O‘ZBEKISTONDA AHOLI O‘LIMI VA TUG‘ILISHDA KUTILAYOTGAN UMR DAVOMIYLIGI KO‘RSATKICHINING STATISTIK TAHLILI

Annotasiya

Aholi statistikasiga oid ko‘rsatkichlar, jumladan o‘lim (vafot etganlar) va tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichlarsiz mamlakatning demografik holatiga baho berishning imkoni yo‘q. Mamlakatimizda demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati tug‘ilish darajasining nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari, o‘lim darajasining past ko‘rsatkichlari, tashqi migratsiyaning bir muncha salbiy saldosi, jami aholida qariyalar ulushining ortishi, parallel ravishda aholining o‘rta yoshlilar sonining ko‘payishi, urbanizatsiya jarayoni ortayotgani bilan tavsiflanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari i.f.f.d. (PhD)
14-19
30

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Dusnayev, S. (2024). O‘ZBEKISTONDA AHOLI O‘LIMI VA TUG‘ILISHDA KUTILAYOTGAN UMR DAVOMIYLIGI KO‘RSATKICHINING STATISTIK TAHLILI. Академические исследования в современной науке, 3(52), 14–19. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/62091
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Aholi statistikasiga oid ko‘rsatkichlar, jumladan o‘lim (vafot etganlar) va tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichlarsiz mamlakatning demografik holatiga baho berishning imkoni yo‘q. Mamlakatimizda demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati tug‘ilish darajasining nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari, o‘lim darajasining past ko‘rsatkichlari, tashqi migratsiyaning bir muncha salbiy saldosi, jami aholida qariyalar ulushining ortishi, parallel ravishda aholining o‘rta yoshlilar sonining ko‘payishi, urbanizatsiya jarayoni ortayotgani bilan tavsiflanadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

O‘ZBEKISTONDA AHOLI O‘LIMI VA TUG‘ILISHDA KUTILAYOTGAN

UMR DAVOMIYLIGI KO‘RSATKICHINING STATISTIK TAHLILI

Dusnayev Sherzod Ergashevich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

huzuridagi Statistika agentligi

boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari

i.f.f.d. (PhD)

E-mail: census@stat.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14564491

Aholi statistikasiga oid ko‘rsatkichlar, jumladan o‘lim (vafot etganlar)

va tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi ko‘rsatkichlarsiz mamlakatning
demografik holatiga baho berishning imkoni yo‘q. Mamlakatimizda demografik
vaziyatning o‘ziga xos xususiyati tug‘ilish darajasining nisbatan yuqori
ko‘rsatkichlari, o‘lim darajasining past ko‘rsatkichlari, tashqi migratsiyaning bir
muncha salbiy saldosi, jami aholida qariyalar ulushining ortishi, parallel
ravishda aholining o‘rta yoshlilar sonining ko‘payishi, urbanizatsiya jarayoni
ortayotgani bilan tavsiflanadi.

O’lim tug‘ilish bilan bir qatorda aholini takror hosil qilish jarayonining

asosiy omili hisoblanadi. Aholini takror hosil qilish jarayoni esa bevosita
aholining o‘sishiga o‘zining ijobiy yoki salbiy t’sirini ko‘rsatadi. Demak o‘lim
hodisasi demografik jarayonlarning o‘zgarib borishida muhim jarayon
hisolanadi. XX asr boshiga qadar o‘lim umuman aholi sonini belgilaydigan har
qiluvchi omil edi. Ammo hozirgi vaqtda iqtisodiy jihatdan rivojlangan barcha
davlatlarda o‘lim nisbatan past darajada barqarorlashgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikada o‘lganlar mutlaq

soni ortib borgan (1-rasm).

1

3

0

,3

1

4

5

,4

1

3

5

,6

1

4

0

,5

1

3

8

,4

1

5

2

,0

1

7

5

,6

1

7

4

,5

1

7

2

,1

1

7

2

,8

6,2

6,4

5,5

5,4

4,8

4,9

5,1

5,0

4,8

4,7

0,0

1,0

2,0

3,0

4,0

5,0

6,0

7,0

0,0

20,0

40,0

60,0

80,0

100,0

120,0

140,0

160,0

180,0

200,0

1991 y.

1995 y.

2000 y.

2005 y.

2010 y.

2015 y.

2020 y.

2021 y.

2022 y.

2023 y.

O‘lganlar soni, ming kishi

O‘lim koeffitsenti, promille


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida o‘lim ko‘rsatkichlari dinamikasi

1-rasmdan ko‘rinadiki, mustaqillik yillari respublika bo‘yicha vafot etganlar

soni 130,3 ming nafardan 172,8 ming nafarga yoki 32,6 foizga ortgan. Aytish
joizki, birlamchi ma’lumotlar bo‘yicha demografik vaziyatga to‘g‘ri baho berib
bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, ilmiy ishimizda har 1000 kishiga to‘g‘ri
keladigan o‘lganlar soni hisoblandi. Unga ko‘ra, 1991-yilda o‘lim koeffitsiyenti
6,2 promilleni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich 4,7
promilleni tashkil qilgan yoki 1,5 punktga kamaygan. Demak, O‘zbekistonda
aholiga nisbatan hisoblaganda o‘lganlar soni kamayib bormoqda.

Dunyo amaliyoti bo‘yicha, “o‘limning umumiy koeffitsiyenti qiymati

10 ‰gacha bo‘lsa, o‘lim darajasi “past”, 10,0-14,9 ‰ bo‘lsa – “o‘rtacha”, 15,0-
24,9 ‰ bo‘lsa – “yuqori”, 25,0-34,9 ‰ bo‘lsa – “juda yuqori”, 35,0 ‰ va undan
yuqori bo‘lsa “favqulodda yuqori” hisoblanadi. Respublikada bu qiymat 4,7
promilleni tashkil etadi. Demak, O‘zbekiston o‘lim darajasi past bo‘lgan
mamlakatlar qatoriga kiradi.

Hududlar kesimida tahlil qilganda, o‘lim darajasi Toshkent shahri (5,2 ‰),

Toshkent (5,1 ‰), Sirdaryo (5,1 ‰), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (5,1 ‰)
va Surxondaryo (4,8 ‰) viloyatlarida respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan
baland.

O‘lim umumiy koeffitsiyentining kamayishi 0-9, 10-19, 20-29, 30-39, 40-49,

50-59, 60-69, 70-79 yosh guruhlarida vafot etganlar ko‘rsatkichlarining
kamayishi bilan bog‘liq. Ammo tahlil qilinayotgan davrda (2000–2023-yillar) 80
va undan yuqori yoshda o‘lim koeffitsiyenti ortgan. Jumladan, 80-84 yosh
guruhida o‘lim koeffitsiyenti 2000-yilda 114,2 promilleni tashkil qilgan bo‘lsa,
2023-yilga kelib bu ko‘rsatkich

101,1 promillega yetgan yoki 13,1 punktga tushgan, 85 yosh va undan

kattalarda

esa

192,4 promilledan 211,4 promillega yoki 19,0 punktga ortgan. Tahlillardan
ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda o‘lim asosan endogen omillar tufayli keksa
yoshdagi aholida qayd qilingan.

Tahlillarga ko‘ra, shahar joylarida aholining o‘lim holatlari qishloqlarga

nisbatan ko‘proq qayd etilgan. 2023-yil shahar joylarida o‘limning umumiy
koeffitsiyenti
5,0 promilleni, qishloq joylarida esa 4,4 promilleni tashkil etgan. Ayniqsa,
Sirdaryo viloyati (8,0 ‰), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (6,6 ‰), Buxoro
(5,4 ‰) va Xorazm (5,4 ‰) viloyatlarining shahar joylarida o‘limning yuqori
ko‘rsatkichlari qayd qilingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

Erkaklar o‘limi ayollarnikiga qaraganda 10 foiz ko‘p. 50 yoshgacha bo‘lgan

aholining o‘lim ko‘rsatkichi o‘rtacha darajadan oshmaydi (tegishli yoshdagi har
1000 kishiga 4,7). Katta yoshdagilar orasida esa bu ko‘rsatkich muntazam ortib
borib,
85 hamda undan katta yoshlarda eng yuqori miqdorga yetmoqda (tegishli
yoshdagi har 1000 kishiga 211,4).

So‘nggi 10-15 yil ichida o‘lim sabablarining nozologik tuzilmasida jiddiy

o‘zgarishlar yuz bermadi. O‘limning asosiy sababchisi qon aylanish tizimi
kasalligi hisoblansa, ikkinchi o‘rinda nafas olish a’zolari kasalliklari, uchinchi
o‘rinda o‘simtalar, to‘rtinchi o‘rinda baxtsiz hodisalar, zaharlanish,
shikastlanishlar, beshinchi o‘rinda ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari turadi.

2-rasm. O‘zbekiston Respublikasida o‘lganlarning asosiy o‘lim

sabablari bo‘yicha ulushi, 2023-yil, foiz

2023-yilda qayd etilgan o‘lim holatining 63,2 foizi qon aylanish tizimi

kasalliklaridan, 8,8 foizi o‘smalardan, 4,9 foizi nafas olish a’zolari
kasalliklaridan, 5,4 foizi baxtsiz hodisalar, zaharlanish va shikastlanishlardan,
4,3 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 0,9 foizi yuqumli va parazitar
kasalliklardan va 11,5 foizi boshqa kasalliklardan o‘lim holatiga kelgan.

O‘lganlarning o‘limga olib kelgan sabablari ma’lumotlarida 2023-yilga kelib

2000-yildagi holatga solishtirganda bir qator o‘zgarishlar yuzaga kelgan.
Kasalliklar bo‘yicha tahlil qilinganda qon aylanish tizimi kasalliklaridan vafot
etganlar ulushi 10,6 foizga, o‘smalardan 1,7 foizga va boshqa kasalliklar 2,3
foizga oshganligini ko‘rsak, nafas olish a’zolari kasalliklari 6,7 foizga, baxtsiz

63,2 %

4,9 %

8,8 %

5,4 %

4,3 %

0,9 %

12,5 %

qon aylanish tizimi
kasalliklari

nafas olish a’zolari
kasalliklari

o‘smalar

baxtsiz hodisalar,
zaharlanish va
shikastlanishlar

ovqat hazm qilish a’zolari
kasalliklari

yuqumli va parazitar
kasalliklar

boshqa kasalliklar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

17

hodisalar,

zaharlanish

va

shikastlanishlar

2,5 foizga, yuqumli va parazitar kasalliklar 2,9 foizga, va ovqat hazm qilish
a’zolari kasalliklari 1,3 foizga kamayganligini kuzatishimiz mumkin.

1991-yildan boshlab O‘zbekistonda onalar o‘limining ko‘rsatkichi 3,5

baravarga, ya’ni har 100 ming sog‘lom tug‘ilgan bolaga 65,3 dan 15,9 ga kamaydi
(3-rasm).

Respublikada onalar o‘limi ko‘rsatkichi muntazam kamayayotgan bo‘lsa,

ayrim hududlarda uning o‘sish tendensiyasi kuzatilyapti. Jumladan, 2010–2023-
yillar mobaynida Sirdaryo viloyatida har 100 000 nafar tirik tug‘ilganga nisbatan
onalar o‘limi 12,3 dan 43,0 ga, Qashqadaryo viloyatida – 14,1 dan 18,7 ga,
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 26,4 dan 27,3 ga ortgan.

3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida onalar (100 000 nafar tirik
tug‘ilganga)
va chaqaloqlar (har 1000 nafar tug‘ilganga nisbatan) o‘limi dinamikasi,
promille


Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda 1-yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi

har ming nafarga 35,5 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 8,5
ga tushdi (3-rasm). Tahlil qilinayotgan davrda respublikaning barcha
hududlarida ham chaqaloqlar o‘limi darajasi kamaygan.

Respublikada onalar va bolalar o‘limi darajasi ancha qisqargan bo‘lishiga

qaramay, hali rivojlangan mamlakatlarniki bilan taqqoslaganda ancha yuqori. Bu
muammoni yechish uchun tug‘ruq yoshidagi ayollar kasallanishini profilaktika
qilish va ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash bo‘yicha tuman, shaharlar,
mahallalar darajasida bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga
oshirish lozim.

Xalqaro mezonlar bo‘yicha go‘daklar o‘limi koeffitsiyenti 10 ‰dan kam

bo‘lsa – past, 10-19 ‰ bo‘lsa – o‘rtacha, 20-29 ‰ bo‘lsa – yuqori, 30 va undan

35,5

26,0

18,9

14,9

11,0

11,4

10,7

11,5

9,9

9,3

9,4

9,2

8,7

8,5

65,3

32,2

33,1

29,2

21,0

18,9

17,4

21,0

19,3

17,8

18,5

14,4

13,9

15,9

0,0

20,0

40,0

60,0

80,0

100,0

120,0

1991 y 1995 y 2000 y 2005 y 2010 y 2015 y 2016 y 2017 y 2018 y 2019 y 2020 y 2021 y 2022 y 2023 y

chaqaloqlar o‘limi

onalar o‘limi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

18

ko‘p bo‘lsa – juda yuqori hisoblanadi. Mazkur mezon bo‘yicha O‘zbekistonda
go‘daklar o‘limi darajasi past hisoblanadi.

Tahlillar respublikaning barcha hududlarida ham go‘daklar o‘limi darajasi

past

emasligini

ko‘rsatadi.

Xususan,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi,

Qashqadqryo, Xorazm, Sirdaryo, Namangan, Andijon viloyatlari va Toshkent
shahrida – o‘rtacha daraja hisoblanadi.

Go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi bo‘yicha xalqaro va milliy statistika o‘rtasida

juda katta farq mavjud. Xususan, BMT agentligining ma’lumotlari bo‘yicha
O‘zbekistonda 2022-yil go‘daklar o‘limi 11,7 promilleni tashkil qilgan. Bu
ko‘rsatkich bo‘yicha respublikamiz 236 mamlakat ichida 125 o‘rinni egallagan.

Mustaqillik

yillari

(1991–2023-yillar)

O‘zbekistonda

tug‘ilishda

kutilayotgan umr davomiyligi 66,4 yoshdan 74,7 yoshga yoki 8,3 yoshga uzaydi.
Respublikada erkaklarga qaraganda ayollarning umr davomiyligi yuqori.

Ya’ni, erkaklarniki – 72,5 yoshni, ayollarniki esa 76,9 yoshni tashkil etadi.

Qiyosiy tahlillardan ko‘rinadiki, erkaklar ayollarga qaraganda o‘rtacha 4,4 yil
kam umr ko‘radi. Mazkur hulosa statistikada qonuniyat hisoblanadi.

1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilishda kutilayotgan umr davomiyligi,

yosh

Yillar

2023-yil

1991-yilga

nisbatan

(+,-)

199

1

19
95

20
00

20
05

20
10

20
15

20
20

20
21

20
22

20
23

Jami

66,4 69,1 70,8 71,8 73,0 73,6 73,4 73,8 74,3 74,7

8,3

Erkakl

ar

64,4 66,4 68,4 69,6 70,6 71,2 71,2 71,7 72,1 72,5

8,1

Ayollar

69,4 71,7 73,2 74,1 75,1 76,0 75,5 75,8 76,6 76,9

7,5

Shahar

joylari

da

66,3 68,7 70,2 71,1 73,1 74,0 73,5 73,8 74,8 75,1

8,8

Qishloq

joylari

da

67,1 69,6 71,2 72,2 72,7 73,0 73,1 73,8 73,6 74,1

7,0


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

19

Hududlar kesimida tug‘ilishda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligining

eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (77,1 yosh) va Buxoro (76,8 yosh),
Navoiy (76,1 yosh), Farg‘ona (75,7 yosh) hamda Toshkent (75,4 yosh)
viloyatlarida kuzatiladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bolalar, o‘smirlar, mehnatga layoqatli aholi orasida
o‘lim darajasini pasaytirishga qaratilgan eng samarali chora-tadbirlar – bu
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va tibbiyotni, shu jumladan, profilaktik
tibbiyotni rivojlantirishdan iborat. Salomatlikning past darajasi va o‘limning
yuqori darajasi har qanday davlatning milliy farovonligi bevosita salbiy ta’sir
ko‘rsatib, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun to‘siq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy
veb-sayti: https://stat.uz/.
2. Abdurahmonov Q.X., va boshqalar. Demografiya: darslik. – T.: Iqtisodiyot,
2014. – 203-b.
3. “Asosiy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining buyrug‘i
2024 yil 31 maydagi 123-son https://lib.stat.uz/images/metodika/123-buyruq-
z_yuldashev_compressed.pdf
4. Dusnayev Sh.E. O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanishni
iqtisodiy-statistik baholash: Avtoreferat. №43. 2023.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy veb-sayti: https://stat.uz/.

Abdurahmonov Q.X., va boshqalar. Demografiya: darslik. – T.: Iqtisodiyot, 2014. – 203-b.

“Asosiy demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining buyrug‘i

yil 31 maydagi 123-son https://lib.stat.uz/images/metodika/123-buyruq-z_yuldashev_compressed.pdf

Dusnayev Sh.E. O‘zbekiston Respublikasida demografik rivojlanishni

iqtisodiy-statistik baholash: Avtoreferat. №43. 2023.