Авторы

  • Tazabay Yuldashev
    Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch-doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49973

Аннотация

Yangi davrning falsafiy antropologiyasi kapitalistik munosabatlarning, ilmiy bilimning va gumanizm deb nomlangan yangi madaniyatning paydo bo’lishi bilan shakllanadi. O’rta asrlarda diniy falsafa inson  muammosini mistik ko’rinishda hal qilgan bo’lsa, uyg’onish davri falsafasi insonni osmondan yerga tushiradi. Insonning oldindan gunohga botish  ta’limotiga qarshi gumanistik qarashda insonning yaxshilikka, baxtga, garmoniyaga tabiiy intilishini mustahkamlaydi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

YANGI DAVR FALSAFASIDA INSONNING TABIATI HAQIDAGI

QARASHLAR XILMA-XILLIGI.

Yuldashev Tazabay Niyetbay o’g’li

Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch-doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13378667

Yangi davrning falsafiy antropologiyasi kapitalistik munosabatlarning,

ilmiy bilimning va gumanizm deb nomlangan yangi madaniyatning paydo
bo’lishi bilan shakllanadi. O’rta asrlarda diniy falsafa inson muammosini mistik
ko’rinishda hal qilgan bo’lsa, uyg’onish davri falsafasi insonni osmondan yerga
tushiradi. Insonning oldindan gunohga botish ta’limotiga qarshi gumanistik
qarashda insonning yaxshilikka, baxtga, garmoniyaga tabiiy intilishini
mustahkamlaydi. O’rta va yangi asrlar oralig’idagi uyg’onish davri falsafasiga
antroposentrizm va gumanizm g’oyalari xos bo’lib, xudo to’laligicha inkor
qilinmaydi. Ammo, faylasuflar o’zlarining ramzi sifatida xudoni emas, insonni
olib qaraydi. Insonning cheksiz imkoniyatlariga ishonch g’oyasi olg’a suriladi.
Bular bilan bir qatorda individualizm, egoizm, utilitarizm elementlari ham
rivojlana boshlaydi

1

. Yangi davr falsafasida insonning tabiati bo’yicha neytral

tarafda turgan Jon Lokk, insonning tabiatini negativ baholagan Tomas Gobbs, va
aksincha inson tabiatini ijobiy baholagan Jan Jak Russo ta’limotlaridagi asosiy
tezislarni solishtiramiz.

Shaxsiy manfaatning insonning qarashlariga va hayot tarziga ta’siri Tomas

Gobbs konsepsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Gobbs ratsional fikrlovchi
metafizik sifatida har xil va o’zgaruvchan tashqi hodisalarni tushuntiruvchi
fundamental tamoyilni izlaydi. Haqiqatning mutlaq va o’zgarmas asosini u inson
orqali izohlaydi. Gobbs o’zining metodini “Fuqaro haqida” asarida sharhlar ekan,
jamiyatni soatga qiyoslaydi. Biz soat qanday ishlashini bilmoqchi bo’lsak, uni
qismlarga ajratamiz va alohida detallarni o’rganib, soatni qayta yig’amiz.
Detallarni soat qayta ishlaydigan qilib joylashtirar ekanmiz, biz detallar bir-
biriga qanday bog’langanligini va soat ishlash mexanizmini anglaymiz. Xuddi shu
kabi Gobbs jamiyatni qismlarga ajratadi va uning elementlarining o’zaro
aloqalarini va faoliyatini ko’rsa bo’ladigan qilib tasavvurida qayta yig’adi.

Gobbs ta’limotiga ko’ra jamiyatning qismlari odamlar ya’ni, individlar

hisoblanadi. Individlarning asosiy xususiyatlari tabiiy holatda o’z-o’zini
saqlashga intilishdir. Ushbu o’rinda Gobbs Arastu ilgari surgan insonning tabiati
bo’yicha ijtimoiy mavjudot ekanligi haqidagi g’oyani inkor qiladi. Tabiiy holatda
insonning ixtiloflarining uch manbasi: qo’rquv, raqobat va shon-shuhratga

1

Berdimuratova. A.K. “Filosofiya” oqıw qollanba. T-2022. 333-bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

intilishni hisobga oladi. Ularning eng muhimi bo’lgan qo’rquv insonni siyosiy
uyushgan, o’z-o’zini saqlash uchun barchaning barchaga qarshi kurashi man
etilgan, ammo iqtisodiy raqobat va shon-shuhrat uchun kurash saqlanib qolgan
jamiyatga olib keladi. Bu o’rinda jamiyat har bir kishining umumiy, uzoqni
o’ylovchi va ma’rifatli manfaati bilan ilgari surilgan egoistik individlar o’rtasidagi
kelishuvning ifodasi desak, u holda, Gobbsga asoslanib biz jamiyatni ratsional
ijtimoiy bitim deb tushunishimiz mumkin. Aynan mana shu ijtimoiy bitim orqali
davlat tashkil topadi, har bir individ o’z erkidan davlat organizmi foydasiga voz
kechadi. Gobbs davlatga ijtimoiy bitimning odamlar tomonidan buzilishining
oldini oluvchi jismoniy kuch, kafolati sifatida qaraydi. Agar bu tushuntirishni
Freydning tushunchalari orqali izohlaydigan bo’lsak, o’z-o’zini saqlashga bo’lgan
intilish – id, ijtimoiy bitim – ego, davlat esa – super-ego deb tushuntirish ham
mumkin

2

. Gobbs oldingi davrda hukm surgan Aflotun va Arastu qarashlaridan

farqli o’laroq, individlarni substansional deb ta’riflab, jamiyat va davlat
ikkilamchi o’rinni egallaydi. Davlat va jamiyat individlarning mohiyati va shaxsiy
manfaatlari mosligiga asoslangan bitim asosida yuzaga keladi.

Jan Jak Russo falsafasi esa aksincha, inson tabiatini "yaxshi" va "pokiza"

deb tasvirlash bilan boshlanadi, lekin sivilizatsiya va ijtimoiy tuzumlarning
ta'siri natijasida bu tabiat buzuladi. Russoning falsafiy fikrlari asosan uchta
asosiy asarga tayanadi: "Insonlar o'rtasidagi tengsizlik kelib chiqishi haqida
nutq" (1755), "Jamiyat shartnomasi" (1762), va "Emil, yoki Tarbiya haqida"
(1762). Ushbu asarlarda Russo inson tabiatini tabiiy holatga, insonlarning
jamiyatda qanday yashashi kerakligi haqida o‘z fikrlarini bayon etadi. Unga
ko‘ra, inson tabiatan erkin va tengdir. Tabiiy holatda insonlar oddiy, beparvo va
o'z-o'zidan o'zaro tengdirlar. Ular o'z instinktlariga amal qilib, tinch yashaydilar
va boshqalarga zarar yetkazmaydilar. Russo shunday deydi: "Inson erkin
tug‘iladi, lekin hamma joyda zanjirband bo‘lib qolgan"

3

. Bu tabiiy holat

sivilizatsiyaning rivojlanishi va mulkchilikning paydo bo‘lishi bilan buzilgan.

Russo "Tengsizlik kelib chiqishi haqida nutq" asarida insoniyat tarixida

sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Unga ko‘ra, mulkchilikning paydo
bo‘lishi bilan insonlar o‘rtasidagi tengsizlik kuchayadi va tabiiy erkinlik
yo‘qoladi. Russo jamiyatda mustahkamlangan tengsizlik va ekspluatatsiyaga
qarshi chiqadi. Bu ijtimoiy kontraktni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin u barcha
fuqarolar teng huquqli bo‘lgan erkin va adolatli jamiyatni talab qiladi. "Emil"
asarida Russo tarbiya va inson tabiatiga bo'lgan yondashuvni taqdim etadi. Unga

2

Г.Скирбекк. Н.Гилье. Фалсафа тарихи. Т., 2002. 285-bet.

3

Rousseau, Jean-Jacques. *The Social Contract and Discourses*. Translated by G.D.H. Cole, 1913.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

ko‘ra, insonning tabiiy fazilatlari noto‘g‘ri tarbiya va sivilizatsiya ta’siri tufayli
buzuladi. Yaxshi tarbiya esa inson tabiatidagi yaxshi tomonlarni rivojlantirishi
mumkin. Russo insonni tabiiy, erkin va o‘z-o‘zidan mukammal bo‘lishini
ta’kidlaydi.

Russoning inson tabiati haqidagi qarashlari insoniyatning tabiiy holatda

yaxshi ekanligini, lekin sivilizatsiya va jamiyat tufayli bu tabiat buzilganini
ko‘rsatadi. U erkinlik, tenglik va adolatni targ‘ib qilib, insoniyat uchun yangi yo‘l
taklif qiladi. Russoning bu qarashlari keyinchalik Fransuz inqilobi va boshqa
ko‘plab ijtimoiy o‘zgarishlarga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Yevropa ma'rifatparvarlik g'oyalari taraqqiyotida ingliz faylasufi Jon

Lokkning ham xizmatlari katta bo'ldi. Faylasufning tushuntirishicha, inson
tug'ilgan vaqtda uning qalbi har qanday g'oya, tushuncha, prinsip, qoidalardan
xolis bo'ladi. Inson qalbi xuddi oq qog'oz varag'idek toza bo'lib, «faqat tajriba
o'sha qog'oz sahifasini turli yozuvlar bilan to'ldiradi. lnsonni yangi bilimlar,
yangi g'oyalar bilan qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq darkor. Har
qanday bilim yoki g'oyaning manbai tajribadir»

4

. Lekin tajribadan hosil bo'lgan

g'oyalar bilim uchun materialdir, xolos. G'oyalarning bilim darajasiga
ko'tarilmog'i uchun uni farosat chig'irig'idan o'tkazib, qayta ishlov berish
darkordir. Ana o'shanda oddiy g'oyalar o'zgarib, haqiqiy bilimlarga aylanadi.

Jon Lokk «Aqlni boshqarish haqida» asarida ta'kidlaganidek, inson -

faoliyat ko'rsatuvchi mavjudotdir. Inson faoliyat ko'rsatishda o'z aqlida mavjud
bo'lgan bilimlarga tayanadi. Tabiiyki, insonning barcha jabhadagi faoliyatini aql
o'zining ko'zga ko'rinmas kuchi bilan boshqaradi. Qalb aqlga quloq soladi, unga
ergashib boradi va unga bo'ysunadi. Shuning uchun ham ingliz mutafakkiri
insonning aqliy kamoloti haqida doimo qayg'urish, uni yangi bilimlar bilan
qurollantirib turishga da'vat etadi. Aqlni yangi bilimlar bilan qurollantirmoq
uchun inson o'zining fikr yuritish malakasini doimo takomillashtirib turishi
lozim ekanligini uqtiradi. Fikr yuritish malakasini takomillashtirish yo'llarini va
uslublarini aniqlab berishga intiladi.

Lokk fikriga asosan, inson aqlining yangi bilimlar bilan boyib borishida

mustaqil o'qib-o'rganish katta ahamiyatga ega bo'ladi. Mustaqil o'qib-
o'rganmoq, ya'ni mustaqil bilim olmoq uchun har bir kishi mustaqil fikr yuritish
malakasiga ega bo'lmog'i lozim. Uning o'tkirlanishining birdan-bir yo'li -
mustaqil o’qib-o'rganishdir. Jon Lokk inson jismoniy va ma'naviy qiyofasining
shakllanishida tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. Uning
tushuntirishicha, tarbiya faqat kishilarni savdo-sotiq ishlariga tayyorlash bilan

4

Локк Дж. Сочинения. B тpex томах. ТOM 1. M., 1985, 154-bet.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

chegaralanib qolmasligi, balki uning yordamida odamlar, ayniqsa, yoshlar
fuqarolik mas'uliyatini tushunib olishlari darkor. Har bir fuqaroda «ezgulikka
qaratilgan turmush va amaliy faoliyatga, nimasi bilan o'z mamlakatiga foydasi
tegishi mumkinligi haqidagi ehtiyojni o'rganishga intilish istagi» shakllanishi
lozim. «Butun tarbiya san'ati qalbni ezgulik bilan qurollantirishga, uni yanada
mustahkamlashga qaratilmog'i lozim»

5

. Tarbiyaning samaradorligi, Lokk

fikricha, jamiyat bilan shaxs o'rtasidagi o'zaro aloqadorlikning mustahkamligiga
bog'liq. Jamiyat bilan shaxs orasida o'zaro aloqadorlikning mustahkamligi esa
ayrim individga, uning har tomonlama kamol topishiga, chunonchi, jismoniy,
ruhiy va aqliy rivojlanish birligi ta'minlanganligiga bog'liqdir.

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkin-ki, yangi davr g’arb falsafasida

falsafiy antropologiya muammolari avvalgi davrlardan quyidagicha o’ziga
xosliklarga ega bo’ldi:

-

Ratsionalizm. Ratsionalistlar deduktiv metodga asoslangan holda

umumiylikdan yakkalikka o’tishni to’g’ri yo’l deb bilishdi. Bunday munosabat
insonni o’rganish masalasida ham ko’zga tashlanadi va uni tabiat yoki jamiyat
qonuniyatlarining ijrochisi sifatida izohlashda ko’rishimiz mumkin.

-

Subyektiv idealizm. Borliq masalasida subyektiv idealistlar inson ongi va

irodasidan mustaqil obyektiv borliq mavjudligini inkor qilishadi. Inson
dunyoning ajralmas qismi bo’lish bilan birga, dunyoning qanday tasvirlanishini
ham belgilab beradi.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, yangi davr g’arb falsafasi o’zida birnecha yangi
falsafiy g’oyalarni paydo qilish bilan birga, keyingi davr falsafiy antropologiyasi
uchun ayrim yangi yo’nalishlar uchun ishoralar ham qoldirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Berdimuratova. A.K. “Filosofiya” oqıw qollanba. T-2022.

2.

Г.Скирбекк. Н.Гилье. Фалсафа тарихи. Т., 2002.

3.

Rousseau, Jean-Jacques. *The Social Contract and Discourses*. Translated

by G.D.H. Cole, 1913.
4.

Локк Дж. Сочинения. B тpex томах. ТOM 1. M., 1985

5

Локк Дж. Педагогические сочинения. М., 1939. 203-bet.

Библиографические ссылки

Berdimuratova. A.K. “Filosofiya” oqıw qollanba. T-2022.

Г.Скирбекк. Н.Гилье. Фалсафа тарихи. Т., 2002.

Rousseau, Jean-Jacques. *The Social Contract and Discourses*. Translated by G.D.H. Cole, 1913.

Локк Дж. Сочинения. B тpex томах. ТOM 1. M., 1985