ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
179
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYASI VA XALQARO
INSON HUQUQLARI STANDARTLARI O‘RTASIDAGI MUFOVIQLIK
TAHLILI
Ochilova Nargiza Abdinazarovna
(Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining
huquqshunoslik fani o‘qituvchisi)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14413471
Annotatsiya:
Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
xalqaro inson huquqlari standartlari o‘rtasidagi muvofiqlikni tahlil qiladi.
Asosan, BMTning Inson Huquqlari Bo‘yicha Umumjahon Deklaratsiyasi va
boshqa xalqaro hujjatlarda ko‘zda tutilgan asosiy inson huquqlarining milliy
qonunchilikdagi aks etish darajasini o‘rganadi. Tadqiqot konstitutsiyaviy
qoidalarning xalqaro me’yorlar bilan qanday muvofiqlashganligini, shuningdek,
amaliyotdagi qo‘llanilishini va muammoli joylarini ko‘rib chiqadi. Natijada,
O‘zbekistonning xalqaro huquq normalariga rioya qilishdagi yutuqlari va
qiyinchiliklari tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
inson huquqlari, xalqaro me’yorlar, huquqiy muvofiqlik,
qonun oldida tenglik, yashash huquqi, fuqarolik va siyosiy huquqlar,
diskriminatsiya, so‘z erkinligi, qiynoqlarning oldini olish.
Zamonaviy
jahon
tizimida
davlatlararo
munosabatlar
tobora
murakkablashib bormoqda. Bu esa, xalqaro va milliy qonunchilik tizimlari
o‘rtasidagi integratsiya va muvofiqlikni talab qiladi, xususan, inson huquqlari
sohasida. O‘zbekiston Respublikasi, mustaqillikka erishgandan so‘ng,
fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash maqsadida qator qonun
hujjatlarni qabul qildi va mavjudlarini takomillashtirish jarayonini davom
ettirmoqda. Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyatning inson huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha qabul qilgan qator konvensiyalari va deklaratsiyalari mavjud.
Ushbu tezisning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson
huquqlari va erkinliklarining qanday qilib xalqaro inson huquqlari standartlari
bilan muvofiqligini tahlil qilishdan iborat.
O‘zbekiston Konsititutsiyasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
prinsip va normalariga asoslangan holda qabul qilingan. Bu konstitutsiya
normalarining inson huquqlariga doir xalqaro darajadagi hujjatlarga
muvofiqlikning ta’minlanishini anglatadi. Xalqaro darajada inson huquqlarini
himoya qilish bo‘yicha asosiy hujjat - bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Inson huquqlari bo‘yicha Umumjahon Deklaratsiyasidir (1948). Ushbu
deklaratsiya, jumladan, har bir shaxsning erkin va teng huquqlarga ega bo‘lishi,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
180
shuningdek, siyosiy va ijtimoiy huquqlarini erkin ifoda etishi kabi asosiy
huquqlarni qamrab oladi. Deklaratsiyadan tashqari, inson huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha bir qator boshqa xalqaro shartnomalar ham mavjud, jumladan,
Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Konvensiyasi va Xalqaro fuqarolik va siyosiy
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (Buergenthal, et al., 2009) shular qatoriga
kiradi. Konstitutsiyaviy me’yorlarning bu hujjatlarga mos kelishi O‘zbekiston
Konsitutsiyasining muqaddimasida qayd etilgan.
Yana bir misol, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bobida
inson huquqlari va erkinliklarining asosiy qoidalari belgilab qo‘yilgan. Bu
qoidalarga ko‘ra, har bir shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning
shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va so‘z erkinligi kafolatlanadi. Konstitutsiya,
shuningdek, tenglik va adolat tamoyillarini o‘z ichiga olgan holda, har bir
fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish majburiyatini davlat
zimmasiga yuklaydi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarning asosiy maqsadi–inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati, qonuniy ehtiyojlari va manfaatlarini, bir so‘z bilan aytganda, inson
qadrini hartomonlama himoya qilishdir.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari standartlari
o‘rtasidagi muvofiqlikni tahlil qilishda, konstitutsiyaviy qoidalarning xalqaro
me’yorlar bilan qanday muvofiqlashganligini ko‘rib chiqish muhimdir. Masalan,
Konstitutsiyaning 24-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el
fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari
xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi deyilgan. 25-moddasida esa
yashash har bir insonning ajralmas huquqi ekanligi belgilangan, bu esa Inson
huquqlari bo‘yicha umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasiga muvofiq keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari me’yorlari
o‘rtasidagi muvofiqliklarni tahlil qilishda, bir qator asosiy qoidalar va tamoyillar
mavjud bo‘lib, ular ikkala huquq tizimida ham o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi har bir shaxsning teng huquqliligi va tengligini
ta’minlaydi, bu esa BMTning Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon
Deklaratsiyasida ham qayd etilgan. Ushbu tamoyil nafaqat fuqarolarning o‘zaro
munosabatlarida, balki davlat organlari bilan munosabatlarida ham amal qilishi
lozim. Konstitutsiya va xalqaro me’yorlar, jins, irq, millat, til yoki din kabi omillar
bo‘yicha hech qanday diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikni ta’kidlaydi.
Konstitutsiyada fuqarolarning ovoz berish huquqi, saylovlar va referendumlarda
ishtirok etish huquqi kabi siyosiy huquqlar aniq belgilangan. Bu huquqlar
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 25-moddasida,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
181
hamda boshqa xalqaro hujjatlarda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zbekistonning
milliy qonunchiligi orqali fuqarolar o‘z vakillarini erkin tanlash va o‘z siyosiy
qarashlarini erkin ifoda etish imkoniyatiga ega.
Ta’kidlash joiz, Konstitutsiyada azob-uqubatlardan himoya qilish, shuningdek,
qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki kamaytiruvchi munosabat va
jazolardan saqlanish kafolatlari ham belgilangan. Bu tamoyillar BMTning
Qiynoqlarga qarshi konvensiyasining 2-moddasidagi “Har bir ishtirokchi davlat
uning yurisdiksiyasidagi istalgan hududda qiynoq harakatlarining oldini olish
uchun samarali qonun chiqarish, ma’muriy, sudlov va boshqa choralarni ko‘radi”
degan qoidaga to‘g‘ri keladi.
Bu muvofiqliklar O‘zbekistonning xalqaro huquqiy me’yorlarni milliy
qonunchilikka qanchalik samarali singdirayotganini ko‘rsatadi. Biroq,
amaliyotda bu qoidalarning qo‘llanilishi har doim ham ideal bo‘lavermaydi va
ko‘pincha qo‘shimcha islohotlar va monitoring talab etiladi. Bu muvofiqliklar va
qiyinchiliklarni chuqurroq tushunish, kelajakda huquqiy va siyosiy islohotlarni
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro inson huquqlari standartlari
o‘rtasidagi muvofiqlik tahlili, ikkala huquqiy tizim o‘rtasidagi aloqadorlikni
chuqurroq tushunishimizga yordam beradi. Biroq, mavjud tafovutlar va
muammolar ham ko‘p, va ularni hal qilish uchun qo‘shimcha sa’y-harakatlar
zarur. Bu tahlil natijalari, kelajakda O‘zbekistonning xalqaro huquqiy
me’yorlarga moslashuvini yaxshilashga qaratilgan siyosiy va qonuniy
islohotlarni amalga oshirishda foydali bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xalqaro hujjatlar:
2.
Inson
huquqlari
umujahon
deklaratsiyasi.
https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
3.
Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz,
g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya.
https://lex.uz/docs/-2655293
4.
Fuqaroviy
va
siyosiy
huquqlar
to‘g‘risida
xalqaro
Pakt.
https://lex.uz/docs/-2640479
5.
. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145
6.
Maxmudov
R.M.,
Qoraboev
A.A.
–
Yangilangan
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolik jamiyatini harakatga keltiruvchi
qonun sifatida. https://scientific-jl.org/new/article/view/1603/1553