ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
60
XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA AYOLLAR
HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA XALQARO VA MILLIY
MEXANIZMLAR
Yo‘ldashova Sevara Nuraddin qizi
UrDPI 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13574515
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash chora tadbirlari, shuningdek ayollar huquqlarini himoya qilishda
xalqaro va milliy mexanizmlar va hozirgi kunda yurtimizda amalga
oshirilayotgan islohatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ayol, tenglik, gender tenglik, huquq, kamsitish, imkoniyat,
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, konvensiya, jamiyat, konstitutsiya, adolat.
Abstract:
This article provides information on comprehensive support
measures for women, as well as international and national mechanisms for the
protection of women's rights, as well as the reforms currently being
implemented in our country.
Keywords:
Women,equality,rights,discriminaton,opportunity,social,
support, convention, society,constitution,justice
Аннотация: В данной статье представлена информация о
комплексных мерах поддержки женщин, а также о международных и
национальных механизмах защиты прав женщин, а также о реформах,
реализуемых в настоящее время в нашей стране.
Ключевые слова: Женщины, равенство, права, дискриминация,
возможности, социальная поддержка, конвенция, общество, конституция,
справедливость.
Bugungi shiddatli va murakkab globallashuv davrida inson huquqlarining
ajralmas qismi sifatida xotin-qizlarning huquqlariga rioya qilinishi sohasidagi
vaziyat ham jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Ma’lumki, BMT Bosh
Assambleyasi tomonidan 1979 yil 18 dekabrda Xotin-qizlarni kamsitishning
barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan.
Ushbu Konvensiyaga O‘zbekiston 1995 yil 6 mayda qo‘shilgan. Konvensiyaning
bajarilishi bo‘yicha O‘zbekistonning Oltinchi davriy ma’ruzasi BMT Xotin-
qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish qo‘mitasining 2022 yil
15-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan 81-sessiyasida ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi yaratilgan va u
oltita yo‘nalishdan iborat.
Birinchidan, bu borada zarur huquqiy baza yaratilgan;
ikkinchidan, tegishli institutsional tizimga asos solingan;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
61
uchinchidan, muayyan o‘quv-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yilgan;
to‘rtinchidan, sohaga oid qonunlar ijrosining monitoringi olib borilmoqda;
beshinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan samarali
foydalanilmoqda; oltinchidan, ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro
hamkorlik izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan bo‘lib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ham ushbu muhim
masalalar o‘z aksini topdi. Shuningdek, 2030 yilga qadar O‘zbekiston
Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida xotin-qizlarga nisbatan
zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilangan.
Keyingi yillarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
strategiyasiga muvofiq xotin-qizlarni himoya qilish, ularning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik
bo‘yicha murosasizlikni ta’minlash borasida qator qonun hujjatlari qabul
qilindi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida
O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, barcha xotin-qizlarning huquqlarini
kengaytirishga qaratilgan 9 ta maqsad ishlab chiqilgan va izchil amalga
oshirilmoqda.
O‘quv kursida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika
markazi, uning hududiy bo‘limlari va namunali tumanlararo markazlari
direktorlari hamda huquqshunoslari – jami 50 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan
tasdiqlangan Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi doirasida
o‘tkazildi.
Bunda asosiy e’tibor, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari
tavsiyalarini hisobga olgan holda, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish
markazlari rahbar va xodimlarining ayollar huquqlarini himoya qilishning
huquqiy asoslarini xalqaro amaliyot hamda milliy tajriba negizida qo‘llashga oid
amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratildi. Oflayn va onlayn
tarzdagi mashg‘ulotlarda:
inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning mazmun-mohiyati va
mamlakat milliy huquqiy tizimi uchun ahamiyati;
ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari: xalqaro va milliy
mexanizmlar;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish bo‘yicha
ko‘rilayotgan choralar, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan o‘tkazilayotgan
profilaktika ishlari;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
62
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga yordam berish va
jinoyatchilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha chora-tadbirlar;
gender tenglikni ta’minlash: xalqaro va milliy tajriba yuzasidan
tinglovchilarning bilimlari oshirildi.
Ayni mavzularda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy
agentligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi
ekspertlari tomonidan ham kerakli chora tadbirlar o‘tkazilayotganligi ham
yurtimizda ayollarga bo‘lgan e’tiborning yuqoriligidandir va bularning barchasi
yurtimizda ayollarning huquqlari va imkoniyatlari yanada himoya qilinib, yuqori
bosqichga ko‘tarilayotlanligidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.https://uzmarkaz.uz/news/ozbekistonda-ayollar-huquqlarini-himoya-
qilishning-huquqiy-asoslari
3.http://www.insonhuquqlari.uz/oz/news/m11296
4. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun
5. https://lex.uz/ru/docs/-5320582?ONDATE=01.01.2024%2000
