ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
5
RETENSIYA ORTODONTIK DAVOLASHNING OXIRGI BOSQICHI
SIFATIDA. OLINMAYDIGAN RETENSION APPARATLAR.
Shaamuhamedova F.A.
Murtazaev S.S.
To’laganov B.B.
Ne’matova M.A.
BaxtiyorovaM.I.
Kamolov K.N.
Toshkent Davlat stomatologiya instituti “Ortodontiya
va tishlarni protezlash” kafedrasi, O’zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.14506852
Tadqiqotning dolzarbligi
shundaki, bemorlarda tishlarning notekis
holatini tuzatishda samaradorlik va natijalarni shundayligicha saqlab turish
usullari haqida savollar, qiziquvchilar sonining ko'payishi bilan bog'liq.
Tadqiqot maqsadi
: olinmaydigan apparatlar bilan natijani shundayligicha
ushlab turish zarurati va uning samaradorligini o'rganish.
Tadqiqot materiallari va usullari.
Ortodontik davolashning eng muhim
bosqichi retensiyadir, ya'ni tekkislangan tish qatorini shundayligicha "ideal
holatda" saqlab turishdir. Retension davrsiz davolash olib borish mantiqiy
emas, chunki bir muncha vaqt o'tgach, retsidiv kuzatilishi mumkin ya'ni tishlar
avvalgi holatiga qaytib qolishi mumkin. Natijani shunday ushlab turish uchun
faol davolanishga qancha vaqt ketgan bo'lsa, xuddi shunday vaqt kerak bo'ladi,
ba'zan 2 barobar ko'p, ba'zan esa umrbod retension apparat taqish talab etiladi.
Retension apparatlar olinadigan va olinmaydigan turlarga bo'linadi.
Olinmaydigan ortodontik apparatlar til yoki tanglay tomondan kompozit
materialga mahkamlangan simdan iborat. U to'g'ridan-to'g'ri og'iz bo'shlig'ida
yoki tayyor quyilgan modellarda individual holatda bukib chiqiladi. Vrachning
ko'rsatmasiga ko'ra, reteyner qoziq tishdan qoziq tishgacha yoki yon kurak
tishdan yon kurak tishgacha o'rnatiladi.
Olinmaydigan apparatlarning afzalliklari:
1) tez o'rganish, moslashish;
2) alohida parvarish talab etilmaydi;
3) estetik talablarga javob berishi;
4) yon tishlar yaxshi kontaktga kirishadi;
5) shinalovchi moslamalari sifatida xizmat qilishi mumkin.
Kamchiliklari:
1) gigienik parvarish qilish qiyin;
2) bemor reteyner qisman chiqib ketganini sezmasligi mumkin va bu tishlarning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
6
shakli o'zgarib ketishiga olib kelishi mumkin.
Tish-jag' anomaliyasi bilan davolangan va davolash tugagandan so'ng
olinmaydigan retension apparatlar qo'llanilgan10 nafar bemorda kuzatuv
o'tkazildi.
Natijalar
.Ularning faol davolanish muddati 10 oydan 14 oygacha bo'lib,
o'rtacha bir yilni tashkil etdi. Darhaqiqat, retension apparatlardan
foydalanishning o'rtacha davomiyligi taxminan 2 yil edi, chunki bemorlarda
umrbod retension apparatlardan foydalanish uchun ko'rsatmalar yo'q edi. 10 ta
bemordan 9 tasida, retension apparatlar olib tashlaganidan bir yil o'tgach,
tishlarning oldingi holatiga qaytishi kuzatilmadi. 1 bemorda retension apparat
taqib yurganida reteynerlar kleydan chiqib ketishi tufayli tishlar oldingi holatiga
qaytgan.
Xulosa
: olinmaydigan retension apparatlardan foydalanish uzoq vaqt davomida
tishlarning holatini yaxshi ushlab turishning omili hisoblanadi. Davolashdan
keyin retension apparatlar ishlatilmaganda davolash natijasi sezilarli darajada
orqaga qaytishi kuzatilgan. Chunki bu mushaklar holati bilan ham bog'liq
jarayondir.