ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
112
TARIX VA О‘ZBEK RAQSI.
Muxamedova Ugiloy Nizamovna
О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
“Xoreografiya san’ati” fakulteti
“Xoreografiya jamoalari rahbari” kafedrasi professori
https://doi.org/10.5281/zenodo.12526288
ANNOTATSIYA
Sharq mumtoz raqsi qadim zamonlarda, feodal jamiyat gullagan davrda
dunyoga keldi va shakllandi. Bu miloddan avvalgi oxirgi raqslar va milodiy XIV-
XVI asrlarning oxirigacha bо‘lgan davlatlar о‘rtasidagi о‘zaro aloqalar avj olgan
bir davrda sodir bо‘ldi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, mumtoz raqs bir ovozli
(modal) musiqa asosida bir necha yuz yilliklar mobaynida yuzaga keldi,
shakllandi va rivojlandi.
Kalit sо‘zlar:
tarix, raqs, asoschi, milliylik, namoyonda
АННОТАЦИЯ
Восточный классический танец зародился и сформировался в глубокой
древности, в период расцвета феодального общества. Это происходило в
период напряженных межгосударственных отношений между последними
танцами до н.э. и концом XIV-XVI веков н.э. Следует отдельно отметить, что
классический танец создавался, формировался и развивался на
протяжении нескольких сотен лет на основе однотонной музыки.
Ключевые слова:
история, танец, основатели, проявление.
ANNOTATION
Oriental classical dance was born and formed in ancient times, during the
heyday of feudal society. This happened during a period of tense interstate
relations between the last dances BC. and the end of the XIV-XVI centuries AD. It
should be noted separately that classical dance was created, formed and
developed over several hundred years on the basis of monophonic music.
Key words:
history, dance, founder, nationality, manifestation
Raqsning eng qadimiy shakllari – bu xali tom ma’nodagi raqs emas, balki
uning ibtidoiy shakllari, ya’ni ritmik pantotmima faqat xalq ijodiyotida emas,
balki masxarabozlar milliy an’anaviy professional teatr artistlari repertuarida
ham saqlanib qolgan.
Raqsning professional raqqoslar va sozandalar maxsuli bo‘lgan oliy
shakllari professional raqqoslarga taqlid qiluvchi raqs havaskorlari doirasida
saqlandi va rivojlandi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
113
Yusufjon qiziq Shakarjonov o‘zbek an’anaviy teatrining yirik namoyandasi,
raqs san’ati ustasi. 1881-1888 yillarda Zokirjon qiziq boshliq qo‘qonlik
qiziqchilar to‘dasida bevosita Sa’di Maxsumdan ta’lim oladi. 1888-1992 yillarda
to‘da bilan butun Farg‘ona vodiysini aylanib chiqadi. Ora-chora “Chodir xayol”
qo‘g‘irchoq teatrida korfarmon bo‘lib ishlaydi, xalq to‘ylari, sayillarida, xorijdan
kelgan sirk uyushmalari tarkibida qiziqchilik tomoshalari ko‘rsatadi. Muqallidda,
hajviy, bo‘rtirma obraz yaratishda, kulkihikoyada, askiyada Yusufjon qiziq
Shakarjonovga bas keladigani bo‘lmagan. To‘dalarda korfarmonlik qilgan,
bilganlarini yosh qiziqchi va raqqoslarga o‘rgatgan.
Yusufjon qiziq Shakarjonovning jahongashtaligi tufayli Farg‘ona qiziqchiligi
bir qator mamlakatlarda namoyish etilgan. 1903 yilda u Said qissaxonga
qo‘shilib, Buxoroga boradi. 1904 yilda Toshkentda Mullaboy Mansurov sirkida
Ortiq qiziq, Sobir qori, Qodir qiziq, Karim Zaripovlar bilan birga Samarqand,
Farg‘ona vodiysida, so‘ngra Turkiston, Avliyoota, Pishpakda bo‘lib, o‘zbek
qiziqchiligi, xalq raqslarini namoyish etadi. 1909 yillarda Sankt-Peterburgga
kelib rus baletini ko‘radi, sirkda kloun Anatoliy Durov bilan tanishadi. Yusufjon
qiziq Shakarjonov 1908-1914 yillarda Filipp Yupatovning Andijon va
Toshkentdagi chodir sirkida Ashir qiziq, Nazir qiziq bilan qiziqchilik qilgan.
Jadidlar ta’sirida g‘arb uslubidagi yangi teatrga qiziqib, an’anaviy komediyalarni
qayta ishlab, to‘y va bayramlarda namoyish etadi.
1918 yil Marg‘ilonda qiziqchilar to‘dasini yangitdan tuzadi. Unda Usmonqori
Rayimbekov, Sulaymon Mirzarahimov degan qiziqchilar, Mamatbuva xofiz,
Xudoybergan hofiz, Otaxo‘ja raqqos, doirachi Usta Olim Komilovlar faoliyat
qo‘rsatishgan. Tamaraxonimga o‘zbek lapar va raqslarini o‘rgatadi. 1920 yil
Yusufjon qiziq Shakarjonov to‘dasi targ‘ibot po’ezdida xizmat qiladi. 1921 yil
Farg‘ona o‘lka sayyor teatr truppasi tarkibida Buxoro viloyatida bo‘lib,
"Tuhmatchilar jazosi" (Hamza) spektaklida Sulton piyonista rolini ijro etadi,
konsertlarda qiziqchilik qiladi. 1926-1928 yilar Yusufjon qiziq Shakarjonov
Muhiddin qori Yoqubov rahbarligidagi O‘zbek davlat etnografik ansamblda
qiziqchi, cholg‘uchi, o‘yinchi sifatida faoliyat qo‘rsatgan, yoshlarga xalq raqs va
laparlarini o‘rgatgan. "Qari navo", "Sarboz", "Kema o‘yin" raqslarini
sahnalashtirishda qatnashgan. 2-jahon urushi yillari Yangiyo‘l teatrida (1941-
1942), O‘zbek davlat sirkida (1942-1944) ishlaydi. Urushdan keyingi yillar xalq
bayram va to‘ylarida xizmat qiladi. "Qo‘shiqlar parvoz etadi" filmkonsertda bosh
rolni o‘ynaydi.
O‘zbek xonandasi, opera artisti, teatr arbobi, o‘zbek musiqali teatri
asoschilaridan biri Muhitdin “Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi”,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
“O‘zbekistonning birinchi xalq hofizi”, “O‘zbekiston xalq artisti” unvonlari sohibi.
Birinchi o‘zbek xonandasi, opera artisti, teatr arbobi, o‘zbek musiqali teatri
asoschilaridan biri Muhitdin qori Yoqubov 1896 yilda Farg‘ona viloyatida
tug‘ilgan. U san’at sohasidagi o‘z ijodiy faoliyatiii 1916 iilda Farg‘onada birinchi
milliy duxovoy orkestr tashkil qilishdan boshlagan. 1918-1921 yillar mobaynida
Hamzaning “Ulkan siyosiy sayyor gruppasi”da aktyor, xonanda, rejissyor sifatida
faoliyat ko‘rsatib, Hamzaning bir nechta ashulalarini va uning “Boy ila
xizmatchi”sida Solihboy, “Farg‘ona fojiasi”da Fotih, “Tuhmatchilar jazosi”da
Qosimjon rollarini ilk bor ijro etgan.
Haqiqiy aktyor, rejissyor bo‘lish uchun yaxshi bilim va malaka kerakligini
tushungan. Qori Yoqubov 1922-1924 yillarda Moskva Davlat teatr san’ati
institutining vokal bo‘limida tahsil olish bilan birga atoqli rus teatr va musiqa
arboblari V.E.Mayerxold, A.I.Yujin, N.A.Obuxovalar bilan uchrashuvlarda, ular
bilan qilingan suhbatlarda, ular qatnashgan konsertlarda Tamaraxonim bilan
ishtirok etishi, bo‘lajak san’atkorning kelgusida ijodiy yutuqlarga erishishida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Muhitdin qori Yoqubov va Tamaraxonimlar 1925 yilda Parijda o‘tkazilgan Jahon
amaliy san’ati ko‘rgazmasida ilk bor o‘zbek qo‘shiqlarini ijro etib, chet el
tomoshabinlarining olqishiga sazovor bo‘ldi va maxsus mukofot bilan
taqdirlandi. So‘ngra Berlinnning Shubert zalida Talabalar ittifoqi tashkil qilgan
konsertda o‘zbek milliy va vokal qo‘shiq nomerlarini ijro etish bilan birga Berlin
Musiqa akademiyasida noyob fonografik yozuvlarni tingladi.
1926 yilda birinchi O‘zbek Davlat konsert-etnografik dastasini tashkil
qilgan Muhitdin qori Yoqubov Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov,
To‘xtasin Jalilov, Ahmad Umrzoqov, Abduqodir Ismoilov, Jo‘raxon Sultonovlar
bilan mamlakat bo‘ylab gastrolda bo‘ldi. Andijon va Qo‘qon musiqali
teatrlarining tashkil topishi ham Muhitdin qori Yoqubov nomi bilan bog‘liq.
1927-1928 yillarda bu teatrlarda u badiiy rahbar, rejissyor sifatida ishlab,
o‘zi sahnalashtirgan G‘.Zafariyning “Halima”sida Ne’mat, Xurshidning “Farhod va
Shirin”ida Farhod, U.Hojibekovning “Arshin mol olon”ida Sultonbek rollarini
o‘ynadi. Muhtdin qori Yoqubov etnografik ansambl zaminida birinchi O‘zbek
Davlat musiqali teatrini tashkil etib, 1929-1932 yillarda shu teatrda aktyor,
badiiy rahbar va direktor bo‘lib ishladi.
Qori Yoqubov opera va balet teatrini tashkil qilishda ham jonbozlik
ko‘rsatdi va o‘zbek opera studiyasining tashkilotchisi bo‘ldi. O‘zbek Davlat opera
va balet teatri ochilgach, 1939-1947 yillarda shu teatrda yetakchi aktyor sifatida
muxlislarga tanildi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
O‘zbek Davlat filarmoniyasi tashkil etilishida ham qori Yoqubovning xizmati
benihoya katta bo‘lib, san’atkor 1936-1950 yillarda filarmoniyaning direktori,
badiiy rahbari sifatida ishlab, o‘zbek mumtoz musiqasini targ‘ib qiluvchi ashula
va raqs dastasi, xor kapellasi, xalq cholg‘u asboblari ansambli kabi bir qator
ansambllarni tuzdi. Qori Yoqubovning konsert ijrochilik repertuari juda boy va
rang-barang bo‘lib, xalq ashulalaridan “Shahnoz”, “Devachi”, “G‘ayra-g‘ayra”,
“Olmacha anor”, “Hosilim” ashulalarini, shuningdek, Tamaraxonim bilan birga
“Bilakuzuk”, “Qora soch”, “Qamchin begim”, “Ilila yor”, “Qani-qani qizlar”. “Yor
nimalar devdim sizga” kabi laparlarni zo‘r zavq-shavq bilan ijro etdi. Bu
ashulalar hamon o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, san’at muxlislariga estetik zavq
baxsh etib kelmoqda.
Qori Yoqubov mazmunli umrini, butun ongli hayotini o‘zbek musiqali
teatrini tashkil etish, o‘zbek mumtoz musiqasini targ‘ib qilish va ularning
ravnaqiga bag‘ishladi. Uning serqirra va sermazmun ijodi munosib taqdirlandi.
O‘zbekiston xonandasi, raqqosa va baletmeyster Tamaraxonim va uning
singillari bilan dastlab sahnaga ularni ustoz Yusufjon Qiziq Shakarjonov olib
chiqqan. Yoshligidan san’atga qiziqqanligi bois Yusufjon Qiziq Shakarjonovdan
o‘zbek raqs va qo‘shiq sirlarini o‘rganib,sahna faoliyatini 1919 yilda Xamza
Xakimzoda Niyoziy tashkil etgan dramma truppasida boshladi. Shu yili 31 may
kuni xotin-qizlardan eng birinchilaridan bo‘lib, sahnaga chiqgan. Tamaraxonim
va uning singillari Yusufjon qiziq Shakarjonov hovlisiga kelib, lapar qo‘shiq va
raqslar o‘rganib ketishardi. Ustoz Tamaraxonimga o‘zbek lapar va yallalarni
raqsga tushib o‘rgatardi. 1926 yilda Marg‘ilonda tashkil etilgan “O‘zbek davlat
etnografik” ansamblga jalb qilinib, Muhiddin qori Yoqubov, To‘xtasim Jalilov,
Usta Olim Komilov kabi ustozlardan ta’lim olgan. So‘ngra umr yo‘ldoshi
Muhiddin qori Yoqubov bilan Moskvada o‘qidi. Ular birga duet ijro etardilar. U
bolalik davridan boshlab, qo‘shiqchilik va raqs san’ati bilan qiziqdilar.
Kechqurunlari gulxan atrofida darbozlar raqsini miriqib tamosha qilardi, asta-
sekinlik o‘zi ham raqsga tushib, qo‘shiq ayta boshladi. Yosh arman qizining
o‘ziga xos bo‘lgan mahoratini kattalar sezib, raqsga tortar edilar. U 12 yoshidan
mashhur bo‘lib ketdi. Tamaraxonim 1918 yilda Xamza Xakimzoda Niyoziy va
Usta Olim Komilov bilan tanishib, katta ustozlar davrasida ijod qila boshladi.
Tamaraxonim 1918-1920 yillardan boshlab, o‘z ustozlari bilan birgalikda o‘zbek
xalqining ma’naviy xayotini barpo etishda betinim xizmat qiladi. Xalqning orzu-
niyatlari, tashvishlari xursandchiligi bilan yashadi. Milliy madaniyatimizni chet
ellarda mashhur etadi. Tamaraxonim 1925 yili Parij shahrida bo‘lib o‘tgan
gostrolda sazovor bo‘ldi. U 60 ortiq davlatlarda bo‘ladi. Tamaraxonimni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
Yevropaning mashhur san’atkorlari Anna Pavlova, Aysedor Dunkan, Mixail
Fokin, Fyodr Shalyapin tan olib uni “afsonaviy Tamara” deb zo‘r hurmat bilan
tan olganlar. “Xalqaro raqs san’ati” “Jahon xalq” festivalida o‘z ustozlari bilan
qatnashib, g‘olib bo‘lib, oltin medal sovrindori bo‘lib, qaytadi. Bu medalni
Angliya qirolichasining qulidan oladi. Uni “Sharq marvaridi” deb ataladi.
II jahon urushi yillarida frontchi san’atkorlar truppasida madaniy xizmat
qiladi. “Kapitan” harbiy unvoniga sazovor bo‘ladi. Tamaraxonim milliy balet
san’atining poydevorini qo‘ygan va uning rivojiga katta hissa qo‘shgan. U 1932
yil Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasida balet
maktabini ochadi. U o‘zbek raqsin estafetasini o‘z shogirdlari Mukarrama
Turg‘unboyeva, Galiya Izmailova, Roziya Karimova, Yelezaveta Petrosova,
Margarita Oqilova, Qunduz Mirkarimova va boshqalar qo‘liga topshiradi. 1939
yilda Tamaraxonim Alisher Navoiy nomli davlat akademik katta teatrida o‘zbek
baletida “Gulandon” balet asarini yaratdi. Tamaraxonim 1950-1960 yillarda
barcha xalq va millatlar orasidagi do‘stlikni o‘zining erkin san’ati bilan yanada
mustahkamlikka harakat qildi. Ustoz san’atkorning qo‘shiqlari jahon
xalqlarining 86 tilida yangradi. Tamaraxonim lapar janriga asos solgan
san’atkordir. Saksondan ziyod xalq raqslari, lapar, qo‘shiqlar ijro etgan
Tamaraxonim 1991 yilda 90 yoshida Toshkentda vafot etdi. Unga “O‘zbekiston
xalq artisti” unvoni va ordenlar berlgan. 2001 yilda Prezidentimizning farmoni
bilan “Buyuk hizmatlari uchun ” ordeni bilan mukofatlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Obidov T., Yusufjon qiziq, T, 1960;
2.Qodirov M., Yusufjon qiziq teatri,T, 1969;
3.Qodirov M., O‘zbek teatri an’analari, T., 1976;
4.Qodirov M., Yusufjon qiziq, T., 1991.