ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
68
O‘ZBEKISTON TRANSPORT VA LAGISTIKA SOHASIDAGI DOLZARB
MASALALAR, TAKLIFLAR VA ULARNING TEXNIK YECHIMLARI
TAHLILI
Jonibek Mengliqulov Ramazon o‘g‘li
Talaba
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti (QarMII)
Qarshi, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.13352932
Abstract:
In this article, the introduction of the field of logistics to our country, its
importance, a number of problems arising in the process of development and
detailed solutions to them are mentioned. In addition, the logistics potential of
Uzbekistan has been extensively analyzed based on statistics.
Keywords:
logistics, export-import, foreign trade, transit, multimodal and
intermodal transportation, transport infrastructure.
Абстрактный:
В данной статье упоминается внедрение сферы логистики в нашу
страну, ее значение, ряд проблем, возникающих в процессе развития, и
подробные решения их. Кроме того, логистический потенциал
Узбекистана тщательно проанализирован на основе статистики.
Ключевые слова:
логистика, экспорт-импорт, внешняя торговля,
транзит, мультимодальные и интермодальные перевозки, транспортная
инфраструктура.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizga lagistika sohasining kirib kelishi, uning
ahamiyati, rivojlanish jarayonida yuzaga kelayotgan bir qator muammolar va
ularga atroflicha yechimlar keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari O‘zbekistonning
lagistik salohiyati statistikalar asosida keng ko‘lamda tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
lagistika, eksport-import, tashqi savdo, tranzit, multimodal
va intermodal tashishlar, transport infratuzilmasi.
Bugungi rivojlangan davrda aholi turmush tarzini yaxshilash va ularga
qulay sharoit yaratish maqsadida kundalik hayotimizga turli xil yangidan-yangi
sohalar kirib kelmoqda. Bular qatoriga zamonaviy sohalardan biri bo‘lgan
lagistika sohasini qo‘shishimiz mumkin. Ya’ni barcha turdagi mahsulotlarni
ishlab chiqarishdan sotishgacha, hamda xaridorlarga tez va sifatli yetkazib
berish jarayonlari umumiy holda lagistika xizmatlari deb yuritiladi. Oldingi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
69
vaqtlarda lagistika xizmatlari haqida so‘z borganda, faqatgina mahsulotlarning
harakatlanish jarayonini nazorat qilish tushinilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib
lagistika bir qancha xizmatlarni o‘zida jamlagan holda keng ko‘lamli alohida
sohaga aylandi.
Asosiy qism.
Shubhasiz lagistika xizmatlarining asosini transport
xizmatlari tashkil etadi. Xalqaro transport xizmatlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan
usul dengiz transportidir. Biroq avtomobil transporti boshqa transport
xizmatlaridan ajralib turadi. U mahsulotlarni yig‘ish va belgilangan manzilgacha
yetkazib berish, kichik hajmdagi yuklarni tashishda qulay imkoniyat yaratadi.
Bulardan tashqari xalqaro va mahalliy yuklarni tashishda temir yo‘l
transportidan ham faydalaniladi. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra,
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha turdagi transportlar tomonidan
63,0 mln.tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga
nisbatan 97,9 % ni tashkil qilgan. Shu bilan birga yuk aylanmasi 3 898,3 mln.tn-
km iborat. 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga nisbatan 109,9 %ni tashkil
etgan.
(1-jadval)
Mamlakatimizning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va savdo hajmini
oshirish uchun lagistika sohasi mamlakat bozorlarini rivojlantirishning muhim
omili sanaladi. Eksport va import yuklarining uzluksiz lagistikasini tashkil etish,
bu borada lagistik markazlar sonini ko‘paytirish va qulay sharoit yaratish
kelgusida amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan vazifalar sirasiga kiradi. Xususan,
Transport vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashkilot savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev
rahbarligida transport va lagistikada xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bilan
uchrashuv tashkil etildi[1]. Uchrashuvda eksport-import, ishlab chiqarish, ishlab
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
70
chiqarishda yuzaga kelgan muammolar, eksport bozorlariga olib chiqishda
aviatashuvchilar, temir yoʻl va avtomobil transporti kompaniyalari oldida turgan
muammoli masala va takliflar har tomonlama koʻrib chiqildi. Umuman olganda
yangi kirib kelgan har bitta soha borki, dastlabki rivojlanish bosqichida u bir
qator to‘siqlarga duch kelishi tabiiy. Bu jarayon ma’lum vaqt talab etadi va uning
yechimlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. So‘z isboti sifatida muhtaram
Prezidentimizning 2019-yil 1-fevralda imzolagan “Transport sohasida davlat
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5647-sonli farmonini aytishimiz mumkin[2].
Materiallar va metodlar:
Transport va lagistika sohasi O‘zbekistonning
tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va tashqi savdo hajmini oshirishda
katta ahamiyatga ega:
1.
Tranzitning mamlakat sifatidagi salohiyati
: O‘zbekiston tranzit oqimlar
nuqtai nazaridan yaxshi joylashuvga ega. Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa
bozorlarini birlashtiradigan tarixiy ipak yo‘li aynan u orqali o‘tadi.
Statistikalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, O‘zbekistonning tashqi savdo
aylanmasi ulushi bo‘yicha Rossiya va Xitoy peshqadam hisoblanadi[3]. Keyingi
o‘rinlarda Qozog‘iston va Turkiya mamlakatlari turadi. Ya’niki, O‘zbekiston
tashqi savdo aylanmasi yuqoridagi malakatlar bilan savdo aloqalarini amalga
oshirish uchun qulay geografik hudud hisoblanadi.
2.
Transport samaradorligi
: O‘zbekiston yaxshi temir yo‘l tizimiga ega va
uni yanada takomillashtirish imkoniyati bor. Mehnat samaradorligini
Qozog‘iston kabi qo‘shnilar darajasigacha yoki undan ham yuqoriroq darajada
yaxshilanishi mumkin.
3.
Exportni yo‘lga qo‘yish muammolari:
O‘zbekiston kishi boshiga meva
yetishtirish bo‘yicha yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi, ammo eksportni
yo‘lga qo‘yish muammo bo‘lib qolmoqda. Yuk tashish sohasida transport
samaradorligini oshirish va temir yo‘l tashuvlari bozorini muntazam ochish
kerak.
4.
Transport-Lagistika xaridorlari
: O‘zbekistonning transport-lagistika
xaridorlari yaxshi imkoniyatlarga ega. Bu xaridorlar orqali transport vositalari
eksport mahsulotlarini jahon bozoriga yetkazadi. Shuningdek, mahalliy
transport bog‘lamasi va mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi bog‘lamalarga e’tibor
qaratish kerak.
Yana bir statistikaga qaraydigan bo‘lsak, Jahon banki tomonidan 2018 yilda
chop etilgan “Lagistika samaradorligi hisoboti”da O‘zbekiston 160 davlat orasida
99-o‘rinni egalladi. Hisobotni ishlab chiqishda bojxona samaradorligi, transport
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
71
infratuzilmasi sifati, xalqaro tashilmalarni tashkil qilish osonligi, soha
mutaxassislarining bilim va salohiyati, yuklarni kuzatish imkoniyati va yuklarni
o‘z vaqtida yetkazish darajasi kabi me’zonlar hisobga olingan[4]. Lagistika
sohasi O‘zbekistonga yaqin yillarda kirib kelganini hisobga oladigan bo‘lsak bu
ko‘rsatkich yomon emas, biroq yurtimizning “Buyuk ipak yo‘li” chorrahasida
joylashganidan va iqtisodiy salohiyatlaridan kelib chiqib aytishimiz mumkinki,
bizda lagistika samaradorligi reytingida yuqoriroq o‘rinni egallsh, transport va
lagistika sohasini yanada takomillashtirish imkoniyati mavjud.
Xulosa:
O‘zbekistonda
lagistika
va
transport
infratuzilmalarini
rivojlantirish uchun quyidagi yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish mumkin:
Lagistika klasterlarini yaratish: G‘alaba (O‘zbekiston) va Peshovar
(Pokiston) stansiyalari o‘rtasida lagistika klasterlarini yaratish, shuningdek,
Qashqar (Xitoy) va Andijon stansiyalari o’rtasida intermodal tashishlarni tashkil
etish lozim. Bu, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali transportni
optimallashtirishga yordam beradi[5].
Harakatlar Strategiyasi: O‘zbekiston harakatlar strategiyasida lagistika
sohasini jadal rivojlantirish, transport xizmatini tubdan yaxshilash, yuk va
yo‘lovchi tashish faoliyatini takomillashtirish, ularning xavfsizligini oshirish,
mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish va boshqarish tizimini
raqamlashtirish usullarini joriy etish maqsadga muvofiq belgilangan[6].
Bu yo‘nalishlar O‘zbekistonda lagistika va transport sohasini rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimiz
iqtisodiyotini kuchaytirishga yordam beradi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
https://mintrans.uz/news/transport-va-logistika-sohasidagi-dolzarb-
masalalar-muhokama-etildi
2.
“Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-sonli Prezident farmoni.
3.
https://kun.uz/news/2018/04/13/taski-savdo-bujica-uzbekistonning-
eng-katta-amkorlari-kajsi-davlatlar-
statistika?q=%2Fuz%2Fnews%2F2018%2F04%2F13%2Ftaski-savdo-bujica-
uzbekistonning-eng-katta-amkorlari-kajsi-davlatlar-statistika
4.
https://www.gazeta.uz/oz/2019/05/31/logistics/
5.
https://kun.uz/uz/news/2021/03/26/ozbekistonda-transport-tizimini-
rivojlantirish-uchun-nimalar-qilish-kerak-soha-eksperti-oz-takliflarini-bildirdi
6.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
72
7.
Mengliqulov J. ADVANTAGES AND DEVELOPMENT PROGRESS OF
MODERN ELECTRIC CARS//Vol. 2 No. 07 (2023):ResearchJet Journal of Analysis
and Inventions. 46-48.
8.
Jurayev B.B., Mengliqulov J.R AVTOMOBIL TRANSPORTI –ATROF-MUHIT
IFLOSLANISHIDAGI ASOSIY MANBA: MUAMMOLAR, SABABLAR VA
YECHIMLAR//Vol. 2 No. 2 (2023): Educational Research in Universal Sciences.
583-586.