ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
HUQUQBUZARLIKLAR VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI CHORA-
TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Usmonova Naima Toxir qizi
O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi Doktaranturasi
mustaqil izlanuvchisi katta leytenant
Tel: 99890 182 66 49
https://doi.org/10.5281/zenodo.13358299
Annotatsiya:
Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining
oldini olishda viktimologik profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishni
takomillashtirish haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar:
Voyaga yetmagan, chora-tadbir, jinoyatchilik, viktimologik
profilaktika, maxsus tadbir, kriminologik tavsif.
Аннотация:
В данной статье говорится о совершенствовании
разработки виктимологических профилактических мер в профилактике
преступности несовершеннолетних..
Ключевые слова:
Несовершеннолетний, мера, преступление,
виктимологическая
профилактика,
специальное
событие,
криминологическая характеристика.
Abstract:
This article talks about improving the development of
victimological preventive measures in the prevention of juvenile delinquency.
Key words:
Juvenile, measure, crime, victimological prevention, special
event, criminological description.
Mavzuning dilzarbligi:
O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni
1
tahlili huquqbuzarliklar profilaktikasi turlari
orasida boshqa profilaktika chora-tadbirlari singari viktimologik profilaktika
doirasida ham “viktimologik profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish”
nazarda tutilganligini ko‘rsatmoqda (43-moddasi. 1-q.). Shu boisdan,
viktimologik profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish
huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasining negizini tashkil etadi.
Chunki, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuni
2
ning 43-moddasida “Huquqbuzarliklarning viktimologik
profilaktikasi tushunchasi-huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga
oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan
jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika chora-
1
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-son
Qonuni // URL:
https://www.lex.uz/docs/2387357
(05.06.2021 y.da murojaat qilingan).
2
O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-371-son
Qonuni // URL:
https://www.lex.uz/docs/2387357
(05.06.2021 y.da murojaat qilingan).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyati huquqbuzarliklarning viktimologik
profilaktikasidir.” deb ta’rif berilgan. Shuningdek ushbu qonunning 44-
moddasida bevosita huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-
tadbirlari ko’rsatilib o’tilgan va u quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
-huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga nisbatan shaxsning individual va
ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olingan holda profilaktika tadbirlarini
o‘tkazish;
-aholiga, shu jumladan huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarga shaxslar
o‘rtasidagi nizolarni hal etish usullarini o‘rgatish;
-huquqbuzarliklardan jabrlanuvchilarni aniqlash va himoya qilish bo‘yicha
chora-tadbirlarni ko‘rish;
-huquqbuzarliklardan
jabrlanuvchilarga
yordam
ko‘rsatuvchi
ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etish;
-huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va psixologik xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
amalga oshirish, uni qonunda nazarda tutilgan o‘zini o‘zi mudofaa qilish usullari
va vositalari to‘g‘risida xabardor qilish;
-g‘ayriijtimoiy
xulq-atvor
nisbatan
tez-tez
kuzatiladigan
yoki
huquqbuzarliklar tez-tez sodir bo‘lib turadigan joylarni (hududlarni) muntazam
ravishda nazorat qilish;
-hujum qilingan taqdirda zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat haqidagi
ma’lumotlarni keng tarqatish yo‘li bilan aholiga huquqiy tarbiya va ta’lim berish;
-g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir
etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot olish maqsadida huquqbuzarliklar
profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ yoki muassasa huzurida
ishonch, tezkor aloqa telefonlarini, qutqaruv xizmatlarini tashkil etish;
-profilaktika
dasturlari
va
tadbirlari
loyihalarining
ommaviy
muhokamalarini tashkil etish, ularni amalga oshirish jarayonida muammolar va
kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida jahon Internet axborot
tarmog‘ida veb-saytlar, bloglar, chatlar tashkil qilish;
-huquqbuzarliklar profilaktikasining zamonaviy usullari to‘g‘risida
elektron adabiyotlarni tarqatish.
Huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi qonunchilikka muvofiq
boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
3
3
https://lex.uz/docs/-2387357#-2387712
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
Ta’rifning mazmuniga e’tibor qaratilsa, unda huquqbuzarliklarning
viktimologik profilaktikasi “...Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga
oshiruvchi organ yoki muassasaning muayyan shaxsning huquqbuzarlikdan
jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika
chora-tadbirlarini qo‘llashga doir faoliyati” ekanligiga urg‘u berilgan, ammo qay
tarzda viktimologik chora tadbirlarni amalga oshirish haqida yoritilib
berilmagan. E’tiborli tomoni shundaki, masalaning ushbu jihatiga ilmiy
adabiyotlarda ham, normativ huquqiy hujjatlarda ham yetarlicha aniqlik
kiritilmagan.
Maxsus kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish huquqbuzarliklarning
viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari tizimida ham keltirib o‘tilgan bo‘lsa-da,
ammo ushbu chora-tadbir huquqbuzarlikdan jabrlanuvchining jismoniy va
psixologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bu esa maxsus profilaktikasi faqat
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil va huquqbuzar
shaxslar emas, balki huquqbuzarliklardan jabrlanish ehtimoli (viktimligi) yuqori
bo‘lgan va jabrlangan shaxslar toifalari bilan ham o‘tkazilishi lozimligi bo‘yicha
taklifni yana bir bor asoslaydi.
Qonuni qo‘llash amaliyotida ham, ilmiy adabiyotlar va normativ-huquqiy
hujjatlarda ham viktimologik profilaktika chora-tadbirlar tushunchasi,
viktimologik profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish asoslari, tartibi va uni
ishlab chiquvchi sub’ektlarga doir masalalar ochiqligicha qolmoqda. Chunki,
ilmiy adabiyotlar, qonun va qonunosti hujjatlarda “viktimologik profilaktika
chora-tadbirlarni ishlab chiqish” haqida so‘z yuritilgan bo‘lsa-da, ammo
viktimologik profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish asoslari, taktik
jihatlari, huquqiy mexanizmi, viktimologik profilaktika chora-tadbirlarni ishlab
chiqishga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotlar kuzatilmaydi.
Ayrim turdagi jinoyat yoki ayrim toifadagi jinoyatchi shaxslarni tadqiq
etishga bag‘ishlangan ilmiy ishlanmalarda viktimologik profilaktika chora-
tadbirlarni ishlab chiqishning ayrim jihatlariga to‘xtalib o‘tilganligini kuzatish
mumkin.
Chunonchi, professor I. Ismailov voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va
huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston
internet tarmog‘ida “bolalar portali”ni yaratish, voyaga yetmaganlarning jahon
internet tarmog‘idan foydalanishining alohida tartibini joriy etish, voyaga
yetmaganlarga internetdan foydalanish xizmatini ko‘rsatuvchi sub’ektlarning
ushbu tartibga rioya etishlarini ta’minlash, shu jumladan oilaviy kompyuter
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
orqali internetdan foydalanish uchun ota-onaning mas’uliyatini oshirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish zarur”
4
, deb hisoblaydi.
I.Yu. Fazilovning fikricha, odam savdosining tuzilishiga qarab unga qarshi
kurashda asosiy zarbani uning qaysi turiga qaratish kerakligi aniqlanadi. Bu esa,
odam savdosi profilaktikasining samarali choralarini ishlab chiqish hamda
jinoyat-huquqiy choralarni qo‘llashni tabaqalashtirish imkonini beradi
5
.
Ba’zi olimlar esa huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasiga doir
chora-tadbirlarni faqatgina amalga oshirilishiga urg‘u berib, ushbu chora-
tadbirlarning ishlab chiqilishi bilan bog‘liq masalani e’tibordan chetda
qoldirishgan.
Buni
Sh.R.
G‘ofurov
uyushmagan
yoshlar
o‘rtasida
huquqbuzarliklar profilaktikasi muammolari yuzasidan amalga oshirgan ilmiy
tadqiqot ishida “uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi”
tushunchasiga nisbatan “huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’ektlarining
uyushmagan yoshlarda qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday
ko‘rinishlariga murosasizlik munosabatini shakllantirish, uyushmagan yoshlar
o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilish sabablari va
ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish,
huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, uyushmagan
yoshlarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanish xavfini kamaytirishga
yo‘naltirilgan profilaktik ta’sir chora-tadbirlarini amalga oshirish faoliyati”
6
mazmunida bergan ta’rifida ham ko‘rish mumkin.
Q.R. Abdurasulova iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning oldini olishga ijtimoiy
boshqaruvning ajralmas qismi sifatida qarab, huquqbuzar shaxsini tuzatish va
jinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratuvchi holatlarga barham berishda
iqtisodiy, tashkiliy-ishlab chiqarish, texnik, huquqiy, tarbiyaviy choralar
tizimining
amalga
oshirilishini
e’tirof
etadi
7
.
Ushbu
yondashuv
huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi chora-tadbirlari mazmuni
bo‘yicha muayyan guruhlarga tasniflanadi deb xulosa qilishga asos yaratadi.
4
Ismailov I. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va profilaktikasi // Kriminologiya.
Maxsus qism: Darslik / Mualliflar jamoasi. — T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. — B. 26.
5
Fazilov I.Yu. Odam savdosiga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari: yurid. fan. dokt. ...
dis. — T., 2016. — 200 b.
6
G‘ofurov Sh.R. Uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish (Ichki ishlar
organlari faoliyati misolida): Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – T., 2019. – B.
56.
7
Abdurasulova Q.R. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatchilikning kriminologik tavsifi va profilaktikasi //
Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik / Mualliflar jamoasi. — T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. —
B. 234.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
98
Olimlar tomonidan muayyan turdagi huquqbuzarliklarning viktimologik
profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish samaradorligini oshirish
yuzasidan quyidagi mazmundagi turlicha yondashuvlar ilgari surilgan:
Alkogolizm, fohishalik va giyohvandlikning jinoyatchilik bilan aloqadorligi,
ularning kriminologik xususiyatlari va oldini olish masalalarini tadqiq etgan
M.Q.O‘razaliyev, giyohvandlikning oldini olish borasidagi xorijiy mamlakatlar
tajribasi va mamlakatimizda bu boradagi amaliyotni tadqiq etish giyohvandlik
muammosini bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralarni tegishli tashkiliy-
boshqaruvsiz, kadrlar va moliyaviy ta’minotsiz amalga oshirib bo‘lmasligi haqida
xulosa qilgan va ushbu samaradorlikni yanada oshirish uchun qator
tashkiliy-boshqaruv va kadrlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqqan
8
.
A.G. Zakirova rashk tufayli sodir qilgan jinoyatlari uchun jazoni o‘tab
qaytgan shaxslarning hayotga qayta moslashishi qiyin kechishini, ularning fe’liga
xos xususiyatlarni, ularning takroran jinoyat sodir etishlari ehtimoli yuqorligini
inobatga olib, qamoqdan keyingi profilaktikaga e’tiborni kuchaytirish
9
deb
hisoblaydi.
Q.R. Abdurasulova ayollar jinoyatchiligining oldini olishga qaratilgan
maxsus choralarni ishlab chiqishda amaldagi va tayyorlanayotgan qonun
hujjatlarini kriminologik ekspertizadan o‘kazish, ayollar jinoyatchiligini
profilaktika qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda uning mintaqaviy
xususiyatlarini e’tiborga olish lozimligini ta’kidlaydi
10
.
M.Q.O‘razaliyev fohishalik darajasini pasaytirish uning ijtimoiy-iqtisodiy,
axloqiy-psixologik, huquqiy va boshqa omillariga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan
ta’minlanishi mumkin, degan g‘oyani ilgari surgan. Bu orqali voyaga yetmagan
yoshlar o’rtasida endi kurtak ochayotgan ushbu turdagi g’ayriijtimoiy
qilmishlarni sodir etilishi va jabrlanuvchi bo’lish ehtimolini oldini olishga
qaratilganligni ko’rish mumkin.
8
O‘razaliev M.Q. Alkogolizm, fohishalik va giyohvandlikning jinoyatchilik bilan aloqadorligi, ularning
kriminologik xususiyatlari va oldini olishni takomillashtirish: Yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. –
T., 2016. – B. 19.
9
Zakirova A.G. Rashk tufayli sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurash muammolari (jinoyat-huquqiy,
kriminologik va viktimologik jihatlar): Yuridik fanlar doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – T., 2004. – B. 25. (41)
10
Abdurasulova Q.R. Ayollar jinoyatchiligining jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolari: Yuridik fanlar
doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – T., 2006. – B. 28-29. (42)
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
99
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar
profilaktikasi
to‘g‘risida»gi
O‘RQ-371-son
Qonuni
//
URL:
https://www.lex.uz/docs/2387357 (05.06.2021 y.da murojaat qilingan).
2. Ismailov I. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va
profilaktikasi // Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik / Mualliflar jamoasi. — T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. — B. 26.
3. Fazilov I.Yu. Odam savdosiga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy va
kriminologik jihatlari: yurid. fan. dokt. ... dis. — T., 2016. — 200 b.
4. G‘ofurov Sh.R. Uyushmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar
profilaktikasini takomillashtirish (Ichki ishlar organlari faoliyati misolida):
Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – T.,
2019. – B. 56.
5. Abdurasulova Q.R. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatchilikning kriminologik
tavsifi va profilaktikasi // Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik / Mualliflar
jamoasi. — T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. — B. 234