JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA YUZLASHTIRISH O‘TKAZISH TAKTIKASI

Annotasiya

Maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi bo‘yicha olimlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinib, muallif olimlarning bu boradagi fikrlari bilan ilmiy munozaraga kirishilgan. Yuzlashtirish tergov harakati ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda dalillarni to‘plash, uning ishonchliligini baholash va mustahkamlashda samarali hamda ishonchli tergov harakati ekanligi ҳақида хулосага келинган. Мuallif tomonidan ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda yuzlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yuzlashtirish harakatini o‘tkazishda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
  • mayor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’muriy-tashkiliy faoliyati fakulteti Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi 100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68-uy
84-87
42

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nishonov , E. . (2025). JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA YUZLASHTIRISH O‘TKAZISH TAKTIKASI. Академические исследования в современной науке, 4(2), 84–87. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/62145
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi bo‘yicha olimlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinib, muallif olimlarning bu boradagi fikrlari bilan ilmiy munozaraga kirishilgan. Yuzlashtirish tergov harakati ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda dalillarni to‘plash, uning ishonchliligini baholash va mustahkamlashda samarali hamda ishonchli tergov harakati ekanligi ҳақида хулосага келинган. Мuallif tomonidan ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda yuzlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yuzlashtirish harakatini o‘tkazishda jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish lozimligi asoslantirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

84

JAMOAT TARTIBIGA QARSHI JINOYATLARINI TERGOV QILISHDA

YUZLASHTIRISH O‘TKAZISH TAKTIKASI

Nishonov Eldorjon Muzafar o‘g‘li

mayor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligi Ma’muriy-tashkiliy faoliyati fakulteti Ichki ishlar

organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi

100197, Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68-uy

E.mail: eldorjon199209@mail.com

Ilmiy mutaxassisligi:

12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika,

tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.

UO‘K: 343.593:343.98.068

ORCID: 0009-0004-9898-653X

https://doi.org/10.5281/zenodo.14652126

Annotatsiya:

Maqolada jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda

yuzlashtirish tergov harakatini o‘tkazish taktikasi bo‘yicha olimlar tomonidan
bildirilgan fikr va mulohazalar tahlil qilinib, muallif olimlarning bu boradagi
fikrlari bilan ilmiy munozaraga kirishilgan. Yuzlashtirish tergov harakati ushbu
turdagi jinoyatlarni tergov qilishda dalillarni to‘plash, uning ishonchliligini
baholash va mustahkamlashda samarali hamda ishonchli tergov harakati
ekanligi ҳақида хулосага келинган. Мuallif tomonidan ushbu turdagi
jinoyatlarni tergov qilishda yuzlashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilgan. Yuzlashtirish harakatini o‘tkazishda jamoat tartibiga qarshi
jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirish
lozimligi asoslantirilgan.

Tayanch so‘zlar:

ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish,

bezorilik, hodisa, ko‘rsatuvlar, gumon qilinuvchi, videoyozuvga olish, dalillar.

Yuzlashtirish tergov harakati жамоат тартибига қарши жиноятларни

tergov qilishda muhim tergov harakatlaridan biri hisoblansa-da, biroq, uni
o‘tkazishda tergovchi jinoyat-protsessual qonuni talablariga to‘liq rioya yetgan
holda taktik usullardan mohirona foydalanishi lozim.

Yuzlashtirish ilgari so‘roq qilingan ikki shaxs ko‘rsatuvlari o‘rtasida jiddiy

qarama-qarshiliklar bo‘lganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash
uchun o‘tkaziladi .

Yuzlashtirish taktik jihatdan ushbu tergov harakatini o‘tkazishga

tayyorgarlik ko‘rish, ishchi va yakunlovchi bosqichlarda amalga oshiriladi.

Tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ko‘rsatuvlar o‘rtasidagi ziddiyatlar

xususiyati o‘rganilib, yuzlashtirish o‘tkazishga zarurat bor-yo‘qligi aniqlanadi.
So‘ng yuzlashtirish o‘tkazishning vaqti, joyi, qatnashuvchi shaxslar doirasi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

belgilanadi. Yuzlashtiriladigan shaxslar va unda qatnashuvchilarning o‘zaro
munosabatlari o‘rganiladi hamda yuzlashtirish rejasi tuziladi .

Ushbu firklarga qo‘shilgan holda shuni ta’kidlaymizki, mazkur tergov

harakati dalillarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa-da, o‘z navbatida taktik
xavf bilan bog‘liq bo‘lgan tergov harakatidir. Chunki, sodir etilgan bezorilik
haqida to‘g‘ri ko‘rsatuv bergan shaxs yaqin qarindoshi, ustozi yoki shunga
o‘xshash yaqin munosabatdagi shaxslar bilan yuzlashtirilganda haqiqatni ayta
olmasligi mumkin. Bu esa tergovning keyingi bosqichini murakkablashtiradi.

Mazkur holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tergovchi yuzlashtirishni

o‘tkazishdan

oldin

ushbu

tergov

harakatini

o‘tkazmasdan

turib,

ishtirokchilarning ko‘rsatuvlaridagi qarama-qarshiliklar sabablarini aniqlash
choralari ko‘rishi lozim. Masalan, yolg‘on ko‘rsatuv berayotgan shaxsni so‘roq
qilish vaqtida boshqa protsess ishtirokchilarining ko‘rsatuvlari bilan
tanishtirish, ishdagi mavjud dalillarni taqdim etish, videoyozuvlarni namoyish
etishi maqsadga muvofiq.

Yuzlashtirishni quyidagi hollarda o‘tkazish tavsiya etiladi:
ishtirokchilarning

ko‘rsatuvlaridagi

qarama-qarshiliklarni

bartaraf

etishning yuqoridagi usullarini qo‘llashning imkoni bo‘lmagan yoki ushbu
usullar samara bermagan bo‘lsa;

haqiqiy ko‘rsatuv berayotgan shaxs yuzlashtirish jarayonida o‘z

ko‘rsatuvlarini tasdiqlashga tayyor va ushbu ko‘rsatuvlarini o‘zgartirmasa.

Tergovchi (surishtiruvchi) yuzlashtirish o‘tkazish bo‘yicha taktik qaror

qabul qilishdan oldin ishdagi mavjud dalillarga asoslanib, ishtirokchilardan
qaysi biri to‘g‘ri ko‘rsatuv berishdan qochayotganini aniqlashi zarur.

Ayni mazkur omil haqida M.X.Rustambayev va A.Norbayevlar “tergovchi ish

holatlaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri ko‘rsatuv berayotgan shaxsga birinchi
bo‘lib ko‘rsatuv berish imkoniyatini berishi kerak” deb fikr bildirishgan. Shunga
o‘xshash fikrlarni T.M.Mamatqulov va Sh.X.Xasanovlar hamda K.A.Solovyev
ham bildirib o‘tishgan.

Biz, qarama-qarshilik holatida yolg‘on guvohlik berayotgan shaxsni fosh

yetish uchun quyidagi taktikalardan foydalanishni taklif etamiz:

bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergan shaxs bilan yuzlashtirishni tergov

harakatini u kutmagan vaqtda o‘tkazish. Bu usul ayniqsa, do‘stiga, hamkasbiga,
sinfdoshiga qarshi guvohlik berishni istamaganligi uchun to‘g‘ri ko‘rsatuv
bermayotgan guvohni fosh qilish uchun juda samaralidir. Voqealarning bunday
bo‘lishini kutmagan shaxs oxir-oqibat bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berishga
munosabatini o‘zgartirishi mumkin;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

bezorilik holatlari bo‘yicha yuzlashtirish holatlarining aksariyatida birinchi

bo‘lib to‘g‘ri ko‘rsatuv bergan shaxsga o‘z ko‘rsatuvlarini aytish imkoniyati
beriladi;

L.G.Dubininning fikricha “vijdonli ishtirokchini “faol ma’lumot beruvchi”

lavozimiga qo‘yish, bu bilan yolg‘on guvohlik bergan ishtirokchiga psixologik
ta’sir o‘tkazish mumkin” .

qarama-qarshilik bir necha masalaga yoki bir necha holatga taalluqli bo‘lsa,

har ikki ishtirokchi bir masala yoki holat bo‘yicha ko‘rsatuv bergach, ularga
keyingi masala yoki keyingi holat to‘g‘risidagi savollar berish;

tergov harakati ishtirokchilaridan birining yoki ikkalasining ham

ko‘rsatuvlarini rad etuvchi dalillarni taqdim etish;

Fikrimizcha, bezorilik holatlarida ushbu usullarning samaradorligi ko‘p

jihatdan yuzlashtirishning boshqa ishtirokchisining xatti-harakati, shu jumladan
uning to‘g‘ri ko‘rsatuv berish niyati bilan belgilanadi. Uning yordamida yolg‘on
guvohni “fosh qilish” uchun foydalanish jinoyat ishida tegishli dalillarni olishda
muhim ahamiyatga ega.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, yuzlashtirishning boshqa ishtirokchisi

tomonidan o‘z ko‘rsatuvini o‘zgartirish uchun unga nisbatan yolg‘on ko‘rsatuv
bergan shaxs tomonidan kuchli psixologik bosim o‘tkazilgan taqdirda, bunday
tazyiq qat’iy va asosli ravishda to‘xtatilishi yoki yuzlashtirish o‘tkazish
to‘xtatilishi lozim. Bunday vaziyatda protsess ishtirokchilaridan birortasining
yolg‘on ko‘rsatuvlarini rad etish uchun boshqa tergov harakatlarini
(ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va boshqa) o‘tkazish
maqsadga muvofiqdir.

Bezorilikni tergov qilish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, yuzlashtirishda

qarama-qarshiliklarning ko‘pchiligida so‘roq qilinuvchi ilgari berilgan
ko‘rsatuvlarga amal qilgan. Ishtirokchilarning har ikkisi ham o‘z ko‘rsatuvlarini
o‘zgartirmagan bo‘lsa-da, to‘g‘ri ko‘rsatuv bergan ishtirokchilar o‘z
ko‘rsatuvlarini tasdiqlagan holatlar sud hukmlarida ayblanuvchining
aybdorligini tasdiqlashda dalillardan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bezorilik jinoyati bo‘yicha

yuzlashtirish tergov harakatini jinoyat-protsessual qonunlarga amal qilgan
holda samarali taktikani to‘g‘ri tanlagan holatda o‘tkazilishi dalillarni
mustahkamlash bilan birgalikda sodir yetilgan qilmishning bezorilik yoki
boshqa jinoyat turi ekanligini isbotlashning muhim vositasi sifatida taktik
ahamiyatga ega.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 122-mоddа. https://lеx.uz/dоcs/111460.
Kirilgаn sаnа: 07.01.2025-yil
2. Mаmаtqulоv T.B., Djumаnоv Sh.T., Turgunоv U.T. vа bоshq. Kriminаlistik
tаktikа: Dаrslik./ – T., 2013. B. 97
3. Rustаmbаyеv M.H., Nоrbоyеv А. Kriminаlistikа (sxеmаlаr): О‘quv qо‘llаnmа. T.
2002. B. 60
4. Mаmаtqulоv T. B., Xаsаnоv Sh. X. Kriminаlistikа: Chizmаlаr аlbоmi. – T., 2005.
– B. 88
5. Соловьев К. А. Тактические приемы проведения очной ставки // Научно-
методический электронный журнал «Концепт». – 2014. – Спецвыпуск №
29. – С. 41–45. – URL: http://е-kоncеpt.ru/2014/14845.htm. Kirilgаn sаnа:
10.01.2025-yil.
6. Дубинин Л.Г. Методика расследования заведомо ложных показаний
свидетеля и потерпевшего: Дис. ... канд. юрид. наук. М, 2010. 146.

Bibliografik manbalar

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi JPK 122-mоddа. https://lеx.uz/dоcs/111460. Kirilgаn sаnа: 07.01.2025-yil

Mаmаtqulоv T.B., Djumаnоv Sh.T., Turgunоv U.T. vа bоshq. Kriminаlistik tаktikа: Dаrslik./ – T., 2013. B. 97

Rustаmbаyеv M.H., Nоrbоyеv А. Kriminаlistikа (sxеmаlаr): О‘quv qо‘llаnmа. T. 2002. B. 60

Mаmаtqulоv T. B., Xаsаnоv Sh. X. Kriminаlistikа: Chizmаlаr аlbоmi. – T., 2005. – B. 88

Соловьев К. А. Тактические приемы проведения очной ставки // Научно-методический электронный журнал «Концепт». – 2014. – Спецвыпуск № 29. – С. 41–45. – URL: http://е-kоncеpt.ru/2014/14845.htm. Kirilgаn sаnа: 10.01.2025-yil.

Дубинин Л.Г. Методика расследования заведомо ложных показаний свидетеля и потерпевшего: Дис. ... канд. юрид. наук. М, 2010. 146.