Авторы

  • Dilfuza O`ktamova
    11-AFCHO`IM ning “Tarbiya fani” o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49996

Аннотация

Yangilanayotgan  O’zbekistonda  fuqarolar, ayniqsa, yoshlar huquqiy ongini yuksaltirish mamlakatimizning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimizning ertangi kuni, jamiyatda o’zgarishlarga sabab bo’ladigan, bunyodkorlik g’oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, ma’naviy salohiyatli resurs hisoblangan yoshlarni ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o’rin egallashlariga qulay shart-sharoit yaratish orqali ularni yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylanishiga ko’maklashish har birimizning muhim vazifalarimizdan sanaladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

177

YANGILANAYOTGAN O`ZBEKISTON MA’NAVIY NEGIZLARIDA,

HUQUQIY ONGNI YUKSALTIRISHNING ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALARI

O`ktamova Dilfuza O`ktamovna

11-AFCHO`IM ning “Tarbiya fani” o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13373293

Yangilanayotgan O’zbekistonda fuqarolar, ayniqsa, yoshlar huquqiy

ongini yuksaltirish mamlakatimizning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimizning
ertangi kuni, jamiyatda o’zgarishlarga sabab bo’ladigan, bunyodkorlik
g’oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, ma’naviy salohiyatli resurs
hisoblangan yoshlarni ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash,
jamiyatda munosib o’rin egallashlariga qulay shart-sharoit yaratish orqali ularni
yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylanishiga ko’maklashish har
birimizning muhim vazifalarimizdan sanaladi.

Fuqarolar huquqiy ongi va madaniyatini oshirishni tubdan

takomillashtirish maqsadida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining
―Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi, Qonuni “Jamiyatda huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi
Farmoni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol,
mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga
olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo’lida bor salohiyatini safarbar
qiladigan, shijoatli shaxslarni tarbiyalash, ularni intellektual va ijodiy
salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratildi.

Bugungi kunda fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishda,

ayniqsa, yoshlar nafaqat faol, ma’naviy tahdidlarga qarshi tura oladigan
bilimdon, yuksak ma’naviyatli bo’lishlari kerak. Buning uchun xalqimiz qalbiga
quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechishda amaliy yordam
ko’rsatishimiz, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
qaratishimiz zarur. Bu vazifani samarali amalga oshirishda biz asrlar mobaynida
shakllangan

milliy

an’analarimizga,

ajdodlarimizning

boy

merosiga

tayanmog’imiz lozim. Shuni alohida ta’kidlashimiz joizki, yoshlarning zamonaviy
bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog’lom va
barkamol bo’lib, hayotdan munosib o’rin egallashlari uchun barcha kuch va
imkoniyatlarni safarbar etishimiz kerak.

Xulosa qilib aytganda, yoshlar – yuksak ma’naviyatli, mustaqil

fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir
bo’lgan, g’ayrat-shijoatli, vatanparvar, zamonaviy, kreativ, barkamol shaxs


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

178

bo’lmog’i lozim. Xalqimizni har tomonlama barkamol va ma’naviy salohiyatli
hamda huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish uchun quyidagilarga alohida
e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz.

1. Xalqimiz ma’naviy salohiyatini yanada takomillashtirish;
2. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda fuqarolarning

ishtirokini oshirish;

3. Fuqarolarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada

mustahkamlash;

4. Xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor,

ishbilarmon, halol va fidoyi shaxslarni qo’llab-quvvatlash.

Demokratik jamiyat rivojida fuqarolar huquqiy ongi va madaniyatini

oshirishning ma’naviy omillarini o’rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb
etadi. Jamiyatda fuqarolarning faol ishtirok etishi ko’pgina omillarga bog’liq. Bu,
avvalo, davlatning maqsad va vazifalari, yoshlarga bo’lgan munosabati va
siyosati orqali amalga oshadi. Hamda yoshlar faoliyatini belgilaydigan muhim
mezoni va asosi hisoblanadi. Ayni paytda fuqarolarning huquqiy ongi va
savodxonligining yuqoriligi jamiyat boshqaruvini demokratiyalashuvining
muhim omili hisoblanadi. Fuqarolarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi
ishtirok etishi uchun bugungi demokratik o’zgarishlar, tegishli shart-sharoitlar
yaratib berilmoqda. Bu fuqarolarni o’zlarining salohiyatlari va imkoniyatlaridan
oqilona foydalanishga undamoqda. Ayni paytda dunyoda fuqarolarning
jamiyatdagi mavjud tartibotlar va qadriyatlarga bo’lgan munosabati har xil
ekanligini ta’kidlash lozim. Shu nuqtayi nazardan yondashganda, bizningcha,
fuqarolarning faollik darajasi, ularning ma’naviy dunyosi bilan bog’liq holda turli
xil ekanligini ta’kidlash lozim. Jamiyat boshqaruvida ishtirokida fuqarolar
darajasi alohida ta’kidlanmoqda. Fuqarolarning jamiyat hayotidagi faolligini va
jamiyat oldida turgan umummilliy manfaatlarni anglashi, unga daxldorlik
hissining mavjudligi orqali ko’rishimiz mumkin.

Mustaqillik tufayli jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini

oshirishga nisbatan O’zbekiston davlatining maqsadi va mohiyati ham o’zgardi.
Bu davlatning maqsadlarini o’zgarganligi, davlat monopoliyasiga barham
berilganligi va huquqiy davlat mezonlari asosida davlatni bosh islohotchiga
aylanganligi bilan bog’liq. Hamda uning yangicha g’oyaviy asosga qo’yilganligi,
davlat mafkurasining ta’siridan xalos bo’lish imkoniyati yaratilganligi bilan
aloqador. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, ―O’zbekistonda
ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi.
Hech qaysi mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

179

belgilab qo’yilgan

1

ligi, uning huquqiy asosini tashkil etadi. Natijada fuqarolar

yakka hukmron mafkuraning ta’siridan xalos bo’lish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Davlatning huquqiy asosida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bugun
O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish bosh strategik
vazifa hisoblanadi. Huquqiy davlatda qonun ustuvor, fuqarolarning erkinligi va
huquq-manfaatlari kafolatlangan. Jamiyat a’zolari, xususan yoshlar oldida yangi
talablarni ko’yadi. Hamda tegishli zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan
siyosat olib bordi. Jamiyatning ma’naviy hayoti negizlari o’zgardi.

Shuningdek fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishni

quyidagi yo’nalishlar orqali ko’rish mumkin bo’ladi:

1. Davlat hokimiyati boshqaruvining ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy

asoslari tubdan o’zgardi. U milliy g’oya negizlarida tayangan holda davlat
boshqaruvida yangicha ma’no-mazmun baxsh etmoqda hamda yoshlar muhim
demokratik prinsiplarga tayanmoqda.

2. Xalqning jamiyat hayotiga qarashi o’zgardi. Jamiyat rivojlanishida

ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligiga tayanish jamiyatdagi o’zgarishlarda
o’ziga xos mazmun kasb etmoqda. Ong va tafakkur o’zgarmasa, hayot
o’zgarmaydi va xalq faollashmaydi.

Zero, ma’naviyat shaxs jamiyat va millat, binobarin, mamlakat ravnaqining

asosiy omili va poydevoridir. Ma’naviyati yuksak xalq har qanday damda, turli
qaltis, sinovli pallalarda ham yo’lini yo’qotmaydi, boshqalarga pand bermaydi.
O’z manfaatini umumxalq, yurt manfaatidan hech qachon ustun qo’ymaydi.
Davlat va jamiyat boshqaruvining qaysi tarmog’ida, qanday pog’onada
bo’lmasin, rahbarlik lavozimda xizmat qilayotgan shaxsning ma’naviy
barkamolligi uning faoliyatining samaradorligini belgilaydi. Bu masalalarning
yechimi, ishlarning samarasi, birinchi galda, kadrlarning boshqaruvchilik
qobiliyatiga, yangicha fikrlash va yangicha ishlash layoqatiga, ma’naviy takomil
darajasiga bog’liq. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotini va davlat hokimiyati
tizimini demokratlashtirish hamda zamonaviy asoslarda modernizasiya qilish
bugungi taraqqiyotimizning ustuvor yo’nalishini tashkil etmoqda. Davlatchilik
tizimi, hokimiyatning mazmuni, faoliyat shakllari jamiyatning obyektiv
taraqqiyot qonuniyatlariga muvofik amalga oshirilmoqda. Davlat hokimiyatini
boshqarish demokratiya talablariga mos yaqinlashib bormoqda.

Bu qonuniyat jamiyat hayoti, ijtimoiy boshqaruv shakllarining tobora

yangilanib, yangi bosqichda rivojlanish, yo’lidan borishidir. Davlat va jamiyat
qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohotlar va

1

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.- Т.: ―Ўзбекистон, 2019. – 6-б.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

180

mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga,
davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor axamiyat
qaratilgani, ayniqsa, e’tiborga molik. Davlat idoralarini xalq uchun xizmat qilishi
hozirgi bosqichning o’ziga xos muhim xususiyatidir. Jamiyatda yoshlarning
ishtiroki, ularning muammolarini hal etishda hozirgi zamon ilm-fan yutuqlariga
tayanish, boshqaruvda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan
foydalanish, davlat xizmati agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi
xizmat turlari, xalq bilan muloqotning yangi shakllari, joylarda sektorlarga
bo’linib olib borilayotgan ishlar, hokimiyatni yoshlar bilan ishlashda ularni
bandligini ta’minlash maqsadida yoshlar uchun yer ajratib berilayotganligi xayrli
natijalar beradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

-Iqtisodiyotda davlat ishtirokini strategik asoslangan darajada

qisqartirish, xususiy mulkni yanada rivojlantirish va uni himoya qilishga doir
kompleks masalalarni hal etish, davlat boshqaruvi organlari va barcha
darajadagi hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi

2

deb

ta’kidlaydi.

Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini

oshirishda ma’naviy fazilatlari, avvalo, ularning milliy g’oyamizga bo’lgan
ishonch va e’tiqodi, yot va zararli g’oyalarga nisbatan g’oyaviy kurashchanligi,
fuqarolik pozisiyasi, o’z ona tili, tarixi, milliy urf-odatlari, an’analariga,
qadriyatlarga bo’lgan ishonch va e’tiqodi hamda e’tiborida ko’rinadi. Buning
uchun xalqimiz jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zamonaviy boshqaruv
texnologiyalarini yaxshi bilishlari, o’z fikrlarini ona tilida ravon, turli tillarda
mustaqil va lo’nda ifoda eta olishlari muhim.

Ayni paytda xorij tillarini bilishlari jamiyat boshqaruvida dunyo

mamlakatlari erishgan yutuqlarni qo’llashda va ularni ma’naviy saloxiyatini
belgilashda muhim axamiyat kasb etmoqda. Yangiliklarni qabul qilishga
imkoniyat yaratadi. Yangiliklarni qabul qilmasdan esa taraqqiyotga erishib
bo’lmaydi. Bu hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyoti va raqamli iqtisodiyotni amalga
oshirish bilan bog’liq yoshlar oldida turgan muhim vazifadir. Yoshlar
yangiliklarni qabul qilishga tayyor bo’lishlari busiz taraqqiyotga erishib
bo’lmasligini chuqur anglab yetishlarini taqozo etadi. Dunyoni bilish, tajriba
almashish doimo taraqqiyotga yetaklaydi. Shu nuqtai nazardan ushbu taraqqiyot
huquqiy ong va madaniyatning yuksalishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga fuqarolarning jamiyatda huquqiy ongi va madaniyatini

yuksaltirishda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim deb o’ylayman.

2

Ш.Мирзиёев. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга

қурамиз! // Халқ сўзи, 2016 йил 15 декабрь.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

181

- Jamiyat hayotida ma’naviy dunyoqarashini va ma’naviyatimizni ongiga

singdirish, unga bo’lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash orqali
fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish mumkin;

- Fuqarolarni layoqatli, iqtidorlilarini tanlab olish, ma’naviy

salohiyatlilarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatini yanada
oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish orqali ularni boshqaruvda
yanada kengroq ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qilish imkoniyatini
oshirish;

- Fuqarolarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiqlik hissini

yanada oshirish, mamlakatimizni o’z negizida va dunyo halqlari erishayotgan
yutuqlarga mos rivojlanishi uchun muhim sharoit yaratadi. Bu boshqaruvda
demokratiyaning umuminsoniy prinsiplariga amalda tayanishini taqozo etadi;

Prezidentimizning 2022- yil 28- yanvardagi “2022-2026- yillarga

mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi
farmonining ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishida qo’yilgan
vazifalar ham aynan ma’rifatni yanada yuksaltirishga va rivojlantirishga
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish yo’lidagi ishlar, umumiy o’rta ta’lim sifatining tubdan
oshirilishi, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi
boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan predmetlarning chuqurlashtirilgan tarzda
o’rganilishi, yangi ta’lim muassasalari qurilishi va rekonstruksiya qilinishi,
ularning zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, o’quv-metodik
qo’llanmalar bilan ta’minlanishi, bundan tashqari, bolalarning sport bilan
ommaviy tarzda shug’ullanishga jalb qilinishi, ularni musiqa va san’at olamiga
olib kirish maqsadida yangi sport obyektlari, musiqa va san’at maktablarining
qurilganligi misolida ko’rishimiz mumkin. Bugungi globallashuv davrida kelajak
avlodga yangi texnika-texnologiyalardan to’g’ri foydalanish yo’llarini o’rgatish,
kibermakondagi tahdidlardan himoyalanish usullarini yoshlar ongu shuuriga
singdirish O’zbekiston kelajagini asrash demakdir.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy,

ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalardagi keng qamrovli islohotlar
natijasi oʻlaroq, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasiga
davlat darajasida ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur sohada qoʻyilgan
maqsadlarga erishish, avvalo, mavjud holatni chuqur oʻrganish va aniqlangan
muammolarni bartaraf etish uchun tegishli yechim izlashni taqozo etadi.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining “Huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish sohasidagi dolzarb vazifalar” mavzusidagi tadqiqoti


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

182

oldiga shu masalalar qoʻyilgan edi. Mazkur tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi
adliya vazirining 2022-yil 25-maydagi 106-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining 2022-yil 16-maydagi 259-son
“2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Tadqiqot mobaynida institut tomonidan ishlab chiqilgan savolnoma Adliya

vazirligi rasmiy sahifalari, “Huquqiy axborot kanali” adliya organlari va
muassasalari hamda hududiy boshqarmalarning telegram, faсebооk, instagram
va twitter kabi ijtimoiy tarmoqlariga joylandi.

Soʻrovnomada respublika boʻylab jami 1000 nafarga yaqin respondent

ishtirok etdi. Respondentlarning 68,7 % erkaklar,31,5 % esa ayollar tashkil
etgan. Ularning 43,4% 18-30 yoshdagilar, 35,9% 31-40 yoshdagilar, 14,4% 41-
50 yoshgacha boʻlganlar tashkil qilsa, ma’lumotiga koʻra 65,3% oliy, 25,9%oʻrta
maxsus, 8,7% esa oʻrta ta’lim olgan fuqarolar ekanligi ma’lum bo’ldi.

So‘rovnoma natijalari hozirgi kunda jamiyatning huquqiy madaniyati va

qadriyatlari asosan aholining oliy ma’lumotli va o‘rta yoshlardagi qatlami
orasida ancha yuqoriligi bilan ajralib turibdi. Buni quyidagi ko‘rinishlar bilan
asoslasa bo‘ladi:

So‘rovnomaning 2-savolida O‘zbekiston Respublikasida qonunlarning bir

xil ijrosini ta’minlovchi sifatida prokurorni 67,8 % belgilab to‘g‘ri javob
berishgan bo’lsa, murojaatlar to‘g‘risida savolga ham 81,2% respondent to‘g‘ri
javob variantini tanlashgan.

Shuningdek, so‘rovnomada qatnashgan respondentlarning 68,7%ini

erkaklar,31,5%ini esaayollar tashkil etgan. Bundan kelib chiqadiki, jamiyatda
gender tengligi borasidagi ishlarni kuchaytirish va ayollarning bilim olishi
hamda huquqlarini o‘rganishida joylarda maxsus qisqa muddatli kurslarni
tashkil etish lozim.

Hozirgi kunda yana bir dolzarb masalalardan biri, yaʼni aholining yo‘l

qoidalariga amal qilish madaniyatini baholash maqsadida joylangan 19—
savolga javoblardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki hozirda YXHB
inspektorlari bilan ayrim fuqarolarning tortishuvi qoidabuzarliklarni tan
olmasdan o‘zlarini haq deb bilishlari va tortishuv jarayonlarini ijtimoiy
tarmoqlarga joylab, boshqalarni ham shunga targ‘ib qilish holatlari uchrayotgani
bu yo‘l qoidalarini tan olmaslik va natijada yo‘l transport hodisalari oqibatida
o‘limlarning ko‘payishiga olib kelishi ehtimolini ko‘paytirmoqda. Bu esa o‘z
navbatida haydovchilarning yo‘llardagi madaniyati va yo‘l qoidalarga nisbatan
hurmat tushunchasini kengaytirishni talab etmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

183

Tahlil natijalaridan kelib chiqib, jamiyatda huquqiy ong hamda huquqiy

madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan yana quyidagi taklif va tavsiyalarni aytish
mumkin:

fuqarolarda huquqiy bilimlarini baholashga imkon beruvchi turli

teledasturlarni yoʻlga qoʻyish;

davlat organlari va tashkilotlarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda

yuqori turuvchi tashkilotga yoki takroran tashkilot rahbariyatiga murojaat qilish
tartibini qayta koʻrib chiqish, bu turdagi murojaatlarni hal qilish samaradorligini
oshirish;

respublikamiz aholisining huquqiy madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan

chora-tadbirlarni tizimli yoʻlga qoʻyish, bunda jamoatchilik nazorati
mexanizmlaridan keng foydalanish, jamiyat huquqiy madaniyati darajasining
ijobiy natijalarini omma eʼtiboriga yetkazish;

amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi kundalik turmush darajasi bilan

bogʻlash, bu turdagi islohotlar natijalarini doimiy tahlilini yoʻlga qoʻyish;

aholining huquqiy madaniyat darajasini oshirishda kichik guruhlar bilan

ishlash, taʼlim muassasalarida tarbiya fani rolini oshirish;

aholiga huquqiy axborotlarni, huquqiy sohadagi islohotlar mazmunini

koʻproq televideniye orqali yetkazish, shuningdek, huquqiy targʻibotni amalga
oshirishda internet manbalari, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng
foydalanish.

Fuqarolarning oʻz huquqlarini himoya qilish imkonini beradigan qonun

hujjatlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari va zarur holatlarda ularni
amalda qoʻllay olishi, oʻz qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda
boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda boʻlish,
hayotda kelib chiqadigan turli nizoli masalalarni faqat qonun doirasida hal
qilishga intilish jamiyatda huquqiy savodxonlik darajasini koʻrsatuvchi muhim
koʻrsatkichlardan hisoblanadi. Shunday ekan, olib borilayotgan keng qamrovli
islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan
chuqur anglab yetishiga har tomonlama koʻmaklashish davlat organlari, keng
jamoatchilik va mamlakat taqdiriga befarq boʻlmagan barchamizning
burchimizdir.

Xulosa sifatida shuni taʼkidlash joizki, huquqiy ong va huquqiy madaniyat
dinamik xarakterga ega boʻlgan sohalar boʻlib, har 3-4 yilda maʼlum darajada
yangilanish xususiyatiga ega. Shu oʻrinda, bugungi kunda mazkur sohada mavjud
ayrim kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etib borilsa, nisbatan qisqa


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

184

muddatlarda

mamlakatimizda

qonun

ustuvorligining

yanada

mustahkamlanishiga erishish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi qonunchilik sayti)

2.

www.gov.uz (O’zbekiston Respublikasi Prezident partali sayti)

3.

www.nuu.uz (O’zbekiston Milliy universiteti rasmiy sayti)

4.

www.natlib.uz (O’zbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy sayti)

Библиографические ссылки

www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi qonunchilik sayti)

www.gov.uz (O’zbekiston Respublikasi Prezident partali sayti)

www.nuu.uz (O’zbekiston Milliy universiteti rasmiy sayti)

www.natlib.uz (O’zbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy sayti)