Авторы

  • Ermat Toshboyev
    Termiz davlat universiteti akademik litseyi “Tabiiy fanlar kafedrasi” o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61502

Ключевые слова:

biologiya didaktika uzviylik zoologiya biokimyo embrologiya

Аннотация

Ushbu tezisda biologiya o’qitishning hozirgi davrdagi samaradorligini oshirish, didaktikasi, vazifalari, uzviyligi, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

156

BIOLOGIYA O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING

TADQIQOTCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

Toshboyev Ermat Ergashevich

Termiz davlat universiteti akademik litseyi

“Tabiiy fanlar kafedrasi” o’qituvchisi

ermattoshboyev29@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14375961

Annotatsiya:

Ushbu tezisda biologiya o’qitishning hozirgi davrdagi

samaradorligini oshirish, didaktikasi, vazifalari, uzviyligi, ilmiy-tadqiqot
metodlari haqida fikr va mulohazalar yuritilgan.

Kalit so’zlar:

biologiya, didaktika, uzviylik, zoologiya, biokimyo,

embrologiya

Ta’lim mazmuni fan, texnika, ishlab chiqarish va madaniyatning taraqqiyoti

bilan uzviy bog’liq tarzda modernizatsiyalashtiriladi. Jamiyat taraqqiyotining
hozirgi bosqichida uning globallashuv jarayoni kechmoqda. Bu esa, ta’lim
mazmuni fan va ishlab chiqarish talablariga mos kelishi zarurligini taqozo qiladi.
Ta’lim mazmunining fan va ishlab chiqarish talablariga mos kelishi mehnat
bozori va jamiyat madaniy hayotining barqarorlashuvini ta’minlaydi, uning sara
kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Bularning barchasi pirovard natijada
jamiyatning asosiy muammolarini yechishga ko’maklashadi. Fan va ishlab
chiqarish sohalarining samarali faoliyat ko’rsatishga imkoniyat beradi.

Biologiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarning

o’quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo’lgan biologik
bilimlar, ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa o’z
navbatida o’quvchilarning tarbiyalanganlik natijasida , dunyoqarashi, e’tiqodi,
tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.
O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va amaliy jihatidan
takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi.

Biologiyani o’qitish quyidagi vazifalardan iborat:

-

O’quvchilarning o’qitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda o’quv

fanining o’rnini aniqlash;

-

Maktab o’quv dasturlari va darsliklarini takomillashtirish bo’yicha

tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tatbiq etish;

-

O’quvchilarning yoshida mos ravishda o’quv fanlarining mazmuni, undagi

mavzularning o’rganish izchilligini belgilash;

-

Biologik o’quv fanlarining o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olgan holda,

o’qitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

157

-

O’qitish jarayonida qo’llash uchun zarur jihozlarni aniqlash.

Biologiya o’qitish metodikasi pedagogikaning bir qismi bo’lgan didaktiha

bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o’quvchilar tomonidan bilimlar,
ko’nikmalar va malakalarni o’zlashtirish qonunlarni o’rgansa va u maktabdagi
barcha o’quv fanlari uchun o’qitish nazariyalarni va prinsiplarini ishlab chiqsa,
biologiya o’qitish metodikasi biologiya bilan bog’liq nazariy va amaliy
masalalarni ishlab chiqadi.

Biologiya o’qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U

biologiya fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam
anatomiyasi va fiziologiyasi, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya,
evolutsion ta’limot, antropologiya, molekulyar biologiya fan asoslarini o’zida
ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini
tashqi muhit bilan aloqasini to’g’ri tushuntirish o’simlik, zamburug’, hayvon,
mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan miro va makro preparatlar tayyorlash,
ular ustida kuzatish, tajribalar olib boorish, o’qituvchidan yaxshi nazariy bilim,
amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o’quv fani bilan
biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini o’qituvchi yaxshi bilishi kerak.
Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o’lik tabiat to’g’risida tadqiqot
o’tkazilishi oraliq yangi yangi bilimlarni hosil qilish bo’lsa, maktab biologiya
o’quv fanining maqsadi, o’quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik
bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan, bilimlar va
uni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari
– o’quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga
maktab biologiya kursi “kichik fan” emas, balki o’quvchilarning rivojlanishi va
tarbiyasiga ko’mak beruvchi biologiyani asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.

Biologiya o’qitishning ilmiy - tadqiqot metodlari:

-

Maktab o’qituvchilarining ish tajribasini kuzatish vafaoliyatidagi ijobiy,

salbiy tomonlarini aniqlash;

-

Bu sohada to’plagan ma’lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish va hal

etilmagan muammolarni aniqlashtirish va ularni hal etish uchun zarur ishchi
farazlarni ilgari surish;

-

Ilgari surilgan farazlarning qanchalik hayotga yaqin ekanligini aniqlash

maqsadida maktablarda pedagogik tajribalar o’tkazish hamda tajribaviy, nazariy
sinflardan olingan ma’lumotlar o’zaro taqqoslash;

-

Kuzatish va pedagogik eksprementlardan olingan ma’lumotlarni tahlil

qilish, umumlashtirish va xulosalash;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

158

-

Olingan ma’lumotlarga asoslab, metodik maqolalar, qo’llanmalar yaratish

va ishlab chiqilgan fikr-mulohazalarning ommaviy maktablarda tekshirishdan
o’tkazish va tasdig’ini olish.

Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, biologiya fanini o’qitish jarayonida fan-

texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarni hisobga olib
o’quvchilarning tadqiqotchilik kompetentligini shakllantirish uzluksiz ta’lim
mazmunini modernizatsiyalashning muhim vazifalaridan biridir.

O’quvchilarda biologiya fani bo’yicha, fan-texnika, texnologiyalar va ishlab

chiqarishdagi innovatsiyalar bo’yicha to’plangan hayotiy dalillar qanchalik ko’p
bo’lsa, ular munozara jarayoniga shunchalik faol kirishadilar. Ular o’zaro
muloqotga har doim tayyor bo’ladilar. Muammolarni tez tushunadilar va
mohiyatini

anglab

yetadilar.

Ularning

o’quv

ko’nikmalari

hamda

dunyoqarashlari jadallik bilan mujassamlashadi. Biologiyani o’qitishda
metodlarda unumli foydalanish orqali, natijalarga oson va qulay erishiladi.

Tabiiy obyektlarni tan olish va aniqlash metodi biologiyani o’qitishda

yetakchi mavqeiga ega, chunki botanika darslarida o’simlik organlari, o’simlik
turi, turkumi, oilasi, sinfga mansubligi aniqlanadi. Buning uchun o’qituvchi
yetarli darajadagi tarqatma va didaktik materiallar, gerbariylar, majmualari
tayyorlangan bo’lishi va ulardan o’z o’rnida samarali foydalanish lozim.

Zoologiya darslarida hayvonlarning organlari, ularning vazifalarini bilish

bilan bir qatorda hayvonlarning qaysi tip, sinf, turkum, oilaga mansubligini
aniqlaydi. Mazkur metodning samaradorligi hayvonot olamining turli-
tumanligini aks ettiruvchi hayvonlar va ularning organlaridan tayyorlangan ho’l
preparatlar, mulyajlar, tulumlar, majmualar kabi didaktik va tarqatma
materiallarning mavjudligini taqozo etadi. Mazkur metoddan faqat biologiya
darslaridagina emas, balki darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari
mashg’ulotlar va ekskursiyalarda ham keng qo’llaniladi.

Biologik tajribalarni o’tkazish metodi – o’z ichiga biologik obyektlarni

tanish va aniqlash, kuzatishlarni qamrab oladi, lekin mazmun jihatdan ulardan
farq qiladi. Biologik tajribalarni o’tkazish o’quvchilarni o’rganilayotgan jarayon
yoki hodisaning mohiyatini anglashga, ular o’rtasidagi sabab-oqibat
bog’lanishlarini tushunishiga, biologik qonuniyatlarni, “Qayta kashf” etilishiga
imkon beradi. Tajriba natijalarini umumlashtirish, xulosa yasash, uni
rasmiylashtirish o’quvchilarda tadqiqotchilikni rivojlantiradi. Biologik tajribalar
darsda, darsdan tashqari ishlarda, tirik tabiat burchagida va o’quv tajriba
maydonchasida o’tkazilishi mumkin. Biologik tajribalar ham davomiyligiga
qarab, qisqa va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

159

Biologiyani o’qitishda mahalliy – iqtisodiy sharoit va qishloq xo’jaligi

muassasalarining ixtisosligiga bog’liq holda o’simliklarni parvarish qilish va
hayvonlarni boqish maqsadni ko’zlashi va mazmuniga bog’liq holda o’simliklarni
parvarish qilish va hayvonlarni boqish bo’yicha amaliy ish mavzulari xilma-
xildir. Amaliy ishlar qaysi maqsadni ko’zlashi va mazmuniga bog’liq holda
biologiya o’qituvchiga uning rejasini puxta tuzishi, olib boriladigan ishlarning
mazmunini to’liq yoritilishi, olinadigan natijalarni qanday rasmiylashtirish
bo’yicha o’quvchilarga aniq ko’rsatma berilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Tolipova J, G’ofurova A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari. 2002 y.

2.

Mahkamov M. Botanikadan ekskursiyalar o’tkazish metodikasi. O’qituvchi

1991 y
3.

G’ofurov A.T, Maxkamov. M. Biologiyadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.

O’qituvchi 1978 y
4.

Verzilin N.M, Korsunskaya M. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi.

O’qituvchi 1989 y
5.

Azimov I. Biologiya metodik qo’llanma. Ibn Sino 2002 y.

Библиографические ссылки

Tolipova J, G’ofurova A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari. 2002 y.

Mahkamov M. Botanikadan ekskursiyalar o’tkazish metodikasi. O’qituvchi 1991 y

G’ofurov A.T, Maxkamov. M. Biologiyadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar. O’qituvchi 1978 y

Verzilin N.M, Korsunskaya M. Biologiya o’qitishning umumiy metodikasi. O’qituvchi 1989 y

Azimov I. Biologiya metodik qo’llanma. Ibn Sino 2002 y.