Авторы

  • Oblanazar Daniyarov
    Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti;
  • Asqarbek Safarov
    Toshkent davlat agrar universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61597

Ключевые слова:

Meva qand kislota kimyoviy tarkib limon.

Аннотация

Maqolada limon navlari mevalarini sovutkichli omborlarda saqlanganda, mevalar tarkibidagi kislota  va o‘zgarishi o‘rganilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

67

LIMON MEVALARINI SOVUTKICHLI OMBORLARDA SAQLAGANDA

MEVALAR KIMYOVIY O‘ZGARISHI

Daniyarov Oblanazar Abdunazarovich

1

Safarov Asqarbek Asadullayevich

2

1

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik,

uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti;

2

Toshkent davlat agrar universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14525531

Annotatsiya:

Maqolada limon navlari mevalarini sovutkichli omborlarda

saqlanganda, mevalar tarkibidagi kislota va o‘zgarishi o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

Meva, qand, kislota, kimyoviy tarkib, limon.

Аннотфця:

В статье рассмотрены кислотность и изменение

содержания плодов лимона при их хранении в холодильных складах.

Ключевые слова:

Фрукты, сахар, кислота, химический состав, лимон.

Annotation:

The article examines the acidity and changes in the content of

lemon fruits during their storage in cold storage facilities.

Key words:

Fruits, sugar, acid, chemical composition, lemon.

Limon

(Citrus limon) — rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim

yashil koʻp yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani — Janubiy va Jan.-Sharqiy
Osiyo. Yovvoyi holda oʻsishi aniqlanmagan. Oʻrta Dengiz, AQSH, Meksika,
Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz
boʻylarida, Oʻrta Osiyoda (transheyalarda) ekiladi. Shuningdek, uy sharoitlarida
oʻstiriladi. Daraxti balandligi 3–7 m, shoxshabbasi yoyiq. Novdalari tikanli,
baʼzilari tikansiz. Bargi qalin, och yashil, choʻziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli,
oq, xushboʻy. Mevasi tuxumsimon, baʼzan dumaloq. oʻrtacha ogʻirligi 120—400 g
ga boradi. Poʻsti sariq, silliq yoki gʻadir-budur, taxir. Eti 8—12 pallali, och sariq,
sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5—8,1% kislota (asosan, limon kislota),
1,9—3,0% kand, vitamin S (100 g ida 45–140 mg), RR va V hamda pektin
moddalar, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari bor

[1, 2]

.

Sitrus mevali ekinlarining dunyo bo‘yicha qariyb 30 dan ortiq turlari

bo‘lishiga qaramay, ular orasida taxminan 10 ga yaqini sanoat ahamiyatiga
ega. Shular orasida O‘zbekiston Respublikasi davlat reestriga kiritilgan Meyer,
Tashkentskiy, Yubileyniy, O‘zbekiston to‘ng‘ichi navlari kritilgan [6].

Sovitkichli omborlarda uzoq muddat davomida mahsulot saqlashni tashkil

etishda foydalaniladigan MAP qadoqlash vositasining tarkibiy qismini hosil
qilishda ishtirok etgan xom-ashyolarni turli xildagi afzalliklari mavjud bo‘lishi
bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklari ham mavjud. Shu sababli ularni tanlashda
ishlab chiqaruvchilar turli mexanik, fizik va kimyoviy tas’sirlarga bardoshliligi,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

68

oziq-ovqat mahsulotlarga nisbatan toksik xususiyatlarining mavjud emasligi,
namlik va turli gazlar aralashmasini tanlab o‘tkazish qobiliyatiga egaligi kabi bir
qator xususiyatlarini hisobga olishadi [3, 4, 5].

Tadqiqot uslublari.

Tadqiqotlarda limon mevalari tarkibining kislotaligi

HI84532 FRUIT JUICE TITRATABLE ACIDITY laboratoriya uskunasi yordamida,
qand miqdori Refraktometr yordamida aniqlangan.

Tadqiqot natijalari

. Limonning “Meyer” va “O‘zbekiston to‘ng‘ichi”

navlarining mevalari texnik pishib еtilgan davrida terib olinib saqlash uchun
joylashtirildi. Limon mevalarining kimyoviy tarkibini aniqlash ishlari dastlabki
o‘lchovlar saqlashdan avval amalga oshirildi. Unga ko‘ra limoning “Meyer” navi
mevalari tarkibidagi qand miqdori 7,8 %, kislotaligi 1,20 % ni qayd etgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navi mevalarida qand miqdori 7,6 %,
kislotaligi 1,25% ni tashkil etdi. Dastlabki o‘lchov natijalariga ko‘ra “O‘zbekiston
to‘ng‘ichi” navida “Meyer” naviga nisbatan mevalar tarkibidagi qand miqdoni 0,2
% kam, kislotalik 0,5 % ko‘p bo‘ldi.

1-rasm. Limon mevalari tarkibidagi qand miqdorini aniqlash

Limon mevalarining kimyoviy tarkibi ikkinchi bor mevalar saqlashga

qo‘yilgandan so‘ng 15 kun o‘tib amalga oshirildi. Limon mevalari tarkibidagi
qand miqdori “Meyer” navida 8,0 % bo‘lib saqlashdan avvalgi ko‘rsatkichga
nisbatan 0,2 % ga ortgan bo‘lsa, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida 7,9 % ni qayd
etib, mevalar tarkibidagi qand miqdori 0,3 % ga ortganligini ko‘rish mumkin.
Mevalar tarkibidagi kislotalik “Meyer” navida 1,18 % ni qayd etib, 0,2 % ga
kamaygan, “O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida 1,22 % bo‘lib, 0,3 % ga kamayganligi
kuzatildi.

Keyingi o‘lchovlar limon mevalari saqlashga qo‘yilgandan 30 kun o‘tib

amalga oshirildi. Unga ko‘ra mevalar tarkibidagi qand miqdori “Meyer” navida
8,2 % bo‘lib saqlashdan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 0,4 % ga ortgan bo‘lsa,
“O‘zbekiston to‘ng‘ichi” navida 8, % ni qayd etib, qand miqdori 0,5 % ga ortdi.
Kislotalik “Meyer” navida 1,15 % ni qayd etib, 0,5 % ga kamaygan, “O‘zbekiston
to‘ng‘ichi” navida 1,17 % bo‘lib, 0,8 % ga kamayganligi kuzatildi (1-jadval).


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

69




1-jadval
Limon mevalarini sovutkichli omborlarda saqlaganda kimyoviy

tarkibining o‘zgarishi (2023 y.)

№ Navlar nomi

Saqlas

hdan oldin

Saqlash vaqtida
15

kundan
keyin

30

kundan
keyin

Qandligi, %
1

Meyer

7,8

8,0

8,2

2

O‘zbekiston to‘ng‘ichi

7,6

7,9

8,1

Kislotalik, %
1

Meyer

1,20

1,18

1,15

2

O‘zbekiston to‘ng‘ichi

1,25

1,22

1,17

Xulosalar.

Limon mevalari saqlashga qo‘yilgandan 30 kun o‘tib tarkibidagi

qand miqdori “Meyer” navida 8,2 %, kislotalik 1,15 % ni, “O‘zbekiston
to‘ng‘ichi” navida qandligi 8,1 % ni, kislotalik 1,17 % ni tashkil etadi.

Saqlash jarayonida limon mevalari tarkibidagi qand miqdorining ortib

borishi kislotalikning pasayishiga sabab bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Faxriddinov 3., Toshkent limoni, T., 1969.

2.

Kulkov O.P., Muhamedov Sh. Z., Oʻzbekistonning subtropik oʻsimliklari, -

Toshkent. 1968.
3.

Kliwer M. Effect of growth and composition of fruit from "Thompson

Seedless" – J. Am. Soc. Hort. Sci 1971, №96.
4.

Mahfouz A.B., Sfss P. Jonizalo sugarzas hasata a cremereszolo

tarolhaosagara Kertgazdasag. – 1987, v.19, №1, p.49-66.
5.

Shoumarov X.B., Islomov S.Ya.. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va

birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” Toshkent “Innovatsiya Ziyo” 2020.
6.

Nеtrеba N. Isslеdovaniе proцеssa sushki vinograda bеssеmyannыx sortov

s primеnеniеm tokov svеrxvыsokoy chastotы. Avtorеf. diss. doktor tеx. nauk. –
Kishinёv, 2010. – S.10-12.

Библиографические ссылки

Faxriddinov 3., Toshkent limoni, T., 1969.

Kulkov O.P., Muhamedov Sh. Z., Oʻzbekistonning subtropik oʻsimliklari, -Toshkent. 1968.

Kliwer M. Effect of growth and composition of fruit from "Thompson Seedless" – J. Am. Soc. Hort. Sci 1971, №96.

Mahfouz A.B., Sfss P. Jonizalo sugarzas hasata a cremereszolo tarolhaosagara Kertgazdasag. – 1987, v.19, №1, p.49-66.

Shoumarov X.B., Islomov S.Ya.. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi” Toshkent “Innovatsiya Ziyo” 2020.

Nеtrеba N. Isslеdovaniе proцеssa sushki vinograda bеssеmyannыx sortov s primеnеniеm tokov svеrxvыsokoy chastotы. Avtorеf. diss. doktor tеx. nauk. – Kishinёv, 2010. – S.10-12.