ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
173
RAQAMLI TA’LIM MUAMMOMI YOKI YECHIM?
Abdullayeva Begʻubor Ruxillayevna
Buxoro shahar Olot tumani MMTBga qarashli
19-maktab oʻqituvchisi.ITOF azosi
Email. abdulloyevabegubor@gmail.com
+998 99 710-98-11. Ish joyi Olot tumani 19-maktab.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14562207
Annotasiya.
Maqolada tarixda, bugun va kelajakda zamonaviy raqamli ta’limning
koʻrinishlari texnalogiyalarning kelib, chiqishi tarixi hamda qulayliklari,
qiyinchilik darajalari solishtirilgan. Masofaviy taʼlimda raqobat muhitini
shakllantirish, shuningdek salomatlik fenomenini sifatli taʼlim bilan birga
oʻstirish yuzasidan atroflicha nazariy tadqiqot olib boriladi.
Kalit soʻzlar:
tadqiqot, tarix, taʼlim, texnalogiya, raqamli raqobat, fenomen, salomatlik, sifat,
masofaviy dars.
“Yomonda yaxshiga zoʻr mulozamat.
Yoʻqlar aro bordir chin muozanat” ( A.Begʻubor)
Olam odam yaralibdiki,yoʻqotmoq evaziga topmoq ziddi har qadamda
namoyon,ayni shu zidlanish sabab hayot yoʻli ravon.
Yangilanish eskilikni yoqqa chiqarar, eskilik yangilikni yoqlamas ham bu
hayot haqiqati olamning murosali muozanatidir.
Barcha sohalar qatori sharqona taʼlim ham yangilandi. Oʻqitish tizimi
raqamli texnologiyalar zimmasiga yuklatiladi.Buning natijasida Oʻzbekona taʼlim
tarixida misilsiz oʻzgarishlar davri boshlandi, bunga birgina misol 2019-yilda
noyabridan 2020-yil birinchi choragida qadar taʼlimda raqamli resurslar sonini
ikki barobarga oshirish farmoni bilan masofaviy taʼlimning yangicha shakli
yangi Oʻzbekistonga dastlabki sinov tariqasida olib kirilgani raqamli taʼlimda
yangicha uslub boʻlib hisoblanadi.
Bugun Oʻzbekiston uchunchi renessans tomon borar ekan raqobatbardosh
taʼlim va raqamli taʼlim sifatini barqaror tashkil etish har qachongidanda dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.
Masofaviy taʼlim masofa “tanlamas muallim” xosh ushbu muallimdan qay
tarzda qanday saboq olgan maʼqul?
Oʻrta Osiyo mamlakatlari hamda Oʻzbekiston taʼlim tarixida dastlabki
oʻqitish madrasalarda odam-odam yani oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida ogʻzaki
ham nazariy ham amaliy tarzda olib borilganidan hammamiz birdek
habardormiz .
Dars oʻtish bosqichlarini raqamli taʼlimda samarali sifatli yoʻlga qoʻyish
bugun davlat eʼtiboridagi muhim masalalardan boʻlib hisoblanadi.
Dars oʻtish metodikasini raqamli texnologiyalarga moslashtirib amaliyotga
yangi metodlarni tadbiq qilish boʻyicha hukumatimiz tomonidan bir qancha
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
174
qarorlar imzolandi jumladan: raqamli taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish
boʻyicha 2020-yildan ushbu kungacha xalq taʼlimi tizimida oʻquvchidan
vazirigacha tizimli raqamli taʼlimni joriy etish barobarida,
Oʻnmingdan ziyod maktablar yetti mingdan ortiq ishchi hizmatchilar
faoliyat olib boradigan Shayxontohur tumanidan taʼlimni toʻliq
avtomatlashtirish ishlari boshlanib, bugungi kunda AKT xonalarini zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlash 10000mingta maktabimiz boʻlsa, 16minga yaqin
kampiyuter xonalari mavjud. Shundan oltmish foizi yani 9minga yaqini bugungi
kun talablariga toʻla javob berishi quvonarli hol. Raqamli ta’limni Oʻzbekistonda
bosqichma bosqich tashkil etish boʻyicha maktablarda raqamli tehnalogiyalar
uchun 100milyard soʻm mablagʻ ajratishni har yili hukumatimizning ushbu
mablagʻni tegishlicha taqsimlab masofaviy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha amaliy
ishlar olib borilayotgani ham Oʻzbekistonda inovatsiyalarga boʻlgan eʼtiborning
yorqin namunasi boʻlib hisoblanadi.
Bundan tashqari raqamlashtirish sohasida “raqamli taʼlim texnologiyalarini
rivojlantirish markazi Oʻzbekiston respublikasi birinchi prezidentining 2012-
yildagi qaroriga muvofiq raqamli taʼlim tehnalogiyalarni raqamli taʼlim
texnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz
prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning 2023-yil uchunchi iyuldagi maʼmuriy
islohotlar doirasida,”oliy taʼlim fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvi
samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ 200-son qaroriga asosan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
175
markaz raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish tashkil etish nomi ostida
faoliyat olib bormoqda 2023-yildan eʼtiboran taʼlim tizimida raqamli raqobatni
rivojlantirish shuningdek masofaviy dars ishlanmalari ilovalarini ishlab chiqish
va amaliyotga tatbiq qilish markazning asosiy vazifalaridan boʻlib hisoblanadi.
Elektron moslamalar tarixiga nazar solsak, juda koʻplab muhim ixtirolar
qilinganini guvohi boʻlamiz.
Misol qilib, android tizimi andro (yunonch-inson erkak oid qoʻshimchasi
robot odamsimon robot smartfonlar, planshetlar elektron kitoblar raqamli
playerlarga ham ôrnatildi. Ushbu amaliyot 2015-yildan butun dunyoda
tarqalishi natijasida raqamli taʼlim tehnologiyalari rivojlana boshladi, Telegraf
va telefonlar ôtmishda ilk bor 1878-yilda A.G.Bell tomonidan yaratilgan.Bugungi
simsiz aloqa vositalari XX asrning 80-yillaridan rivojlana bordi Dastlab Yevropa
konfederatsiyasi CERT-( des ad Europionecenses des Postes et
Telecomunication) rahbarligida tashkil etildi. 1982-yil mobil aloqani ishlab
chiqish bœyicha maxsus guruh (GMS) ni tuzdi, Oʻzbekistonda ilk bor 1996-yilda
taʼsis etilgan Coscom kompaniyasi 1997-yildan ôz faoliyatini boshlagani ham
oʻzbek telekommunikatsiyasi uchun ishonchli poydevor boʻlib raqamli taʼlimda
raqobat tehnologiyalarni keng jalb etish hamda iqtisodiy resurslarni keng jalb
etish yangi Oʻzbekistonning yangi yoʻli ustuvor maqsadi boʻlib hisoblanadi.
Raqamli taʼlimda raqobatni rivojlantirish boʻyicha raqamli taʼlim
texnologiyalarini rivojlantirish markazi tuzilib uning huzurida taʼlim
muassasalarida elektron taʼlimni joriy etish masalalari yuzasidan amaliy ishlar
olib borilmoqda jumladan: masofaviy talimni bosqichma bosqich taʼlimning har
bir bosqichiga joriy etish ,jahon tajribasini tezkor va sifatli almashish xalqaro
tajribani respublika darslik dasturlariga moslashtirish va teng taqsimot muhitini
yaratish, shuningdek elektron moslamalar WiFi mobil internet tezligi sifatini
kunlik monitoring qilish amaliyoti samaradorligi oshirib borilayotgani
Ôzbekistonda masofaviy raqamli raqobat keng tarğib qilinib kelinayotganligiga
tôlaqonli asos boʻlib hizmat qilmoqda.
Men xulosam ôrnida shuni aytishim lozimki raqamli taʼlimga sifatli
salomatlik bilan birgalikda yondashish uchun quyidagi metodlardan samarali
foydalanish lozim bôladi.
1.Mobil aloqa vositalarini kompyuterlar va texnika vositalarini oq qora
rangga ôtkazish
✓
2 .Telefonlar ekran foni yoruğligini doimiy eng past darajaga sozlash
✓
3.Elekron moslamalardan foydalanish koeffitsiyentini vaqtini bosqichma
bosqich kamaytirish
✓
4.Raqamli taʼlimda ilovalar ishlash darajasini oshirish
✓
5.Internet marketlaridan saytlarini qidirishda ovozli yozuv tizimini keng
tashkil etish
✓
6. Raqamli taʼlimda inson faoliyati bilan boğliq ishlarni kamaytirish.
✓
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
176
7. Taʼlim uchun zarur platformalar ishlash prinsipini yuqori darajada
soddalashtirish.
✓
8.Ovozli hamda eshitish va bajarish amaliyoti bilan shuğillanuvchi mobil
ilova yaratib uni elektron maydonda keng tarğib qilish
✓
9.Raqamli taʼlim gigienasini tuzish va xalqqa tushuntirish.
✓
1O.Ôqish tizimi tôla soddalashtirish.
✓
11.Raqamli tizimda time allocation -vaqt taqsimoti boʻyicha kunlik
tushuntiruvchi ilova yaratish.
✓
12. Taʼlim va salomatlik rejimini uyali aloqalarga ôrnatish,ishlash
darajasining sifati ustidan chuqur nazorat ôrnatish.
✓
13.Masofaviy taʼlim tezligini Avidio shaklining tushunarlililik darajasini
oshirish.
✓
14.Ayrim keraksiz ilovalarni yopish maʼlumot uzatiluvini tôliq cheklash.
✓
15.Raqamli taʼlimda jismoniy tarbiya metodologiyasini tuzish va kunlik
mashğulotlarni uzluksiz yôlga qôyish.
✓
orqali raqamli taʼlimda salomatlik sifatini yuqori darajaga olib chiqish
hamda raqobatni yuksaltirish mumkin
Masofa tanlamas muallim bilan sifatli sogʻlom taʼlim muhitini tôlaqonli
yoʻlga qoʻyish uchun yuqoridagi metodlar samarali koʻmakchi boʻladi nazarimda.
Raqamli taʼlimda toʻla sifatli dars mehanizimini tashkil etishga tamlashga
har birimiz har joyda va har doim masʼul boʻlmogʻimiz shart. Soddalashtirish
raqamli taʼlimning bosh mezoni boʻlsin.
Zero Hadisi sharifda “Osonlshtirngiz-qiyinlashtirmangiz”deya buyuriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Dildagi dur kitobi-Tursunoy Sodiqova. 2021-yil Gʻofur Gʻulom nashriyoti.
2.
Daryo.uz sayti 2020-yil 01.12 oʻqituvchidan vazirigacha barcha boğin
bitta tizimda nomli xabari
3.
.Vikipediya
4.
Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi.
5.
Oʼzbekiston respublikasi prezidentining PQ 200-son qarori.
6.
Iqtiboslar muallifi Abdullayeva Begʻubor Ruxillayevna.