Авторы

  • Xurshida Tursunboyeva
    Guliston davlat universiteti
  • Gulbahor Isaqulova
    Guliston davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61500

Ключевые слова:

gender tengligi mehnat huquqi Ayollar daftari Maqsadli ko’rsatkichlar Gender strategiyasi mehnat muhofazasi mehnat kodeksi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun.

Аннотация

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bugun har qaysi sohaga e’tibor qaratmang u yerda teng nufuzga ega holda mehnat qilayotgan ayollarni kо‘ramiz. Mazkur maqolada mamlakatimizda xotin-qizlarning mehnat huquqini kafolatlash va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida so‘z yuritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

165

MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLAR MEHNAT HUQUQINI

KAFOLATLASH VA ULARGA QULAY MEHNAT SHAROITINI

YARATISH BO‘YICHA CHORA TADBIRLAR.

Tursunboyeva Xurshida Abdusamad qizi

Isaqulova Gulbahor Xoljigit qizi

Guliston davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14383682

Annotatsiya:

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish

masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bugun har qaysi sohaga e’tibor
qaratmang u yerda teng nufuzga ega holda mehnat qilayotgan ayollarni
kо‘ramiz. Mazkur maqolada mamlakatimizda xotin-qizlarning mehnat huquqini
kafolatlash va ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora
tadbirlar haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

gender tengligi, mehnat huquqi, Ayollar daftari, Maqsadli

ko’rsatkichlar, Gender strategiyasi, mehnat muhofazasi, mehnat kodeksi,
“Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga

so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, mehnat huquqini kafolatlash va ayollar
tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining vazifalari qayta
ko‘rib chiqildi, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmasida xotin-qizlar
bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash
bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy
bo‘linmalari, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli
jamg‘armasi tashkil etildi, shuningdek, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis
etildi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlarini qo‘llab-quvvatlashning
yangi tizimi yaratildi.

Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini

kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash,
mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish
maqsadida ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha
taqiqlar bekor qilinadi, tavsiyaviy xarakterdagi ayollar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir
etishi mumkin bo‘lgan soha yoki kasblar ro‘yxati tasdiqlanadi. [1]

ASOSIY QISM VA NATIJALAR.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 5 martdagi

“Xotin-

qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

166

ta'minlash

tizimini

yanada

takomillashtirish

chora-tadbirlari

to'g'risida”gi

Qarori

xotin-qizlarning

huquq-manfaatlarini

ta'minlash

borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qolaversa, mazkur Qaror

“Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi

salomatligini mustahkamlash yili”

Davlat dasturining 9-bandi ijrosini

ta'minlashga qaratilgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Unda xotin-
qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi mavqeini yanada oshirishga
qaratilgan yaxlit tizimni yaratish bilan bog'liq chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Mazkur

qarorga

muvofiq,

Respublika

xotin-qizlar

jamoatchilik

kengashi tashkil etilishi

belgilangandi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy

faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-
mohiyati va ahamiyatini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish, xotin-qizlarning
ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama
ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni
aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish, hududlarda, ayniqsa,
qishloqlarda xotin-qizlarga ko'rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular
o'rtasida sog'lom turmush tarzini ta'minlash borasidagi ishlar samaradorligini
oshirish, turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlash, turmush va
mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko'paytirish borasida tizimli
chora-tadbirlarni belgilash

uning asosiy vazifalari etib belgilandi. [2]

Bugungi kunda xotin-qizlar turli sohalarda o'z salohiyatlarini ro'yobga

chiqarishlari mumkin. Davlat boshqaruvida ayollar vakillarini ko'paytirish
uchun siyosat, iqtisodiyot va jamiyat hayotida yetakchi lavozimlarni egallashga
qodir 15 ming nafardan ortiq xotin-qizlardan kadrlar zaxirasi shakllantirildi.
Lider ayollar tayyorlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT

tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-
qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-
o‘ringa ko‘tarildi.

Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44

foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.

Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli

ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili
300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi.

Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q

yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

167

yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki
baravarga ortdi.

Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-

qizga jami 6,9 trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz

o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida
O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha
ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va
5 pog‘onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro

huquqning boshqa umume’tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo
ko‘rsatib kelgan.

BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror

rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib,
mamlakatimiz uchun dolzarb hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish
bo‘yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan.

Xususan, barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni

ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini
ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-
moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish

strategiyasi (bundan buyon matnda Gender strategiyasi deb yuritiladi)

2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish

strategiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi (bundan buyon matnda Kompleks chora-tadbirlar dasturi deb
yuritiladi)

2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish

strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari (bundan buyon matnda Maqsadli
ko‘rsatkichlar deb yuritiladi) tasdiqlandi.

Gender strategiyasini 2023 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich amalga

oshirish uchun har yilda alohida-alohida kompleks chora-tadbirlar dasturlari
tasdiqlanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

168

O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish qilish to‘g‘risida”gi

qonuniga muvofiq, ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan
xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarni taʼminlash bo‘yicha ish
beruvchilarga bir qancha vazifalar yuklatilgan. Bu esa korxonada mehnatni
muhofaza qilishni boshqarishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va
qo‘llashni taqozo etadi.

O‘zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda mehnat jarayonida insonning

xavfsizligi, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlash borasida keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi asosiy to‘rtta vakolatlarni amalga oshirish, mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga o‘tkazib berilishi,
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat va jamoat nazorati kuchaytirishi
borasidagi barcha amalga oshirilayotgan tadbirlar eng avvalo korxona va
tashkilotlarda, ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan. [3]

18 yoshdan kichik bo‘lgan qizlar uchun og‘ir yuklarni qo‘lda ko‘tarish

va tashishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuklamalarning ruxsat etilgan
meʼyorlari

1.

18 yoshdan kichik bo‘lgan qizlarni yuklarni ko‘tarishi va tashishi quyida

keltirilgan meʼyorlardan oshib ketmasa va ular doimiy bajaradigan ishi bilan
bog‘liq bo‘lsa va ish vaqtining uchdan bir qismidan iborat bo‘lganda ruxsat
etiladi.
2.

18 yoshdan kichik bo‘lgan qizlarni faqat 4,1 kg dan og‘ir bo‘lgan yuklarni

ko‘taradigan ishlarga jalb etishga ruxsat etilmaydi
3.

18 yoshdan kichik bo‘lgan qizlar uchun yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish

massasi 7 kg dan oshmasligi kerak (1 jadval).
4.

18 yoshdan kichik bo‘lgan qizlarga yuklarni bir g‘ildirakli zambilg‘altakda

va ikki g‘ildirakli aravachada tashishga ruxsat etilmaydi.
5.

Og‘ir yuklarni uch va to‘rt g‘ildirakli aravachalarda tashishda yukning

chegaraviy

vazn

52 kg oshmasligi kerak, bunda tekis yuzada tashishga chegaraviy ko‘tarish
ko‘rsatkichi 0,01 bo‘lgan holda ruxsat etiladi.
6.

Og‘ir yuklar vagonetkalarda tashilganda yukning chegaraviy vazni 224 kg

dan oshmasligi kerak, bunda ko‘tarish ko‘rsatkichi 0.01 dan oshmagan holda
faqat relslarda harakatlanishga ruxsat etiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

169

7.

14-15 yoshdagi qizlar uchun yuklarni qo‘lda ko‘tarish va tashish alohida

holatlarda ruxsat beriladi, bunda 3 bandda qayd qilingan hamma meʼyoriy
yuklamalar 2 baravar kamaytiriladi.
8.

14-15 yoshdagi qizlar uchun yuklarni aravachalarda, zambillarda va

vagonetkalarda tashishga ruxsat berilmaydi.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish
va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi. Homilador ayolni yoki uch
yoshga to‘lmagan bolasi bor ayolni ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda ish
beruvchi rad etishning sabablarini ularga yozma ravishda maʼlum qilishi shart.
Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan sudga shikoyat
qilinishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son

qarori.
2.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 5 martdagi “Xotin-

qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini
ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
Qarori
3.

O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish qilish

to‘g‘risida”gi qonuni.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son qarori.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori

O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish qilish to‘g‘risida”gi qonuni.