ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
SOF PEYZAJ LIRIKASIDA BADIIY IFODA
Ma`muraxon Madaminova
ADU tayanch doktoranti, ADPI o`qituvchisi
E-mail: mamuraxonmadaminova6@gmail.com
Tel.: (99) 69 39 64
https://doi.org/10.5281/zenodo.14557658
Badiiy asar va uning qonuniyatlariga befarq bo`lmagan yunon
faylasuflaridan biri Arastu ijod namunalarining barchasi o`xshatish (mimesis)
san`atidan o`zga narsa emas; ular o`zaro uch jihatdan: (1) tasvirlashning turli
vositalari bilan, (2) nima tasvirlanayotgani bilan, (3) rang-barang o`xshatish
usullari bilan farqlanashi , haqida o`zining “Poetika” asarida yozib qoldirgan edi.
Lirik asarlarni o`rganish jarayonida ularga xos spetsifistik xususiyat –
kechinmaning asosiy tavsif markazida turishi bu turdagi barcha janrlarda
umumiy qonuniyat tarzida belgilanishiga guvoh bo`lamiz. Xususan, tavsifiy
lirikaning faol yo`nalishlaridan sanalgan peyzaj lirikasi ijod jarayoni paydo
bo`lgandan to bugungi kunga qadar, o`quvchiga estetik zavq berish barobarida
lirik subyektning tabiat tasviri vositasida hissiy munosabatini ifodalash uchun
ham xizmat qiladi.
Adabiyotshunoslik lug`atlarida “peyzaj” atamasiga (peyzaj – fr. paysage –
joy, yurt) adabiy asardagi voqealar kechuvchi ochiq makon ( yopiq makon –
interyer) deb izoh beriladi. Odatda, she`rdagi tabiat yoki inson tomonidan
yaratilgan xiyobon yoki shahar ko`chasi tasviri ham peyzaj lirikasini yuzaga
keltiradi. Demak, faqatgina tabiat emas, ochiq makondagi o`rin-joy (shahar,
xiyobon…) ham peyzaj uchun asos bo`la oladi. O`zbek she`riyati tarixida obyekt
sifatida qahramon meditatsiyasidan o`zga tashqi olamni tasvirlash, asosan, XX
asr boshlaridan urfga kirdi. Unga qadar ham mumtoz adabiyotda yuqoridagi
sifatlarni o`zida jamlagan asarlar yaratilgan, ammo tabiat tasviri orqali
muallifning real voqelikka munosabati ifodalangan keng ko`lamdagi asarlar
o`tgan asr she`riyatida yaqqol bo`y ko`rsatadi. Misol uchun:
Uchib o`tdi sayyora g`ozlar
Sariq sado bo`g`ildi, tindi.
Izg`ib qoldi qora ayozlar,
Katta qorlar yog`adi endi,
Bo`z tumanlar yoyilib oqar,
G`arq qilgancha o`rmon etagin.
Endi olis bahorga qadar
Cho`ziladi qishning ertagi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
142
Shavkat Rahmon qalamiga mansub ushbu she`rda kuzning so`nggi kunlari
berilib, badiiy ifoda ta`sirchanligini oshirish uchun urg`ulanishi lozim nuqtalar
sifatlashlar bilan boyitiladi. Bu orqali, o`quvchi holat tasvirini ayonroq tasavvur
etadi. Yoki “Osmon to`lib turnalar uchar, muncha ma`yus turna unlari. Uchib
ketar, turnalar emas, haroratli, yaxshi kunlarim” misralarini o`qigan she`rxon
qalbida ham kuz faslining hazin kayfiyati paydo bo`ladi.
Asarlarda peyzaj bajaruvchi birlamchi vazifa voqealar kechayotgan
joy va vaqt haqida tasavvur berishdir. Bundan tashqari, u polifunksionallik
xususiyatiga ega.. Jumladan, peyzaj qahramon ruhiyatini ochish vositasi sifatida
keng qo`llaniladi :
Ko`kmak dala, osmon qoraygan
Cho`kayotganday bulut karvoni…
O`sib borar qop-qora besha
Sovib borar yo`llar tuprog`i…
Yuqorida lirik qahramonning og`ir ruhiy holati tasvirga ko`chgan bo`lsa,
Oq bulutlar yerga qo`ndimi, mo`jizalar bo`ldimi sodir?
Oh, naqadar ajoyib tunda oq mash`ala ekilgan vodiy…
Yechib oppoq ko`ylagini vaqt, kiydi yashil gulli ko`ylagin.
Yurak, uyg`on, kapalak kabi chechaklarga qo`nib o`ynagin…
misralarida peyzaj tasviri shodliklarga to`lgan ranggin tuyg`ulari bayoni
uchun xizmat qilgan.
Sof peyzaj lirikasi deganda, tasvirning ramziy yoki majoziy mazmun
kasb etmay, faqat estetik funsiya bajarilishi tushuniladi. Yana bir talab ham
borki, bu turdagi she`rlarda to`laqonli manzaraning chizilishi taqozo etiladi.
Masalan, Sh.Rahmonning “Manzara” she`ri fikrimiz isboti uchun ayni mos keladi:
Oq sukunat porlar saharda,
kun nurida yonib, yaraqlab,
chopib kirar sovuq shaharga
yalangoyoq yashil daraxtlar.
Bir zumdayoq devorlar oshib,
ko`chalarga tarqab ketdilar.
Darchalarga yuzlarin bosib,
bolalarday qarar kattalar.
Tong otish tasvirining go`zal o`xshatishlar bilan berilishi she`rni
o`qishliligini ta`minlagan. Ijodkorga xos usullardan yana biri – jonlantirish
san`ati (chopib kirgan sovuq, yalangoyoq daraxtlar, devorlar oshib tarqab
ketgan sukunat) orqali “qotirib qo`yilgan” lahzani kutilmagan topilmalar ifodasi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
143
bilan bezaydiki, kitobxon hech bir qiyinchiliksiz tong otish tasvirini tasavvurida
jonlantiradi. Lirik subyekt ruhiyatidan o`tkazib berilgani uchun ham o`sha
kayfiyatning suratiga aylanadi.
Qisqa qilib aytganda, peyzaj lirikasidagi badiiy ifoda usuli xilma-hil bo`lib,
shoir ularni qo`llash orqali ramziy yoki ramziy bo`lmagan sof peyzaj janrini
yaratadi.
Foydalanilgan Adabiyotlar Ro`Yxati:
1.
D.Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. –Toshkent: Akademnashr, 2018.
– 480 b
2.
Н.Д.Тамарченка. Поэтика: слов. аcтуал. терминов и понятний. -М.:
Издателъство Кулагиной; Интрада, 2008. –385 с.
3.
Қуронов Д. ва бошқалар. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент:
“Академнашр”, 2010. –400 б.
4.
Раҳмон, Шавкат. Абадият оралаб; тўплаб, нашрга тайёрловчилар:
Г.Раҳмонова,
О.Толиб;
масъул
муҳаррир
И.Мирзо.
–Тошкент:
“Мовороуннаҳр”, 2012. – 384 б