Авторы

  • Lola Avliyoqulova
    Buxoro davlat universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.50180

Ключевые слова:

psixolog nutqi til va din diniy assotsiativ birliklar milliy-madaniy qarashlar ruh qalb ong Alloh

Аннотация

Ushbu maqolada asosan, psixolingvistikaga oid masalalar, xususan, psixologlar nutqida uchraydigan diniy assotsiativ birliklarning aks etishi masalasi yoritilgan. Mavzuni yoritishda aniq xulosalarga erishish maqsadida ingliz va o’zbek psixologlari nutqi o’zaro qiyoslandi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

190

PSIXOLOGLAR NUTQIDA DINIY ASSOTSIATIV BIRLIKLARNING

IFODALANISHI

Avliyoqulova Lola Bebutovna

Buxoro davlat universiteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12578134

Annotatsiya:

Ushbu maqolada asosan, psixolingvistikaga oid masalalar,

xususan, psixologlar nutqida uchraydigan diniy assotsiativ birliklarning aks
etishi masalasi yoritilgan. Mavzuni yoritishda aniq xulosalarga erishish
maqsadida ingliz va o’zbek psixologlari nutqi o’zaro qiyoslandi

.

Kalit so’zlar:

psixolog nutqi, til va din, diniy assotsiativ birliklar, milliy-

madaniy qarashlar, ruh, qalb, ong, Alloh

Aннотация:

В данной статье освещаются вопросы, связанные с

психолингвистикой в частности, отражение религиозных ассоциативных
единиц, встречающихся в речи психологов. Выступления английских и
узбекских психологов сравнивались друг с другом, чтобы прийти к
однозначным выводам по теме.

Ключевые слова:

Речь психолога, язык и религия, религиозные

ассоциативные единицы, национально-культурные воззрения, дух, душа,
разум, бог.

Annotation:

In this article, the issues related to psycholinguistics, in

particular, the reflection of religious associative units found in the speech of
psychologists, are covered. The speeches of English and Uzbek psychologists
were compared to each other in order to reach clear conclusions about the topic.

Keywords:

psychologist speech, language and religion, religious associative

units, national-cultural views, spirit, soul, mind, god

"Psixologiya" soʻzi yunon tilidan olingan boʻlib, "ruh, qalb, ong haqidagi
taʼlimot" degan maʼnoni anglatadi. "Ruh", "qalb" birliklari esa diniy dunyo
manzarasining markaziy tushunchalarini ifodalaydi

1

. Til inson hayotining turli

tomonlarini aks ettiradi, shu jumladan, diniy hayotni ham. Til va din ikki
madaniy hodisa sifatida chambarchas bogʻliqdir. Zero, "Til dinni, din esa tilni
yaratadi"
(Gao chiang jiang). Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, psixologlar
nutqida diniy eʼtiqod bilan bogʻliq tushuncha ifodalovchi birliklarning
qoʻllanishiga milliy madaniyatni aks ettiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Bu
jihat, asosan, ingliz psixologlari nutqi bilan solishtirish jarayonida oʻzini
koʻrsatdi. Shu oʻrinda xalqimiz iymon-eʼtiqodi kuchli xalq sifatida nafaqat oʻz

1

Sheraliyeva Sh. Diniy frazeologik birliklar madaniyatlararo aloqa vositasi sifatida. Maqola. – Toshkent: Eurasian

journal of academic research – innovative academy, 2022. B. 4-7


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

191

milliy-madaniy qadryatlarini, balki butun bir hayot tarzini shu eʼtiqod asosida
barpo etgan deyishimiz mumkin. Oliy toifali psixolog, professor Shoira
Isoqovaning aytishicha, "Insonning ruhiga boʻlgan hujm uning eʼtiqodini yoʻqqa
chiqarish bilan barobar". Eʼtiqodning yoʻqolishi esa umrning tugashidir.

"Sevgi aslida, Allohning bizga boʻlgan mehridir. Inson toki shu ishqning
tajallilarini topmaguncha haqiqiy muhabbat nima ekanini anglamaydi. Yaʼni,
tajalli degani uning aksi. Ruhimiz bu sevgini (Allohning sevgisini) taniydi. Shuning
uchun ham ruhimiz uning sevgisini tajallilardan izlaydi".

Psixolog Muxtazar Nazarovaning "Siz muhabbatni kimdan kutasiz?" deb
nomlangan maʼruzasidan olingan ushbu parchadagi ajratilgan oʻrinlarga diqqat
qaratamiz. Unda

Alloh, tajalli, Allohning sevgisi, ruh

kabi birliklar tinglovchi

psixikasiga nutq mazmunini kuchli va oson yetkazishi bilan birga, uning
eʼtiqodini mustahkamlash va bu orqali ruhini davolash kabi funksiyalarni
bajarishga xizmat qiladi. Chunki, inson muayyan mavzuga qaratilgan nutqni
tinglash va uni idrok etish jarayonida unda nutq mazmuniga mos kayfiyat paydo
boʻladi. Bunga nutqdagi assotsiativ soʻzlar hosil qilgan reaksiya sabab boʻladi.
Agar psixolog nutqida diniy sohaga oid assotsiativ birliklar ishtiroki kuzatilsa,
demak, nutqni tinglovchilar auditoriyasida diniy sohaga oid assotsiatsiyani ham
belgilab beradi. Psixologlar nutqida diniy sohaga oid birliklarning ishtiroki
hodisasini ingliz psixologiyasi bilan chogʻishtirish asosida koʻrib chiqamiz. Butun
dunyoga mashhur "Sir" nomli ingliz psixologik filmi bilan koʻpchilik tanish boʻlsa
kerak. Quyida undan orzularga erishish va baxtga yetishning sirlari bayon
etilgan nutqdan bir parcha keltiramiz:

"Siz tan olasizmi, yoʻqmi, qonun qonunligicha qoladi, u sizning ishonchingizga
muhtoj emas, baribir ishlayveradi. Sizning orzularingiz va baxtingiz ham butun
olam tortishish qonuni asosida ishlaydi. Hozirgi ahvolingiz qanday boʻlishining
ahamiyati yoʻq. Agar istasangiz shu zahotiyoq oʻzingizni sogʻlom va baxtli,
badavlat his qilishingiz mumkin. Bu fikrning eng muhim va foydali jihati shundaki,
siz oʻzingizni hozirgi ahvolingiz qanday boʻlishidan qatʼi nazar sogʻlom, baxtli va
boy his qila boshlashingiz bilan, haqiqatdan ham shunday boʻlishni boshlaysiz.
Jarayon darhol ishga tushib ketadi".

Endi esa psixolog Muxtazar Nazarovaning "Men va baraka" nomi ostida
oʻtkazilgan ofline treningidan olingan parchaga diqqatingizni qaratamiz:

"Sizning muammoyingiz qanchalik katta boʻlmasin, undan chiqib ketish siz uchun
nechogʻlik mushkul boʻlmasin, shu narsani hech qachon esingizdan chiqarmangki,
bu muammolar, bu mushkulotlar yechimi Yaratgan uchun hech nima emas. Sizdan
talab etiladigani faqatgina Allohning koʻmagiga ishonish va hammasini unga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

192

tavakkal qilishdan iborat. Biz oʻz orzularimizga erishish, maqsadlarimizning
amalga oshishi, (eʼtibor bering, amalga oshirish demayapmiz) "amalga oshishi"
uchun qoʻlimizdan kelgan barcha sabablarni qilamiz, natijani esa bizga Alloh
beradi. Shunchaki hammasini Allohga tavakkal qilish, chunki uning sizning
hayotingiz xususidagi rejalari sizning rejalaringizdan yaxshi va buyukdir".

Yuqorida keltirilgan ikki psixologik maʼruza matniga diqqatli bo’lsak,

ikkala matnda ham bir xil mazmun va gʻoya ilgari surilayotganini sezishimiz
qiyin emas. Ammo, bunda bizga koʻrinib turgan birgina farq psixologlarning shu
mazmun-gʻoyani yetkazishda turli assotsiativ birliklardan foydalanganligidir.
Birinchi nutq matnidan farqli, ikkinchi nutqda ishtirok etgan

diniy assotsiativ

birliklar

majmuyi faqatgina psixologning emas, balki u mansub boʻlgan

millatning ham milliy-madaniy qarashlarini ifoda etishga va saqlashga xizmat
qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abuzalova M.K. Lingvistika va tibbiyot hamkorligi ijtimoiy zarurat sifatida.
Maqola. – Buxoro: “Soha lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot integratsyasining
muammolari, yechimlari hamda istiqbollari”xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya,
2021. – B.16-42
2. Adilova S. Tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasi. Maqola – Buxoro: “Soha
lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasining muammolari, yechimlari
hamda istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2021- B.37
3.Arziqulov R. Sog’lom turmush tarzi asoslari (Valeologiya) – Toshkent:
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi,2009
4. Белянин В.П. Основы психолингвистической диагностики (Модели мира
в литература).- М.: Тривола, 2000. – С. 137
5. Fitrat A. Tilimiz. Maqola. – Toshkent: Fan,1993. –B. 237-240
6. Fraisse P. La psycho-linguistique//Problems de psycho-linguistique. –Paris,
1965. – P.5

Библиографические ссылки

Abuzalova M.K. Lingvistika va tibbiyot hamkorligi ijtimoiy zarurat sifatida. Maqola. – Buxoro: “Soha lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot integratsyasining muammolari, yechimlari hamda istiqbollari”xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2021. – B.16-42

Adilova S. Tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasi. Maqola – Buxoro: “Soha lingvistikasi: tilshunoslik va tibbiyot integratsiyasining muammolari, yechimlari hamda istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2021- B.37

Arziqulov R. Sog’lom turmush tarzi asoslari (Valeologiya) – Toshkent: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi,2009

Белянин В.П. Основы психолингвистической диагностики (Модели мира в литература).- М.: Тривола, 2000. – С. 137

Fitrat A. Tilimiz. Maqola. – Toshkent: Fan,1993. –B. 237-240

Fraisse P. La psycho-linguistique//Problems de psycho-linguistique. –Paris, 1965. – P.5