Авторы

  • Sirojiddinxo‘ja Umarov
    NamMQI,Stajyor-tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61580

Ключевые слова:

guruch saralash qurilmasi guruch saralash sifati elagich elagich geometrik o‘lchamlari va ish rejimi.

Аннотация

Ushbu maqolada gurichni sarash qo‘yilgan talablar va usullari hamda guruch saralash qurilmasining tuzilish va texnologik ish jarayoni bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

148

GURUCH SARALASH QURILMASI

Umarov Sirojiddinxo‘ja Saidrahimxo‘ja o‘g‘li

NamMQI,Stajyor-tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14540484

Annotatsiya

: Ushbu maqolada gurichni sarash qo‘yilgan talablar va usullari

hamda guruch saralash qurilmasining tuzilish va texnologik ish jarayoni
bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

guruch saralash qurilmasi, guruch saralash sifati, elagich,

elagich geometrik o‘lchamlari va ish rejimi.

Аннотация:

В данной статье представлены требования и методы

сортировки риса, а также информация об устройстве и технологическом
процессе работы рисосортировочного устройства.

Ключевые слова:

устройство для сортировки риса, качество

сортировки риса, сито, геометрические размеры сита и режим работы.

Annotation:

This article presents the requirements and methods of rice

sorting, as well as information on the structure and technological work process
of a rice sorting device.

Key words:

rice sorting device, rice sorting quality, sieve, sieve geometric

dimensions and mode of operation.

Insoniyatning asosiy oziq-ovqatlari hisoblangan non va guruch

mahsulotlari barchasi asosan donli ekinlardan tayyorlanadi. Shuning uchun
qayta ishlash tarmoqlarining asosiy xom-ashyosi dondan iborat. Shu sababli
aholining guruch mahsulotiga bo‘lgan extiyojini qondirish uchun don
etishtirishni muttasil ko‘paytirish davr talabidir.

Jahon bozorida guruch eng talabgir mahsulotlardan biri va unga ehtiyoj

tobora ortib bormoqda. Dunyo aholisining uchdan bir qismi uchun guruch asosiy
oziqa manbai sanaladi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)
maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda sayyoramizda 158,8 million gektarga sholi
ekilib, 742,5 million tonna guruch yetishtirilgani koʻlamni aniqroq tasvirlaydi.
Bu borada Xitoy, Hindiston, Indoneziya yetakchilik qilmoqda[1,2].

Jahonda oziq-ovqat xavfsizligi va suv tanqisligi oshib borayotgan

sharoitda

sholichilikda

nafaqat

hosildorlik,

balki

resurstejamkor,

qurgʻoqchilikka chidamli, sifatli yangi navlarni yaratish zarurati yuqori. Bu faqat
aholi isteʼmoli uchun xilma-xil guruch navlarini taklif etishnigina nazarda
tutmaydi. Asosiy maqsad yangi navlar asosida sholichilik tarmogʻini
rivojlantirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirib, oziq-ovqat xavfsizligini
taʼminlashdan iborat[3].


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

149

Umumiy holatda guruch aralashma tarkibidagi yirik, mayda, engil va

mineral (kesak, tosh va boshqa) qo‘shilmalarni muayyan fizik-mexanik xossalari
(o‘lchami, zichligi, shakli va boshqa) farqiga asosan, ajratib olish
jarayonidir.Guruch tozalash mashinasi qurilmalari yordamida sarlab olingan
barcha guruch tozalanadi. O‘z navbatida guruch aralashmaning holatiga qarab
guruch tozalash dastlabki, birlamchi va ikkilamchi bosqichlariga bo‘linadi.
Dastlabki tozalash. Yangi yanchib olingan va namligi 35 % gacha bo‘lgan guruch
aralashmani tozalash jarayoni. Bu bosqichda guruch aralashma tarkibidagi yirik
va mayda qo‘shilmalar 15-20 % dan 3 % gacha kamaytiriladi. guruch namligi 18
% dan pasayib, sochiluvchanligi ortadi va navbatdagi ishlov berish jarayonlari
osonlashadi. Shu bilan birga guruchni omborlarda saqlash davrida o‘z-o‘zidan
qizishining oldi olinadi. Birlamchi tozalash. Yangi yanchib olingan namligi 22 %
gacha bo‘lgan yoki dastlabki tozalash bosqichidan o‘tgan namligi 18 % gacha
bo‘lgan guruch aralashmani tozalash uchun bajariladi. Bunda guruch tarkibidan
yirik, yengil va mayda qo‘shilmalar, puch va shikastlangan guruchlar ajratib
olinib, guruch tarkibidagi aralashmalar miqdori 8-10 % dan 1-3 % gacha
kamayadi. Natijada, dastlabki guruch aralashma uchta fraksiyaga ajratiladi: toza
guruch, omuxta yem uchun guruch va begona qo‘shilmalar. Ikkilamchi tozalash.
O‘lchami guruch o‘lchamiga yaqin, ajralishi qiyin bo‘lgan begona o‘t urug‘larini
ajratish uchun bajariladi. Natijada, guruch aralashma urug‘lik don, ikkinchi navli
don, yengil, mayda va yirik fraksiyalarga-ajratiladi.

Guruch tozalashning dastlabki va birlamchi bosqichlari iste’mol va omuxta

yem uchun don tayyorlashda o‘tkazilsa, ikkilamchi tozalash bosqichi sifatli urug‘lik
donlarni tayyorlash uchun amalga oshiriladi. Saralash. Yuqori sifatli iste’mol va
urug‘lik don tayyorlash maqsadida tozalangan guruchni – iste’mol va ekish uchun
urug‘likbop sifatlariga ko‘ra fraksiyalarga ajratishdir. Guruch o‘lchami (uzunligi,
eni va qalinligi), og‘irligi, zichligi va aerodinamik xossalari bo‘yicha saralanadi.
Kalibrovkalash. Biror bir texnologik jarayonda aniq bir o‘lchamdagi donlar talab
etilganda bir xil o‘lchamlilarini ajratish uchun guruchlarni kalibrovkalanadi.
Kalibrovkalangan urug‘larning qator va uyalab ekishda aniqligi yuqori bo‘lgani
bois, urug‘ va mehnat sarfini kamaytiradi, urug‘lik tejalib, hosildorlik ortadi.

Guruchni tozalashga qo‘yiladigan talablar.

Dastlabki tozalash bosqichida

donlarning chiqitga chiqishi 0,05 % dan, shikastlanishi 0,1 % dan oshmasligi,
begona qo‘shilmalarning ajralish to‘liqligi esa 50 % dan kam bo‘lmasligi lozim.
Birlamchi tozalash bosqichida to‘laqonli guruchlarning omuxta yemdonlariga
qo‘shilib chiqitga chiqishi 1,5 % dan, begona qo‘shilmalarga qo‘shilib chiqitga
chiqishi 0,05 % dan, guruch shikastlanishi 0,8 % dan oshmasligi, begona


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

150

qo‘shilmalarning ajralish to‘liqligi esa 60 % dan kam bo‘lmasligi lozim. Ikkilamchi
tozalash bosqichida to‘laqonli guruchlarning chiqitga chiqishi 7 % dan, guruch
shikastlanishi 0,8 % dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari, ikkilamchi tozalashda
urug‘lik tayyorlash standartlari bo‘yicha tozaligi 98-99 %, unuvchanligi 90-95 %
bo‘lgan urug‘lik donlarni tayyorlash talab etiladi.

Guruchni tozalash va saralash usullari

Guruchni tozalash va saralash

usullari guruch va uning tarkibidagi qo‘shilmalarning fizik-mexanik (aerodinamik
xossasi, o‘lchami, shakli, zichligi, guruch sirtining holati, elektrofizik xossasi, rangi
va boshqa) xossalariga asoslangan. Guruch tozalash va saralash usuli
fraksiyalarning fizik-mexanik xossalariga bog‘liq holda tanlanadi.

Yuqorida keltirilganlarga asosan guruchni yirik va mayda firaksiyalarga

ajratish yetarligi xisobga olib guruch saralash qurilmasi ishlab chiqildi, u rama (1),
elektrodvigatel (2), bunker (3), miqdorlagich (4), ma’lum o‘lchamga ega bo‘lgan
ko‘zli yuqorigi elagich (5), tagrlikdan (6) hamda yirik (7) va mayda (8) guruchlar
uchun rezuvuardan tashkil topgan. Uning texnologik ish jarayoni quyidagicha
kechadi: bunkerdagi gurich aralashmasini taqsimlagich yordamida elektrodivigatel
yordamida ilgarilanma va qaytma harakatlanayotga elagichga bir me’yorda
yuqorigi elagichga tashlab beriladi, elagichda yirik (o‘lchami elagich ko‘zidan
katta) guruchlar u bo‘yicha harakatlanadi yirik yo‘lchamli rezuarga tushadi.
Yuqorigi elagich ko‘zidan kichik bo‘lgan guruchlar unda elanib taklikka tushadi va
u orqali mayda guruch uchun mo‘ljallangan ruzuarga tushadi. [4]

Rasm. Gruch tozalash qurilmasining kinematik sxemasi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

151

Adabiyotlardan ma’lumki [4] elagichda g‘urichlarni elashda nafaqat

elagichdagi ko‘zlar va gurich o‘lamiga bog‘liq, bundan tashqari elagichning ish
rejimi, gorizontga nisbatan o‘rnatil burchaklariga ham bog‘liq. Keltirilganlardan
kelib chiqib ishlab chiqilgan qurilmannig elagichining va uning ko‘zlarining
geometrik o‘lchamlari va ish rejimlarini guruch navlariga asosan aniqlash bo‘yicha
tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi. Shunga asosan keyingi tadqiqotlarimida gruch
saralanishi sifatini uning o‘lchamlariga asosan elagich ko‘zlarining geometrik
o‘lchamlariga, uni gorizontga nisbatan o‘rnatilish burchagi, ish rejimi, ya’ni elagich
tebranish amplitudasi va chastatasiga bog‘liqligini o‘rganiladi va elagichni maqbul
qiymatlari aniqlashtirishga yo‘naltiriladi.

Xulosa:

Guruchlarni o‘lchamlari bo‘yicha yirik va mayda fraksiyalarga saralash

ma’qul bo‘lib, uni amalga oshiradigan qurilmaning elagichi ish rejimi va
o‘lchamlarini aniqlada gruch geometrik o‘lchamlarini xisobga olgan xolda ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borish lozim.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Umarov S. S., Mamashaev M.F. Guruchga dastlabki ishlov berish // “texnik

oliy o‘quv yurtlarida tillarni o‘qitishda innovatsion va kommunikativ
yondashuvlar: muammo va yechimlar” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. –
Namangan. 2024. –515-518 b.
2.

Sholichilik:

yangi

samarador

texnologiyalar

https://yuz.uz/news/sholichilik-yangi-samarador-texnologiyalar
3.

O‘zbekistonda sholi yetishtirish: talabning ortishi, Filippindan guruch va

suvni tejash https://oz.sputniknews.uz/20240118/ozbekiston-guruchtalab-suv-
42104260.html
4.

Rasulov A.D. Mosh donini dastlabki tozalash mashinasining parametrlari

va ish rejimlarini asoslash: Disss… Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD), –Toshkent, 2021. – 163 b.

Библиографические ссылки

Umarov S. S., Mamashaev M.F. Guruchga dastlabki ishlov berish // “texnik oliy o‘quv yurtlarida tillarni o‘qitishda innovatsion va kommunikativ yondashuvlar: muammo va yechimlar” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. –Namangan. 2024. –515-518 b.

Sholichilik: yangi samarador texnologiyalar https://yuz.uz/news/sholichilik-yangi-samarador-texnologiyalar

O‘zbekistonda sholi yetishtirish: talabning ortishi, Filippindan guruch va suvni tejash https://oz.sputniknews.uz/20240118/ozbekiston-guruchtalab-suv-42104260.html

Rasulov A.D. Mosh donini dastlabki tozalash mashinasining parametrlari va ish rejimlarini asoslash: Disss… Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), –Toshkent, 2021. – 163 b.