Авторы

  • Bunyod Xalimboyev
    Oriental Universiteti II-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.50040

Ключевые слова:

Hasan Basriy hikmatlar tarjimashunoslik g‘oya o‘ziga xoslik uslub Sharq merosi.

Аннотация

Hasan Basriy hikmatlari tarjimasining o‘ziga xos murakkab jihatlari borki, bunda tarjimon nafaqat so‘zma-so‘z tarjima qiladi, balki ohang, vazn, qofiya, ayniqsa, muallifning maqsadi – g‘oyani boshqa bir tilda aks ettira olishi kerak .Shu sababdan ham bunday tarjima bilan har qanday tarjimon shug‘ullana olmaydi. Ushbu maqoladan maqsad Hasan Basriy hikmatlarining arab tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi jarayonidagi murakkabliklardan ayrimlarini ko‘rsatish va tarjima jarayonida o‘ziga xosliklarning jumladan: diniy masalalarning keng yoritilishi tahlilini ko‘rsatishdan iborat.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

105

HASAN BASRIY HIKMATLARI TARJIMALARI XUSUSIDA

Xalimboyev Bunyod Barat o‘g‘li

Oriental

Universiteti II-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13359101

Annotatsiya

Hasan Basriy hikmatlari tarjimasining o‘ziga xos murakkab jihatlari borki,

bunda tarjimon nafaqat so‘zma-so‘z tarjima qiladi, balki ohang, vazn, qofiya,
ayniqsa, muallifning maqsadi – g‘oyani boshqa bir tilda aks ettira olishi kerak
.Shu sababdan ham bunday tarjima bilan har qanday tarjimon shug‘ullana
olmaydi. Ushbu maqoladan maqsad Hasan Basriy hikmatlarining arab tilidan
o‘zbek tiliga tarjimasi jarayonidagi murakkabliklardan ayrimlarini ko‘rsatish va
tarjima jarayonida o‘ziga xosliklarning jumladan: diniy masalalarning keng
yoritilishi tahlilini ko‘rsatishdan iborat.

Kalit so‘zlar: Hasan Basriy, hikmatlar, tarjimashunoslik, g‘oya, o‘ziga

xoslik, uslub, Sharq merosi.

Abstract

The translation of Hasan Basri's wisdom has its own complexity, in

which the div translates word for word, but the tone, weight, rhyme, especially
the author's goal - the idea must be reflected in another language. That is why
such a translation. not every translator can deal with. The purpose of this article
is to show some of the complexities in the process of translating Hasan Basri's
wisdom from Arabic and to show some of the peculiarities in the translation
process: the analysis of the broad coverage of religious issues.

Key words:

Hasan Basri, proverbs, translation studies, idea, originality,

style, Eastern heritage.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘tgan yillar davomida

tarjimashunoslik xususan, badiiy, ilmiy, tarixiy, tarjima sohasida ham ko‘plab
ishlar amalga oshirildi va bu davom etmoqda. Tarjimashunoslik murakkab
sohalardan biri sanaladi. Lekin ana shu murakkab soha ichida yana bir
murakkab yo‘nalish borki, bunda nafaqat mehnat balki alohida iste’dod ham
talab qiladi. Bu hikmatlar tarjimasidir.

Darhaqiqat, tarjimaning o‘ziga xos

murakkablik tomonlari borki, unda tarjimon faqatgina so‘zma-so‘z tarjima
qilibgina qolmay, ulardagi ohangdorlik, badiiy san’atlar, ayniqsa muallif
ko‘zlagan maqsad – g‘oyani boshqa bir tilda aks ettira olishi kerak.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

106

Hasan al-Basriy hikmatlarining o‘zbekcha tarjimalari ham tarjimaning

yorqin namunalaridan hisoblanadi. Uning hikmatlari arab tilida bitilgan. Ushbu
hikmatlarda diniy, ilmiy, chuqur falsafiy g‘oyalar o‘rin olgan.

Albatta, Hasan al-Basriy kabi ko‘plab buyuk bobokalonlarimizning ilmiy

merosini o‘rganish biz yosh avlodning oldimizdagi muhim vazifalardan
hisoblanadi. Hasan al-Basriy ilmiy merosini o‘rganar ekanmiz, uning hikmatlari
namunalari mumtozarab adabiyotida, balki butunjahon tarjimashunoslik
sohasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida biz Hasan al-Basriyning ayrim
hikmatlari tarjimalarini ko‘rib o‘tamiz:

الله همحر يرصبلا نسحلا لاق

:

ةمحرلا لزنت ىتم نورْدت لا مكّنإف ،رافغتسلاا نم اورِثكأ

.

Hasan Basriy rohimahulloh aytadilarki: “Istig‘forni ko‘paytiring. Zero sizlar

Allohning rahmati qachon nozil bo‘lishini bilmaysizlar”.

Demak bu hikmatda ko ‘rishimiz mumkinki Hasan basriy ko‘proq

istig‘forni ko‘paytirishga da’vat qilyapti

.كلمح ام دلابلا ريخ

Eng yaxshi mamlakat sen yashayotgan joydir.(Ya’ni seni ko‘tarib turgan)

.رانلا نم هتبقر قتعت ىتح هرطق هعومد نم رطقت لا الله ةيشخ نم يكابلا نأ انغلب

O‘rgandikki, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan odam bo‘yni olovdan

qutulmaguncha ko‘z yoshlaridan bir tomchi ham to‘kilmaydi.

.بونذلا نم بنذ لمع لاب ةنجلا بلط

Hech bir ish qilmasdan jannatni izlash gunohdir.

.توملا لاإ هيف نيقي لا كشب هبشأ هيف كش لا ًانيقي تيأر ام

Men ko'rgan narsa shubha yo'q bo'lgan aniqlikdir, ko'proq shubhaga

o'xshaydi, unda o‘limdan boshqa hech narsa yo'q.

.ءيش لك نم الله هفاخأ سانلا فاخ نمو ،ءيش لك هنم الله فاخأ الله فاخ نم

Kim Allohdan qo'rqsa, Alloh undan hamma narsadan qo'rqadi, kim

odamlardan qo'rqsa, Alloh ham undan qo'rqadi.

.مهمصعل هيلع او ّزع ولو هوصعف هيلع اوناه

Unga yengillik qildilar, lekin itoatsizlik qildilar va agar unga nisbatan

qattiqqo‘llik qilsalar, itoatsiz bo‘lar edilar.

.ةملظلا نم بتك نايبصلا نيب ملعملا لدعي مل اذإ

Agar o'qituvchi o'g'il bolalarga teng munosabatda bo'lmasa, u zulmatdan

yoziladi.

مهردلا ةملأا هذه منصو ،نثو ةمأ لكل

انيدلاو

ر

.

Har bir xalqning buti bor, bu xalqning buti dirham va dinordir.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

107

Hasan Basriyning o‘zbek tiliga tarjima qilingan nutqlari ma’nosi arab

tilidagi asliyati bilan juda yaqin. Tarjimashunos olim, filologiya fanalari nomzodi
Ergash Ochilov tarjima xususida ushbu fikrlarni keltiradi: “Muayyan olingan asar
bir necha tarjimalarining paydo bo‘lishi badiiy tarjima amaliyotida ijobiy hodisa
hisoblanadi.”. Tarjima nazariyasidan bizga ma’lumki, bir tildan boshqa tilga
tarjimani amalga oshirishda tillar bilan bir qatorda xalqlar o‘rtasidagi
mushtaraklik ham muhim rol o‘ynaydi.

Hasan Basriy nutqlarining o‘zbekcha tarjimalari asliyatga yaqinligi ham

aynan Sharq an’analari, umumiyliklari va albatta asrlar davomida saqlanib
kelayotgan turkiy tilli va arabiy xalqlar o‘rtasidagi mushtaraklikdadir. Qolaversa,
butun arab va ajam xalqlarini birlashtirgan muqaddas islom dinining, Qur’oni
karimning, hadisi shariflarning ham o‘rni beqiyosdir. Zero shunday buyuk
allomalar o‘z asarlari, nutqlari, hikmatlari orqali asrlar davomida shu din
ahkomlarini musulmon ahliga yetkazish uchun xizmat qilganlar va hozirda bu
asarlar xalqqa xizmat qilib kelmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Hasan Basriy nutqlari va hikmatlari
tarjimada ham mukammal ma’no aks eta oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov I.A. “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy

merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi
xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi so‘zlagan nutqi// Toshkent
oqshomi-2014-y 16-may, 1-bet.
2.

Гранде Б.М. Курс арабской грамматики в сравнително ­ историческом

освещении. ­М.: “Восточная литература” РАН, 1998. – 592 с.
3.

https://mawdoo3.com/

4.

Саломов Ғ. Тил ва таржима Т. 1966

Библиографические ссылки

Karimov I.A. “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi so‘zlagan nutqi// Toshkent oqshomi-2014-y 16-may, 1-bet.

Гранде Б.М. Курс арабской грамматики в сравнително ­ историческом освещении. ­М.: “Восточная литература” РАН, 1998. – 592 с.

Саломов Ғ. Тил ва таржима Т. 1966