ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
34
СHET TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Adilova Yulduz
Samarqand viloyati Payariq tumanni 70 – maktab o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14644162
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yurtimizda xorijiy tillarni mukammal
o’rgatish va o’rganish uchun zarur bo’lgan zamonaviy metodlar hamda ulardan
keng foydalanishning ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
chet tili, innovatsion texnologiya, texnologik vositalar,
zamonaviy metodlar, o’yinlar
Bugungi rivojlanayotgan davrda har bir sohada xususan, ilm-fan sohasida
o’zgarishlar va sezilarli darajada yutuqlarga erishilmoqda. Mamlakatimiz
mustaqillikka erishganidan so’ng ilm-fanga ayniqsa, chet tillarga e’tibor yanada
kuchaydi. Har bir fanni zamonaviy innovatsion texnologiyalar va metodlardan
foydalanib o’rgatish bugungi davrning eng muhim talablaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
chet tillarni o’qitish va o’rganishga doir bir qator qarorlar qabul qilganlaridan
so’ng yurtimizda yangicha muhit va davr boshlandi. Qarorga muvofiq zamonaviy
darsliklar, metodlar va texnologiyalar ishlab chiqarildi. Hozirgi zamonaviy
ta’limda
interaktiv
metodlar,innovatsion
texnologiyalar,axborot
texnologiyalaridan o’quv jarayonini tashlik etishga bo’lgan talab kundankunga
o’sib boryapti.
Buning asosiy sabablaridan biri, shu vaqtgacha bo’lgan ana’naviy ta’limdan
farqli ravishda zamonaviy metodlardan foydalanganda o’quvchi shaxsining
rivojlanishi , shakllanishi, yetarli bilim olishi va tarbiyalanishiga zarur bo’lgan
shart-sharoitlar
yaratilayapti.
Zamonaviy
metodlar
va
innovatsion
texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. Chet tillarini xususan , ingliz
tilini o’rgatishning bir nechta samarali usullari mavjud. Jumladan, dars
jarayonida ingliz tilidagi video roliklar, dialoglar , kino yoki multfilmlarni
ko’rsatish , ancha ana’naviy usul hisoblangan magnitofon va CD lardan
foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tili
o’rganish jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Chet tilini
o’rgatishda zamonaviy metodlarning ahamiyati beqiyos.Shu o’rinda hozirgi
davrda keng qo’llanilayotgan bir nechta metodlardan foydalanib kelinmoqda.
Masalan:
1.’’B-B-B’’(bilamiz, bilishni xoxlaymiz, bildik) metodi.Bu usul dars
jarayonida o’quvchilarning matnni tushinishini, uni tahlih qilish qobiliyatining
o’sishi uchun kerakli usul hisoblanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
35
2.’’Aqliy hujum’’(Brainstorming)- g’oyalarni generatsiya qilish metodi
hisoblanadi. Bu usulning mohiyati o’quvchilarda jamoa hamkorligi asosida
muammo yechish jarayonlarini vaqt bo’yicha bir qancha bosqichlarga :
g’oyalarni generatsiyalash, ularni tanqidiy va konstruktiv holatda ishlab
chiqishdan iboratdir.
3.’’Muammoli vaziyat yechimi’’(Creative Problem Solving). Bu usulni
qo’llash uchun hikoyaning boshlanish qismi o’qib beriladi va uning yakunlovchi
qismini topish o’quvchilar hukmiga havola qilinadi. Bu usul o’quvchida fikrlash
qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.
4.’’Tezkor savol’’(Quick answers) Bunda o’quvchilarga o’tilgan mavzu
yuzasidan savol beriladi. Bu metod o’tilgan dars samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.
5.’’Pantomima’’(Pantomime)- turli xildagi so’zlarni imo-ishoralar orqali
tushuntirish.Bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo’lgan darsda
yoki yozma mashqlar bajarib o’quvchilar charchagan paytlarida foydalanilsa
maqsadqa muvofiq bo’ladi.
6.’’Hikoya zanjiri’’(A chain story)- biror bir hikoyani aytib beriladi. Bu
metod o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantiradi.
7.’’Rasmlar so’zlaganda’’(When pictures speak) usuli ancha qulay
bo’lib,ingliz tilini o’rgatishda , o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda
yordam beradi, buning uchun mavzuga aloqador rasmlardan foydalanish lozim.
8.’’Kviz kartochkalar’’(Quiz cards)- bunda o’quvchilarning soniga qarab
kartochkalar tarqatiladi va hamma o’quvchilarlar bir vaqtda darsda ishtirok
etishini ta’minlaydi, bu esa vaqtni ancha tejaydi.
9.’’Klaster’’usuli. Klasterlarga ajratish o’quvchilarga biror bir mavzu
yuzasidan erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik
strategiyadir. Bu metod asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga yana
yangi fikr qo’shish uchun samarali usuldir.
10.’’Insert’’metodi. Bunda o’quvchilarga biror matn yoki hikoya taqdim
etiladi va o’quvchilardan uni qayta gapirib berishni talab etiladi. Bu usul matn
bilan ishlanganda faollikni ,kuzatuvchanlikni va tushunishni qo’llab-quvvatlash
uchun kuchli metod hisoblanadi.
Demak, yuqorida ko’rsatilgani kabi har bir metodning chet tillarni
o’rgatishda samarali usullari bor ekan. O’qitish jarayonida har bir darsda
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan unumli foydalanish
o’quvchilarni mustaqil va erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga jiddiy
yondashishiga,
bilim
olishga
qiziqishlarini
kuchaytirishga
yordam
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
36
beradi.O’qituvchi hamda o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa
, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha oladi. Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddat
bilan rivjlanayotgan davrda chet tillarini o’rgatishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir
davrda, ta’lim jarayonida zamonaviy metodlardan, innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni tez va samarali bo’lishiga
olibkeladi.
Xususan, texnologik vositalar chet tili o’rganishning har bir ko’nikmalari(o’qish,
yozish , tinglab tushunish va gapirish)ga qo’l keladi. Mamlakatimiz ta’lim tizimi
o’z oldiga barkamol, yetuk va erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalashni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yar ekan ,biz barcha bo’lajak o’qituvchilar zamonaviy metodlar
va texnologiylarni o’rganib ulardan samarali foydalanangan holda yoshlarga
chet tillarini mukammal o’rgatish orqali yurtimiz ravnaqiga o’z hissamizni
qo’shishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bekmurodova.U.B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish” mavzusida referat., Toshkent 2012-yil.
2.
Xatamova N.Q., Mirzayeva M.N. “Ingliz tili darslarida qo’llaniladigan
interfaol usullar”(uslubiy qo’llanma) , Navoiy. 2006,40 bet
3.
Yoqubov I. “Ingliz tili o’qitish metodikasi”, (o’quv qo’llanma).
Toshkent,Sharq nashriyoti. 2003-yil
4.
Ahrorovna, N. N. ., & Marjona, M.. (2021). Essential Memory Improving
Techniques in Teaching and Learning Process. "ONLINE - CONFERENCES&Quot;
PLATFORM,
62–68.
Retrieved
from
http://papers.online-
conferences.com/index.php/titfl/article/view/589.
5.
Негматова, Н. (2024, April). ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ И
ЕГО РЕАЛИЗАЦИЯ В ПРЕПОДАВАНИИ РУССКОГО ЯЗЫКА (НА ПРИМЕРЕ
НАЦИОНАЛЬНЫХ ГРУПП). In Conference Proceedings: Fostering Your
Research Spirit (pp. 383-386).
6.
Saidova, M. U. (2019). Lexical Stylistic Devices and Literary Terms of
Figurative Language. International Journal of Recent Technology and
Engineering
(IJRTE)
ISSN,
2277-3878.
https://www.ijrte.org/wp-
content/uploads/papers/v8i3S/C10541083S19.pdf.
7.
Негматова, Н. Н. (2023). ПРИНЦИП УЧЕТА ОСОБЕННОСТЕЙ РОДНОГО
ЯЗЫКА
УЧАЩИХСЯ
ПРИ
ОБУЧЕНИИ
РУССКОМУ
ЯЗЫКУ
В
ПОЛИЭТНИЧЕСКОЙ СРЕДЕ, МЕТОДЫ И ИХ КЛАССИФИКАЦИЯ. Issue 2 of
2023 (138/2), 2(131), 5-9.
8.
Saidova, Muhayyo (2021) "SEMANTIC ANALYSIS OF LITERARY TERMS BY
LITERARY TYPES IN “THE CONCISE OXFORD DICTIONARY OF LITERATURE
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
37
TERMS”," Philology Matters: Vol. 2021 : Iss. 1 , Article 11. DOI:
10.36078/987654486
Available
at:
https://uzjournals.edu.uz/philolm/vol2021/iss1/11
9.
Negmatova, N. (2023). RUS TILINI CHET TILI SIFATIDA O'QITISH
USULLARINING LINGVODIDAKTIK JIHATI VA UNI O'RGANISH YO'LLARI.
Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(17), 11-14.
10.
Umaraliyevich, B. F., & Begmurod o‘g‘li, O. E. (2024). Artificial Intelligence
and Multimedia Technologies: Integration and Opportunities. Innovative:
International Multidisciplinary Journal of Applied Technology (2995-486X),
2(5), 34-37.
11.
Kobilova, N. S. (2018). BENEFITS OF USING SONGS IN TEACHING
FOREIGN LANGUAGES TO YOUNG LEARNERS. In Инновационные подходы в
современной
науке
(pp.
102-107).
https://www.elibrary.ru/item.asp?id=35081671
