ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
HARAKATLI O`YINLAR ORQALI SPORT ELEMENTLARINI
O`RGATISH
Madolimov Nodirjon Egamberdiyevich
Uchko’prik tumani 12-o’rta maktab
jismoniy tarbiya fani o’qituvch
https://doi.org/10.5281/zenodo.12542415
Pedagogik tadqiqot yordamida ishda ilgari surilgan farazlarning
haqqoniyligi tekshirildi. Ushbu tadqiqot kichik maktab yoshidagi bolalar bilan
umumta’lim maktablarida dars vaqtida bizning ishlanmalarimizga mos ravishda
tashkillashtirilgan jismoniy tarbiyani jadallashtirish jarayonining yangi
pedagogik texnologiyasi samaradorligini o‘rganish uslubi hisoblanadi. Jismoniy
tarbiyani tashkillashtirishning ushbu uslubiyatiga xos asosiy xususiyatlar
quyidagilardan iborat (1-rasm).
1-rasm. JT darslari jarayonini yakkakurash elementlari bo‘lgan
harakatli o‘yinlar yordamida tashkillashtirish usuliyatiga xos xususiyatlar.
Rekreasiya vositasi hisoblangan harakatli o‘yin qator sifatlarga ega bo‘lib,
unda o‘yin ishtirokchilarining his-tuyg‘uga boyligi muhim o‘rin egallaydi. His-
tuyg‘ular o‘yinda murakkab tavsifga ega. Bu o‘yinda mushaklar faoliyatidan,
Jismoniy tarbiya darslari jarayonini
yakkakurash elementlari bo‘lgan harakatli
o‘yinlar yordamida tashkillashtirish
usuliyatiga xos xususiyatlar
JT jarayonining o‘quvchi shaxsini
har tomonlama rivojlantirishga
yo‘naltirilganligi;
JT ning ijtimoiy qadriyatlarni har
bir shaxsning mulkiga aylantirish
mexanizmini ishga solish;
Mazmun harakatli o‘yinlarning har
xil turlari orqali taqdim etilgan.
Bunda har bir o‘quvchi o‘z
jismoniy qobiliyatlarini to‘liq
namoyon qila oldi va unda ishtirok
etishning istagan ijtimoiy turini
tanlay oldi;
Harakatli o‘yinlarni tashkillashtirish va
o‘tkazish asosiga o‘quvchilarning
psixofiziologik va yosh xususiyatlarini
hisobga olib darsni tuzish maqsadlari
qo‘yilgan edi;
Dars vaqtida JT mashg‘ulotlariga
majburiy qatnashtirish va jazolash
choralarining yo‘qligi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
tetiklik tuyg‘usidan, jamoali o‘yinda do‘stona muloqotda bo‘lish imkoniyatidan,
o‘yinda qo‘yilgan maqsadga erishishdan zavqlanish hamdir.
Harakatli o‘yin o‘yin faoliyatining shunday jihatlariga tegishliki, ularda
harakatlarning ahamiyati aniq ifodalanadi. Harakatli o‘yin uchun uning mavzusi,
g‘oyasi bilan asoslangan, ijodiy, faol harakatlar xos. Bu harakatlar qisman
qoidalar bilan chegaralanadi (umum qabul qilingan, boshqaruvchi yoki
o‘yinchilar tomonidan o‘rnatilgan) va qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida har xil
qiyinchiliklarni yengishga yo‘naltiriladi
1
.
Qat’iy me’yorlashtirilgan mashqlarga nisbatan harakatli o‘yinlarning
afzalligi shundaki, o‘yin hamma vaqt fikr bildirish, tasavvur, ijod bilan bog‘liq,
hissiy ko‘tarinki ruhda kechadi, harakat faolligini oshiradi. O‘yinda tabiiy
harakatlar ko‘pincha qiziqarli, erkin qo‘llaniladi.
Harakatli o‘yinlar, odatda, qatnashchilardan maxsus tayyorgarlikni talab
qilmaydi. Bitta harakatli o‘yin har xil sharoitlarda, ko‘p va kam sonli
ishtirokchilar bilan, har xil qoidalar bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
O‘yinni o‘tkazish bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi: o‘yinga
tayyorlanish, o‘yinning o‘zi, o‘yin muhokamasi va g‘oliblarni taqdirlash.
O‘yinga tayyorlanish - bu bosqich maktab o‘quvchilarining o‘yinda to‘laqonli
ishtiroki uchun yetarli bo‘lgan zaruriy harakatlarni shakllantirishga
yo‘naltirilgan, bu zaruriy o‘yin harakatlarining shakllanishini ta’minlovchi
tayyorlov mashqlaridir.
O‘yinning borishi va o‘yinchilar harakatini kuzatish. O‘yinni tushunib olish
va o‘yin vaqtida ishtirokchilarning o‘zini tutishi ko‘p darajada uni to‘g‘ri
boshqarishga bog‘liq. Har bir o‘yin obyektiv, his- tuyg‘uga berilmay hakamlik
qilishni talab etadi. Hakam hamma o‘yinchilarni ajrata oladigan va ularga halaqit
bermaydigan, kuzatish uchun qulay joy topishi kerak. O‘yinni uyushqoqlik bilan
va o‘z vaqtida boshlash zarur. O‘yin signal bo‘yicha boshlandi. Bolalar o‘yin
qoidalariga ongli ravishda amal qilishga o‘rgatildi. O‘yin jarayonida
ishtirokchilarning ijodiy g‘oyalari rivojlanishiga yordam berish lozim. Rahbar
bolalarni o‘yinga qiziqtirishi kerak. O‘yinchilar zimmasiga yuklangan vazifalar va
qoidalarning haqqoniy bajarilishiga, ongli intizomga erishish talab etiladi. Biz
qo‘llagan o‘yinlarimizni quyidagi sxema bo‘yicha tushuntirdik (2-rasm).
Harakatli o‘yinlarda har bir o‘yinchining imkoniyatlarini, uning o‘sha
paytdagi jismoniy holatini hisobga olish qiyin. Optimal yuklama bilan ta’minlash
kerak bo‘ladi. Shiddatli yuklamalarni dam olish bilan almashtirib turish kerak.
1
Usmonxo‘jayev T.S., Xo‘jayev F. «Haraktli o‘yinlar» o‘quv qo‘llanma, Toshkent, 1992
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
O‘yin nomi
O‘yinning tushuntirilishi (borishi)
O‘yin maqsadi
O‘yin qoidalari
O‘yinda o‘yinchilarning joylashuvi
O‘yinning taxminiy variantlari
2-rasm. Harakatli o‘yinlarni tushuntirish ketma-ketligi.
O‘yinning davomiyligi uning tavsifiga, shug‘ullanish sharoitlariga va
shug‘ullanuvchilar
tarkibiga
bog‘liq.
Boshqaruvchi
o‘yinni
bolalar
charchamasidanoq, ularning harakati faol va his-tuyg‘ularga boy bo‘lib turganida
tugatishi, o‘yinga qiziqish uyg‘otishi kerak
2
.
Biz yana shuni aniqladikki, mashg‘ulot jarayonida hal etiladigan vazifalar va
o‘yinning murakkabligiga bog‘liq holda, boshqaruvchi quyidagi jihatlarni
e’tiborga olishi kerak (6-rasm).
2
Xo‘jayev F. Raximkulov K.D., Nigmanov V.V. «Sport va harakatli o‘yinlar, o‘qitish uslubiyoti» o‘quv qo‘llanma,
Toshkent, TDPU, 2008
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
O‘yinni har xil usullar bilan boshqarish mumkin (3-rasm).
3-rasm. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlarni to‘g‘ri
tashkillashtirishga va o‘tkazishga yordam beruvchi usuliy yo‘llar
3
.
Jamoali harakatli o‘yinlarni tashkillashtirishda shuni esda tutish kerakki,
jamoalar kuchi taxminan teng bo‘lsa, bolalarga o‘ynash qiziq bo‘ladi. Shuning
uchun, jamoalarni tuzar ekan, pedagog o‘yinchilarning kuchlarini yetarlicha
yaxshi bilishi va iloji boricha uni qat’iy qarorlar bilan boshqarishi kerak. Bola-
larni erkin o‘yin faoliyatida maksimal darajada to‘qnashuv-larsiz usullar bilan
jamoalar tuzishga o‘rgatish zarur, masalan:
-
qatorda hisob o‘tkazish (o‘yinchilar tuzilgan jamoalar soniga bog‘liq holda
1-2- yoki 1-3- odamga hisob o‘tkazadilar;
-
sardorlar tanlovi bo‘yicha jamoalar tuzish (sardorlar navbat bilan o‘z
jamoasiga o‘yinchilarni chaqiradilar);
-
har qanday o‘yinda bir xil tarkibdagi o‘yinchilarning doimiy jamoalarini
tuzish va boshqalar.
O‘yin natijalarini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O‘yin oxirida
rahbar uning natijalarini e’lon qilishi zarur. O‘yin natijalarini qisqa va lo‘nda
qilib, haqqoniy, xech kimga yon bermasdan e’lon qilish kerak, bu bolalarni o‘z
harakatlarini to‘g‘ri baholashga o‘rgatadi. Natijalar e’lon qilinayotganda,
3
Xo‘jayev F. Rahimkulov K.D. «Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish uslubiyoti» Cho‘lpon nashriyoti, 2011
O‘yin
davomiyligini
qisqartirish
O‘tkazish
qoidalarini
murakkablashtirish
O‘yin
davomiyligini
oshirish
O‘tkazish
qoidalarini
soddalashtirish
METODIK
USULLAR
Rollarni almashtirish
(olib boruvchilarni)
Qoidalarni
o‘zgartirish
Maydon
o‘lchamini
o‘zgartirish
O‘yinchilar
sonini
o‘zgartirish
Tanaffuslar
kiritish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
harakatli o‘yinlarni o‘tkazish davomida ishtirokchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni
ko‘rsatgan holda tahlil o‘tkazish kerak.
4-rasm. Yakkakurash elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni o‘tkazish
bo‘yicha tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar
4
.
Shunday qilib, oddiy harakatli o`yinlar qisman sport o`yinlari bilan
almashtiriladi ayniqsa o`quvchilar bilan maktabdan tashqari sharoitda va
4
Xo‘jayev F. Raximkulov K.D., Nigmanov V.V. «Sport va harakatli o‘yinlar, o‘qitish uslubiyoti» o‘quv qo‘llanma,
Toshkent, TDPU, 2008
Yetakchi
Rahbar
ko‘rsatmasi bilan
Qur’a
bo‘yicha
Sanoqni qo‘llash
bilan
Qatnashchilar
tanlovi bo‘yicha
Guruhlarga
bo‘lish
Rahbar
ko‘rsatmasi bilan
Hisob bo‘yicha
(birinchi, ikkinchi)
Sardorlar
ko‘rsatmasi bilan
Bolalar hoxishi
bo‘yicha
Guruh sardorlarini
tanlash
O‘yin
qatnashchilari
tanlaydi
Rahbar
tanlaydi
Yordamchilarni
tanlash
O‘yinchilar
hoxishi bo‘yicha
Rahbar
ko‘rsatmasi
bilan
O‘yin
hakamligi
Haqqoniy
Qat’iy
Aniq
His-
hayajonsiz
O‘yin
yuklamalarining
miqdorlanishi
Bolalar sonini,
imkoniyatlarini
hisobga olib
O‘yin
harakatchanligiga
bog‘liq holda
O‘yin o‘tkazilayotgan
darsning qismiga
bog‘liq
O‘yin turlari
O‘yin davomiyligini
o‘zgartirish
O‘yin mazmunini
takrorlash sonini
o‘zgartirish
Maydon o‘lchamlarini
kichraytirish yoki katta-
lashtirish
Har xil o‘lchamdagi
inventarlarni qo‘llash
O‘yin qoida
-larini
sodda-lashtirish yoki
murakkablashtirish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
136
sinfdan tashqari vaqtda o`tkaziladi, chunki o`yinchilarni soniga qarab
chegaralangan o`yin qoidalari va uni o`tkazish uchun ko`p vaqt talab qilinadi.
Darsda ularni o`tkazish qa'tiy bo`ladi. Agarda u o`tkaziladigan bo`lsa unda
soddalashtirilgan qoidalar bo`yicha o`tkaziladi. Harakatli o`yinlar bo`yicha
to`siqlardan oshib o`tish bilan estafeta, kurash, uloqtirish, sakrash, tirmashib
chiqish va oshib o`tish bilan shuningdek yarim sport o`yinlari bo`yicha
musobaqalar keng qo`llaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori: «O`zbekistonda
jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida».
(27 may, 1999 yil, № 271). qq «Sport» gazetasi, 28 may, 1999.
2.
O`zbekiston Respublikasining Qonuni: «Jismoniy tarbiya va sport
to`g`risida». (Yangi tahriri, 27 iyun, 2000 yil). qq «Sport» gazetasi, 28
3.
Usmonxo‘jayev T.S., Xo‘jayev F. «Haraktli o‘yinlar» o‘quv qo‘llanma,
Toshkent, 1992
4.
Usmonxo‘jayev T.S. Meliyev X. «Milliy harakatli o‘yinlar» o‘quv qo‘llanma,
Toshkent, 2000
5.
Xo‘jayev F. Raximkulov K.D., Nigmanov V.V. «Sport va harakatli o‘yinlar,
o‘qitish uslubiyoti» o‘quv qo‘llanma, Toshkent, TDPU, 2008
6.
Xo‘jayev F. Rahimkulov K.D. «Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish uslubiyoti»
Cho‘lpon nashriyoti, 2011
7.
Исматова, Н. М. (2017). Побудительные предложения в английском и
в узбекском языках. Молодой ученый, (22), 472-473.
8.
Makhmudovna, I. N. (2022). TOPONYMS CONSTRUCTED BY COMPOUND
NOUNS WITH THE COLOR COMPONENT. Berlin Studies Transnational Journal of
Science and Humanities, 2(1.6 Philological sciences).
9.
Makhmudovna, I. N. (2022). TOPONYMS CONSTRUCTED BY COMPOUND
NOUNS WITH THE COLOR COMPONENT. Berlin Studies Transnational Journal of
Science and Humanities, 2(1.6 Philological sciences).
10.
Ismatova, N. M. (2022). TOPONYMS EXPRESSED IN ENGLISH WITH A
COMPOUND NOUN WITH A COLOR COMPONENT. In Современные проблемы
филологии и методики преподавания языков: вопросы теории и практики
(pp. 101-104).
11.
Sodiqova, S. (2017). Teaching writing through games. In Молодежь и
наука: реальность и будущее (pp. 228-229).
12.
Sodiqova, S. T. (2023). SIMILE IN THE ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES.
13.
Sodiqova, S. (2023). THE ADVANTAGES OF GAME-BASED LEARNING IN
THE ENGLISH LESSONS. In Fergana state university conference (pp. 223-223).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
137
14.
Sodiqova, S. (2023). ERROR CORRECTION IN FOREIGN LANGUAGE
TEACHING. Talqin va tadqiqotlar, 1(1).
15.
Rahmonova, N. (2024). TEACHING ENGLISH THROUGH LITERATURE AND
CONNECTING WITH LANGUAGE TEACHING. Kokand University Research Base,
224-229.
16.
Usmonov, S., Boltaboeva, U., Rahmonova, N., & Akbarov, T. (2021).
Pedagogical Approaches To Educating Future Actors. The American Journal of
Interdisciplinary Innovations and Research, 3(05), 85-90.