Авторы

  • Adolat Ziyotova
    Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta o’qituvchisi,
  • Qahramon Mamaraximov
    Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.50195

Ключевые слова:

Texnologiya metod axborotli o’qitish pedagogik muloqot kompetentlik interfaol.

Аннотация

Ushbu maqolada ilg’or pedagogik metodlardan unumli foydalanish, to’g’ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo’llash haqida so’z yuritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

117

ILG’OR PEDAGOGIK TAJRIBALAR-TA’LIM RIVOJIDA MUHIM OMIL

Adolat Ziyotova

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta o’qituvchisi,

mail:adolatziyotova@gmail.com

Qahramon Mamaraximov

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta o’qituvchisi.

mkaxramon1979@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12529565

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ilg’or pedagogik metodlardan unumli

foydalanish, to’g’ri texnologiyalarni tanlay bilish va ularni qo’llash haqida so’z
yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Texnologiya, metod, axborotli o’qitish, pedagogik muloqot,

kompetentlik, interfaol.

Annotation

: This article discusses the effective use of advanced

pedagogical methods, the ability to choose the right technologies and their
application.

Keywords:

Technology, method, information teaching, pedagogical

communication, competence, interactive.

Ta`lim berish davridagi amaliy pedagogik faoliyat ta`lim beruvchi

(O`qituvchi – pedagog) hamda ta`lim oluvchi (o`quvchi) o`rtasida ro`y beruvchi
va o`zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini
yorituvchi jarayondir.

Nazariy – pedagogik g`oyalar, har qanday ta`limga

tadbiq etilayotgan ish

shakl

, usul, vositalar, bevosita amaliyotda ta`lim va tarbiyaviy jarayon

mohiyatini o`rganish, tahlil etish, uumumlashtirish asosida qaror topadi.
Shuning uchun ham pedagogik va ilmiy izlanish jarayonida tajriba – sinov
ishlarini tashkil etish shu jarayonning o`zagi sifatida namoyon bo`ladi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda ilm-fanga bo‘lgan munosabat mutlaqo

o‘zgardi. Ta’lim sohasini tubdan isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarga keng yo‘l ochildi. Bundan
ko‘zlangan asosiy maqsad – sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish,
mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar
tayyorlashdan iborat.

Dars jarayonida innovatsion usullardan foydalanish o‘quvchilar faolligini

oshiradi, ularni mustaqil izlanishga, muammoni aniqlash va unga mustaqil yechim
topishga undaydi. Amarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida ijtimoiy
fanlardan dars berar ekanman, mashg‘ulotlarda “Rolli o‘yinlar”, “Loyiha”,
“Debat” kabi bir qator usullardan keng foydalanaman.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

Tadqiqiy izlanish natijalarini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan tajriba

– sinov ishlari ma`lum va aniq maqsadga yo`naltirilgan reja va dasturga
asoslanishi ishlarni tizimli va aniq bo`lishini ta`minlaydi. Pedagogik faoliyatni
texnologik yondashuv asosida tashkil etishning samaradorligi birinchi navbatda
o’qituvchining ushbu yo’nalishdagi tayyorgarlik mahoratiga bog’liq. Bu
mashg’ulotlarni mavzusi, mazmuni guruhning imkoniyati, mavjud shart-
sharoitlarini aniq va to’g’ri baholagan holda, o’zining pedagogik texnologiyalarni
qo’llashdagi imkoniyatlarini tanqidiy baholashiga bog’liqdir.

Pedagogik nuqtai nazardan esa, zamonaviy ta’lim tizimida amalga

oshirilayotgan innovatsion jarayonlar, avvalo, inson faoliyatining barcha
sohalarida raqamli texnologiyalaridan faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi
navbatda ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Shu
munosabat bilan talabalarning kasbiy innovatsion faoliyati tubdan boshqacha
ma’no kasb etadi. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni shundan
iboratki, talabalar uchun ta’lim sohasidagi har qanday yangilik o‘qituvchi
tomonidan amalga oshirilgandagini yuzaga chiqadi. Ya’ni, ta’lim jarayonida
talabalarni ob’ektdan sub’ektga aylantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining
kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir [1. 32].

Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatimiz

zamonaviy yuksalishga erishish maqsadida innovatsion rivojlanish bosqichiga
kirganligi e’tirof etilgan. “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni
barpo etishni aynan innovatsion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion
rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo‘liga o‘tishimiz bejiz emas. Chunki zamon
shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi
g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.”

O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida” gi

qonunining qabul qilinishi [2.] (2020 yil 24 iyul) Yangi O‘zbekistonni qurishda
muhim qadam bo‘ldi. Ushbu qonun taraqqiyotimizni kafolatlovchi, uni yanada
jadallashtiruvchi yangi g‘oya, yangi kashfiyotlar, ilmiy ishlanmalarni yaratish
hamda hayotga joriy etilishining ishonchli huquqiy mexanizmlarini
mustahkamladi. Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin
takomillashib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda
faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan
iboratdir. “Buning uchun, ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va
sharoitini yaratib berish zarur. O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va
fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

119

oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har
tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.

Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari

orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni
bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday
tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima
qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida
dialektik birlik mavjuddir.

Hozirgi kunda yangi pedagogik texnologiyalarning 200 ga yaqin turi

mavjud[3.]. O‘qituvchi ana shu texnologiyalardan o‘z darsida qanday
foydalanishni to‘g‘ri tanlay bilishi kerak. Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti
natijasida zamonaviy texnika vositalari kirib kelmoqda. An’anaviy o‘qitish tizimi,
aytish mumkinki, yozma va o‘g‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli
“axborotli o‘qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv
jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib
borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda.

Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol

avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o‘z oldiga
asosiy maqsad qilib qo‘yishi lozim. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar
asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati, samaradorligini oshirishda o‘z
hissasini qo‘shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi
lozim.

Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi,

o‘quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga
ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va ulardan
amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
“Texnologiya” tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-
yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan texnos- san’at, hunar va logos-fan,
ta’limot so‘zlaridan tashkil topib, “hunar fani” ma’nosini anglatadi [4].

Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchining o‘quvchilarga o‘qitish vositalari

yordamida muayyan sharoitlarda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida
ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha
aniqlovchi tizimli kategoriya. Ilm-fan va ta’lim sohasining rivojlanishida eng
muhim rol o‘ynaydigan insonlar bu pedagoglardir. Darhaqiqat, oddiy
o‘qituvchidan tortib to professor ustozgacha hammasi pedagogdir. Pedagog bu,
yetaklovchi, demak, biz pedagoglarning vazifamiz o‘z talabalarimizni ilm-fan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

120

so‘qmoqlaridan asta-sekin, bosqichma-bosqich yetaklab, ularni ilm-fan
cho‘qqilarini zabt etishlariga ko‘maklashishdir.

Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalari,

metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi
hisoblanadi. Bu tizim o‘qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya
bosqichlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini,
maqsadini oldindan belgilash, ta’lim tarbiyaning shakllari va vositalarini
tayyorlash, o‘quvchida shakllantirish ko‘zda tutilgan ma’naviy sifatlarni
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Talabalarni zamon talablari asosida tarbiyalash bugungi kunning eng

muhim vazifalaridan biridir. Bu esa o‘qituvchilar zimmasiga ulkan vazifalar
yuklaydi. O‘qituvchi o‘z sohasining mohir bilimdoni, muammolarning oqilona
yechimlarini topa oladigan, o‘z ustida doimiy ijodiy ishlab, yangiliklar yarata
oladigan, o‘quvchilari qalbidan munosib o‘rin egallagan bo‘lishi lozim.

Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga mehnatga tayyorlash uchun

jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan ta‘lim-tarbiya berishda maxsus
tayyorlangan o‘qituvchilar hisoblanadi. O‘qituvchilik kasbi ham murakkab ham
ma‘suliyatli xamda mashaqqatli kasb hisoblanadi. Bu kasbsiz hayotni tassavur
qilish ham qiyin. O‘qituvchilik kasbi bor ekan hayotimiz mukammallashib
boraveradi va hayotta har bir inson o‘z o‘rnini topadi va yuksaklikka erishadi.
O‘quvchilarga bilim berish ularning eng asosiy vazifasi hisoblanadi.

Yosh avlodga zamon talablari asosida bilim berish uchun pedagog o‘zining

prosessional kompetentligiga ega bo‘lishi kerak. Bu pedagogik faoliyatni
muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur bo‘lgan, kasbiy va shaxsiy sifatlar
yig‘indisidir. Pedagogik faoliyatini, pedagogik muloqotni yuqori darajada amalga
oshiradigan, o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi sohasida yuqori darajadagi stabil
natijalarga erisha oladigan o‘qituvchini professional kompetentli o‘qituvchi
deyish mumkin.

Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha jabhalar qatori ta’lim sohasida ham

juda katta o‘zgarishlar, islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish
sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-416-son Qaroriga asosan yangi pedagogik texnologiyalar
asosida dars o‘tilishi ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga asos yaratmoqda.

Bugungi kunda universitetimizda xalqaro kasb standartlari asosida oliy

ma’lumotli mutaxassis-kadrlarni tayyorlash bilan birga ta’lim-tarbiya
jarayonlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida olib borish, talabalarda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

121

yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat va
sadoqat, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg’usi bilan yashaydigan
kadrlarni ham tarbiyalashimiz lozim.

Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogika yo‘nalishda olib
borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik
hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv
pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz
rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan
takomilashtirib borishini ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini
ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining
ahamiyatini e’tirof etadi. Pedagogika tamoyillarini muhim jihatlari haqida fikrlar
yoritildi. Ushbu maqoladan keltirilgan xulosaga ko’ra ilg’or pedagogik
tajribalarni o’rganish va umumlashtirish usullar hozirgi zamonaviy ta’lim
samaradorligini oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.B.Saydaxmedov. Yangi pedagogik

texnologiya. Toshkent. 1992.
2.

Ikromov A.B., Mxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta’lim, ilm fan

(metodik qo`llanma). Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.
3.

G.Anorqulkova, A. Karimov. Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga

xos yo’nalishi uslub va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil.
4.

Ziyomuxamedov B., Tojiev M. “Milliy pedagogik texnologiyani

ta’limtarbiya jarayoniga tadbig‘i va uning yoshlar intellektual salohiyatini
yuksaltirishdagi o‘rni”. Toshkent. Mumtoz-Soz. 2010 yil.
5.

Ziyomuxamedov B. “Ta’lim texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent

2012 yil.
6.

Otayorov O. “Aqliy salohiyatni oshirish sirlari” ma’rifat gazetasi. № 101

(8646) 18-dekabr 2013 yil, 12-bet.

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.B.Saydaxmedov. Yangi pedagogik texnologiya. Toshkent. 1992.

Ikromov A.B., Mxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta’lim, ilm fan (metodik qo`llanma). Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.

G.Anorqulkova, A. Karimov. Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xos yo’nalishi uslub va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil.

Ziyomuxamedov B., Tojiev M. “Milliy pedagogik texnologiyani ta’limtarbiya jarayoniga tadbig‘i va uning yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi o‘rni”. Toshkent. Mumtoz-Soz. 2010 yil.

Ziyomuxamedov B. “Ta’lim texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2012 yil.

Otayorov O. “Aqliy salohiyatni oshirish sirlari” ma’rifat gazetasi. № 101 (8646) 18-dekabr 2013 yil, 12-bet.