ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
26
FANLARNI O’QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Madinaxon Muxammadjonova Anvarjon qizi
Andijon davlat universiteti tayanch-doktoranti
Sodiqova Irodaxon Jumodil qizi
Farg’ona davlat universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14550572
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada bugungi kundagi eng dolzarb
muommolardan biri talabalarning o’qitish jarayonida pedagogning o’rni,
kompetensiyaviy yondashuvi ahamiyati, kompetentlik turlari. Pedagogning dars
jarayonidagi ham ta’limiy va tarbiyaviy o’rni, amaliy ahamiyati va dolzarbligi
haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
kompetensiya, tarbiya, kompetensiyaviy yondashuv, kasbiy,
induvidual, shaxsiyva ijtimoiy kompetentlik.
Barkamol avlod tarbiyasi va o‘z-o‘zini tarbiyalash yoshlarning barcha
tomonlarini rivojlantirishni maqsad qilib oladi va bu tarbiyaviy jarayonning
ta’lim, axloqiy, estetik, jismoniy va o‘z-o‘zini tarbiyalashning barcha turlari
birligini yuzaga keltiradi. Jamiyatda har qanday kasb bo‘lmasin, avvalambor,
uning darajasi mavqeyi bilim bilan o‘lchanadi. Mana shu bilim esa malaka bilan
shakllanadi. Pedagog kasbining subyekti boshqa shaxslardir. Shu bois, unda
bilim va malaka uning mahorati orqali yuzaga chiqadi.
Pedagog tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni,
tushuntirishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson
manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta’sir qilish va uni boshqarishni nazarda
tutadi. Dunyodagi eng qadimiy kasblardan biri pedgoglikdir. Barcha ilmlarni
o‘zlashtirish doim pedagoglar yordamida amalga oshiriladi desak mubolag’a
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham pedagog kasbining ijtimoiy ahamiyati va qadri
hech qachon kamaymaydi.
Har qanday pedagog ham «kompetentlik» nimani anglatishini va u
«kompetensiya»dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. «Kompetentlik»
tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobilyati va tajribasini o‘z
ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobilyati
hisoblanadi. Aslini olganda bui ikki atamaning ma’nosi o‘xshashdir.
Kompetensiya bilimlarning umumiyligini va ularning odamlarda
mavjudligini anglatsa, kompetentlik – so‘zining ma’nosi bu bilimlarni ish
jarayonida ishlatish darajasini anglatadi. Kompetensiya – lotincha «competo»
so’zidan olingan bo’lib, «erishaman, muvofiqman, mos kelaman» ma’nolarini
beradi. Kishi egallagan muayyan bilim, ko’nikma, malakalar majmuasini
anglatadi. Kompetensiya – ma’lum bir sohada samarali faoliyat olib borish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
27
uchun zarur bo’lgan mutaxasissning ta’limiy tayyorgarligiga qo’yilgan talabdir. U
davlat ixtiyprida bo’lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo’lib, u
o’quvchining muayyan sohada samarali faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan
ta’limiy tayyorgarligiga nisbatan qo’yiladi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarda mustaqillik,
faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan o’z faoliyatida oqilona foydalanish,
ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog’lom raqobat hamda umummadaniy
ko’nikmalarni shakllantiradi.
V.I.Baydenko «kompetentli yondashuv» tushunchasini quyidagicha
tasiflagan:
- o’z mutaxassisligi bo’yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo’ladigan bilim,
ko’nikma, malaka va qobilyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir
vaqtda avtonomlik va egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo’lish;
- kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- faoliyat mezoni (sifat o’lchovi), qo’llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni
o’z ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi;
- ish beruvchi talablariga ko’ra kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish
imkonini beruvchi qobilyatlardan samarali foydalanish;
- insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli
bajarish imkonini beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko’nikmalarning
integrallashgan birlashuvi.
Yuqorida keltirilganlarni umumlashtirgan holda V.I.Baydenko kasbiy
kompetentlik faoliyat talablariga mos ravishda harakat qilishga, masala va
muammolarni mustaqil hal etishga, shu bilan birga o’z faoliyati natijalari, ya’ni
mos ko’nikmalar, texnik usullarni baholay olishga tayyorgarligi va qobilyati
sifatida tushunadi.
N.M.Muslimovning fikricha inglizcha «competence» tushunchasining lug’aviy
ma’nosi «qobilyat» degani, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko’nikma,
mahorat va qobilyatni ifoda etishga xizmat qiladi.
Quyidagi diagrammada kompetentlik turlari aks etgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
28
Kasiy kompetensiya –
kasbiy faoliyatni zarur darajada amalga oshirish
uchun yetarli ma’lumotga ega bo’lish. Bundan tashqari shaxsning o’z kasbiy
darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o’z rivojlanishini
belgilash qobilyati.
Ijtimoiy kompetensiya
– ijtimoiy vakolat darajasi shaxsning hamkasblari
bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish
qobilyatlarni belgilaydi. Samarali aloqa ko’nikmalari, kasbiy madaniyat va ish
natijalari uchun javobgarlik – bularning barchasi kiradi.
Shaxsiy kompetensiya
– bu kasbiy ishni oqilona tashkil etish qobilyati bo’lib,
vaqtni boshqarish, shaxsiy o’sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir.
Shaxsiy kompetensiyaning yuqori darajasiga ega bo’lgan ishchilar charchashga
kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir.
Individual kompetensiya
-kasb doirasida o’zini-o’zi anglash va shaxsiy
rivojlanish usullarini o’zlashtirish, kasbiy o’sishga tayyor bo’lish, shaxsiy o’zini
himoya qilish qobilyatidir.
XULOSA:
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim talabalarni
o’zlashtirilgan axborotlarni o’quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va
nostandart vaziyatlarida qo’llay olishga tayyorlashi bilan xarakterlanadi.
Ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirish fanlardan elektron
ta’lim resurslarini takomillashtirish, o’quvchilarning elektron manbalar bilan
faol muloqotini ta’minlash, mustaqil ta’limini amalga oshirish va o’z-o’zini
baholash, zaruriy ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan
muammolarni
hal
etishda
undan
foydalanish
kompetensiyalarini
shakllantirishni nazarda tutadi
References:
1.Қораев, С. (2016). Фанлараро узвийлик ва узаро алоқани таъминлашнинг
ўзига хос хусусиятлари. “Таълим, фан ва ннновация”, 2(2), 45- 50.
2. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the
Organization of the Educational Process in Specialized State Educational
Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
3. Қораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда ўқув амалиётларини
ташкил этишнинг ўзига хос хусусиятлари. Academic Research in Educational
Sciences, 1 (3), 1281-1286.
4. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari
asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education
and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.