ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
92
ONA TILI DARSLARIDA MATN YARATISH TEXNOLOGIYASI VA
UNGA DOIR YONDASHUVLAR
Kabulov I.Sh.
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14533512
Tayanch so‘zlar:
bogʻlanishli nutq, noo‘rin inversiya, Kognitiv yondashuv,
integrativ yondashuv, kommunikativ yondashuv, faoliyatli yondashuv, ijodiy
yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv.
Ona tili darslarida oʻquvchilarga matn tuzilishini oʻrganish kerakligi
muammosini lingvistik asoslarni aniqlab olish orqaligina hal etish mumkin. Shu
fikrdan kelib chiqib matn tilshunosligiga doir ilmiy-nazariy manbalarni
oʻrganish, matn tuzilishini belgilovchi komponentlarni aniqlashtirish bilan
bogʻliq tahlillarni amalga oshiramiz: xorij tilshunosligida yaratilgan ayrim
ishlar[1:38]
Professor N.S.Pospelov jumladan katta birlikni birmuncha kengroq taʼriflab,
“…bogʻlanishli nutqning sintaktik birligi sodda yoki qoʻshma gap emas, balki
bogʻlanishli nutq kontekstidan ajratib olinganda ham oʻzining sintaktik jihatdan
mustaqillik va tugallanganlik xususiyatlarini saqlab qoluvchi murakkab sintaktik
butunlik” ekanligini taʼkidlaydi. Muammoni shakllantirish-o‘ylash-rejalashtirish-
yozish-tekshirish-yozilganlarni takomillashtirish.
T.Ziyodova tadqiqot ishida o‘quvchilar yozma nutqidagi quyidagi jihatlarga
to‘xtaladi: “Tajriba-sinov jarayonida qatnashgan 5–9-sinf o‘quvchilarining
yozma
ishlarida nutqiy-uslubiy xatolar, o‘quvchining til imkoniyatlaridan
foydalana olmaslik, tavtologiya, gapda so‘z tartibining buzilishi kabi holatlarga
tez-tez duch
kelindi. Ularning o‘rtacha miqdori kutilganidan ancha ziyod ekanligi
aniqlandi. Mazkur nazorat matnlarida so‘zni noto‘g‘ri qo‘llash, gap qismlari va
gaplar orasidagi sintaktik aloqaning buzilishi, noo‘rin inversiya bilan bog‘liq
uslubiy xatolar ko‘p uchraydi. Masalan: So‘zni noto‘g‘ri qo‘llash: Do‘l quydi.
Chaqmoq chaldi. Nutqda so‘z tartibining buzilishi: Keldi Akbar, ertalab
kabi”[2:103]
Y.S.Antonovaning fikricha, “
Kognitiv yondashuv
doirasida matn odamning
nutqiy fikrlash faoliyati mahsuli sifatida qaraladi, yaʼni fikrlash paytida (matnni
oʻxshatish, tahlil qilish, xulosalash, interpretatsiyalash protseduralarida)
soʻzlovchi/yozuvchining
(muallifning)
hamda
tinglovchi/oʻquvchining
(adresatning) mental koʻz oldida namoyon boʻlishi oʻziga jalb qiladi”[3:12] . Matn
tuzilishiga doir taʼlim mazmunini belgilashda yozma nutqning ogʻzaki nutq bilan
integratsiyasi muhim rol oʻynaydi. Taʼlim mazmuniga bu kabi
integrativ
yondashuv
matn tarkibidagi gaplarning ogʻzaki nutqqa xos intonatsion
xususiyatlarini hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Nutq madaniyatiga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
93
yoʻnaltirilgan ishlarda ogʻzaki nutq bilan yozma nutq oʻzaro integratsiyalanadi.
Zero, yozma nutq ogʻzaki nutqni tartibga soladi, oʻzi ham doim rivojlanishda,
matn tuzish mashqlarini bajarib turgan oʻquvchining qalami charxlanib
borishida oʻz taʼsirini namoyon qiladi. Nutq madaniyati ham shu asnoda
rivojlanib boradi.
Matn tuzilishiga doir taʼlim mazmunida oʻquv fanlararo integratsiya ham
koʻzda tutilishi kerak. Bunda turli sohalarga oid matnlar tahlili jarayonida eʼtibor
berilishi mumkin boʻlgan til hodisalari ajratiladi. Masalan, badiiy adabiyot
asarlaridan berilgan namunalarda badiiy tasvir vositalaridan tashqari, tilning
emotsional-ekspressiv vositalari, tarix, geografiya, fizika va boshqa oʻquv
fanlariga doir matnlar orqali ilmiy nutqqa (muhokama-matnga) xos til hodisalari
diqqat markazida boʻladi.
Emotsional-ekspressiv vositalarni ona tili oʻquv fanining ichki integratsiyasi
masalalari “Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab
oʻqitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqot ishida[4:142] va
“Ona tili darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini integratsiyalash asosida
oʻrganish metodikasi” nomli monografiyada[5:252] imkon qadar koʻrib
chiqilgan.
Kommunikativ-faoliyatli yondashuvga
koʻra oʻquvchilar nutqiy faoliyat –
nutqiy muloqot madaniyati qonun-qoidalaridan kelib chiqib matn yaratish
istagida boʻladilar. Shunga koʻra ham faoliyat oʻz navbatida kommunikatsiya
jarayonini ifoda etadi. Demak, matn tuzish
kommunikativ yondashuv
asosida
roʻyobga chiqadi. Boshqacha aytganda, matn tuzish nutqiy faoliyat turlaridan
biri – yozma nutq orqali sodir boʻlib, nutqiy faoliyat bevosita fikr bayon qilish,
fikr almashish[6:47],
yaʼni
faoliyatli (faoliyatga yoʻnaltirilgan) yondashuv
mahsuli sifatida
namoyon boʻladi.
Oʻquvchilarga matn tuzilishiga doir bilim, koʻnikma va malakalarni
singdirish jarayoni bir qadar nazariy material ustida ishlash, bilimlarni
mustahkamlash boʻlgani holda unga ijod qilish, bu ishga
ijodiy yondashuv
nuqtayi nazaridan qarash lozim. Matn tuzish qonun-qoidalarini oʻzlashtirish gap
tuzishdan tortib to ish qogʻozi yoki asar yaratishgacha boʻlgan kompetensiyani
qoʻlga kiritish demakdir. Shunday ekan, butun taʼlim jarayoni oʻquvchilarda
tegishli kompetensiyalarni shakllantirish, yaʼni taʼlim mazmuni va metodlariga
kompetensiyaviy yondashuv
asosida munosabatda boʻlishni anglatadi.
“Ona tili fanidan milliy oʻquv dasturi” da “Nutqiy kompetensiyalar” nutqiy
faoliyat turlari (ogʻzaki nutq malakasi, yozma nutq malakasi, anglash malakasi,
tinglab tushunish) boʻyicha talablar orqali oʻz ifodasini topgan. “Lingvistik
kompetensiya” ham
nutqiy kompetensiyalar
da belgilangani kabi nutqiy
faoliyatning toʻrt turi boʻyicha talablar tarzida belgilangan1
.
Nutqiy kompetensiyalar koʻproq nutqning kommunikativ jihatlariga yaqin
talablarni aks ettiradi.
Lingvistik kompetensiyalar
da esa talablar “...izohlay
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
94
olish”, “...qoʻllay olish” kabi ifodalar tarzida bayon qilinadi. Ushbu talablar til
birliklarini anglash va nutqda qoʻllay olish mazmunida amalga oshadi. Ikkala
kompetensiya nutqiy faoliyat bilan bogʻlanadi. Lekin matn tuzilishi bilan bogʻliq
komponentlarni oʻrganmasdan turib lingvistik kompetensiyani qoʻlga kiritish
qiyin: bunday vaziyatda uzoq mashq qilish orqali matn tuzish koʻnikmalarini
amaliy yoʻllar orqaligina egallash mumkin. Ona tili darslarining vazifasi
oʻquvchilarga tezkor yordam koʻrsatishdir.
Adabiyotlar:
1.
Валгина Н.С. Теория текста. Москва, Логос. 2003. – 191 с.; Фридман
Л.Г. Грамматические проблемы лингвистики текста. – Изд-во Ростовского
университета, 1984. – 133 с.; Валгина Н.С. Теория текста. Москва: Логос,
2003. – 191 с.; Осипова Э.Н. Лингвистика текста и текстовый аспект
изучения синтаксиса в школе. Учебно-методические рекомендации.
Издание 3-е, дополненное. – Архангельск: Поморский государственный
университет им. М.В.Ломоносова, 2009. – 38 с.
2.
Ziyadova
Т.
O‘quvchilarda
matn
yaratish
kompetensiyasini
shakllantirishning innovatsion texnologiyalari. – Т.: Fan va texnologiya, 2019. –
103-b.
3.
Антонова Е.С. Где искать ресурсы для обновления школьной
методики?/ Русский язык в школе. – 2007. – № 6. – С. 12.
4.
Мавлонова К.М. Она тили фанини адабиёт фани билан бадиий матн
орқали интеграциялаб ўқитиш методикасини такомиллаштириш:
Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... – 142 б.
5.
Мавлонова К. Она тили дарсларида бадиий матннинг тил
хусусиятларини
интеграциялаш
асосида
ўрганиш
методикаси.
Монография. – Тошкент: Mashhur-press, 2016. – 252 б.
6.
Нажмиддинова Г.Н. Бошланғич синф ўқувчилари ўқув-билув
фаолиятини шакллантиришнинг дидактик
7.
асослари: Пед.ф.номз. … дисс. ав-ти. – Тошкент, 2006. – 47-бет.