Авторы

  • Muftox Xakimov
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi UzMU professori
  • Zumrad Yendirboyeva
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi UzMU “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar” fakulteti 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61499

Ключевые слова:

CRUD Create Read Update Delete) missiya magistratura magistr magistrant atribut tizim model loyiha admin admin page avtorizatsiya dinamik tizim.

Аннотация

Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalaridagi magistratura mutaxassisliklari soni kundan kunga ortmoqda. Lekin, mavjud bo‘lgan birorta axborot tizimi magistratura ta’limi o‘quv faoliyati davomida magistr va magistrantlar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda online yig‘ish hamda ta’lim oluvchilarning ilmiy nashrlarini kalendar ish rejasida belgilangan tartibda yuklab borish vazifalarini hal qilmagan. Natijada fakultet dekani, kafedra mudiri va ilmiy rahbar tomonidan magistrant haqidagi o‘quv faoliyatiga doir ma’lumotlarni online kuzatish, tahlil qilish va nazorat qilib borish jarayonlarida ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt sarflanishiga olib kelmoqda. Bu esa ushbu ta’lim jarayonlarida ishtirok etuvchi shaxslarning mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

170

“MAGISTRATURA” AVTOMATIZATSIYALASHGAN AXBOROT

TIZIMINING LOYIHAVIY DASTURIY TA’MINOTI

Xakimov Muftox Xamidovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi UzMU professori

Yendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi UzMU

“Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar” fakulteti 2-bosqich

magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14406103

Annotatsiya:

Respublikada faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalaridagi

magistratura mutaxassisliklari soni kundan kunga ortmoqda. Lekin, mavjud
bo‘lgan birorta axborot tizimi magistratura ta’limi o‘quv faoliyati davomida
magistr va magistrantlar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni kerakli vaqtda
online yig‘ish hamda ta’lim oluvchilarning ilmiy nashrlarini kalendar ish rejasida
belgilangan tartibda yuklab borish vazifalarini hal qilmagan. Natijada fakultet
dekani, kafedra mudiri va ilmiy rahbar tomonidan magistrant haqidagi o‘quv
faoliyatiga doir ma’lumotlarni online kuzatish, tahlil qilish va nazorat qilib
borish jarayonlarida ortiqcha qog‘ozbozlik va vaqt sarflanishiga olib kelmoqda.
Bu esa ushbu ta’lim jarayonlarida ishtirok etuvchi shaxslarning mehnat
unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu nuqtai nazardan oliy ta’lim muassasalaridagi magistratura o‘quv

faoliyati bo‘yicha axborot tizimini yaratish masalasi nihoyatda muhim va
dolzarbdir.

Kalit so‘zlar:

CRUD,

Create, Read, Update, Delete), missiya,

magistratura,

magistr, magistrant, atribut, tizim, model, loyiha, admin,

admin page,

avtorizatsiya, dinamik tizim

.

Tadqiqot maqsadi va vazifalari.

Ushbu magistrlik dissertatsiyasining

maqsadi OTM magistrantlari uchun yaratilayotgan axborot tizimi asosida
ma’lumotlarni boshqarish va o‘quv faoliyatini yuritishni tizim yordamida
yengillashtirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni
hal qilish kerak:

predmet sohani tahlil qilish;

magistrantlarning ma’lumotlar bazasini loyihalash;

tizimni loyihaga asosan yaratish;

tizim dizaynini ishlab chiqish;

tizimni sinovdan o‘tkazish;

tizimni joriy etish;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

171

Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida tizimni

joriy etish.

Tizim quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olishi zarur:

tizimdan magistrlar va magistrantlar haqidagi ma’lumotlarni izlash;

magistrlar ma’lumotini tizimga qo‘lda yozish orqali emas tizimga

mos shakllantirilgan excel fayl orqali yuklash;

admin shaxslar magistrlar haqidagi 43 ta atribut orqali online

ma’lumotlarni yig‘ish;

tizimdagi ma’lumotlarni excel fayl qilib yuklash;

avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi profilini tahrirlash;

tizimdagi 43 ta atributlarni filtr qilish;

tizimni ma’muriy boshqarish.

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi

Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorida ham o‘z aksini topdi. Ushbu
qarorga ko‘ra 2021-yil 1-yanvardan boshlab fuqorolar tomonidan tizim
boshqaruvi, ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot
xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-
sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplash tizimi
joriy etilganligi ta’lim tizimida ham axborot tizimlarini qo‘llash va ma’lumotlar
bazasini rivojlantirish chora-tadbirlariga misol bo‘la oladi. Inson kapitali
mamlakatning muhim milliy boyligi hisoblanadi. Uning har tomonlama
koʻpayishi va taraqqiy etishi, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan,
professional tayyorgarlikka ega boʻlgan, mamlakatni modernizatsiya qila
oladigan va demokratik jamiyat qurish yoʻlidagi murakkab va keng koʻlamli
vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan, yurt va xalq manfaatlariga sadoqatli yangi
avlod kadrlarini tayyorlash bugungi zamon talabidir. Bunga erishishda eng
asosiy eʼtiborni kadrlarni tayyorlab berishdagi muhim boʻgʻini, pedagog kadrlar
tayyorlashdagi asosiy bosqich hisoblangan magistratura mutaxassisliklariga
eʼtibor qaratib, bu yoʻnalishda ayrim islohotlarni kechiktirmasdan amalga
oshirish lozim.

XXI asrda axborot almashinuvini raqamlashtirish jarayonida

magistrantlar uchun axborot almashinuvida qulay bo‘lgan platforma yaratish,
magistrantlar bilan professor - o‘qituvchilar o‘rtasida turli darajadagi o‘quv
faoliyatini amalga oshirish va magistrantlarga ilmiy yangiliklarni e’lon qilib


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

172

borish tadqiqotning vazifalaridan iborat. Tizimni tashkil qiluvchi jadvallar
quyidagi rasmda aks etgan(1-rasm).

1-rasm. Tizimning jadvallar diagrammasi

Tizimga barcha foydalanuvchilardan elektron pochta va avvalda admin

tomonidan berilgan parol orqali kirishlari mumkin.

2-rasm. Tizimga kirish oynasi
Tizimga kirish muvaffaqiyatli amalga oshirilsa quyidagi xabar oynaga

chiqadi(2-rasm). Yoki tizimga kiritilmagan begona shaxs kirsa 3-rasmdagidek
xabar beriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

173

2-rasm.

Muvaffaqiyatli

xabarnoma

3-rasm.

Royxatda

yo‘qligi

haqidagi xabarnoma

Tizimga admin bo‘lib kirgandan keyin oynada quyidagilar aks etadi.

Magistrantlarni shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha izlash, OTM bo‘yicha izlash,
tugatgan OTM bo‘yicha izlash, turar joyi bo‘yicha izlash, maqola bo‘yicha izlash
va mutaxassislik bo‘yicha izlash ya’ni filtr qilish imkoniyati mavjud. Bundan
tashqari tizim unga kiritilgan magistrantlar sonini ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Faqatgina umumiy magistr va magistrantlar soninigina emas, filtr asosida ham
chiqarilgan ro‘yxat sonini ko‘rsatish va yangi magistrant qo‘shish imkoniyatlari
mavjud.

Magistratura talabalarining shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha filtr qismi

quyidagi atributlarni o‘z ichiga olgan(4-rasm):

Ism;

Familiya;

Otasining ismi;

JSHSHR;

Passport raqam seriyasi va raqami;

Tug‘ulgan sanasi;

Jinsi;

Millati;

Elektron pochtasi;

Shaxsiy telefon raqami;

Ota-onasi telefon raqami.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

174

4-rasm. Tizimdagi ma’lumotlarni shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha izlash

bo‘limi

OTM bo‘yicha izlash bo‘limida esa aynan OTM lardagi magistratura ta’lim

faoliyatiga bog‘iq ma’lumotlarga asosan filtr qilish atributlari berilgan. Bu bo‘lim
o‘z ichiga soha(fakultet)), kursi,to‘lov turi(grand, kontrakt), o‘qishga kirgan
o‘quv yili, ta’lim turi(kunduzgi, sirtqi va kechki), til bilish sertifikati, o‘qiyotgan
semester, ilmiy rahbari, ilmiy maslahatchisi, amaliyot rahbari, ichki taqrizchi,
tashqi taqrizchi, dissertatsiya mavzusi, akademik dam(olgan,olmagan), ilmiy
amaliyot o‘tash joyi ustunlarini va unga asosan berilganlarni o‘z ichiga oladi(5-
rasm).

5-rasm. Tizimdagi ma’lumotlarni OTM ma’lumotlari bo‘yicha izlash bo‘limi
Yuqorida ko‘rsatilgan rasmda berilgan atributlardan kurs, to‘lov turi, ta’lim

turi, til sertifikati, o‘qiyotgan semestr ma’lumotlari tanlanadigan ma’lumot
sifatida kiritilgan. Semestr qismida magistratura ta’limi 1 yildan 3 yilgacha
davom etganligi hisobga olinib 6 ta semestrni o‘z ichiga olgan.

Quyida tugatgan OTM bo‘yicha izlash, turar joyi bo‘yicha izlash, maqolalari

bo‘yicha izlash hamda mutaxassislik bo‘yicha izlash bo‘limlari oynasini
rasmlarini ham keltirib o‘tamiz(6,7,8,9-rasmlar). Yuqoridagi OTM ma’lumotlari
bilan izlash singari ushbu bo‘limlar ham o‘ziga tegishli ma’lumotlar asosida filtr
qilish va magistratura talabalari haqidagi berilganlar haqida tahlil, nazorat
ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

6-rasm. Tizimdagi ma’lumotlarni tugatgan OTM ma’lumotlari bo‘yicha

izlash bo‘limi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

175

7-rasm. Tizimdagi ma’lumotlarni turar joyi bo‘yicha izlash bo‘limi

8-rasm. Tizimdagi ma’lumotlarni maqola bo‘yicha izlash bo‘limi
Ushbu tizim dinamik tizim bo’lib vaqt o‘tishi bilan mukammallashtirilib

boriladigan dastur hisoblanadi. Bunga qo‘shimcha sifatida har bir bo‘lim
bo‘yicha alohida emas istalgan ikkita yoki uchta bo‘limdan bitta yoki undan ko‘p
atributlarni tanlab filtrni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bu esa
magistratura ta’limida talabalar haqidagi turli xil hujjatlashtirish ishlarida
qog‘ozbozlikni oldini oladi va mehnat unumdorligini oshiradi.

9-rasm. Tizimdagi ma’lumotlarni mutaxassislik bo‘yicha izlash bo‘limi
Yuqoridagi oynada tanlanadigan ma’lumotlar magistrant qo‘shish

jarayonidagi fakultetga mos holda chiqadi. Ya’ni 9-rasmdagi oynada biz Amaliy
matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida o‘quvchi magistrantni
qo‘shganmiz. Shu sababli ham faqat o‘sha fakultet tarkibiga kiruvchi
mutaxassisliklar rasmda aks etgan. Huddi shu kabi agar “Fizika” fakulteti uchun
magistrantni ro‘yxatga kiritganimizda tizimda ushbu fakultet tarkibidagi
mutaxassisliklar kelib chiqadi. Axborot tizimidagi “Admin page” asosan yuqorida


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

176

keltirilgan vazifalarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Quyida ro‘yxatdan o‘tgan
magistrantlar jadvalini va ularni sonini ko‘rishimiz mumkin(10-rasm):

10-rasm. Ro‘yxatdan o‘tgan magistratura talabalari ro‘yxati
Ushbu admin oynasi yana shunday imkoniyatni taqdim etadiki faqatgina

magistratura talabalari haqidagi tizimga kiritilgan berilganlarni filtr qilib tahlil
qilish imkoniyatidan tashqari, ushbu berilganlarni excel fayl ko‘rinishida yuklab
olish va kerak maqsadlarda foydalanish imkoniyati ham mavjud. Bunga
qo‘shimcha ravishda tizimda yana

CRUD

(Create, Read, Update, Delete) amallarini

ham amalga oshirishimiz mumkin.

Endi user(magistr) oynasini tahlil qiladigan bo‘sak bu oynada magistr o‘zining

ismi, familiyasi, passport raqami, emaili, telefon raqami kabi shaxsiy ma’lumotlari
ustida CRUD amallarini ishlatishi mumkin. Hamda magistratura talabasiga
berilgan parol orqali kirib o‘z parolini yashirin, faqatgina o‘ziga ma’lum parolga
o‘zgartirishi mumkin. Yana shuni aytib o‘tishimiz kerakki magistratura ta’limi
ilmiy nashrlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli magistrantlar o‘z ilmiy nashrlarini
tizimga yuklab borishi va bu haqida kafedra mudiri va ilmiy rahbar habardor
bo‘lishi juda muhim. Quyida magistratura talabasi oynasi rasmi keltirilgan(11-
rasm).


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

177

11-rasm. Magistratura talabasi oynasi
Magistratura ta’limi juda ko‘p narsalarni o‘z ichiga oladi. Biz yaratgan

magistratura avtomatizatsiyalashgan axborot tizimining qisqacha tahlili
shundan iborat. OTM magistrantlari uchun berilganlarni boshqarish tizimini
yaratishda baza qismi PostgreSQLdan, Frontend qismini Node.js texnologiyasi va
Javascript dasturlash tilidan foydalanilgan holda ishlab chiqildi.

Bu tizim vaqt o‘tishi bilan mukammallashtirilib boriladi. Hamda

o‘ylaymanki, bu tizim OTM dagi dekan, kafedra mudiri va ilmiy rahbarlar uchun
ish faoliyatlarida yordam beradi. Ma’lumotlarni tahlil qilish bu tizimning asosiy
vazifasi hisoblanadi. Biz ushbu missiyamizni tizim orqali amalga oshirdik.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 5-

oktyabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori.
2.

M.X.Hakimov, S.M.Gaynazarov. Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari.

Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.:«Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa
uyi», 2021.(204-bet)
3.

“Magistratura avtomatizatsiyalashgan axborot tizimini loyihalash va

yaratish” nomli maqola “Ilm-fan va innovatsiya” Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasining 2023-yil 9-son.
4.

Alimov R.X., Sobirov A.A., Saydullayeva S.A., Sharipov B.A., Akromov A.A.

Web dasturlash. Oʻquv qoʻllanma. – T.: IQTISODIYOT, 2019.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

178

5.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

rasmiy veb-sayti. (www.mitc.uz).
6.

http://argouml.tigris.org

7.

http://argouml.tigris.org/servlets/ProjectMailingListList

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori.

M.X.Hakimov, S.M.Gaynazarov. Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.:«Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2021.(204-bet)

“Magistratura avtomatizatsiyalashgan axborot tizimini loyihalash va yaratish” nomli maqola “Ilm-fan va innovatsiya” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining 2023-yil 9-son.

Alimov R.X., Sobirov A.A., Saydullayeva S.A., Sharipov B.A., Akromov A.A. Web dasturlash. Oʻquv qoʻllanma. – T.: IQTISODIYOT, 2019.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy veb-sayti. (www.mitc.uz).