Авторы

  • Elbek Shavqiyev
    Jizzax Politexnika instituti Transport fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.50206

Ключевые слова:

ixtiro elektromobilllar ko’rgazma evolyutsiya

Аннотация

Ushbu maqolada elektromobillarning evolyutsiyasi haqida fikr yuritilgan. Eng qadimgi elektromobilllar yaratish haqida bir qator ishlar tahlilga tortilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

60

ELEKTROMOBILLARNING YANGI DAVRI

Shavqiyev Elbek Abdurazzoq oʻgʻli

Jizzax Politexnika instituti Transport fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12275130

Annotatsiya:

Ushbu maqolada elektromobillarning evolyutsiyasi haqida

fikr yuritilgan. Eng qadimgi elektromobilllar yaratish haqida bir qator ishlar
tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar:

ixtiro, elektromobilllar, ko’rgazma, evolyutsiya

Insoniyat elektr avtomobillaridan qariyb 1,5 asr davomida foydalanib

keladi. Lekin ularga doim yangilik sifatida qaralaveradi. Chunki ular vaqti-vaqti
bilan yo‘qolib-paydo bo‘lib turadi. Bunga esa har davrlarda turli obektiv va
sub’yektiv sabablar bo‘lgan.

Yangi davr. 19-asr o‘rtalaridan Amerika va Yevropa mamlakatlarida

elektromobilllar yaratish uchun kimo‘zarlik kayfiyati boshlanib ketdi. 1858 yilda
Gaston Plantening qo‘rg‘oshinli akkumulyator ixtiro qilishi bu jarayonlarni
yanada tezlashtirdi. 1881 yilda fransuz kimyo muhandisi Camiyel Alfonse For
Gaston Plantening qo‘rg‘oshin-kislota akkumulyatori dizaynini yanada
yaxshiladi va uning quvvati sezilari darajada oshirildi. Ana endi 1881 yildagi
Parij xalqaro elektr ko‘rgazmasida fransuz ixtirochisi Gustav Truv elektr motorli
uch g‘ildirakli velosipedni taqdim etdi. Xuddi shu yili uning hamyurti Sharl Janto
aravani akkumulyatorli elektr dvigatel bilan jihozladi va 1884 yildan 1906
yilgacha Janto brendi ostida tijoriy elektr o‘ziyurar vagonlarni ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘ydi.

Inglizlar ham qarab turmadi. Ularning birinchi elektromobillari 1884 yilda

Tomas Parker tomonidan ishlab chiqarilgan. O‘sha yillarda esa Londonda Uolter
Burseyning bir martalik quvvati 48 km masofaga yetuvchi, 14,5 km/soat tezlikka
ega akkumulyatorli elektr taksilari harakatlana boshladi. 1888 yilda Andreas
Floken Germaniyada elektr motorli o‘ziyurar aravaga asoslangan ilk
elektromobilni yaratdi.

Amerikalik birinchi elektromobil esa 1891 yilda Uilyam Morrison

tomonidan ishlab chiqarilgan elektr batareyasi yordamida yasalgan. 6 o‘rinli
vagon 23 km/soat tezlikka erisha oldi va u rul bilan jihozlangan birinchi
avtomobil edi. 1894 yil. Muhandis-mexanik Genri Morris va kimyogar Pedro
Salom tomonidan Filadelfiyada ishlab chiqilgan birinchi elektr taksilar Nyu-York
ko‘chalarida paydo bo‘ldi. Bu avtomobillar bir marta quvvatlanganda 40 km
masofani bosib o‘tgan. Maksimal tezlik esa soatiga 32 km. Hozirgi elektr
samokatlardan sal tezroq.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

61

Ko‘p o‘tmay, Amerikada bir quvvat bilan 22,5 km/soat tezlikda 80–128 km

masofani bosib o‘tuvchi va 32 km/soat tezlik bilan 130 kilometr yo‘l bosa
oladigan boshqa-boshqa elektromobillar ko‘payishni boshladi.

Rekordlar yangilanib, yaxshilanib bordi. 1898 yilda fransuz poygachisi

Gaston de Chasseloo-Lobat elektromobilda 68 km/soat tezlikka erishdi va
keyingi yili bu rekord qariyb 106 km/soatga yetdi. 4 yil o‘tib, Valter Beykerning
Torpedo elektromobili soatiga 161 km tezlikka erishdi.
1897 yilda Nyu-York taksi haydovchilari tijorat elektr aravalarining ilk
xaridorlariga aylandi. Ba’zi manbalar ta’kidlashicha, 1900 yilga kelib, AQShdagi
barcha avtomobillarning chorak qismi elektr ulovlar bo‘lgan va shu yillari
elektromobillar ichki yonuv dvigatelli an’anaviy mashinalardan ko‘proq sotilgan.

Orqaga qaytish davri

1900 yillarning boshida elektr avtomobillari, ayniqsa, oddiy avtomobillarning
benzin hidini yoqtirmaydigan oqsuyak ayollar orasida mashhur edi. Shuningdek,
“AQShda benzin bilan harakatlanuvchi taniqli avtomobil ishlab chiqaruvchilari
o‘z uylari va ofislari o‘rtasida harakatlanish uchun elektromobillardan
foydalanishadi" degan mish-mishlar ham tarqalgan. O‘sha yillarda boshqa
avtomobil ishlab chiqaruvchilari “elektromobillar tannoz oyimchalarning
mashinasi” degan gaplar bilan erkaklarning g‘ururini uyg‘otishga urinishni
boshlashdi. Sifatli yo‘llar qurilishi ortidan uzoq masofalarga harakatlanish
ommalashib bordi. Bu esa quvvatlash noqulay va uzoq vaqtni oladigan elektr
ulovlarga talabni pasaytira boshladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.Элекромобили: мировые тренды, проблемы и перспективы, Денис
ХИТРЫХ Директор центра исследований и разработок по маркетингу, МВА,
<>: научная статьяю Журнал: Электрическая политика №1(155);
2. Electric Vehicle Technology Explained, Second Edition. James Larminie and
John Lowry.© 2012 John Wiley & Sons, Ltd. Published 2012 by John Wiley &
Sons, Ltd
3. Электромобили и автомобили с комбинированной энергоустановкой.
Расчет скоростных характеристик: учеб. пособие / В.Е. Ютт, В.И. Строганов.
– М.: МАДИ, 2016. – 108 с

Библиографические ссылки

Элекромобили: мировые тренды, проблемы и перспективы, Денис ХИТРЫХ Директор центра исследований и разработок по маркетингу, МВА, <>: научная статьяю Журнал: Электрическая политика №1(155);

Electric Vehicle Technology Explained, Second Edition. James Larminie and John Lowry.© 2012 John Wiley & Sons, Ltd. Published 2012 by John Wiley & Sons, Ltd

Электромобили и автомобили с комбинированной энергоустановкой. Расчет скоростных характеристик: учеб. пособие / В.Е. Ютт, В.И. Строганов. – М.: МАДИ, 2016. – 108 с