ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
DAVLAT VAKILLARINING IMMUNITETI BO‘YICHA KO‘P
TOMONLAMA SHARTNOMALAR
Mirzayeva Nixola Akramovna
Mirzayevanihola2@gmail.comToshkent
davlat yuridik universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12515759
Annotatsiya
. Davlat vakillarining immuniteti bo`yicha ko`p tomonlama
shartnomalar birinchi navbatda davlat vakillarining xorijiy davlatlarning
yurisdiksiyasidan qanday tartibda immunitetga ega ekanligini belgilab beradi.
Yuqoridagi bobda davlat immuniteti va unga aloqador nazariy qarashlar
muhokama qilindi. Endilikda e`tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifa
vakillarining immunitetiga aloqador qanday ko‘p tomonlama shartnomalar
mavjudligi ko‘rib chiqishdir.
Dastavval e’tiborimizni davlat va hukumat boshliqlari, shuningdek tashqi
ishlar vazirlariga beriladigan immunitetni qanday xalqaro mexanizmlar orqali
tartibga solingan ekanligiga qaratamiz
Davlat rahbarlari va yuqori martabali hukumat amaldorlari (masalan,
tashqi ishlar vaziri) uchun jinoiy va fuqarolik javobgarligidan daxlsizlik
shartnomalar yoki konvensiyalarda emas, balki xalqaro odatlarda belgilangan;
1969-yilgi BMTning Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi konvensiyasi bundan mustasno
bo‘lib, unda 21-moddada davlat rahbarlari “xalqaro huquq tomonidan davlat
rahbarlariga rasmiy tashrif davomida beriladigan imtiyoz va immunitetlardan”
foydalanishlari qayd etilgan, ammo aniqlik kiritilmagan. Binobarin,
immunitetlarning aniq tabiati va qamrovi munozarali
1
.
Davlat rahbarlarining daxlsizligining noaniqligini Xalqaro Adolat Sudi (ICJ)
va Buyuk Britaniya Lordlar Palatasining qarama-qarshi qarorlari yaxshi
ko‘rsatadi
2
.
Xalqaro huquq komissiyasining ning ko‘pchilik a’zolari ratione personae
immunitetini Tashqi ishlar vazirlariga ham qo‘llash kerakligi to‘g‘risida fikr
yuritadilar. Bunga sabab sifatida Tashqi ishlar vazirlarining vakillik funksiyalari
bevosita Shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasida, Xalqaro himoya
qilinadigan shaxslar, shuningdek diplomatik shaxslarga qarshi jinoyatlarning
oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi Konvensiyada, Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi
Konvensiyada, Universal xarakterdagi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda
1
Convention on Special Missions.
https://legal.un.org/ilc/texts/instruments/english/conventions/9_3_1969.pdf
2
Are international immunities of heads of state and government officials undergoing a major change?
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
Davlatlar Vakilllari to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasida nazarda tutilgan davlat
boshliqlarining vakilligi bilan o‘xshashi bilan bog‘liqdir. Xalqaro darajada himoya
qilinadigan shaxslarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi
Konvensiyaga Tashqi ishlar vazirlarining kiritilishi juda kata ahamiyatga ega,
chumki ushbu masala bo‘yicha moddalar yaratilayotganda Komissiya xalqaro
himoya qilinadigan shaxslar ro‘yxatiga hukumat a’zolarini kiritmaslikka qaror
qilgan, ammo davlatlar Konvensiyaning oxirgi matniga ushbu mansabdor shaxsni
kiritishga qaror qabul qilishadi.
3.
Yanada kengroq tahlil qiladigan bo‘lsak, ratione personaedan boshqa
davlat mansabdor shaxslari ham foydalana oladi. Bunga oldingi vaqtga
qaraganda hozirda xalqaro funksiyalar davlat mansabdor shaxslarining ko‘pchilik
a’zolariga berilganligi bilan izohlanadi. Ko‘pchilik hukumat vazirlari bunday
vazifani bajaradi va buni qilish uchun xorijiy davlatlarga rasmiy safarlar
qiladilar. Milliy sudlarda bu borada aniq amaliyot mavjud emas va ba’zilari
boshqa davlat mansabdor shaxslariga shaxsiy immunitetni bersa, qolganlari
bermaydi. Misol uchun, Angliyada shaxsiy immunitet xalqaro savdo va tijorat
vazirlari va mudofaa vazirlariga o‘xshagan boshqa yuqori martabali davlat
mansabdor shaxslariga beriladi
4
.
Xalqaro miqyosda, ayniqsa, eng og'ir jinoyatlar (genotsid jinoyatlari,
insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar, aparteid jinoyatlari, qiynoqlar va
zo‘ravonlik bilan yo‘qolib ketish) bo‘yicha davlat vakillarining daxlsizligi doirasi
bo‘yicha munozaralar mavjud. Ushbu munozaralar milliy yurisdiktsiyalar ayrim
hollarda immunitetni rad etishi mumkinligini aniqlashga qaratilgan. Shveytsariya
sudlari, hatto xalqaro huquqda nazarda tutilgan jinoyatlar uchun ham, shaxsga
nisbatan yurisdiksiya immunitetidan istisnolarni hali tan olmagan. Biroq, Federal
Jinoyat sudi, xalqaro huquqqa muvofiq jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish yuritishda
immunitetning materiae himoyasini bekor qilish mumkin emasligi to‘g'risida
qaror qabul qildi (Federal Jinoyat Sudining 2012- yil 25- iyuldagi qarori, BB 2011
140, 5-bet)
5
.
Davlat vakillarining immuniteti bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomalarni
ko‘rib chiqar ekanmiz, 1961-yildagi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena
Konvensiyasini ko‘rsatib o‘tish juda katta ahamiyatga egadir.
3
Bojan M. The immunity of state officials from foreign criminal jurisdiction, 2015. Volume: 20 Issue: 1 Page: 17-30
DOI: 10.5937/nbp1501017m
4
Immunity of state representatives.
https://www.eda.admin.ch/eda/en/fdfa/foreign-policy/international-law/privileges-
and-immunities/immunity-state-representatives.html
5
Philippa W. Human Rights and the Immunities of State Officials. 2012 Page: 114-147 DOI:
10.1093/acprof:oso/9780199647071.003.0005
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
Diplomatik va konsullik vakolatxonalari (shu jumladan elchixonalar, doimiy
vakolatxonalar va konsullik muassasalari) aʼzolarining maqomi tegishli ravishda
1961-yil 18-apreldagi Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi va
1963-yil 24-apreldagi Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi
qoidalari bilan tartibga solinadi. Ushbu konvensiyalar immunitet doirasi turlicha
bo‘lgan shaxslarning turli toifalarini belgilaydi. Masalan, diplomatlar diplomatik
vazifalarni bajaruvchi elchixona yoki doimiy vakolatxona xodimlari bo‘lishidan
qat’i nazar, o‘z faoliyati davomida mutlaq yurisdiksiya immunitetidan foydalanadi.
Bu rasmiy va xususiy maqomda amalga oshirilgan harakatlarga taalluqlidir.
6
Diplomatlar va boshqa davlat vakillariga beriladigan immunitetni ko‘rib
chiqar ekanmiz, ta’kidlash lozimki, immunitet va imtiyozlar ostida “davlatlaming
suveren tengligi tamoyili” yotganligi ko‘rishimiz mumkin. Davlatning chet el
yurisdiksiyasidan immuniteti mana shu tamoyilga asoslanadi. Davlatning
immuniteti nafaqat uning o‘ziga, balki uning mulki va organlariga nisbatan ham
tatbiq etiladi. Aynan shuning uchun diplomatik vakolatxona davlatning organi
sifatida kelgan davlatining yurisdiksiyasidan ozod etiladi, uning hududi daxlsiz
hisoblanadi. Arxiv, rasmiy korrespondentsiya, diplomatik pochta, diplomatik
vakolatxonaning ko‘chma vositalarining daxlsizligi shu bilan tushuntiriladiki, bu
obyektlar akkreditatsiya qilinuvchi davlat mulki hisoblanadi. Yuqorida
ko‘rsatilgan tamoyil har bir diplomatik imtiyoz va ustunlikni asoslash imkoniyatini
beradi. Yu.G. Demin Ushba nazariya turini "davlatlaming suveren immuniteti
nazariyasi" deb nomlash taklifini kiritdi. Ushbu nazariya nisbatan oddiy,
qo‘llashda qulay, barcha diplomatik vakolatxona xodimlariga immunitet berish
zaruratini tushuntiradi. U nafaqat ushbu xodimlar immunitetini bo‘lish zaruratini
tushuntiradi, balki akkreditatsiya qilinuvchi davlatning immunitetdan mahrum
qilish huquqini ham tushuntiradi. Shuning uchun Yu.G. Demin immunitetdan
nafaqat vakolatxona xodimlari, balki akkreditatsiya qilinuvchi davlat ham
foydalanishini odilona tarzda ta’kidlaydi. Aynan o‘sha davlat umumiy qoidalarga
ko‘ra qabul qiluvchi davlat ishtirokida o ‘z vakillariga beriladigan immunitet va
imtiyozlami aniqlaydi
7
. Ushbu nazariyaning nisbatan uzoq istiqbol sari mantiqan
rivojlanishiga uning chet el hududida bo‘lgan nafaqat diplomatik vakillar, balki
boshqa davlat organlari va xizmatchilari maqomi uchun asos bo‘layotganligi
sabab bo‘ldi. Jinoyat-protsessual munosabatlarda diplomatik immunitet va
imtiyozlarning umumiy huquqiy asosini diplomatik va boshqa immunitet
6
Vienna Convention on Consular Relations (1963).
https://jusmundi.com/en/document/treaty/en-vienna-convention-on-
consular-relations-1963-vienna-convention-on-consular-relations-wednesday-24th-april-1963
7
Immunity from prosecution (international law).
https://en.wikipedia.org/wiki/Immunity_from_prosecution_(international_law)
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
normalaming mutlaq boshlanishi hisoblangan fuqarolarning qonun va sud, boshqa
davlat organlari oldida, millati, fuqaroligi, jinsi, mashg‘ulot turi, dinga munosabati
va boshqa holatlaridan qat’i nazar tengligi tamoyili tashkil etadi. Diplomatik
vakilami jinoiy javobgarlikka tortishning asoslantirilganligi va bu borada
qo‘shimcha kafolatlar yaratish, 1961-yildagi diplomatik munosabatlar
to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi va 2001-yil 8-maydagi chet el davlatlarining
O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik
muassasalari to‘g ‘risidagi Nizom
8
.
Diplomatik Aloqalar to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasining 31-moddasi
quyidagicha bayon etiladi:
Diplomatik agent qabul qiluvchi davlatning jinoiy
yurisdiktsiyasidan immunitetga ega. Shuningdek, u fuqarolik va ma'muriy
yurisdiksiyadan daxlsizlikka ega va shuningdek ushbu Konvensiyaning 27-
moddasiga ko‘ra, diplomatik kuryer, o‘z maqomi va diplomatik valizni tashkil
etuvchi qismlar soni ko‘rsatilgan rasmiy hujjat bilan ta'minlanishi kerak, o‘z
vazifalarini bajarish chog'ida qabul qiluvchi davlat himoyasidan foydalanadi. U
shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadi va hech qanday shaklda hibsga olinishi yoki
qamoqqa olinishi mumkin emas. Yuqorida tahlil qilganimizdek diplomatik
vakillar qabul qiluvchi davlatda shaxsiy immunitet bilan birgalikda, funksional
immunitetdan foydalana oladilar
9
. Diplomatik immunitet – xalqaro huquq
tamoyili boʻlib, unga koʻra xorijiy hukumatlarning ayrim mansabdor shaxslari
boshqa davlat yurisdiksiyasidan qonuniy immunitetga ega deb eʼtirof etiladi. Bu
diplomatlarga mezbon mamlakat ichida xavfsiz o‘tish va harakat erkinligini
ta'minlaydi va mahalliy sud jarayonlari va ta'qiblardan deyarli to‘liq himoya
qiladi. Diplomatik immunitet xalqaro munosabatlardagi eng qadimiy va eng keng
tarqalgan amaliyotlardan biridir. Aksariyat sivilizatsiyalar antik davrdan beri
xorijiy elchilar va elchilarga maʼlum darajada maxsus maqom bergan. U davlatlar
o‘rtasidagi munosabatlarni osonlashtirish, ularning vakillariga hatto siyosiy
keskinlik va qurolli to‘qnashuvlar davrida ham o‘z vazifalarini erkin va xavfsiz
bajarishga imkon berish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bunday himoya
odatda o‘zaro va shuning uchun o‘zaro manfaatli hisoblanadi.
Yana bir davlat
vakillarining immunitetiga aloqador ko‘p tomonlama shartnomaga Konsullik
maqalalari to‘g‘risidagi 1963-yildagi Vena Konvensiyasini
10
keltirishimiz
8
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik
muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidagi
faoliyati to‘g‘risida”gi qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 9-son, 47-modda; 2002-y.
9
Vienna Convention on Diplomatic Relations.
https://en.wikipedia.org/wiki/Vienna_Convention_on_Diplomatic_Relations
10
Vienna Convention on Consular Relations (1963).
https://jusmundi.com/en/document/treaty/en-vienna-convention-
on-consular-relations-1963-vienna-convention-on-consular-relations-wednesday-24th-april-1963
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
95
mumkin. Konvensiya (43-modda konsullik immunitetini nazarda tutadi.
Konvensiyaning ushbu immunitetga taalluqli qoidalarining hammasi emas,
ba’zilari odatiy xalqaro huquqni aks ettiradi. Konsullik immuniteti diplomatik
immunitetning kamroq shaklidir. Konsullik mansabdor shaxslari va konsullik
xodimlari “funktsional immunitet”dan (ya’ni, “konsullik vazifalarini bajarishda
amalga oshirilgan harakatlarga nisbatan” qabul qiluvchi davlat yurisdiksiyasidan
daxlsizlikdan) foydalanadilar, lekin diplomatlarga beriladigan kengroq “shaxsiy
immunitet”dan foydalanmaydilar. Yuqorida sanab o‘tilgan Konvensiyalardam
tashqari 1969-yildagi Maxsus Missiyalar to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasini misol
tariqasida keltirishimiz mumkin. Maxsus Missiyalar to‘g‘risidagi Vena
Konvensiyasining
11
31-moddasiga ko‘ra, maxsus missiya a’zolari va diplomatik
xodimlar qabul qiluvchi davlatning jinoiy yurisdiksiyasidan immunitetga ega
ekanliklari belgilab qo‘yiladi. Ta’kidlashimiz mumkinki, yuqori martabali
mansabdor shaxsni qamoqqa olish yoki ushlash birinchi navbatda ularning
xalqaro funksiyalarini bajarish uchun to‘siq bo‘ladi. Ma’lumki, shaxsiy immunitet
xorijiy davlatlarning jinoiy yurisdiksiyasini mutlaq taqiqlaydi. Ratione personae
immunitetining mutlaq xarakteri shuni anglatadiki, ushbu immunitet mansavdor
shaxslarni nafaqat davlat nomidan sodir etgan harakatidan, balki shaxsiy
harakatlari doirasida ham xorijiy davlatlarning jinoiy yurisdiksiyasidan himoya
qiladi. Shuningdek, ushbu immunitetning mutlaq xarakterga ega ekanligini
Davlat va Hukumat boshliqlarining yurisdiksiyadan va ijrodan immuniteti
to‘g‘risidagi xalqaro huquq institutining rezolyutsiyasida ham ko‘rishimiz
mumkin. Ushbu rezolyutsiyaning 2-moddasiga ko‘ra, jinoiy masalalarda, davlat
boshlig‘i sodir etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyat uchun xorijiy
davlatlar jinoiy yurisdiksiyasidan immunitetga egadir. Ushbu immunitet bevosita
vaqtinchalik xususiyatiga ega, ya’ni shaxs mansabda bo‘lgan davrda amal qiladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, ratione personae immuniteti prosessual xarakterga
egadir. Ushbu immunitet faqatgina xorijiy davlat jinoiy yurisdiksiyasini
mansabdor shaxs lavozimda bo‘lgan davrda kechiktirib turish uchun xizmat
qiladi. Shaxsning javobgarligi moddiy huquq doirasida hal qilinadi va immunitet
bevosita prosessual jarayondir. Shaxsning vakolati tugaganidan so‘ng ushbu
immunitet amal qilish davrida yoki undan oldin sodir etilgan jinoyat uchun, ba’zi
holatlarda jinoiy yurisdiksiyaning sub’yekti bo‘la oladi.
12
11
Convention on Special Missions.
https://legal.un.org/ilc/texts/instruments/english/conventions/9_3_1969.pdf
12
Andrew S. Immunity of State Officials from the Criminal Jurisdiction of a Foreign State. 2013 Container: The
International and Comparative Law Quarterly Volume: 62 Issue: 1 Page: 193–224 URL:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
96
Xalqaro Adolat Sudi tomonidan bildirilgan fikrga ko‘ra, ratione personae
immuniteti ma’lum bir ishlarda jinoiy ayblash uchun to‘siq yuzaga keltirmaydi.
Birinchidan, bunday shaxslar o‘z davlatlaridan jinoiy yurisdiksiyadan immunitetga
ega bo‘lmaydilar va milliy qonunchiliklariga ko‘ra, javobgarlikka o‘z milliy
sudlarida tortilishlari mumkin. Ikkinchidan, ular vakillik qilayotgan davlat
ularning immunitetini bekor qilishi mumkin. Shuningdek, shaxsning mansabda
faoliyat yuritilishi to‘xtatilsa, u xalqaro huquq bo‘yicha boshqa davlatda barcha
immunitetlardan foydalana olmaydi. Bulardan tashqari, amaldagi yuqori
martabali davlat mansabdor shaxsining immunitetining mavjudligi uni xalqaro
jinoiy adliyaning ayrim organlarida jinoiy javobgarlikka tortilmasligi uchun asos
bo‘lmaydi. Bunday organga Xalqaro Jinoyat Sudini misol qilib keltirishimiz
mumkin. 2017-yilda Xalqaro huquq komissiyasi (ILC) keskin savol bilan chiqdi
13
:
hukumat amaldorlari, razvedka xodimlari, harbiy xizmatchilar va boshqa davlat
agentlari og‘ir xalqaro jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishdan immunitetga
ega bo‘lishlari kerakmi? Xalqaro huquq komissiyasi, BMTning xalqaro huquqning
kodifikatsiyasi va progressiv rivojlanishi uchun mas'ul organi, hech bo‘lmaganda
qisman “yo‘q” dedi. Davlat mansabdor shaxslarining chet el jinoiy
yurisdiktsiyasidan daxlsizligi to‘g‘risidagi 7 moddadan iborat loyihasida LC
funktsional immunitet (immunity ratione materiae) genotsid, insoniyatga qarshi
jinoyatlar, urush jinoyatlari, aparteid jinoyatlari, qiynoqlar va majburiy yo‘q
qilishga nisbatan qo‘llanilmasligini belgilab qo‘ydi. Ushbu xulosa o‘z-o‘zidan BMT
qo‘mitalar va ILC a’zolari o‘rtasida chuqur munozaraga sabab bo‘ldi. Davlatlar
yana funksional immunitetdan istisnolar masalasaiga qaytadi. Endilikda
davlatllar ILC tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan davlat mansabdor
shaxslarining xorijiy davlatlar jinoiy yurisdiksiyasidan immuniteti bo‘yicha 7
moddali loyihaga o‘zlarining yozma kommentariyalarini bildiradilar. Hozirgi
kunda davlatlarning ko‘pchiligi funksional immunitetga istisnolar masalasiga
ijobiy nazar bilan qaramoqdalar. Ayni paytda davlatlarning ko‘pchiligi 7 modda
loyihasiga ijobiy fikr-mulohazalar bildirayotganligiga qaramasdan, ushbu
moddalar loyihasiga ozgacha nazar bilan qarayotgan davlatlar ham mavjud. Bir
so‘z bilan aytganda ushbu moddalar loyihasining qonuniy kuchga kirishi va
xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va amaliyotga to‘liq tadbiq
etilishi ma’lum maʼnoda ushbu sohadagi qonunchilikni zamon talablariga
moslashtirish va davlat mansabdor shaxslarining xorijiy davlatlar jinoiy
yurisdiksiyasidan immunitetiga doir qonunchilikni aniq mezonlar bilan belgilash
imkonini beradi va bu o‘z-o‘zidan davlatlarga ushbu qonunchilikni o‘zlarining
13
Bojan M. The immunity of state officials from foreign criminal jurisdiction. 2015 Container: Nauka, bezbednost,
policija Volume: 20 Issue: 1 Page: 17-30 DOI: 10.5937/nbp1501017m
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
97
sud amaliyotlarida qo‘llash uchun yangi eshiklarni ochib beradi. Biz misol
tariqasida Germaniya tomonidan 7 moddadan iborat loyihaga bildirilgan yozma
fikr-mulohazalarga yuzlanadigan bo‘lsak, Germaniya 2017-yilda funksional
immunitetga istisnolar loyihasiga quyidagicha fikr bildirgan: Ushbu loyihada
xalqaro odat huquqining holati inobatga olinmagan. 2023-yilda Germaniya
positsiyasida Germaniya retione materiaega xalqaro huquqqa ko‘ra og‘ir
jinoyatlar sodir etilgan taqdirda istisnolar qo‘llash tendensiyasini ko‘rib
chiqmoqda
14
. Xulosa qilib ayta olamizki, bugungi dunyo kundan-kunga
o‘zgarmoqda. Buni inobatga olgan holda davr talablariga mos keluvchi davlat
vakillarining xorijiy davlat yurisdiksiyasidan immuniteti to‘g‘risida yangi
normalar ishlab chiqish lozim.
14
Herbert S. F. Sovereign Immunity in Germany.
https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=f3a97228-68da-