, USA: Incorporated Springfield, 2003. – 21 p.
3.
Roget’s Thesaurus of English Words and Phrases (105th Anniversary
Eddition). – London: The Penguin Press, 2002. – PP. 888-889
4.
Said Ahmad ‘Qoplon” hikoyas
5.
Казаков Ш. Семантико-стилистические особенности эмоционально-
оценочной лексики драм Хамзы: Дис. ...канд. филол. наук. – Ташкент, ИЯиЛ
им. А.С. Пушкина, 1990. – 160 с
6.
Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. – М.: Русский
язык, 1984. – С. 43-752
7.
Леонова Д.Ф. Ласковое обращение в казахском и русском языках. //
Филология и литературоведение. 2011. № 3 [Электронный ресурс]. URL:
https://philology.snauka.ru/2011/12/59 (дата обращения: 25.08.2024).
8.
Нишиниадзе Н.Ш. Ономасиологические исследование выражения
категории ласкательности и уничтожительности суффиксальными
производными: Автореф. дис. ...канд. филол. наук. – Тбилиси: TибГУ, 1986. –
21 с.
9.
Пулатов А.К. Английский язык. – Т.: ШAРҚ, 1998. – C. 333-346.
10.
Сафаров О. Болаларни эркаловчи қўшиқ. – Т.: Фан, 1983. – Б. 3-65.
11.
Словарь русского языка. В 4-х т. (издание второе). – М.: Русский язык,
1984. Т. 4. – С. 593-594.
12.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 жилдли. – М.: Русский язык, 1981. Ж.
2. – 450 б.
13.
Хадятуллаев Р.Р. Соотносительность морфологических средств
выражения категории субъективной оценки имен существительных в
русском и узбекском языках: Дис. …канд. филол. наук. – Орёл: ОГПИ, 1969. –
235 с