Авторы

  • G.D. Kistabayeva
    National Institute of pedagogical skills named Abdullah Avlani
  • A.A. Xo’jayev
    National Institute of pedagogical skills named Abdullah Avlani

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61515

Ключевые слова:

Innovatsiya pedagogika zamonaviy ta’lim o‘qituvchi ilmiy izlanish

Аннотация

Zamonaviy ta'limda o'qitish sifatini oshirish va o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun innovatsion jarayonlarni birlashtirishni talab qiladi. Ushbu innovatsion jarayonlarni samarali boshqarish yangi ta'lim talablariga moslashish va maktablarning yuqori sifatli ta'lim muhitini ta'minlashi uchun juda muhimdir. Ular ta’lim tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan turli tashabbus va innovatsiyalarga asoslanadi va butun ko'p madaniyatli ta'lim makonini takomillashtirishni ta'minlash bo'yicha mavjud tadqiqotlar tahlili asosida muammo "yangilik", "asosiy yangilik", "innovatsiya" tushunchalarining xususiyatlarini aniqlaydi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

MAKTABDA INNOVATSION JARAYONLARNI BOSHQARISH

MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Kistabayeva G.D.

Xo’jayev A.A.

National Institute of pedagogical skills named Abdullah Avlani

gulchexrakistabayeva28@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14326626

Annotatsiya

: Zamonaviy ta'limda o'qitish sifatini oshirish va

o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun innovatsion
jarayonlarni birlashtirishni talab qiladi. Ushbu innovatsion jarayonlarni samarali
boshqarish yangi ta'lim talablariga moslashish va maktablarning yuqori sifatli
ta'lim muhitini ta'minlashi uchun juda muhimdir. Ular ta’lim tizimining
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan turli tashabbus va innovatsiyalarga
asoslanadi va butun ko'p madaniyatli ta'lim makonini takomillashtirishni
ta'minlash bo'yicha mavjud tadqiqotlar tahlili asosida muammo "yangilik",
"asosiy yangilik", "innovatsiya" tushunchalarining xususiyatlarini aniqlaydi.

Tayanch so‘zlar:

Innovatsiya, pedagogika, zamonaviy ta’lim, o‘qituvchi,

ilmiy izlanish

Abstract:

Modern education requires the integration of innovative

processes to improve the quality of teaching and develop the creative abilities of
students. Effective management of these innovative processes is essential for
adapting to new educational requirements and ensuring a high-quality
educational environment in schools. They are based on various initiatives and
innovations that have a positive impact on the development of the education
system and, based on the analysis of existing research on ensuring the
improvement of the entire multicultural educational space, the problem
identifies the characteristics of the concepts of "novelty", "fundamental novelty",
"innovation".

Keywords:

Innovation, pedagogy, modern education, teacher, scientific

research

Аннотация:

Современное

образование

требует

интеграции

инновационных процессов для повышения качества обучения и развития
творческих способностей учащихся. Эффективное управление этими
инновационными процессами имеет важное значение для адаптации к
новым образовательным требованиям и для обеспечения школам
высококачественной среды обучения. В их основе лежат различные
инициативы и инновации, оказывающие положительное влияние на


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

развитие образовательной системы, а на основе анализа существующих
исследований

по

совершенствованию

всего

мультикультурного

образовательного пространства выявляется проблема «инновация»,
«основная инновация». ,» определены характеристики понятия
«инновация».

Ключевые слова:

Инновации, педагогика, современное образование,

педагог, научные исследования.

Maktabni o’zgartirmasdan turib odamni,jamiyatni o’zgartirib

bo’lmaydi

Sh.M.Mirziyoyev

Bugungi kunda maktab ta’limida innovatsion jarayonlarni tashkil etish

suv va havodek zarur. Maktabdagi ta’lim sifatini oshiradigan va unga ta’sir
etadigan kuch bu o’qituvchini bilimi, saviyasi va dars o’tish metodi. “Maktabda
o’qitish metodikasi o’zgarmasa ta’lim sifati, mazmuni ham o’zgarmaydi”-
Sh.M.Mirziyoyev. Huddi shunga mos ravishda zamonaviy pedagog yangicha
metodlar bilan qurollangan bo’lishi, o’quvchinini ta’limni qulay qabul qila olishi
uchun metodlar o’rinli ravishda foydalana bilishi darkor.Insoniyat uchun
yangiliklar doim qiziqishlarning ortishiga sabab bo’lib kelgan Innovatsion
jarayon o‘qituvchi hamda o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish
bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv usullardan to‘liq foydalaniladi. Bu
usullarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik
hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib quyidagilarni o‘z ichiga
oladi: - o‘quvchi dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish
va izlanishga majbur etish; - o‘quvchinini o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan
qiziqishlari so‘nmasligini ta’minlash; - o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan
qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda
kuchaytirish; - pedagog va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini
tashkil etish. O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnalogiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning maqsadi
aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh
xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnalogiya tanlanadi, masalan natijaga
erishish uchun, balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma
material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axbarot texnalogiyasi kerak
bo‘lar, bular o‘qituvchi va o‘quvchiga bog‘liq. Ayni damda kompyuterlarning
nafaqat ta’lim muasasasida,balki o’quvchining uy sharoitida xam mavjud
bo’lishi,udan o’rinli ravishda foydalanishi,ta’lini egallash imkoniyatini yanada


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

81

kengaytiradi. Sifatli ta’limni ta’minlashning uch ustuni bolib,yuqorida ikkitasi
xaqida fikr bildirildi,uchinchisi esa ota-onadir. Farzandining qiziqishi va
qobiliyatlarini ertaroq anglash va shunga mos ravishda yo’naltirish, qo’llab-
quvvatlash ijobiy samara beradi. Ota-onalar maktab bilan uzviy hamkorlikni
o’rnatish.Ular maktabga tashrif buyurar ekan, ta’limdagi islohatlarni anglagan
holda munosabatda bo’lishlari joiz. Ba’zida aks holatlar ham uchraydi,ya’ni
farzandining ta’limi yoki tarbiyasidagi salbiy o’zgarishlar sababchisini o’zidan
emas atrofdan izlaydi.Bu esa muammoni bartaraf etish o’rniga aksincha,
kattalashishiga sabab bo’ladi.Ota-ona farzandi uchun,maktab pedagogi o’quvchi
uchun birgalikda bir fikrda bo’lib xamkorlik ish olib borsa,sifatli ta’limga ta’sir
etayotgan omillarning oldi olingan bo’lardi.Maktab faoliyatidagi yangicha
yondashuvlar albatta o’z samarasini beradi. Xulosa qilib aytganimizda,
innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov
ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi
texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo`lib, uning
progmatik xususiyati shundaki, u g‘oyalar maydonida ham va alohida bir
sub'ektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni
amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo`ladigan holdagina
haqiqiy innovatsion hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda
yangi texnologiyaning shakllanishi bo`lib, uning natijasi innovatsiya sifatida
yuzaga kelgan ixtironi–loyihaga, loyihani – texnologiyaga aylantirishga
yo`naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm
mantiqi bo`yicha tug‘ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari
qo‘llab quvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo
bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

.Sh.M.Mirziyoyev

“Ta’lim-tarbiya

tizimini

takomillashtirish,ilm-fan

sohasini rivojlantirish” masalalari bo’yicha videoselektor Toshkent
30.10.2024

2.

Ishmuhamedov R., Mirsaliyeva M “O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim

texnologiyalari” Toshkent 2014 y.

3.

Ganieva M.A., Fayzullaeva D.M. Keys-stadi o‘qitishning pedagogik

texnologiyalari to‘plami. Metodik qo‘llanma / Seriya “O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar”. – T.: TDIU, 2013. – 95 bet.

Библиографические ссылки

.Sh.M.Mirziyoyev “Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish,ilm-fan sohasini rivojlantirish” masalalari bo’yicha videoselektor Toshkent 30.10.2024

Ishmuhamedov R., Mirsaliyeva M “O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari” Toshkent 2014 y.

Ganieva M.A., Fayzullaeva D.M. Keys-stadi o‘qitishning pedagogik texnologiyalari to‘plami. Metodik qo‘llanma / Seriya “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida innovatsion texnologiyalar”. – T.: TDIU, 2013. – 95 bet.